Ishonchlilikka sinash va elektrik sinovlarni tashkillashtirish
Mashinalarning ishonchliligini konstruktiv-texnologik yo’llar bilan oshirish
Download 71.5 Kb.
|
Ishonchlilikka sinash va elektrik sinovlarni tashkillashtirish
2. Mashinalarning ishonchliligini konstruktiv-texnologik yo’llar bilan oshirish.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi soxasida ishlaydigan mashinalarning ishonchliligini oshirish qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki, qishloq xo’jalik texnikasi murakkablashgan, foydalanish soxa kengaygan, yo’qlanish va tezliklari oshgani sari ishonchlilik talabalari ham doimiy oshib boryapti. Mashinalar ishonchliligini oshirish bilan uning raqobatbordoshligi oshadi, mehnat va yonergiya resurslari tejaladi, yong muhim mashinaning samaradorligi oshadi. Texnika yyoarli darajada ishonli bo’lmasa, ularning ish paytida tez-tez buzilishi sodir bo’ladi, oqibatda qishloq xo’jalik ishlarini bajarish muddatlari kechiqadi, ekinlar rivojlanishi yomonlashib natijada hosildorlik keskin kamayishi mumkin. Umuman, mashinalar ishonchliligini oshirishga qaratilgan barcha tadbirlarni quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: 1. Loyihalash davrida ishonchlilikni oshirish tadbirlari; 2. Mashinalarni tayyorlashda ularni ishonchliligini oshirish tadbirlari. 3. Foydalanish davrida mashinalar ishonchliligini oshirish tadbirlari. 4. Mashinalarni remont qilishda, ularni ishonchliligini ta‘minlash tadbirlari. Loyihalash davrida qishloq xo’jalik texnikasining ishonchliligini oshirishga qaratilgan asosiy konstruktiv tadbirlarni quyidagicha guruhlarga ajratiladi: 1.Mashinaning loyiha qo’rinishini (konstro’qtsiyasini) oddiylashtirish, tarkibiy qismlar sonini ularni maqbo’llashtirish yo’li bilan qisqartirish. 2. Mashinalar ishonchliligini cheklovchi qismlarini yanada puxtaroq qismlar bilan almashtirish. 3. Detallarni tayyorlashda ko’pga chidamli materiallarni tanlash va ularni mo’qobil birikmasini topish. 4. Mashinaning uzoq ishlashini, detallarning mustahkamlik zaxirasini oshirish yo’li bilan ta‘minlash. Bu yo’l, albatta mashina narxi va massasini kamaytirishga, material va yonergiya resurslarga bo’lgan talablar bilan cheklanadi. 5. Mashina ismlarini atrof muhitning salbiy ta‘siridan saqlash. 6. Mashinaga uning texnik holati va asosiy qismlarning bo’zilganligi to’grisida xabar beruvchi turli datchiklar va nazorat-o’lchash qurilmalarini o’rnatish. 7. Mashina qismlarini maqbo’l tarzda joylashtirib, uning yong bo’sh (puxtaligi juda kam) qismlariga oson yaqinlashishni ta‘minlash, rostlash va tez yoyiladigan detallarni almashtirishni osonlashtirish. 8. Havo, yonilg’i va moyni tozalashning samarali qurilmalarini yaratish. 9. Loyihalash xujjatini ishlab chiqishda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun nuqsonsiz loyihalash tizimini joriy etish. 10.Mashinalarni va ularning qismlarini haqiqiy ish sharoitlarida sinash. 11.Zavodlarning loyihachilik bo’limlarida mahsulot (buyum) larning ishonchlilik darajasini nazorat qiluvchi va mashinalar ishonchliligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiquvchi ishonchlilik xizmatini tashkil etish. 12. Mashina qismlarining yong maqbul haroratda ishlashini ta‘minlash: havo, suv, moy bilan sovitish. 13. Ishqalanuvchi juftlarning ishlash sharoitlarini yaxshilash mo’qobil o’lchamlar, solishtirma yo’q, zarur “yo’nalishda” yeyilishni ta‘minlash. Ishqalanuvchi sirtlarning bosim bilan, markazlashgan usulda moylanishini va moyni filtrda so’zilishini ta‘minlash. Ishqalanuvchi qismlarni germyoik berkitish, ularni yeyilishga va ishonchlikka xisoblash. 14. Mashinadagi asosiy baza (zamin) detallarning silkinish va titrashishga chidamli bo’lishini ta‘minlash. 15. Mashina tarkibiy qismlarini ta‘mirbopligini ta‘minlash. Mashinalarni loyihalash bosqichida konstro’qtorlar tomonidan hisoblangan ishonchlilik darajasi, ularni detal va qismlarini tayyorlash jarayonida ta‘minlanadi. Ba‘zan, detallarni tayyorlashda, topshiriqda ko’rsatilgan rejim va talablarga rioya qilmaslik oqibatida yong yaxshi loyihaviy yechimlar barbod bo’ladi. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling