Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet20/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida,
Etagida chopqillar soy.
Yozda tiniq,
Kuzda tiniq,
Suvda quyosh yuz bir siniq. (II. 19)
She’rda shoirning bolalik xotiralari muhrlangan Qoratog‘ etaklari, soylari va bu soylarda baliq tutayotgan bola holati tasvirlangan. She’rning dastlabki bandi birinchi misrasidagi tog‘ bag‘rida birikmasi ikkinchi misra boshida takror qo‘llangan. She’rning dastlabki bandidanoq mantiqiy urg‘u ushbu birikmaga tushadi. Kitobxon diqqati shu takror birikmaga qaratiladi. Qishloqning tog‘ bag‘rida joylashganligi, bu qishloq tabiatining o‘ziga xos ekanligi ushbu takroriy birliklar vositasida poetik bo‘yoqlarda aks etgan. She’rda qishloq tasviridagi voqealar davomida baliq ovi bilan bog‘liq holatlar jonli ifodalangan. Buni shoir she’rning so‘nggi bandida quyidagicha tasvirlagan:
Balli, derdi, uquvimga...
Ilinmaydi lekin hozir.
Bundan keyin to‘r tashlayman,
Tashlasam ham zo‘r tashlayman,
Qo‘lga tushar bari oxir. (II. 19)
Ushbu banddagi ohangdosh so‘zlar baliq tutayotgan bolaning holatini tasvirlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan. Bunda tashlamoq so‘zi bilan bog‘liq ohangdoshlik mavjud bo‘lib, bu so‘zlar ohangdoshligi tashobehul-atrof takrori (uchinchi misra oxiridagi so‘zning to‘rtinchi misra boshida takrorlanishi) asosida yuzaga kelgan. Band mazmunidan ma’lumki, lirik qahramon yoki baliqchi bola uchun baliq tutishdan ko‘ra, baliq ovining gashti maroqli. Bolaning baliq to‘rini zavq bilan tashlashi takror so‘zlar vositasida yanada ta’sirliroq ifodalangan.
Shunga o‘xshash takrorni Hamid Olimjon she’riyatida ham uchratamiz. Shoirning “Odam haqida” she’rida dunyoning go‘zalligi inson ekanligi tasvirlangan. She’rda dunyo go‘zalligi inson tufayli ekanligi aks etgan:
Dunyo go‘zal, nechunkim unda,
Sening bilan biz bormiz doim.
Unda odam qolmagan kunda,
Boshlanajak “qiyomat qoyim”.
* * *
Go‘zal etmish dunyoni odam,
Odam bilan go‘zaldir ul ham. (H.Olimjon. I. 207)
She’rdagi tashobehul-atrof takrorini unda va odam so‘zlari tashkil qilgan. She’rning umumiy g‘oyasi ham shu so‘zlarga singdirilgan.
Mirtemirning “Tuproq to‘g‘risida” she’rida ham tashobehul-atrof takrorining o‘ziga xos ko‘rinishi yuzaga kelganini ko‘ramiz. She’r misralari takror uslubiy vositasi asosiga qurilgan. Unda takrorning bir qancha turlarini uchratamiz. She’rda halqa takrori ham hosil qilingan. She’rning dastlabki misrasi Tuproqda hikmat ko‘p, jigarginam, hey! shaklida bo‘lib, bu misra she’rning o‘rtasida va oxirida takrorlanadi. Ko‘rinib turibdiki, she’rda dastlab tuproqda hikmat ko‘p, tuproqda ma’no ko‘p, deya tezis fikr aytilgan. Keyingi misralarda shu fikr rivojlantiriladi, mukammallashadi. Takror misralar she’rda ma’no umumiyligini ta’kidlaydi. U ham bo‘lsa, bu sa’y-harakatlarning barchasi shu ona tuproq uchun, ya’ni shu ona-Vatan uchun ekanligi poetik tasvirlangan:
Habibiyning bulbuldek o‘sha mastligi,

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling