Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
QISQA XULOSALAR
1. Mirtemir she’riyatida an’anaviy anafora, mukarrar, takrir, epifora badiiy usullaridan ham keng foydalanilgan bo‘lib, bunday takrorlar shoirning turli vaqtlarda, har xil mavzularda yozgan she’rlarida uchraydi. 2. Anafora, ya’ni misra boshida kelgan so‘z va so‘z birikmalarining takrori fikrni qayta-qayta uqtirishga, shoir o‘zi sevgan obrazni madh etishga xizmat qilgan. 3. Shoir she’rlarida juft yoki takroriy so‘zning qaytarilishi – mukarrar ham kuzatiladi. Mukarrar she’riy matndagi funksional o‘rni anaforadagi holatlarga o‘xshaydi, ammo uning uslubiy vazifalari farqlanadi. Bu she’riy nutqqa ular baxsh etadigan ohangdorlik, musiqiylikda namoyon bo‘lgan. She’rning ekspressivligi, badiiy bo‘yog‘i ortgan. 4. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, Mirtemir she’rlarida takrir san’atidan ham mohirona foydalangan. Bu usulda shoirning nozikta’b adib ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Adib ohangdorlik, misralarning mayin talaffuzini ta’minlovchi, tarkibida unli tovushlar mavjud bo‘lgan so‘zlarni mohirlik bilan qo‘llagan. 5. Takrir lafziy san’atlardan biri bo‘lib, poetik badiiyatga xizmat qiluvchi muhim badiiy usuldir. Shoir she’rlarida uchraydigan takrir san’ati badiiy tasviriy vositalarning ta’sirchan ko‘rinishlaridan biridir. Adib takrir vositasida o‘zida asosiy mazmunni ifoda etuvchi so‘zga urg‘u bergan, she’r davomida o‘sha tushunchaning mohiyatini ochib bergan va pirovardida shoir aytmoqchi bo‘lgan g‘oya yuzaga chiqqan. 6. Mirtemir she’rlarida qo‘llangan badiiy vositalardan biri misra oxirida kelgan so‘z yoki so‘z birikmasining takrori – epiforadir. Anaforada misralar boshida kelgan so‘z yoki so‘z birikmasiga urg‘u berilsa, epiforada, aksincha, misra oxirida kelgan lisoniy birliklar epifora takrori orqali ta’kidlanadi hamda she’riy nutqning ifodaviyligini kuchaytiradi. Tahlillar Mirtemir she’rlarida epifora so‘z va so‘z birikmasi yordamida hosil qilingan takrorlardan iboratligini ko‘rsatdi. Takrorlangan so‘z ma’nosining badiiy ta’sirchanligi va ekspressivligi ortgan. Bu ham she’rning ta’sirchanlik darajasini badiiy vositalar bilan bir qatorda oshirgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling