Ishonchlilikka sinash va elektrik sinovlarni tashkillashtirish
Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash
Download 71.5 Kb.
|
Ishonchlilikka sinash va elektrik sinovlarni tashkillashtirish
3. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash.
Mashinalarni tayyorlash davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash uchun quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish lozim: 1. Detallar tayyorlanadigan materiallarni texnik xujjatlar talablariga mos ravishda tanlash, ularning fizik-Mexanik xossalarini tekshirish, sifatini nazorat qilish. 2. Detallarga va ularning ish sirtlariga termik, kimyoviy-termik ishlov berish, sirtlarni apital deformatsiya yo’li bilan ishonchlilikni oshirish. 3. Detallar sirtiga yeyilish va zanglashga chidamliligini oshirish uchun qoplamalar qoplash. 4. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qat‘iy rioya qilish va uni takomillashtirish. 5. Detallarni asosiy o’lchamlarining aniq bo’lishiga erishish va ular sirtini sifatiga qo’yiladigan talablarni oshirish. 6. Mashina detallarini tayyorlashda dasturni boshqariladigan avtomatlashtirilgan stanoklardan foydalanish bilan juda aniq va doimo sifatli buyum tayyorlashga erishish. 7. Detallarni tayyorlashning barcha bosqichlarida uning sifatini nazorat qilish, nuqsonsiz mahsulot tayyorlash tizimini joriy etish. 8. Ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Tayyorlash davrida detallarga Mexanik, termik yoki kimyoviy-termik ishlov berib, ularning mustahkamligini oshirish yo’li bilan mashinalarning ishonchliligini ancha oshirish mumkin. Detallarni YuChT (yuqori chastotali tok) bilan toblash, ularning puxtaligini oshiradigan muhim omillardan biridir. Cho’yan detallarning sirti toblanganda, ularni yeyilishga chidamliligi 2,5…3,5 marta oshsa, po’lat 45 ning YuChT bilan toblash uning toliqish mustahkamligini 2 xissa oshiradi. O’zgaruvchan yo’qlar ta‘sirida ishlaydigan detallarning sirtini kapital deformatsiyalash yo’li bilan, ularning mustahkamlik ko’rsatkichlarini 2 baravarga oshirish mumkin. Tirsakli vallar, bo’rish sapfalari, o’q va yarim o’qlar shariq va roliklar bilan ezib (rolikni bosim bilan detal sirtig’a yumalatib) mustahkamlanadi. Detallarning yeyilishga bardoshligi va toliqish mustahkamligi elektrokimyoviy usulda ishlov berish yo’li bilan oshiriladi. Bunday ishlov berish murakkab shakli detallarning barcha sirtini bir vaqtda ishlash imkoni beradi. Bu usul bilan detaldagi nuqsonlar va qoliplash xatoliklarini aniqlash mumkin. Shatunlarni elektro kimyoviy ishlov berish bilan ularning toliqish mustaxkamligini (50 foizdan ziyod) oshirish mumkin. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling