Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet48/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

UMUMIY XULOSALAR
Mirtemir – XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U o‘z uslubiga ega bo‘lgan adib. Shoir she’riyati xalq og‘zaki ijodiga hamohang she’riyat bo‘lib, takrorlarga boyligi, badiiy san’atlar va uslubiy vositalarning keng qo‘llanganligi bilan farqlanib turadi. Ayniqsa, takror vositasi shoir she’riyatining g‘oyaviy pishiqligi, badiiy mukammalligi, o‘ziga xos so‘z qo‘llay olish mahoratini namoyon qilgan. Aslida takror lafziy san’at bo‘lib, bu san’at bilan bog‘liq uslubiy vositalar Mirtemir she’riyati badiiyatiuchun xizmat qilgan.
Ushbu ilmiy tadqiqotda Mirtemir she’riyatidagi takror til birliklarining qo‘llanishi, ma’no anglatishi, uslubiy vazifasi kabi jihatlarni tadqiq qilish quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi:
1. Mirtemir asarlari tili uslub nuqtai nazaridan, so‘z va tasviriy vositalarni qo‘llashda xalq og‘zaki ijodi va jonli so‘zlashuvdagi lisoniy vositalardan foydalanish jihatidan o‘ziga xos bo‘lib, uslubiy vositalarning keng va maqsadga muvofiq qo‘llangani bilan ajralib turadi.
2. Shoir she’rlarida badiiy tasviriy vositalarni mahorat bilan qo‘llagan, ayniqsa, badiiy takror mohirona qo‘llangan bo‘lib, ularning semantik-stilistik xususiyatlari Mirtemir ijodining o‘ziga xosligini belgilaydi.
3. Mirtemir she’riyatidagi badiiy takrorlar fonetik, leksik, morfologik va sintaktik takrorlardan iborat bo‘lib, ular bir-birini to‘ldirgan hamda shoir she’riyatining badiiyligini oshirishga xizmat qilgan.
4. Mirtemir she’riyatidagi badiiy takrorlar ohangdoshlikni ta’minlagan, ta’sirchanlikni oshirgan, majoziy ma’no yuklagan, misra yoki bandlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlagan, tasvirning ifodaliligini oshirgan, mazmun va shakl uyg‘unligini hosil qilgan.
5. Shoir she’riyatida takrorlar ta’kid, so‘roq, iltimos ma’nolarini kuchaytirgan, tasvirni teranlashtirgan va musiqiylikni yuzaga keltirgan.
6. Mirtemir fonetik takrorning alliteratsiya, geminatsiya, assonans kabi turlaridan ustalik bilan foydalangan. Bunda, asosan, a, o unlilarini hamda s, sh, q, m undoshlarini mahorat bilan qo‘llab, ularga uslubiy vazifa yuklagan.
7. Mirtemir she’riyatida grammatik takrorning, asosan, tashobehul-atrof, halqa, tardi aks, misra va band takrori kabi turlari ko‘proq qo‘llangan. Shoir she’rlaridagi tashobehul-atrof takrorining asosini so‘z va so‘z birikmasi tashkil qilgan. Tardi aks esa teskari qo‘llanish asosida takror hosil qilishi bilan farqlanib, bu usul grammatik jihatdan o‘zgarib va o‘zgarmay qo‘llanishi asosida qaytariladi va o‘ziga xos uslubiy vazifa bajaradi.
8. Shoir she’riyatida halqa hamda misra va band takrorlari she’rning umumiy g‘oyasini bir butunlik tarzida o‘rab, mantiqiy yaxlitlikni ta’minlagan. Ayniqsa, halqa takrorida she’r oxiridagi takrorlangan misra yoki band o‘zidan oldingi misralar ma’nosining umumlashmasi, hosilasi tarzida namoyon bo‘lgan.
9. Mirtemir leksik va leksik-sintaktik takrorlarning anafora, mukarrar, takrir, epifora kabi turlarini qo‘llagan. Shoir she’riyatida mukarrar takrorini so‘zlar yuzaga keltirgan bo‘lsa, anafora, takrir, epifora takrorlarini so‘z va so‘z birikmalari hosil qilgan.
10. Mirtemir she’riyatida eng ko‘p uchraydigan takror – anaforadir. Shoir she’rlarida misra boshidagi so‘z va so‘z birikmalarining qaytarilishi aytiladigan fikr, maqsadni qayta-qayta uqtirishga xizmat qilgan va u misrada orqama-ketin, turli misralarda takrorlanib kelgan. Kuzatishlar bunday qo‘llanishning Mirtemir she’riyatida 14 dan ortiq ko‘rinishini aniqlash imkonini berdi. Misralarda o‘rniga ko‘ra anaforaga zid bo‘lgan epifora misra oxiridagi birliklarning she’riy nutqdagi ifodaviyligini kuchaytirgan.
11. Mirtemir asarlari tilini tadqiq etish asosida aytish mumkinki, takror shoir she’riyatining yetakchi uslubiy-ma’noviy fazilatlaridan biridir. Mazkur uslubiy vositani Mirtemir she’rlari asosida o‘rganish fonetik, leksik hamda grammatik takrorlar shoir nazmiy nutqining o‘ziga xosligini ta’minlovchi, uning badiiyligini oshiruvchi lingvopoetik vosita sifatida yuksak mahorat bilan qo‘llanganini ko‘rsatdi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling