Ишнинг умумий тавсифи
Sen – ona. Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen – ona
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu – men tug‘ilgan tuproq. Ha, men tug‘ilgan tuproq.
- Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman. Bu – men tug‘ilgan tuproq. Bu – men yo‘g‘rilgan tuproq.
- Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman
Sen – ona.
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen – ona. Torobiyni og‘ir jangga jo‘natganSen – ona. Olamni nurida munavvar etgan Sen – ona. (I. 250) Shoirning “Bu – men tug‘ilgan tuproq” she’rida ham misra takrori mavjud bo‘lib, she’r to‘rt band (32 misra)dan iborat. Takror misralar ushbu she’r bandlarining boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llangan: Bu – men tug‘ilgan tuproq. Ha, men tug‘ilgan tuproq. Tog‘lar, ko‘m-ko‘k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq. Bo‘ronlar qamchilashar, yomg‘irlar tomchilashar, Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq. Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman, Onam kabi o‘paman, qalb mehriga to‘yaman. Kayxisrav qilichidan kesikbosh bobom xoki, Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman. Bu – men tug‘ilgan tuproq. Bu – men yo‘g‘rilgan tuproq. Ko‘klam gohi serjala, yoz qurumsoq va qurg‘oq. Terak bo‘yi jarlardan suv tortar bobodehqon, Bug‘doy ham, juvari ham bo‘liq, ko‘m-ko‘k serboshoq. Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman, Suygulimday quchaman, jamoliga to‘yaman. Chingiz o‘qiga uchmish olis bobom xoki bu, Kim ko‘zga ilmay boqsa, kamchilikka yo‘yaman. (II.206) Har bir bandda ifodalangan ona tuproq xislatlarining ma’lum bir qirrasi shu takror misralarda ta’kidlangandek. Har bir band boshida takrorlangan Bu – men tug‘ilgan tuproq. Ha, men tug‘ilgan tuproq misrasining o‘zgarib takrorlanishi ham ma’no ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Dastlabki band birinchi misrasining ikkinchi yarmida qo‘llangan Ha, men tug‘ilgan tuproq takrori 2-bandda Bu – men yo‘g‘rilgan tuproq, 3-bandda Bu – men ulg‘aygan tuproq, 4-bandda Men bobo bo‘lgan tuproq shaklida takror kelgan. Ko‘rinib turibdiki, misralarda muayyan o‘zgarishlar tufayli ma’nodagi ta’sirchanlik ortib borgan. Bu ona zamin lirik qahramonning faqat tug‘ilgan tuprog‘i bo‘lmay, uning shu ona tuproqda, shu Vatanda tug‘ilib, ulg‘ayganligi va yetuklikka erishganligiga ishora. Bu esa bandlar o‘rtasidagi takror misralarda yanada ta’sirchan ifodalangan. Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman misralarining takrori shu ona zamin tuprog‘ining muqaddasligini, shoirning yurtiga cheksiz sadoqatini ko‘rsatadi. Har bir band oxiridagi takror misra shu banddagi fikrni umumlashtiradi, xulosalaydi. She’rning asosiy g‘oyasi ham mana shu takror misralarda namoyon bo‘lgan. Mirtemir she’riyatida band takrori ham go‘zal tarzda qo‘llangan. Bunday takrorlar she’rda naqarotni shakllantirgan, ohangdoshlikni ta’minlagan. Mirtemirning “Mard yigit, yoring bo‘lay” nomli she’rida urush yillari voqealari tasvirlangan. Bunda front ortida mehnat qilayotgan ma’shuqa obrazining ruhiy holati ifodalangan. U frontda qahramonlik ko‘rsatayotgan yoriga madadkor bo‘ladi, unga tasalli beradi, g‘alabaga undaydi: Mard yigit, yoring bo‘lay, Ham vafodoring bo‘lay. Sen yovga qarshi otlan, Men jilovdoring bo‘lay. Mard yigit, yoring bo‘lay, Ham vafodoring bo‘lay. Sen yovga qarshi otlan, Men madadkoring bo‘lay. (I. 248) She’rda band takrori va ohangdoshligi mavjud. She’r folklor ta’sirida yozilgan bo‘lib, unda xalq qo‘shiqlariga xos takrorlar qo‘llangan. Shoir she’rlarida xalq og‘zaki ijodi ta’siri yaqqol ko‘rinadi. “Mirtemir poeziyasining o‘ziga xosligi uning ajoyib serbezak, har safar original eshitiladigan xalqchil poetik tiliga ham bog‘liq. Bu goho jindak dangal, qishloqiroq, lekin hamma vaqt bezakli, goho Qoratog‘ etaklaridan sharqirab tushgan Turkiston soylari epkinidek sarin, hamma vaqt shirali, tejamli tiniq bir til”11. Bunday takrorlar she’r g‘oyasini, asosiy fikrni ta’kidlab ko‘rsatgan. Ma’shuqaning jangchi yoriga bergan daldasi ham shu misralarda ta’kidlangan. She’rdagi xalq qo‘shiqlariga mos takror va ohangdoshliklar mazmunni boyitishga, musiqiylikni ta’minlashga xizmat qilgan. Shunga o‘xshash takrorni “Yodgor” she’rida ham uchratamiz. She’rda urush manzaralari bilan bog‘liq holat yoritilgan. Bu manzara takror misralarda yanada ta’sirli namoyon bo‘lgan: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling