Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti.
Ishningmaqsadi: Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti haqidagi bilimlarni berish.
Kutilayotgan natija: Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti haqida nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.
Seminar jihozlari: krassvord, kompyuterlar, proyektr.
Ish rejasi:
Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik ta’minoti.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining dasturiy ta’minoti.
Nazariy ma’lumot:
5-SINF
(haftasiga 1 soatdan, jami34 soat)
Mazmun. Kompyuter xonasida xavfsizlik qoidalari va sanitariya-gigiena talablari. Informatika fani haqida: informatika fan sifatida; tarixiy ma’lumot: Al-Xorazmiy, Al-Farobiy qarashlari va bu sohadagi ishlari. Axborot tushunchasi.Axborot ko’rinishlari va xususiyatlari. Axborotni kodlash haqida. Axborotli modelga misollar. Axborot miqdori va o’lchov birliklari.
Mazmun. Kompyuter tuzilishi. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari. Kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari va ularning vazifalari. Klaviatura haqida ma’lumot. Klaviaturada ishlash. Kompyuter sichqonchasi bilan ishlash. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan dasturlar. Kompyuterni boshqarish dasturi haqida dastlabki tushunchalar (ish stoli, menyu, oyna, fayl va papka bilan ishlash). Grafik muharrir haqida (menyular, uskunalar paneli, ranglar majmuyi). Grafik muharrir yordamida sodda rasmlar hosil qilish va qayta ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |