Ishq-safari-lady-milo pdf


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1322536
Bog'liq
ishq-safari-lady-milo




#Ishq_safari
"Oradan bir yil oʻtdi. Ammo men haliyam oʻsha atigi ikki uch marta koʻrgan, yuz tuzilishiga tikilib
qarab oʻtirmagan yigitga oshiqman. Bilmadim bu oʻzi sevgimi? Yoki shunchaki oddiy yoqtirish, meni
yoshimda bunday hollar koʻp boʻlsa kerak deb oʻylayman. Ahir endigina 16 yoshga toʻldim. Oʻsha
men pinxona oshiq boʻlgan, bir koʻrishda uning qalin va qora qoshlariga mahliyo boʻlgan yigitni
sevaman. Balki bu sevgi emasdir... Kim bilsin?!
Ammo har safar hayolimda uning siymosi kelganida yuzimda oʻzim hohlamagan tarzda tabassum
paydo boʻladi, jahlim chiqqanida u hayolimga kelishi bilan mushukka oʻxshab muloyim boʻlib
qolaman. U mening sirli muhabbatim edi. Oʻshanda uni atigi 3 marta koʻrgandim, hatto aniq tiniq
koʻrmaganman. Meni oʻlim yoqasigacha olib borgan yigitga qalbim eshiklarini ochib berganman.
Gʻirt axmoqlik.
Oʻzim haqimda gapiradigan boʻlsam, ismim Dilruba. Boʻyim oʻrtacha, bugʻdoyrang, sochlarim
belimdan oʻtadigan darajada uzun va tundek qora. Koʻzim biroz katta va qop qora. Bazan oʻzimning
koʻzimga oʻzim gʻarq boʻlgim keladi. Qoshlarim ham kipriklarim singari qalin edi. Ammo oʻzimni
chiroyli deb hisoblamayman. Chunki maktabdagi qizlarni koʻrib oʻzimni chiroyli deyishga uyalaman
toʻgʻrisi. Otam elchi boʻlganliklari uchun koʻplab davlat va shaxarlarda boʻlganmiz. Oyim saraton
kasalligidan men 7 yosh paytim vafot etganlar. Doim boshqa shaxardan oʻz shaxrimizga kelsak
oyimni ziyorat qilaman. Koʻp davlatlarni sayohat qilganimga yarasha koʻp tillarni bilaman. Jami 9 ta
tilni bilaman, bular: oʻzbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab, kares va ispan tillari.
Yoshligimdan oʻrganishni boshlaganman va hozirda barchasini mukammal bilaman, otam tillarni koʻp
oʻrgatgan. Bir davlatda koʻp boʻlmaganimiz uchun tayinli dugonam ham yoʻq. Ammo oyimning
dugonalarining qizi bilan juda yaqinmiz. Ismi Habiba. Juda ajoyib va shaddod qiz. Boshqa yaqinim
yoʻq. Otam oilada yolgʻiz farzand boʻlgan. Onam yetim xonada jatta boʻlgan, shuning uchun boshqa
qarindoshlarim yoʻq edi.
Hayotim bir hil tarzda oʻta boshladi. Faqat otam bilan sayohat qilardim. 17 yoshimga toʻlib maktabni
tugatgach, moliyaga topshirdim. Koʻp tayyorlanganim uchun Grand asosida oʻqishga qabul qilindim.
Endi otasining izidan barcha davlatgablradigan qiz emasdim. Oʻzbekistonda qolib oʻqishimni davom
ettirishni va oʻzimni eplay olishim haqida otamga aytdim. Ammo otam koʻnmadi, soʻng
yigʻlayverganimdan spng rozi boʻldilar. Men shunday edim, bir nimaga erishish uchun nima qilib
boʻlsa ham erishardim. Otam men uchun 5 xonali katta uyni sotib olib berdilar. Oʻsha uyda bir oʻzim
yolgʻiz turadigan boʻldim. Oʻqishimga yaqin joydan olib bergandilar. Oʻsha men oshiq boʻlgan yigitni
qayta uchratmadim. Hatto ismini ham bilmayman qidiray desam, ammo qidirib topdim ham deylik,
unda nima qilaman, borib "Men sizga oshiq boʻldim" deymanmi. Gʻirt axmoqsan Dilruba axmoq!
Oʻqish ham ikkinchi kurs boʻlganimda yoqmay qoldi. Negadir hayotim zerikarlidek tuyilardi. Hech bir
qiziq narsa yoʻq edi, faqatgina otamning kelib ketadigan hafta oʻn kunini aytmaganda. Dugonam
Habiba Med ga topshirgani uchun oʻqishlari koʻp edi. Yana birinchi yili kira olmadi, shuning uchun
qattiq oʻqiyotgandi, men bilan ham oyda bir marta habarlashadigan odat chiqargandi. Ha mayli
uniyam bezovta qilmay deb oʻzim kechgu sayrlarga chiqadigan boʻldim. Uyda oʻtiraverish ham
odamni sil qilib yuboradi. Bir paytlar oʻzimni tarki dunyo qilganlarga oʻxshatib yuboraman toʻgʻrisi.
Vaqt oʻtib qishloqlarga boradigan odat chiqardim, chekka qishloqlarning toza havosi juda yoqimli,
tong paytida boʻladigan shabada. Ajoyib edi. Bir ikki marta oʻz stilinda bordim, ammo odamlarning
antiqa nigohlari, bu yerda bunday stilda kiyinishmasligini anglatardi, soʻngra qishloqliklarga hos
ravishda koʻylak kiyadigan boʻlganman. Oʻzbekistonda kam boʻlganim uchun fikrlashib yevropalashib
ketgan edi. Oʻzbekona fikrlardan yiroq edim. Hullas mening zerikarli hayotimga rang kirdi goʻyo. 22
yoshga toʻlganimda, meni hususiy juda mashhur boʻlgan "Aminov" holdingga ushga taklif qilishdi.
Ahir 9 ta tilni biladigan moliyani tugatgan qiz kimga kerask emas deysiz. Ish juda menga maqbul
boʻldi. Ammo dadam ishlashimga qarshilik qildilar, katta qiz boʻlding, endi oila qurish vaqting keldi,
koʻnglingda kimdir boʻlsa aytgin vhk vhk vhk. Men bu gaplardan judayam zerikdim, dadamga bir ikki


moʻltirab bergan edim, darrov rozi boʻldilar. Bundan huddi osmonga uchgandej xursand boʻldim
rosti. Habiba bilan judayam yaqin boʻlib ketdik, unga ish taklif qilishgani haqida aytish uchun tel
qildim.
- alo, Habishim. Senga zoʻr yangiligim bor! - quvonchim ichimga sigʻmay telni koʻtarganidan
gapirdim.
- Dilruba qizim, Habiba yoʻq edi. U darsini qilyapti. Keyin oʻzi tel qilib yuboradi. - telni uning onasi
Moʼmina hola koʻtardi, odatda tel faqat oʻzida turardiku. Qiziq!
- assalomu alaykum hola ahvollaringiz yaxshimi? Amakim yaxshilarmi? - odatga koʻra hol avhol
soʻradim.
- ha qizim shukr, hammamiz yaxshimiz. - negadir ovozi gʻalati, gaplashgisi kelmayotgani yaqqol
sezildi. Men ham gapni choʻzmadim.
- ha mayli hola, Habiba knroq oʻzi tel qilar. - hayrlashib goʻshakni qoʻydim. Ammo yuragim gʻash.
Habiba hecham onasiga tel bermasdiku, nega onasi koʻtardi ekan?! Degancha oʻylay oʻylay
internetdan ish taklif qilishgan "Aminov" holding haqida maʼlumotlar koʻrib chiqdim. Yozilishicha
kompaniya juda mashhur boʻlib, uy oldi sotdisi bilan shugʻullanarkan. Kompaniyaga hammani ham
ishga olishmas, faqta oliy toifali, ishini koʻzini biladigan ishchilarni olisharkan. Tartib juda muhim
ekan, hatto har bir ishchining koʻylagining tugmasigacha eʼtibor qaratilgan ekan. Boshligʻi David
Aminov ekan. Otasinign kompaniyasini mazza qilib yurgʻizib oʻtirgan ekan. Ha mayli. David Aminov
Amerikada taʼlim olgan ekan, 1 yil oldin shu yerga kelib otasining biznesini davom etganmish.
Otasining sogʻligi yomonlashgani tufayli. Kompaniya haqida yomon maʼlumotlarga ham koʻzim
tushdi, ammo matbuot bergan habar yolgʻonligi haqida bir necha marta David Aminov koʻrsatma
bergan ekan. Kompaniyani mafiyalarga aloqasi borligida ayblashgan ekan. Ajabo bu sirli
kompaniyaning qandar qirralari bor ekan-a?
Davomi bor.
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Bugun suhbatdan oʻtish uchun boraman. Shunaqangi hayajonlandim, rosti tasavvur qilish qiyin.
Kuzning noyabr oyida havo anchayin sovugan edi. Egnimga klassik uslubda tikilgan qora shim va oq
kofta kiydim, egnimga esa tizzamdan bir qarich pastda turadigan sariq plashimni kiydim. Uzun
sochlarimni tepadan yigʻib oldim. Oddiy qilib pardoz qildim. Koʻrinishimdan koʻnglim toʻlgach,
sumkamni oldim va mening qip qizil "qizim" ni haydagancha kompaniyaga yoʻl oldim.
Boshliq haqida faqat ism familiya va yoshi maʼlum hech qanday internetga rasm joylamas emish.
Koʻrinishidan qandayligini bilsa boʻlardi deb qidirdim ammo hech vaqo chiqmadi. Shularni
oʻylagancha kompaniyaga ham yetib keldim. Qarshimda qad rostlagan tahminan 6 qavatli binoni
koʻrdim. Atrofi judayam goʻzal ekan, mashinamni qorovulga topshirdim va hujjatlarimni koʻrsatib
suhbatga kelganimni aytdim, ular meni asosiy eshikka yoʻnaltirishdi. Poshnalarimni taqillatib
bordim, qabulxonada bitta hushbichim qiz oʻtirgan ekan. Oldiga bordim va unga ham suhbatga
kelganimni bildirdim.
- Siz Dilruba Ohunova boʻlasizmi? - dedi aytishim bilan oʻrnidan turib. Men biroz hayratlandim ammo
bildirmadim.
- ha, menman. - jiddiy tarzda javob berdim. Qiz asta yonimga keldi va yoʻl boshlab gapira ketdi.
- siz haqingizda aytishgan, 9 ta tilni mukammal bilishingiz, moliya institutini bitirganingiz va hozirda
ish qidirayotganingizni boshligʻimiz eshitishi bilan sizdek aqlli xodimga ish taklifi yubordilar.
Boshligʻim hammaga ham bunday qilmaydilar quvonaverishingiz mumkin. Ha yana siz agarda ishga
olinsangiz boshligʻimizning shaxsiy kotibasi va tarjimoni boʻlasiz nazarimda. Sizga bir gap aytay,
boshliq judayam qattiqqoʻl va tartibli, men ishga kelganimga 3 oy boʻlgan boʻlsa shu 3 oy ichida naqt
13 ta kotiba ishdan boʻshadi. Hech biri David Aminovga javob bera olishmaydi. Sizni hozir
boshliqning shaxsan oʻzlari suhbatdan oʻtkazadi. Ha yana kotibasi oʻzining xonasida joylashadi. Xona
juda katta, shuning uchun boshliq va kotibaga bitta. Buni boshliqning oʻzi ham maʼqul koʻradi... Bu


tarafga. - u yurish barobar boshliq haqida ozmuncha maʼlumot berib oʻtdi. Yoʻlakdan biroz yurib
chapga burildik va lift kelishini kuta boshladik. Ammo menda fobiya borku.
- aa uzr menda fobita bor zinadan koʻtarilsam boʻladimi? Nechanchi qavat? - sal nariroqda turgan
holda savol berdim.
- ha albatta, men ham sizga hamroh boʻlaman, 6-qavatga chiqamiz. - qiz men tarafga keldi va zina
tomonga yoʻl boshladi.
- aytgancha ismim Maftuna, shuncha gap gapirib ismimni aytmapman ham. - kulgancha dedi.
- tanishganimdan xursandman. - zinalardan koʻtarilar ekanmiz kulib qoʻydim. Negadir shu qiz menga
yoqib qoldi, uning samimiyligi va kulib turgan chehrasi meni oʻziga tortardi. Boʻyi ham men tenggi,
sochlari beliga yetar yetmas boʻlsada oddiygina qilib yigʻib qoʻygandi. Yuzida ham ortiqcha pardoz
yoʻq edi. Tizzasidan turgan qora yubka va kengroq boʻlgan oq qofta va nimcha kiygandi. Menincha
bu kompaniyaning asosiy formasi, bir necha qizlarda shu formani koʻrdim. Barchasining koftasi
dazmollangan, yubkasi ham kalta emas edi. Hayol bilan 6-qavatga ham yetib kelibmiz.
- va nihoyat! Oyoqlarim uzilib tushay dedi oʻziyam. - Maftuna kulib dedi.
- men oʻrganim qolganman. Uzr soʻrayman sizni ham oyoqlaringizni ogʻritib qoʻydim. - aybdorona
qaradim.
- hech qisi yoʻq uzr soʻramang. Endi esa sizga omad va boshliqning yonida hecham ortiqcha
kulmang, harakatlaringizga ham diqqat qiling...Ha yana saqich chaynamayapsizmi? - boshliq
xonasiga yaqinlashar ekanman rosti judayam hayajonlanib ketdim, ahir ilk suhbatdan oʻtishim edida.
- maslahat uchun katta rahmat. Saqich ham chaynamayman. - Maftuna toʻxtagani uchun men ham
toʻxtab unga qaradim.
- mayli. Unda bu yogʻiga men bormayman. Shu yoʻlakdan oʻngga qayrilsangiz boshliq xonasi va
kichik kotiba bor. Unga oʻzingizni tanishtirsangiz xonaga kirgizadi. - gapirib boʻlib ketishga
chogʻlandi. - aha raxmat Maftuna. - kulib asta oldinga yurdim. Eshik oldida oyoqlarini chalishtirib
olgan juda oddiy kiyingan qiz meni kulib qarshi oldi va oʻrnidan turdi.
- hush kelibsiz xizmat.
- men Dilruba Ohunova boʻlaman. Suhbatdan oʻtish uchun kelgandim. - turgan joyimda toʻxtab
qoldim.
- haa men hozir boshliqqa habar beraman. - u eshikdan men kelganimni habar bergach ichkaridan
yoʻgʻon ammo yoqimli ovoz sohibi "2 daqiqadan keyin kiraversin!" Deganini eshitdim.
- boshliq biroz band ekan, 2 daqiqadan soʻng kirishingiz mumkin. Hohlasangiz bu yerda oʻtirib
turing. - men ham hop deya omonotgina choʻkdim. Ikki daqiqadan soʻng asta eshikni ochib ichkariga
kirishim bilan boshliqning asabiy ovozi jaranglab qoʻrqishimga sabab boʻldi.
- men senga nima dedim Malika! Bugun men bilan borasn demadimmi? Nima oʻzgardiki fikringdan
qaytib qolding?! - asabiy tarzda gapirdi, stulini oyna tarafga qaratib olgani uchun meni ichkariga
kirganimni ham sezmay qoldi shekilli.
- demak bormaysan shundaymi? ... Jonimga tegib ketding! Injiqliklaring boʻgʻzimga keldi! Har
narsadan urush topishing sabrimni soʻnggi tomchisigacha keldi! ... Malika!!! ... Menga nima? Nima
qilsang qil! Jonimga tegib ketding!!! - menimcha sevgan qizi boʻlsa kerak. Rossa urishdi. Bechora
qizga rahmim kelib ketdi. Yoki ayoli ekanmi? Ee menga nima?! Bu boshliq deganlarining husn
jamolini koʻrish haliyam nasib qilmagandi. Jim turavermay deya asta tomoq qirdim. Shu zahoti
aylanma stulni men tomonga burdi.
- bu yerda nima qilyapsiz? - qora va qalin qoshlari bir chiziqqa yigʻilgan, kipriklarining uzunligini
qoshiga tegay deb turardi. Koʻzlari ham qoshiga mos ravishda tundek qora, silliq va nuqsonsiz oppoq
yuz, qirra burun va oʻziga mos nim pushti lablar. Sochlari ham bir tarafga tartib bilan taralgan edi.
Unga biroz tikilib qoldim. Uning bu tundek qora koʻzlarini kingadir oʻxshatdim. Ammo aynan kimga
ekanini eslat olmadim. Menda shunday edi, koʻp narsalar tez yodimdan chiqib ketardi. Buni nimadan
ekanligini bilmayman, ammo necha yildan beri shunday edi.
- hooy sizga gapirdim. - axmoq Dilruba, hayol surishga balo bormi shu yerda, nima deb oʻyladi ekan
endi, ahir unga qancha tikilib turdim. Ey Allohim.
- h.haligi, m.men Dilruba Ohunova boʻlaman. Suhbatdan oʻtish uchun kelgandim. - zoʻrgʻa gapimni


topib gapirdim. Menga sinchkov nigohlari bilan qarab turdi.
- Dilruba Ohunova, oʻtiring marhamat. - asta qarshisidagis tulni koʻrsatdi va qoʻlidagi oʻynatib
oʻtirgan ruchkasini qars etib stolga qoʻyib qoʻydi. - hujjatlaringiz.
- mana - asta unga fayl papkamni koʻrsatdim. U erinmasdan barchasini oʻqib chiqdi. Bu orada esa
jimgina xonani tomosha qilib oʻtirdim. Xona haqiqatdan juda katta va keng edi. Asosan qora va
kulrang ranglar bilan jihozlangan boʻlib bir tarafi oyna, parallel tarafda esa devorning barcha joyini
shkaf egallagan edi, shkafda har hil fayl papakalar, sertifikatlar va diplomlar turardi. Devorda esa
qimmat portretlar ilingan va yillariga qarab ilib chiqilgandi. Xonaning oyna tarafida boshliq stol va
stuli, kostyum ilgich, chap tarafda esa kichik shkaf bor edi. Menimcha bu shkaf boshliqning
favqulodda holatlarda turadigan kostyum va shimlari uchun shekilli. Oʻng tarafda esa daraxtdek
katta gullar bilan toʻldirilgan edi. Kotiba stol va stuli esa boshliqnikiga parallel ravishda
joylashtirilgan edi. Undan tashqari bu xonadan yana ichkariga kirish mumkin boʻlgan xona bor
shekilli, boshliqning chap tarafida joylashgan qora eshikdan sezdim. Oradan chamasi 15 daqiqalar
oʻtgach u gapirib qoldi.
- demak otangiz elchi shundaymi? - menga gapirgani uchun hayollar olamimdan tap etib yerga
tushdim va dovdirab qoldim.
- h.ha shunday. Men ham dadam bilan koʻp davlatlargmda boʻlganim uchun shunday tillarni
oʻrganganman. - mamnun jilmaydim.
- unday boʻlsa ishga olindingiz, mening shaxsiy kotibam va tarjimonim boʻlasiz, ertadan shu xonada
ish boshlaysiz! Anavi stol va stul siz uchun. Endi esa hayr! Mening juda muhim ishlarim bor. -
Maftuna aytgan Ishni aytdi va oʻrnidan turdi. Men ham asta oʻrnimdan turib boshliqqa qarayman
deb, stulning oyogʻiga oyoqlarim chalishib ketib yerga gurs etib yiqilaman deganimda, belimdan
quchib qolgan kuchli qoʻllarni sezishim biman tanamda chumoli oʻrmalagandek boʻldi. Uning tundek
qora koʻzlariga tikilgancha qolib ketdim. Shu payt qars etib ochilgan eshikdan ikkimiz ham esankirab
qoldik va men darhol uning qoʻllaridan chiqib oldim. Eshikdan sochlari qariy qilingan va sariq
boʻlgan. Boʻyi uzun tizzasidan salgina balandda turgantanaaiga yopishgan qora nafis koʻylak va
shunga mos qora poshnali tufli kiyib, egniga uzun plash tashlagan qiz kirib keldi va bizga yashil
koʻzlarini katta katta ochgancha qarab turardi. Men bu qiz kim ekanligiga qiziqib unga boshdan oyoq
nazar tashladim.
- Malika men senga barchasini tushuntirib beraman. - David Aminov asta qiz tomon borib endi unga
yaqinlashgandi qiz unga tarsaki tushurdi. Hayratlanganimdan ogʻzimni qoʻlim bilan yopib oldim.
David Aminov esa yuzini burgancha qoldi. Malika deganlari esa yuzini burib eshikni qarsillatib
yopgancha ketib qoldi. Nima qilishni bilmay qoldim. David Aminov esa menga gʻazab bilan qaradi.
Koʻzlarimga tikilib turganidan shartta yerga qarab oldim. Asta bu xonadan chiqish uchun eshik
tomonga yoʻnaldim va endi yetganimda David Aminov qoʻlimdan siqib oʻziga bitta tortganida
tumshugʻining tagida paydo boʻlib qoldim.
- Malika ketib qolgani uchun bugun kechqurun bazmga men bilan borasiz hurmatli Dilruba Ohunova!
- tishlari orasida gapirdi. Nima qilishni bilmay haykal kabi qotib qoldim.
Davomi bor.
Muallif #Zulmat (#lady_milo )
Fikrlarni va reaksiyalarni kutaman. #Ishq_safari
- bu nima deganingiz qayerga boraman men?! - hayratimni yashirmay shartta qoʻlimni siltab oldim va
savol nazari bilan qaradim.
- bu deganim, Malika siz tufayli ketib qoldi va kechqurun bazmda men bilan boradigan qiz siz
boʻldingiz. Aslini olganda Malika bilan ketishim kerak edi, afsuski sizning befarosatligingiz tufayli siz
bilan ketishga majburman! - qoʻlini choʻntagiga solib stoli tomon ketdi. Nega meni befarosat deydi?
Ahir men bilib qilmadimku?! Oyogʻim chalishib ketdiku?! Bu dumbul janoblari meni shu bahona
majburan qanaqadir bazmga olib ketyapti?! Bu nimasi???


- men bormayman! Siz meni majburlay olmaysiz janob David Aminov! - unga rasmiy murojaat qilib
tashqariga chiqdimu eshikni qarsillatib yopdim. Shu yerda oʻtirgan qiz bir menga, bir eshikka nazar
tashlab tik turardi. Unga bir nazar tashladimu poshnalarimni taqillatgancha ketib qoldim.
Tashqariga chiqib, qorovuldan mashinamni oldim va uyga yoʻl oldim. Ammo uyga borib nima qilaman
deya bogʻda biroz sayr qilgim keldi. Mashinamni qoʻyib bogʻda sayrni boshladim, asta yurib shu
yerdagi skameykalardan biriga oʻtirib doimgi hayol surishni boshladim.
David Aminov. Uning koʻzlari judayam tanish, ammo aynan kim? Nega uning koʻzlariga qarasam
uning oʻtli migohlariga singib ketaveraman. Shu yarim soatlik uchrashuvda hayajonim Everest
choʻqqisi kabi boʻldi. Uning qoʻllari tegishi bilan tanamda chumoli oʻrmalagandek boʻldi. Ya Allohim
nega u mening hayolimdan chiqmayapti?! Yarim soatlik uchrashuvda butun hayollarimni egallab
oldi? Qanday qilib? David Aminov! Ism familiyasini hrch qayerda eshitmaganman, ammo nega juda
tanish uning koʻzlari? Tundek qora koʻzlar va shunga monand qalin qora qoshlar!
Qora koʻzlar! Qora koʻzlar! Qora koʻzlar!
Bu koʻzlarni qayerda koʻrganman, nega doim xotiram pand beradi. Piff! Dilruba, hayollaringni yigʻ! U
senga hech kim! Uni sevgani bor! Buni muyang qabul qilsin Dilruba!
Asta oʻrnimdan turdim. Quyosh qora bulutlar orasiga berkinib olibdi, bu osmonning yigʻlashidan
darak. Bogʻdagi sariq qizgʻish yaproqlar shamolda har yoqqa harakatlanib atrofni goʻzallashtiryapti.
Kimdir otasi bilan, kimdir onasi bilan, kimdir dugonasi, kimdir doʻsti, kimdir sevgilisi, kimdir esa
oilaviy sayr qilishyapti. Yangi oilalar ham bor boʻlib, bir biriga toʻymay tikilar, endigina qorni bilinib
qolgan ayollar, umr yoʻldoshlari bilan baxtdan sarmast holda yurishardi. Salqin havoni judayam
yoqtiraman, ayniqsa bulutli havoni. Atrofdagi insonlarga va tabiatga tikilgancha, mashinam tarafga
yoʻl oldim. Mashinamga oʻtirdim va telimni qoʻlga olib, Habibaga yana tel qildim. Gudok ketyapti,
ammo javob yoʻq. Endi telni oʻchirganimni bilaman, orqadan kimdir ogʻzimni yopdi. Tipirchilab uning
qoʻlini olishga urindim, ammo boʻlmadi, ohiri koʻz oldim gʻira-shira boʻlgancha hushimni yoʻqotdim...
Koʻzimni ochishim bilan nimalar boʻlgani haqida oʻylay boshladim. Soʻng miyamda "Meni
oʻgʻirlashdi" degan signal jarangladi. Shartta oʻrnimdan turdim va atrofga alangladim. Oddiygina bir
kishilik xona, asosan oq ranglardan iborat, bitta kravot, shkaf, oyna va vanna. Eshikni oldiga borib
asta ochdim va tashqariga chiqishim bilan eshikka tikilib oʻtirgan 5 tacha qizga koʻzim tushdi. Ular
meni koʻrishi bilan quvonishib oʻrnilaridan sakrab turishdi va men tarafga bostirib kelib ichkariga
olib kirishdi. Nima qilishni bilmay qoldim. Men qayerdaman oʻzi? Kim oʻgʻirladi meni? Bu qizlar kim?
Nima qilishmoqchi? Miyamda turli hil savollar aylanar, ammo javob yoʻq edi.
- sizlar kimsizlar? Nega men bu yerdaman? - bittasi meni oyna oldiga oʻtirgʻizib sochimni yecha
boshlashi bilan savol berdim.
- unday savollarni bermang asalim menga. Bizga faqat sizni tanib boʻlmas darajaga olib keltirish
buyurilgan! Endi esa ijozat eting ishlarimizni bajaraylik. - tilimni yutgancha jim yotdim. Chamasi 2
soatdan soʻng mening uzun sochlarim va pardozim oʻz nihoyasiga yetdi. Oynaga qaramoqchi edim,
qaysar stilist bunga yoʻl qoʻymadi. Koʻylak tanlash uchun kravat ustiga 3 hil libos turibdi. Biri qora
old qismi ochiq va yengi yoʻq, ammo tizzadan bir qarich pastgacha tushib, tanaga yopishib turadigan
edi. Ikkinchisi toʻq qizil rangda, yergacha tegib turadigan, yeng va yoqa qismi toʻrlardan iborat,
bsrcha joyiga yaltiroq toshlar qadalgan edi. Uchinchisi esa mening sevimli rangim moviy rangda edi.
Beligacha tanaga yopishib, beldan past qismi etaklari yoyilib ketgan edi, uzunligi esa tizzadan
pastda, yoqa qismi va yengi toʻrlardan iborat boʻlgam oddiy ammo jozibali libos edi. Moviy libosni
darrov tanladim. Uni kiyib chiqdim, shu zahoti bitta qiz oyoqlarim tagiga bir qarich poshnali tuflini
qoʻydi.
- bu juda baland, men bunda yura olmayman! - unga norozi nigoh tashladim.
- ammo boshqasi yoʻq, ilojimiz yoʻq. - yelka qisdi. Noiloj tuflini kiydim. Ammo haliyam hayolimda
nega tayyorlandim oʻzi degan savol girdi kapalak boʻlib aylanardi. Asta oynaga qaradim, ajabo men
yangicha men boʻlgandim. Umuman oʻzimni tanishim.qiyin boʻldi, makiyaj har baloga qodir ekanini
oʻshanda tushunib yetgandim.
- soat 17:30 boʻlibdi, hozir janob keladi. Ishlar bitdimi? - shu payt xonaga yoshi kattaroq ayol kirib


keldi va qizlarga qarata savol berdi, soʻng nigohi menga tushishi bilan samimiy jilmayib boshdan
oyoq tikildi.
- Mashaalloh juda goʻzal qiz ekansan qizim. - "qizim" bu soʻzni dadamdan boshqa hech kim aytmasdi,
ayol kishidan eshitib, qanaqadir gʻalati boʻlib qoldim. Onamni judayam sogʻindim. Onamning "Shirin
qizim, Dilrubam meni, yagona koʻzmunchogʻim..." Deya erkalashlarini sogʻindim, onam xotiramda
kam qolgan. Judayam. Ularning rasmlariga qarab turmasan hattoki yuz tuzilishlarini ham unutishim
mumkin edi.
- qizim. Ahvoling yaxshimi? - qarshimdagi yuzidan nur yogʻilib turgan ayolga, yoshli koʻzlarimni
tikdim. Ayol memga biroz qarab turdi va dalda berish uchun asta bagʻriga bosdi.
- Qiz tayyormi? - tanish ovozni eshitishim bilan shartta ayolning bagʻridan chiqib eshikdan hovliqib
kirib kelgan Davidga koʻzim tushishi bilan hayratim ikki barobar oshdi.
- sizzz!!! - unga koʻzlarimni katta katta qilib qaradim.
- men menman, nima qilyapsiz? Tezroq yuring, ahir bugun men bilan bazmga borishingiz kerak edi!
Unutdingizmi? - menga mazah qilgandek qaradi. Ahir... Ahir men qanday qilib unutdim uning
gaplarini? Ya Allahım bu telbami? Meni oʻgʻirlab, kamiga stilistlarga topshirib, endi men bilan
baxmfa ketmoqchi. Hozir jinni boʻlib qolamanku.
- nimalar deyapsiz? Men...men siz bilan hech qayoqqa bormayman. - tuflini yechib tashladim va
kravatga oʻtirib oldim.
- ey yosh bolamisiz? Turing oʻrningizdan, yoʻqsa sizni kimsasiz oʻrmonga tashlab kelaman, hech
kimsiz oʻrmonda sayr qilib hayvonlar bilan oʻrtoqlashib yurasiz. Nima deysiz? - xonadan barchani
chiqarib yuborib, ovoziga qoʻrqinchli tus bergancha gapirib oldimga keldi.
- meni majburlay olmaysiz? Sizdan qoʻrqmayman. - yuzimni boshqa tarafga burib oldim.
- balki sizni liftga qamab qoʻyarman a?! - "lift" mening nozik nuqtam, lift deyishlari bilan ichimda
qoʻrquv uygʻonadi, bu klaustrafobiya. Yopiq joylardan judayam qoʻrqaman, bu qoʻrquvdan aholining
3-5% aziyat chekadi, men oʻsha 3-5% ning uchiga kiraman. Unga yosh toʻla koʻzlarimni pirpiratib
qaradim.
- menga unaqa qaramang azizam. Shuning uchun bugun men bilan borasiz! Malika ham
telefonlarimga javob bermayapti. Bunga esa aybdor sizsiz! Shunday ekan noz qilmasdan oʻrningizdan
turing. - tik turgancha qoʻlini uzatdi.
- Malika sevgilingizmi? - hayolimdan kechayotgan savolni tilimga koʻchirdim.
- yoʻq. Uni oyim tanlaganlar, unashtiruvimiz boʻlib oʻtgan, dadamning qistovi, onamning gaplari bilan
rozi boʻlganman, ammo haddidan oshdi. Endi undan kechirim soʻramayman... Turingeyy
oʻrningizdan! - darrov javob berib boʻlishi bilan qistadi. Men ham uning qizlarnikidek qoʻlini nozik
qoʻllarim bilan ushladim. Asta oʻrnimdan turdim, uning boʻyi mendan tahminan 15-18sm uzun edi.
Shuning uchun bir qarich tufli olib kelishgan ekanda. Tuflini kiyib boʻlib asta yana Davidning
qoʻllaridan tutdim. - ehtiyot boʻlib yuring, yana yiqilib meni sharmanda qilib yurmang! - eshikka
yetganimizda tanbeh bergan boʻldi.
- hoʻp boʻladi boshliq David Aminov. - ensalarim qotib ketdi.
- ha yana, bazmda menga David deb murojaat qiling, men ham ismingiz bilan murojaat qilaman.
Kelishdikmi? - koʻzini qisib qoʻydi.
- kelishdik! - uning qoʻlidan qoʻlimni oʻtkazib tashqariga chiqdik. Soʻngra qop qora mashinaga oʻtirib,
Davidbey aytgan bazmga yoʻl oldik.
Davomi bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo)
Fikr va reaksiyalarni kutaman #Ishq_safari
Mashinada ketar ekanmiz, David menga bir dunyo narsalarni tushuntirdi, kimdir menga savol bersa
javob bermasligimni, yonidan ayrilmasligimni ming bora takidladi oʻziyam. U meni kotibam deya
tanishtirar emish. Hech kimga sir boy bermasligim, jiddiy yurishim, hech qanday insonlar bilan koʻp


muloqat qilmasligim kerak emish.
- oʻzi u qanday bazm? - ohiri sabrim tugab savol berdim.
- unisi bilan ishingiz boʻlmasin honim afandi! - darrov jiddiy tusga kirib oldi. Men ham ortiqcha savol
bermadim va mashina oynasidan tabiatni kuzatib ketdim. Endi kech kirayotgan mahal, quyosh
qizgʻish tusga kirib botayapti. Quyosh botishini tomosha qilishni juda yoqtiraman. Asta oynani
tushurdim va yuzimni salqin shamolga tutdim. Shamol yuzimga urilar ekan asta lablarimda oʻzim
bilmagan holda tabassum paydo boʻldi. Koʻzlarimni yumgancha shamolga yuzimni tutib ketardim.
Shu payt birdaniga mashina oynasi yopildi. Shu zahoti David Aminovga qaradim.
- bu nima qilganingiz? - asabiy dedim.
- jim oʻtiring, birozdan yetib boramiz. Shuning uchun yopdim. - oynadan atrofga biroz olazarak qarab
oldi. Nimadandir havotirda ekanligini sezdim, qoshlarini chimirib olibdi. Tez tez lablarini qimtib
qoʻyyapti.
- nimadir boʻldimi? - ichimni qizitgan savolni sirtimda berdim.
- hech narsa boʻlmadi... Yetib keldik. Birinchi men tushaman keyin siz!- buyruq ohangida mashinadan
tushdi va men tarafga aylanib oʻtib mashina eshigini ochdi. Menga uzatgan qoʻllariga tikilgancha
qolib ketdim. Qanday sharmandalik, David Aminov tomoq qirishi bilan shartta uning qoʻlidan tuti,mb,
yuzimda sozta tabassum yaratib oldimda uni qoʻltiqlab qizil gilam ustidan, 3 qavatli koshonaga yoʻl
oldik. Menimcha bu boylarning bazmi ekani yaqqol bilindi. Ey Dilruba, David Aminovni esa qanday
bazmlarga boradi deb oʻylaganding axmoq?! Deya oʻzimni koyib qoʻydim. Atrof juda chiroyli edi,
chap tarafdan mashinalar kelsa, oʻng tarafda yaxshigina katta gulzor va basseyn bor edi, basseyn
atrofida esa dam olish uchun divan va stol. Nigohlarimni oldinga qaratdim, David Aminov bilan
qoʻltiqlashib ichkariga kirdik. Bu orada esa jurnalistlar bizni ming marta suratga olishdi desam
yolgʻon boʻlmaydi. Kiraverishda bizni bitta yoshi katta erkak, yonidagi menimcha ayoli edi, qora
randa oʻziga yarashgan libosda, erining qoʻllaridan tutgancha turardi. Koʻrinishidan juda samimiy
ayolga oʻxshadi. Ulardan keyin esa bitta David Aminov tengi yigit, yigitning yonida esa bitta
tahminan 18 yoshlardagi qiz turardi. David Aminov ular bilan quyuq salomlashib, meni ham kotibasi
deya tanishtirdi. Men ham tanishib oldim. Bu kishim Mansur Holmedov biznes olamida oʻz oʻrniga
ega biznesmen ekan, hozirda kompaniyalarini oʻgʻli Farhodga topshirganmish, unga oʻziga
ishongandek ishonarmish. Yonidagi ayol esa oʻylaganimdek turmush oʻrtogʻi Holida Holmedova ekan.
Ohirida turgan qiz esa ularning qizlari ekan, bu oʻsha men 18 yosh deb oʻylagan qiz. Ismi Safura
ekan. Ular bilan koʻrishib boʻlgach, ichkariga qadam ranjida qildik.
- kulib turing. - David Aminov asta pichirladi.
- kuydirilgan kalla emasman. Meyorida kulyapmanku! - norozi ohangda pichirlab dedim.
- ishonarli chiqishi kerak. - kulib gapirdi, buni uzoqdan kuzatgan inson, yaxshi gap aytdi deya
tushunishi aniq.
- Ok Mrs Aminov! - biz shu yerdagi stollardan biriga turib oldik.
Biroz turgach zerikkanimdan uyqum kela boshladi. David Aminov esa sinchkov nigohlari bilan atrofni
kuzatardi. Men ham biroz kuzatib turdim. Soʻng bir dehanda oʻziga yopishtirib olgancha, belimdan
qoʻllarini oʻtkazgan David Aminovni koʻrib koʻzlarimni katta katta ochib qaradim. U esa qalin
qoshlarini chimirib, oʻtli nigohlari bilan bir tarafga tikilib turardi. Men ham qiziqib oʻsha tarafga
qarasam, qip qizil kaltaroq koʻylakda biroz oldin tanishgan Farhod bilan kulishib, unga juda yaqin
turgan Malikaga koʻzim tushdi. David unga yeb qoʻygudek tikilib turardi, ammo Malika unga koʻz qiri
bilan qarab qoʻyardi holos. David alamini mendan olib, belimni sindirar darajada siqa boshladi. - hoy
men sizga temir emasman qoʻyib yuboring hozir belimni sindirib qoʻyasiz! - asabiy tarzda uni qoʻlim
bilan turtib uning bu qoʻllaridan chiqishga qancha harakat qilmay bari bekor edi. U menga ahamiyat
ham bermay, Malikaga tikilib turardi. Tovba sevganizmi deganimda yoʻq degandiku?! Asablarim
mingga chiqdi.
- David! Qoʻyib yuboring deyapman sizga!!! - tishlarim orasida vishshilladim. Ammo foydasi yoʻq edi.
- DAVID!!! - biroz ovozimni koʻtarib gapirdim. Hayriyatki taʼsir qildi, yoʻqsa shu yerni boshimga
koʻtardim. Hech bir yigit zoti menga bu qadar yaqin boʻlmagani uchun judayam boshqacha boʻlib
qoldim. Har hil tuygʻular meni qamrab oldi. Birdan David keskin men tarafga boshini burdi,


nigohlarimiz toʻqnashdi. Men uning zulmat koʻzlariga tikilgancha qoldim. U ham mening koʻzlarimga
tikilib turardi. Uning bu zulmat koʻzlari ichiga singib ketdim. Bu zulmat koʻzlar meni oʻz asirasiga
aylantirgandi. Shu payt kimdirnign tomoq qirishini eshitib ikkalamiz ham dovdirab qoldik. Oldimizga
Mansur Holmedov ayoli bilan bizga gʻalati qarab turgan ekan. Uyalganimdan lavlagi kabi qizarib
ketdim rosti. David ham darhol mendan uzoqlashdi. Men ham nugohlarimni olib qochib atrofga
alanglay boshladim. Ammo boʻlmadi, Holida honimning nigohlariga bardosh bera olmadim.
- men ayollar xonasiga borib kelaman. - darrov quyonni rasmini chizdim, ortimga umuman
qaramadim, ayollar xonasini ham topib olarman deya mexmonxonadan chiqdim. Asta yoʻlak boʻylab
yurib, biz kirib kelgan kiraverishga yetib keldim. U yerdan chap tarafga qaragan yoʻlak bor ekan,
asta oʻsha tomonga qadam tashlab bordim va birma bir eshiklarni ochib koʻra boshladim.
Kutilmaganda ochib kirib qolgan xonamda, Safura va bitta notanish yigit bir biriga judayam yaqin
turishgan ekan. Meni koʻrib ikkalasi ham dovdirab qoldi. Ayniqsa Safura judayam noqulay holatga
tushib qolgandi.
- h.haligi, men ayollar xonasini qidirib yurgandim, behosdan kirib qoldim, uzr. - ularni koʻrib men
uyalib ketib dovdirab qoldim, ammo uyalishi kerak boʻlgan ular ekanini miyamga singdirib dadil
gapirdim. Safura darhol yonimga keldi.
- men oʻzim sizga koʻrsatib yuboraman. - oʻzi va meni tashqariga chiqarib eshikni yopdi. Soʻngra
yana yoʻl boshladi. - Ismingiz Dilruba edi shundaymi? - asta savol berdi Safura.
- ha. - dadil javob berdim
- koʻrgan manzarangiz siz oʻylagan narsa emas. - iymanib dedi.
- ahamiyatsiz. Havotir olmang! - sovuqqon tarzda javob berdim. Ayollar xonasiga yetib kelib
ichkariga kirdim. Oynaga biroz tikilib turdim va qoʻlimni sovuq suvga yuvib, boʻynimga sovuq suvdan
tekkizdim. Ichim qizib ketayotgandi, Davidning nigohlari va Safuraning holati ikkalasidan judayam
hijolat chekdim. Endi bu Malika deganlari menga dushman boʻlib qolsa nima qilaman ey Allohim.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Biroz ayollar xonasida turdim va endi chiqmoqchi boʻlganimda, xonaga hovliqqancha bugun
kompaniyada meni kutib olgan Maftuna kirib keldi. Uning tashqi koʻrinishi, kompaniyadagidan
tubdan farq qilardi. Uni koʻrib tashqariga chiqmadim.
- Iye, Maftuna yaxshimisiz? - nima deyishni bilmay soʻradim. Uning rangida rang yoʻq edi, oqarib
ketganligi aniq.
- Dilruba Ohunova. Yaxshiman. Oʻzingizchi? - darrov oʻzini qoʻlga olib oldi.
- Yaxshi. Nima qilyapsiz bu yerda, yoki sizni ham bazmga taklif qilishganmidi? - jilmayib soʻradim.
- yoʻq! Men boshqa inson bilan kelgandim, boshliq meni koʻrib qolishiga bir bahya qoldi, shuning
uchun bu yerga kirib olgandim. Meni tanib qolsa gap eshitishim aniq! - darhaqiqat aytganimdek
Maftunaning tashqi koʻrinishi rossa oʻzgargandi, baland poshnali tufli va qora libos kiyib, sochlarini
tekis qilib yoyib olgandi. Makiyaji ham biroz boʻrttirilgan boʻlsada oʻziga yarashgan edi.
- nega koʻrsa gap eshitasiz? Ochigʻi tushunmadim. - dilimdagini tilimga koʻchirdim.
- men bu bazmga kelmasligim kerak edi, ammo togʻamning oʻgʻli ham biznes hamkor boʻlgani uchun
unga sherik boʻlib keldim, agar boshliq meni koʻrsa, boshqa kompaniya rahbari bilan kelganimni
bilsa meni ishdan haydaydi. - biroz qoʻrquv aralash gapirdi.
- haa unday boʻlsa sizga omad tilayman. Men bora qolay. - uni tushungan holda aytdim va ketishga
chogʻlandim.
- raxmat, ha aytgancha bugun kompaniyadan juda asabiy tarzda chiqib ketdingiz? Nimadir boʻldimi?
- ..hech.. hech narsa boʻlmadi. - unga qisqa jilmayib qaradim va tashqariga chiqdim. Tashqarida har
yoqqa alanglab kelayotgan Davidga koʻzim tushdi. Poshnalarimni taqillatib kelayotganimni koʻrgan
David tezda oldinga keldi.


- ketishimiz kerak! - jiddiy va sovuqqonlik bilan dedi.
- nega, endi kelganimizga yarim soatdan oshdiku?! - unga savol nazari bilan qaradim.
- kamroq gapiring honim afandi. Ketishimiz kerak dedimmi ketamiz! - qoʻlimdan sudragudek qilib
siqib oldi va tez tez yura boshladi, unga yetaman deya oyoqlarim ogʻrib qoldi, ahir poshnasi bir
qarich tuflida boʻlsam. Qoʻlimni olishga qancha harakat qilmay boʻlmadi.
- Mrs Aminov men robot emasman qoʻyib yuboring!!! - tishlarim orasida vishshilladim. Bu safar taʼsir
qilib qoʻllarimni qoʻyib yubordi.
- tezroq ortimdan. - deya yana keta boshladi. Asablarim oʻynab ortidan yurishda davom etdim.
Qorovulga mashinani olib kelishini aytib kutib turdik. Tashqari havosi sovuq edi. Ustiga ustak men
yupqa libosda edim. Bu sovuqda tanam dirdiray boshladi. Qorovuldan esa darak yoʻq. Bir payt
orqamdan kostyumini kiydirib qoʻygan Mrs Aminov ni sezdim va seskanib ketdim.
- sovuq qotyapsiz. - savol bermasimdan oldin javob berib oʻzini nari oldi. Unga minnatdorlik
tariqasida jilmayib qoʻydim. U ham qisqa jilmaydi va yana qoshlarini bir chiziqqa yigʻib oldi. Men esa
uning, judayam xushboʻy atirining hidi kelayotgan kostyumiga oʻranib, uning iforidan bahramand
boʻldim. Judayam mayin va xushboʻy atir ishlatarkan. Shu payt mashina ham keldi va biz mashinaga
oʻtirib yoʻlga otlandik. Mrs Aminov ikkalamiz orqa oʻrindiqda ketarkanmiz, u haliyam oʻychan
oʻtirardi. Men esa atrofni kuzatgancha ketardim. Tashqarida allaqachon butun shaharni qorongʻu
qoplabdi.
- uyingizning manzilini ayting. - bir payt Mrs David soʻrab qoldi.
- *** shu koʻchaning 17-uyi. - javob berib yana atrofni kuzata boshladim. Ammo oradan ikki daqiqa
oʻtar oʻtmas mashina birdan toʻxtadi, oldinga silkinib ketdim va boshimni old oʻrindiqqa urib oldim.
- nima boʻlyapti? - ogʻzimdan birdan shu soʻzlar chiqdi. David darhol mashinadan tushib ketdi.
Mashina oynasidan oldimizda toʻsgan ikkita mashinani koʻrdim, undan besh oltita barzangilar va
bitta tahminan 27-28 yoshdagi boʻylari uzun, oʻziga yarashtirib ozgina soqol qoʻygan yigit tushib
kelib David bilan tengma teng turdi. Ikkalasi bir biriga yeb qoʻygudek tikilib turishardi. Men esa bu
yerda nimalar boʻlayotganini tushunmay karaxt boʻlib qoldim. - ular kimlar? - yigʻlamsiragancha
haydovchiga savol berdim.
- qiziqmaganingiz maʼqul! - qisqa javob berdi. Shu payt David mashina tarafga keldi va men
tarafning eshigini ochib menga tikilib turdi. Mashinadan tushirar ekan qulogʻimga faqat oʻzim
eshitar darajada pichirladi.
- qoʻrqmang, uzogʻi 2 soat ichida sizni qutqarib olaman. Asosiysi hech kimga bir ogʻiz ham
gapirmang!!! - bu soʻzlarni faqat oʻzim eshitdim. Hayolimdan ming hil oʻy hayollar oʻtib, meni vahima
bosa boshladi. Menga oʻzgacha nigoh bilan qarab turgan Daviddan nigohlarimni uzib oldinga
qaratdim. David meni qoʻlimdan ushlab oʻsha men aytgan yigitning oldiga keltirdi.
- agar bir tola sochiga zarar keltirsang, singlingni nima qilishni oʻzim bilaman!!! Bir ogʻiz gapim
bilan oilangni shon shuhratini bir pul qila olaman! - David tishlari orasida gʻazab va nafrat ila
gapirdi. Haligi yigitga qarasam, menga hirs toʻla koʻzlari bilan qarab turardi. Nafasim ichimga tushib
ketdi. Tilimdan bir ogʻiz soʻz chiqmasdi. Na gapira olaman va na boshqa narsa. Shunchaki jimman,
bu yerda meni nima qilishlarini kuzatib jimgina turibman.
- sen oldin singlimni koʻnglini ol, yoʻqsa bu qoʻgʻirchogʻingni oʻzimniki qilaman! - Haligi yigit meni
shartta oʻzi tarafga tortdi. Birdan qichqirib yubordim.
- bima qilyapsan? Qoʻyib yubor meni mahluq!!! - birdan tilim ishlab ketdi. Gʻazabim qoʻzib ketdi.
Nima men koʻchadagi bitta fohisha edimmiki bunday gap soʻzlarni eshitsam? Nega meni
tahqirlashadi? Ularning gaplari qalbimni teshib oʻtgandi. -menga teginishga qanday hadding sigʻdi? -
uni qoʻlini siltalay boshladim, ammo foydasiz edi, u qoʻllarimni juda mahkam siqqancha mashina
tomon sudray boshladi.
- David!!! DAVID QAYOQQA??!! - indamay mashinasiga oʻtirib ketayotgan Davidning ortidan
qichqirgancha qoldim. Mashinaga sal kam uloqtirgan yigit yana qoʻlimdan bitta tortganda tumshugʻi
tagida paydo boʻldim. Qoʻrqqanimdan tipirchilay boshladim. U esa huddiki men xushboʻy atirdek
hidlay boshladi. Nafasi yuzimga urilardi. Qoʻrquvim hissiyotlarimdan kuchli edi, undan qoʻlimni
tortib olishga qancha urinmay u battar qilardi.


- qoʻyib yuboring meni!!! - yigʻlamsirab gapirdim. U asta meni qoʻyib yubordi va oʻzgacha nigohlarda
tikildi.
- isming nima? - men nima qilishni bilmas edim. Qoʻrqqanimdan kipriklarimni pirpiratib unga qarab
turardim. - qoʻrqma senga hech narsa qilmayman qizaloq! - asabim buzildi, men unga 10 yoshar
qizmidimki qizaloq desa.
- Dilruba. Dilruba Ohunova. - dadil javob berishga harakat qilmay baribir unchalik oʻxshamadi.
- himmm. Meniki Malik Saidov. Tanishganimdan xursandman. - bezbetlarcha qoʻl uzatdi.
- men ham. - qoʻlimni uzatmay men ham unga bezrayib qarab turaverdim. U angladi shekilli qoʻl
uzatmoqchi emasligimni miyigʻida kulib qoʻlini tortib oldi.
- qayerda yashaysan? Davidni qayerdan taniysan? Unga kim boʻlasan? Nega bazmga bording?
Oʻzingga oʻzing yomonlik qilding! - u bir nechta savollarni berib mendan javob talab qilgancha
tikildi. Men nima qilishni bilmay qoldim. David uzogʻi 2 soat dedi, agar unga ishonadigan boʻlsam.
Ammo bu Malik deganlari meni allaqachon soʻroq qila boshladiku. Ikki soat qanday jim oʻtiraman?!
Allohim oʻzing qoʻlla. Meni bu mahluqning qoʻlidan oʻzing qutqar. Ichimda Allohga iltijo qilib jim
oʻtiraverdim. Malik deganlari esa javob berishni hohlamayotganimni sezdi shekilli keyin savol
bermadiz balki berar... Yana kim bilsin?!
#davomi_bor
Muallif: #Zulmat {#lady_milo} #Ishq_safari
Chamasi yarim soatlik yoʻl yurgach mashina toʻxtadi, oldin Malik janoblari tushdi. Keyin men ham
asta tushdim.
- marhamat qilasiz parivash - soxta mulozamat qilib oddiygina uyga taklif qildi. Indamay ortidan
ergashdim, atrofga alangladim, ichimda Davidning kelib meni qutqarishiga boʻlgan ishonch kuchli
edi. Atrofda esa hech vaqo yoʻq edi. Qop qorongʻu koʻchalarda biror narsa boʻlsada koʻrinmas edi.
Oddiygina uy ichiga mahluq janoblari kirdi va menga ham kirishimga ishora qildi. Uyoq buyoqqa
alanglab ichkariga qadam bosdim. U esa meni, meni nazarimdagi mehmonxonaga olib keldi. Divanga
oʻtirib oldi va menga ham oʻtirishimga undadi. Jimgina aytganini qilib oʻtirib oldim.
- hoʻsh... Savollarimga qaytaman, javob berasanmi yoki oʻzim javob olaymi? Agar oʻzim javob olsam
qimmatga tushasan parivash honim. - mahluq hunuk irjaydi. Endi nima qilaman a?! Axmoqsan Dili
axmoq, mashinada shularni oʻylagandan koʻra, nima deb javob berishni oʻylasang boʻlmas edimi?!
Ichimda oʻzimni oʻzim koyigancha koʻzlarimni yerga tikkancha oʻtirardim.
- Parivash honim javob kutayapman! Yoki najot farishtangiz qachon kelishini kutyapsizmi? Ovvora
boʻlmang, u bugun kelolmaydi. Shuning uchun bemalol men bilan suhbat qurishga vaqt yetadi. -
yoqimsiz tirjayib shu yerdagi bitta yigitga ishora qildi va ikki qahva buyurdi. Men esa David yolgʻon
gapirmaydi deya oʻzimni oʻzim ishontirgancha oʻtirardim. Qalbim keladi desa, aqlim endi kelmaydi u!
Derdi. Qaysi biriga ishonishni ham bilmay qoldim.
- sen bilan yaqindan tanishib olamiz parivash honim. Demak isming Dilruba Ohunova, eshitim
boʻyicha otang elchi ekan. Otangni ism familiyasi Davron Ohunov. Sen esa otangning yonida yurib
koʻp tillar oʻrganib "Полиглот" ( koʻp tillarni biladigan insonga nisbatan aytiladi. ) ga aylangansan
shundaymi? - unga qarab bosh silkidim. U men haqimda bilsa nega soʻrayapti? Biroz asabim buzildi.
- David bilan qayerda tanishgansan? - menga jiddiy tikildi. Men esa nigohlarimni olib qochdim. Goʻyo
shunday qilsam bu oʻtkir nigohlarni sezmaydigandek. Afsuski boʻlmadi.
- bugun tanishdim. - asta alanglashdan toʻxtab gapira boshladim. - menga ish taklifi yuborilgan edi...
- atay vaqt oʻtsin deya sukut saqlab gapira boshladim. - suhbatdan boshliq oʻtkazadi deyishdi... Men
ham bordim... Boshliq kim bilandir tortishayotgan edi... Nima uchun ekanligini bilmayman... - unga
chamasi 40 daqiqada bugungi voqealarni aytib berdim. Vaqtni choʻzib aytganimni u sezmadi shekilli
indamadi, gapirib boʻlgunimgacha jimgina eshitdi. Mahluq janoblari intizomli ekan. Albatta unga
Safura va Maftuna haqida ogʻiz ochmadim. U joylarini lentadan qirqib tashladim.


- David senga nima dedi? - biroz vaqtlik sukutdan keyin sovuqqon tarzda savol berdi. Nima deyishni
bilmay qoldim. U menga bir soʻz dema degan edi, men esa butun boshli kunimni soʻzlab berdimku!
Ya Allohim oʻzing yoʻl koʻrsat. Ichimda Allohga iltijo qila boshladim. Ayni shu gʻayt bitta yigit hovliqib
keldi va mahluq janoblarining quloliga bir gap aytishi bilan mahluq janoblari oʻrnidan otilib turdi.
- bu nima deganing? Qanday haddi sigʻdi?! - jahl bilan baqirib tashqariga chiqib ketdi. Uy ichida
yolgʻiz qoldim. Poshnali tufligimni yechdim va mehmonxona oynasidan tashqariga qaradim,
tashqarida mahluq janoblari David bilan yuzma yuz gaplashib turishardi. Yoʻq gaplashib emas
baqirishib turishardi. Ichimda bir nima "U keldi!" Deya hayqirdi. Yuzimda oʻzim bilmagan holda
tabassum paydo boʻldi. U keldi! Men uchun! Meni qutqarish uchun keldi! Menga aytgan soʻzini
ustidan chiqdi!
- honim men bilan yuring! - ortimdan kelgan inginchka ovozni eshitib darhol ortga burildim va
indamay unga ergashdim. Tashqariga chiqishim bilan yugirib borib Davidning orqasiga oʻtib oldim.
- bu parivash honim yaxshigina ayyor ekan, vaqtdan yutish uchun 5 daqiqalik gapni 1 soatda gapirib
boʻldi. - gʻalati tirjayib kuldi. Men esa indamadim. Uni bilmadi deb oʻylagandim, ayyor tulki sezgan
ekan. - gaping tugagan boʻlsa biz ketamiz! - David uning javobini ham kutmasdan qoʻlimdan tortqilab
oʻzining mashinasiga oʻtirgʻizdi va katta tezlikda hayday ketdi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat {#lady_milo } #Ishq_safari
Yoʻlda ketar ekanmiz hayollarim haryoqqa tarqab ketayotgan edi. David menga lom lum demas, har
zamon menga nigoh tashlab ketardi. Nimadir demoqchiligini angladim va oʻzim gap boshladim.
- nimadir demoqchimisiz? - tomoq qirib soʻradim.
- ha! Bugun uyingizga olib bora olmayman! Mening uyimda qolasiz ertaga barchasi iziga tushgach
jonajon uyingizga tashlab qoʻyaman ok? - menga savol nazari bilan qarab yana yoʻlga nigohlarini
qaratdi.
- nega? Ahir men uyga borishim kerak! - bordan jazavam qoʻzib ketdi. - sizni deb bugun hayotimda
umuman kprmagan voqealar roʻy berdi, buning uchun javob berasiz! - oʻqrayib qaradim.
- parivash honim sizga vaziyatni tushuntirdim bugun menikida qolishingizga toʻgʻri keladi. - parivash
dedimi, ahir bu soʻzni faqat anavi mahluq janoblari aytgandiku. Nima bu ikkalasining fikrlari bir
joydan chiqadimi?! Agar bugun unikida qolsam dadamga nima deyman, ahir har kuni dadam bilan
gaplashar edimku. Endi nima qilaman?!
- nima boʻldi jimib qoldingiz? - uzoq vaqt sukut ichida qolganim uchun soʻradi.
- haligi... Nega meni parivah deyapsiz? - dilimdagi savolni tilimga koʻchirdim va javob talab qilib
qaradim.
- haa siz uni aytyapsizmi? Sizningcha men axmoqmanmi? - menga koʻz qiri bilan qarab qoʻydi. -
senga eshitish uchun moslama oʻrnatgandim, seni mashinadan tushirayotganimda qoʻlingdan
ushlagan vaqtimda etaginga oʻrnatib qoʻygandim. Soʻng barchasini eshitdim. - unga biroz qarab
turdim va etagimni qaray boshladim, judayam mitti moslama koʻylagimga yopishib turardi, ammo
hecham bilinmasdi.
- men siz oʻylagandanda aqlliman. - koʻz qisib qoʻydi.
- siz mafiyalarga ishlaysizmi? - birdan hayolimga kecha oʻqigan maʼlumotlarim keldi. Demak bu
gaplar rost.
- yoʻq! - keskin rad etdi. - men ishlamayman, ular menga ishlashadi. - tirjayib qoʻydi.
- nahotki! - hayratimni yashirmadim. - sal qolsa men oʻlib ketar edim! Hayotim tugan bitardi!
Orzularim armon boʻlardi! Dadam bilan vaqtimni birga oʻtkaza olmas edim! Hayotta hech narsaga
erishmay halok boʻlardim! Yetti yildan beri oshiq boʻlgan yigitimni yana koʻrmasdan bu dunyoni tark
etardim! Ya Allohim men oʻlishni hohlamayman!!! - bir nafasda bir dunyo gap gapirib tashladim.
David esa menga axmoqqa qaraganden qarab turardi.
- seni oʻlasan kim gapirdi? Tugʻilganingda doʻxtirlar seni tushirib yubormaganmi mobodo?! - bir


qoshini koʻtarib mazah qildi. Endi senlashga oʻtib ketdi bezbet.
- men oʻlaman desam siz kulaman deysiz a?! Ha yana nega meni senlayapsiz? - biroz qoshlarimni
chimirdim.
- nima qilibdi baribir mendan kichkinasan! Yana ishdan tashqaridamiz, ish vaqti sizlayman faqat
xodimlarimga.
- himmm - koʻzimni suzib qoʻydim.
Shu bilan qolgan yoʻlni jimlikda oʻtkazdik. Yetib kelgach David ichkariga taklif qildi. 3 qavatli
koshonaga teng boʻlgan uyga qadam ranjida qildim. Uy judayam maftunkor va nafis esi. Har bir
detalga eʼtibor qaratilgan edi. Zinalarning naqshlari, lyustralar va devor va shiftlar ham bir biriga
ranglari tushib juda beqiyos edi. Uy bilan tanishib chiqmadim ammo xonalar koʻpligini aniq bilaman.
David meni 3-qavatdagi bitta xonaga joylashtirdi, u yer ham juda chiroyli edi, asosan oq rangdan
iborat edi. David meni xonaga kirgizib, gʻzi hayrlit un tilab chiqib ketdi. Men esa nima qilishni bilmay
jim qoldim. Ahir kun boʻyi biror narsa yemadim, uni ustiga egnimda ogʻir koʻylak. Garderobga kirsam
hech vaqo yoʻq edi. Poshnali tuflilardan qutilib olgach erkin yura boshladim. Vannaxonadagi
shippakni oyogʻinga ildirdim va Davidni qidirishga tushdim. Ahir bu uyda hech qayerni bilmasam.
Eshikdan chiqib Davidni qichqirdim. Hamma joy suv quygandek jim jit edi. Sekin sekin yurib ikkinchi
qavatga tushdim. Necha bora chaqirdim, ammo ovoz yoʻq. Jahlim chiqib ketdi. Qulogʻi tom bitganmi
nima balo?! Ohiri bor kuchim bilan qichqirdim. Biroz jim turgach tepa qavatdan hovliqib, egnida
faqat shimi bor David yugurib keldi. Uni kʼrib uyalganimdan orqa oʻgirib oldim. - nima boʻldi? Nega
baqirding? - ovozini balandlatib soʻradi.
- men sizni topa olmadim. Shuning uchun, necha marta chaqirdim kelmadingiz. Ajab boʻlsin ayb
oʻzizda mendan ochmisan, toʻqmisan, egningga nima kiyasan deb bir ogʻiz ham soʻramadingiz! -
labimni burib oldim. Ammo orqamga qaramadim.
- nega orqa oʻgirib olding?
- siz uyalmaysizmi egningizda hech narsa yoʻqqu! - biroz iymanib gapirdim.
- haa hech qisi yoʻq uyalma. Men hozir egnimga narsa kiyib pastga tushaman, sen ham tushib tur
biror narsa yeb olasan. - u tez tez tepaga chiqib ketdi...
Erta tongdan erinibgina koʻzimni ochdim. Atrofga alanglab qayerda ekanimni eslashga tushdim.
Soʻng barchasini eslab hotirjam tortdim va telefonimning soatiga qaradim. Soat endi 7 yarim
boʻlibdi. Kecha erta uhlaganim uchun shekilli. Oʻrnimdan turib xonani yigʻishtirdim. Egnimdagi
Davidning hali kiyilmagan sport kiyimiga qarab qoʻydim. Menga rosa katta kelib turgandi. Boshqa
iloj yoʻqligi uchun yuvinib pastga tushdim. Pastga tushsam allaqachon nonushta tayyor ekan, ustida
esa kichkina kartochkaga yozilgan soʻzlarni koʻrib beixtiyor yuzimda tabassum paydo boʻldi.
"Nonushta qilib, uyingizga ketishingiz mumkin. Soʻngra kompaniyaga tashrif buyuring parivash
honim. "
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
David aytganidek nonushta qilib uyga joʻnab ketmoqchi edim, ammo uyning bu kattaligi meni
qiziqishimni tugʻdirdi va uyni kezib chiqishga qaror qildim. Birinchi qavat juda keng edi. Oshxona,
umumiy hojatxona erkak va ayollar uchun alohida, katta mexmonxona bor edi. Kiraverishda ikki
tarafdan zinalar borligi tufayli, zina ostidan mexmonxonaga kirilarkan. Oʻng tarafda oshxona va
kichik oddiy xonalardan toʻrtta bor ekan. Menimcha bu xizmatchilar uchun boʻlsa kerak. Chap
tarafda esa yoʻlak ohirida hojatxona, undan oldin esa ikkita xona bor ekan. Xonalar eshigi qulflangan,
bir ikki ochishga urindim ammo ochilmadi. Ha mayli deya ikkinchi qavatga chiqdim. Ikkinchi
qavatdan birinchi qavat yaqqol koʻrinib turarkan. Ikkinchi qavatda ham ikki tarafga yoʻlaklar boʻlib,
zinadan chiqqan joyda kech maydon bor ekan. Maydondan tashqari balkonga chiqilarkan. Ajoyib!
Oʻng tarafda mehmonlar uchun jami 6 ta xona mavjud boʻlib hammasi bir hil jihonlazlangan edi.


Huddi meni xonamdek. Chap tarafdagi xonalardan ikkitasi shunaqa ekan, ammo qolgan 3 tasi
qulflangan edi. Ochishga urinsam ham boʻlmadi. Endigina uchinchi qavatga yoʻl olganimda telefonim
jiringlab qoldi. Qarasam Habishim ekan. Darhol koʻtardim.
- Alo Habish yaxshimisan? - telefonni olishim bilam savol berdim.
- Dili, qayerdasan meni yonimga kelgin! - negadir ovozi gʻalati, yigʻlaganga oʻxshab ketdi.
- Habish nima boʻldi nega ovozing gʻalati? Kecha telefon qilsam pying koʻtardi, ahir sen oyingga
telefon bermasdingku nima boʻldi? - havotir bilan gapirib unga savollarimni yogʻdirdim.
- hammasini keyin tushuntirib beraman, hozir senga lokatsiya tasheyman shu yerga kelib meni olib
ket. Dili iltimos! - birdan yigʻlab yubordi. Meni havotirim esa battar kuchaydi.
- hoziroq boraman. - javobini kutmasdan telefonni oʻchirib, David Aminovning uyiga boʻlgan
ekskursiyamni tugatmasdan yakunlab tashqariga otildim. Tashqariga chiqsam mashinam turgan
ekan, David beyga ichimda raxmat aytib qizimni katta tezlikda haydab ketdim. Bu orada allaqachon
Habiba lokatsiya tashlab ulgurgan edi. " - Dilruba uzoq vaqt soʻzlagani uchun qarshisida turgan
suvdan hoʻpladi. Soʻng oʻychan oʻtirdi. Uni jimib qolganini koʻrgan Maftuna, undan yanada koʻproq
maʼlumot olish ilinjida oʻzi gapirdi.
- soʻng... Soʻng nima boʻldi Dilruba honim?
- hech narsa! Qolganini keyin aytib beraman. Charchadim. - Dilruba Maftunaning gapini kutmasdan
sumkasi va kurtkasini olib xonadan chiqib ketdi. Maftuna esa ishiga yaraydigan hali unchalik koʻp
maʼlumot yigʻa olmagani uchun, yashirib qoʻygan diktafonini olib qayta eshita boshladi:
"Oradan bir yil oʻtdi. Ammo men haliyam oʻsha atigi ikki uch marta koʻrgan, yuz tuzilishiga tikilib
qarab oʻtirmagan yigitga oshiqman..."
Dilruba bu gaplarni oʻsha vaqtga mos ravishda gapirib bergandi. Endi esa Maftunada koʻplab
savollar tugʻilgandi.
Habibaga nima boʻlgan? Shu bir hafta ichida Dilruba nega oʻzgarib qolgan? Umuman Dilruba aynan
mana shu bir haftaga kelganda toʻxtatib qoʻydi! Maftunaga esa aynan shu bir hafta kerak edi. Ammo
Dilrubani ham majburlay olmaydi, yoʻqsa u Maftunaning asl maqsadini bilib qolishi mumkin.
Bir hafta oldin.
Dilruba shoshgancha chiqib ketar ekan uyning ostonasida kuzatib turgan bitta jurnalist yigitni
koʻrmagandi. U Dilrubani bir necha marta suratga tushirdi. Soʻng esa shov shuvli habarni tezroq
boʻshligʻiga yetkazish uchun joʻnab ketdi.
Dilruba yetib kelgan joy xiyobon edi. Mashinasini qulflab tez tez yurgancha dugonasini izlar ekan,
unga gʻalati qarab qoʻyishganini ham sezmay qolmadi. Ahir yigit kichining kiyimida edi. Oyogʻidagi
shippak esa vanna shippaki. Dilruba bularga eʼtibor bermasdan skameykalarni tekshirib chiqdi va
chekkaroqdagi skameykada bir nuqtaga tikilib oʻychan oʻtirgan dugonasini koʻrdi. Darhol uning
yoniga yugurib bordi. - Habish! Habiba senga nima boʻldi? - yoniga oʻtirib uning yuzini kaftlari
orasiga oldi. Habiba yigʻlayverganidan koʻzlari ishib ketgan edi. - Habishh gapirsangchi nega
yigʻlading? Nima boʻldi? - Habiba yana yigʻlab yubordi. Dilruba uni qiynamaslik uchun ohista
bagʻriga bosdi va ovutish uchun sochlarini siladi.
- Dili... Men oʻzimdan nafratlanib ketyapman! - yarim soatcha tinchlanub olgach hiqildab gapirdi.
Dilruba unga savollar bermay jimgina tinglash uchun sochlarini silashda davom etdi. - men
uyimdagilarning yuziga qaray olmayapman! Oʻzimdan nafratlanib ketyapman! Gapga quloq
solmaganim uchun! Akamni aldaganim uchun! Hech birining yuziga qaray olmayapman! Men
badnom boʻlishimga bir bahya qoldi Diliii - Habiba qattiqroq yigʻlab yubordi. Dilruba esa nima
qilishni bilmay toʻxtab qoldi. Asta Habibani bagʻridan chiqarib uning koʻzlariga sinchiklab qaradi.
- boʻldi yigʻlama, bu yerda oʻtirmaylik shamollab qolasan! Tur, uyda bafurja gaplashib olamiz,
barchasini bir boshidan tushuntirib berasan! - Dilruba uni turgʻizib uyiga olib bordi. Hayolidan
bugungi birinchi ish kuni ham chiqib ketgandi.
Dilruba Habibani uyiga olib kelib eshikni qulflagach, uni shinamgina mexmonxonasiga olib kirdi va
issiq kofe damlab, uning yonidan joy oldi. Soʻng gapir degandek Habibaga tikilib oʻtirdi.


- Dili men bitta yigit bilan gaplashib yurgandim, tanishganimizga haftacha boʻlgan edi. Bir kuni u
koʻrishishni taklif qildi. Ikki kun oldin, sen tel qilmasdan bir kun avval. Men hop dedim. U bitta
manzil joʻnatdi va oʻsha yerda koʻrishishimizni aytdi. Men uni qayerligini bilmadim. Oyimga dugonam
bilan koʻrishaman dedim. Kursdosh dugonamni aytdim. Ruxsat bergach tashqariga chiqayotganimda
akam kelib qoldi. Bazmga hos libosdaligimni koʻrgan akam qayerga deb soʻradi. Men dugonam bilan
aylangani dedim. Boshqacha qarab qoʻydilarda hop deb indamadilar. Tashqariga chiqib haydovchi
Jahongir aka bilan yoʻlga chiqdim. Yoʻlda tushib qolmoqchi edim, akam Jahongirga oʻzi olib borishni
tayinlabdi. Jahongir aka bilan kelishganim uchun unga manzilni koʻrsatdim. Menga gʻalati qarab
qoʻydiyu ammo indamadi. Men bu gʻalati qarashni, manzil tungi klub ekanini bilgach angladim.
Ichkariga kirdim va haligi yigitni izladim, barda oʻtirgan ekan. Biroz suhbatlashdik, u bir ikkita
doʻstlari bilan tanishtirdi. Menga qandaydir ichimlik tutqazishdi. Men ham ichib yubordim. Keyin esa
boshim aylana boshladi. Ayollar xonasiga borib kelaman deb yurib ketdim va qolganini eslay
olmayman. Jahongir akaning aytishicha u men uzoq qolib ketganim uchun ichkariga kiribdi va meni
koʻtarib tepaga olib chiqayotgan yigitni koʻribdi. U men gaplashib yurgan yigit ekan. Uni urib urib
meni mashinaga oʻtqizgach esa uning doʻstlari Jahongir akaga tashlanib qolibdi. U paytda Jahongir
aka endigina akamga tel qilgan boʻlgan. Soʻng akam ham bundan habar topgan vhk. Uyda esa men
bir kun behush yotganman. Uygʻonganimda esa na akam, na oyim va na otam men bilan tuzuk quruq
gaplashmadi. Akam meni soʻroq qildi, yigʻlab aytib berdim. U yigitni ishini hech kimga bildirmay
bitiribdi va qamoqqa tiqibdi allaqachon. Oyim va otam men bilan gaplashsa ham boshqacha qaray
boshlashdi. Telefonimni olib qoʻyishdi. Akam meni tushkunlikka tushmasligim uchun koʻproq
vaqtlarini birga oʻtkazyaptilar ammo baribir hech birining yuziga qaray olmayapman. - Dilruba
Habibaga yaqinlashib ohista bagʻriga bosdi.
- tinchlan Habishim, hali hammasi yaxshi boʻladi. Asosiysi senga hech narsa boʻlmapti. Oilangdagilar
ham seni tushunishadi. Oʻzingni qiynama hoʻpmi? - asta dugonasining koʻz yoshlarini artdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
David kompaniyada Dilrubani kutdi, ammo Dilrubadan biror habar kelmadi.
- qayerda bu qiz?! - asabiy gapirgancha ruchkasini oʻynatdi. Shu payt xonaga Malika ruxsat
soʻramasdan kirib keldi. Bundan Davidning asab tolalari uzilib koʻzlarini qattiq yumib ochdi.
- sevgilim! Sen mendan habar olmasang ham men sendan olaman. - Malika eshikni yopib tirjayib
keldi va bezbetlarcha Davidning lablaridan qisqa boʻsa olib stoliga oʻtirdi.
- nima gap Malika? Nega kelding? - tishini tishiga qoʻygancha gapirdi.
- nima men boʻlajak turmush oʻrtogʻimning yoniga biror sabab orqali kelishim kerakmi? Seni juda
sogʻindim. Kecha bazmdan erta ketib qolibsan! Anavi oyimchang bilan. Qayerda oʻsha ***?!
- Malika! Hech narsadan habaring yoʻq! Shuning uchun jim boʻl! Begunoh qizni haqoratlama! - David
oʻrnidan turib oynadan tashqariga tikilib turdi.
- uning yonini olyapsanmi? Men kimmanu, u kim? - birdan jazavaga tushdi. - oʻsha oyimchang
mendan azizmi? A?! Boʻlajak rafiqangdan azizmi? ... David! Ahir men sizni sevaman! - Davidni
orqasidan quchoqlab oldi. Ammo David uni qoʻllari olib tashladi. Soʻng unga qarab qoʻllarini
qovushtirib turdi. - David ahir siz ham meni sevar edingizku! Shundaymi? Men va siz sevishganlar
edik! Bir birimizni hech kimga ishonmas edik! Men haliyam sizni sevaman! - Malika Davidning
qarshiligiga qaramay uni quchoqladi, ammo David unday qilmadi.
- Malika ket! Hozir asablarim buzilgan! Koʻnglingga tegadigan gap aytishni hohlamayman! - tishlari
orasida gapirib Malikani oʻzidan uzoqlashtirdi.
- hech nima qilmaydi! Gapir! Koʻnglimga tegadigan gap gapirsang ham gapir! Ammo meni haydama!
- yigʻlamsirab gapirdi.
- Malika!


- David iltimos meni haydama! - qoʻllaridan ushlab oldi Davidning.
- Malika senga ket dedim! - siltab tashlab baqirib tashladi. - nega tushunmaysan? Men seni
sevmayman! Buni necha marta aytishim kerak! Senga majburan uylanyapman! Buni shu miyangga
suq! Meni tinch qoʻy! Asablarimni chertishni bas qil! Toʻygacha erkin yashay! Nega yonimga
kelaverasan? Istamayman seni! Ket! - Malika uning gaplarini jimgina eshitib turdi va xonadan chiqib
ketdi. David asabiylashganidan stol ustida turgan barcha narsani pastga uloqtirib yubordi.
Tinchlanib olish uchun tashqariga yoʻl oldi. Ammo pastga tushib boʻlayotgan voqeani koʻrishi bilan
asablari mingga chiqdi.
#####
Dilruba, Habiba bilan suhbatlashib oʻtirib ishga kech qolganini angladi.
- Habishim sen hozir uyingga bor. Oʻzingni qiynama! Hopmi?
- Dili seni juda yaxshi koʻraman. - ikkalasi bir birini bagʻriga bosdi.
- sen ham birinchi ish kuningga kechikding meni sharofatim bilan. - gap orasida Dilruba ishga
joylashganini aytib oʻtgandi. Ammo bazm va boʻlib oʻtgan ishlar haqida churq etmagandi.
- hech qisi yoʻq. Agar ishdan boʻshatsa bemalol boʻshab ketaman. Endi esa men tayyorlanay...
Dilruba Habibani uyiga joʻnatib, oʻzi ishga mos ravishda kiyindi. Kechagidek klassik uslubda kiyindi
va koʼzoynak taqib kompaniya yoʻl oldi.
Kompaniyaga yetib kelishi bilan uni kutib olgan Maftuna bilan iliq koʻrishdi.
- birinchi kundan kechikdingiz. Boshliq buning uchun jazolaydi. - Maftuna salomlashib boʻlgach
gapirdi.
- biror chorasini toparman. Mayli koʻrishguncha Maftuna. - Dilruba Maftuna bilan hayrlashib zina
tomon yura boshladi. Shu payt sumkasidan telefonining jiringlagan tovushi eshitildi. Sumkasidan
telefonni qidirayotgan bir mahalda yuziga kelib tushgan tarsaki zarbidan esankirab qoldi. Oʻzini
qoʻlga olishga ulgurmasdan avval yana, yana va yana tarsakilarni qabul qildi.
- sen aybdorsan isqirt! Seni deb David men bilan gaplashishni hohlamayti! *** - Malika uni haqorat
qilib urardi. Dilruba yerda yotarkan karaxt holga tushib qolgandi. Yuziga kelib tushayotgan
tarsakilarni qabul qilarkan bir soʻz deyishga holi qolmagan edi. - MALIKA!!! - David tezlik bilan kelib
Malika orqaga oldi va qoʻriqchilarga ishora qilishi bilan ular yugurib kelishdi. - bu nima ahvol. Bu
yerda kimdir oʻlishi mumkin edi, sizlar esa bemalol turganingiz nimasi! Tezda Malika honimni uyiga
olib boring! - qoshlarini bir joyga toʻplab, jazavaga tushib baqirayotgan Malikani qoʻriqchilarga
topshirdi.
- QOʻYIB YUBORINGLAR MENI LAʼNATILAR! SENLARGA GAPIRYAPMAN! QOʻYIB YUBOOR!!! -
Malika qancha urinmasin qoʻriqchilar uni qoʻyib yuborishmadi.
- Dilruba! - biror javob boʻlmadi. David Dilrubaning yuziga achinib qaradi va shartta koʻtarib oldi.
Mashinasiga joylashtirib shifoxonaga olib ketdi. Kompaniyadagilar esa ularning ortidan pichir pichir
qilgancha qoldi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Maftuna boʻlib oʻtgan hodisalarga tushunmagan koʻyi qoldi. Hayolida savolla joʻsh urar, ammo
hecham javob yoʻq edi. Kompaniya kameralaridan yiroqlashish maqsadida ayollar xonasiga yoʻl oldi.
Kirishi bilan odam yoʻqligini aniqlagach qulogʻiga kichik moslama oʻrnatdi va kimgadir tel qildi.
- Alo eshitaman. - goʻshak ortidan yigit kishining mayin va jarangdor ovozi eshitildi.
- bugun Dilruba Ohunova ishga kelganida, Malika Saidova unga tashlanib qoldi. Jazavaga tushib... -
Maftuna boʻlib oʻtgan ishni oqizmay tomizmay gapirib berdi.


- kuzatishda davom et. Men nimalar boʻlganini aniqlayman. Aloqa tugadi. - aloqa tugagach Maftuna
qulogʻidan kichik moslamani oldi va yengiga yashirib telefonini tozalab ayollar xonasidan chiqib
ketdi.
Malika uyiga kelishi bila akasining xonasiga yoʻl oldi. Eshikni odobsizlarcha taqillatmay kirdi.
- Aka! - Malika koʻrgan manzarasidan ogʻzi ochilib qoldi. Akasi va xizmatchi qiz oʻpishib turgan edi.
- Malika! Men senga necha marotaba aytdim eshikni taqillatib kir deb! - Malik xizmatchi qizni qoʻyib
yubormay gapirdi. Qiz uyalganidan tipirchilab chiqishga urinsada qoʻyib yubormadi.
- aka nima qilyapsiz? - qoshlarini chimirib oldi Malika. - hoy bitliqi bu yoqqa kel. Senga suyulish
qanday boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman. - Malika tez tez borib akasining quvhogʻida tipirchilayotgan
qizni sochidan tortib oldi. - uyatsiz laʼnati. Suyuq! Uyalmaysanmi akamni boshini aylantirgani!
Suyulmay oʻl!! - Malika bor alamini qizdan olib uning sochlarini yular darajada tortib siltalab
tashladi. Malik esa hotirjam ularni kuzatib turdi. Bir payt shovqinga Malikaning onasi yugurib kelib
uni ajratib oldi.
- bu nima ahvol Malika! Nima qilyapsan? Qiz bechorani oʻldirib qoʻymoqchimisan? - Manzura honim
baqirdi.
- oyi mana bu suyuq shoʻrva akamga osilib olib quchogʻiga kirib turgan ekan xonasiga kelsam! -
Malika ham baqirdi. Manzura honim oʻgʻlining feʼlini yaxshi bilgani uchun qoshlarini chimirib qaradi.
- Malik! Sen bilan keyin gaplashaman! Tur oʻrningdan sen! - yerda yigʻlab sochlari toʻzgʻigan koʻyi
yotgan qizga baqirdi. Qiz bechora oʻrnidan turib boshini egib turib oldi. - hoziroq narsalaringni yilda
koʻzimga koʻrinma! - tishlari orasida vishilladi. Qiz yigʻlagancha xonadan chiqib ketdi.
- Malik! Qachon odam boʻlasan sen bola?! Men qachon bemalol xizmatkor qiz olib kela olamam bu
uyga! - Malik Manzura honimning gapini eshitmaganga olib shiftga, polga, atrofga qarab turardi.
Manzura honim uning bu qiligʻidan asab tolalari uzilib ketdi. - senga gapirdim nimayu devorga
gapirdim nima?! Endi uyga 50 yoshli ayollarni ishga olaman! Har holda ularni boshini
aylantirmassan!!! - baqirgancha oʻziga oʻzi gapirib chiqib ketdi Manzura honim.
- raxmat senga Malika, oʻzi qutulolmay yurgandim oʻsha qizdan, bittagina yaxshi gapirgandim
boʻynimga osilib oldi qoʻydi. - Malik tirjayib yoyogʻiga oʻzini tashladi.
- hiih men sizni felingizni bilmaydigandek gapirmang! Oʻzi asablarim oʻynab turibdi. Anavi suvilonni
bugun oʻldirib qoʻymoqchi edim, David kelib qoldi. - boʻlib oʻtgan ishlarni esiga olib yotoqning bir
chetiga asabiy oʻtirdi Malika.
- nima boʻldi? Qaysi suvilon?
- akaa!!! Siz ham asabimni buzmang, oʻzi bittaginasi boʻlsa! Anavi Dilruba degani!
- nima qilding unga? - birdan jonlandi Malik.
- yuziga qarab boʻlmaydigan qilib urdim. Sochini ham yulmoqchi edim David kelib qolib meni
qoʻriqchilar bilan uyga joʻnatib yubordi.
- Nima qilding?! - Malik qichqirib yubordi. - Malika esingni yedingmi? Nega yigitlarning ishiga
aralashasan? A?! Nega oldin meni oldimga kelmaysan? Men senga nima qilishingni aytardimku! -
Malik oʻrnidan turib uyoqdan buyoqqa borib kela boshladi. Malika esa hayron qaragancha oʻtirardi.
- aka men nima qildim? Bittagina urganimga shunchami?
- Malika biz shartnoma tuzgandik David bilan! Sen esa uni buzding! Endi unga ukasini qaytarishinga
toʻgʻri keladi! Sen esa Davidingsiz qolib ketasan! Men sen uchun shuncha ish qilsamu sen uni
barchasini chippakka chiqarding axmoq! David shifoxonada Dilrubani yuziga malham surdirdi. Soʻng
esa uni uyiga tashlab qoʻyish uchun mashinasiga oʻtqazdi.
- Dilruba. Ahvolingiz yaxshimi? - haliyam bir oliz gapirmagan Dilrubaga savol berdi. Ammo bir ogʻiz
javob ololmadi. - Dilruba men Malikaning nomidan sizdan uzr soʻrayman. Oʻzimning nomimdan ham.
Meni deb shu ahvolga tushdingiz. - David aybdorona gapira boshladi.
- yuzim tuzaldimi?
- a? - David tushunmay qaradi. Dilruba koʻzlarida yosh va alam bilan qarab turardi.
- uzringiz bilan yuzim tuzaldimi? A?! Men sizga bormayman degandim! Sizni deb shu ikki kun ichida
hayotimda umuman sodir boʻlmagan narsalar sodir boʻldi! - baqirdi. David bir ogʻiz gapira olmadi. -


shu yerda toʻxtating tushib qolaman! - Daviddan javob boʻlmagach Dilruba unga buyruq ohangida
dedi.
- uyingizga tashlab qoʻyaman bu ahvolda koʻchada yurmang. - bosiq ovozda aytdi.
- toʻxtating mashinani dedim! - David soʻzsiz toʻxtadi. Dilruba mashina eshigini qarsillatib yopib
piyodalar yoʻlagidan yurib ketdi. David uning ortidan qarab turarkan, oʻrindiqda qolgan sumkasi va
telefoniga koʻzi tushdi. Darhol ularni olib ortidan bordi. Ammo Dilruba tez tez yurar, David chaqirsa
ham toʻxtamas edi. Dilruba yigʻlagancha undan qochib borardi. Yuzini koʻz yoshlari yuvardi.
- Dilruba! Toʻxtang! - ammo Dilruba toʻxtamadi. David yugurib borib uni oʻziga qaratishi bilan
Dilruba uning koʻksiga urilib qattiq yigʻlab yubordi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo )
Koʻpala reaksiya xochuuu #Ishq_safari
Habiba uyiga kirib kelishi bilan xonasiga koʻtarildi. Ammo yoʻlakda akasining kim bilandir
gaplashayotganini eshitib qoldi, eshitishni hohlamasdi, ammo gap oʻzi haqida boʻlayotgani uchun
asta quloqlarini ding qildi.
- oʻsha isqirtni kim qamoqdan soatlar ichida qutqarib olganini menga aniqlab berasan! Habibaga bu
koʻrguliklarni qilgan itni ozodlikda yurishiga yoʻl qoʻymayman! - Habibaning akasi tishlari orasida
gʻazab va nafrat ila gapirdi. Habiba darhol gap nima haqida boʻlayotganini bildi. Oʻsha Habibani
aldagan gʻurursiz iflos. Habibaning koʻzlariga allaqachon yosh yigʻilgandi. Akasining chiqayotganini
bilib darrov oʻz xonasi tomonga oyoq uchida yugurib ketdi.
#####
Malika xonasida yotogʻida yotar ekan hayollari judayam chalkash edi. Endi nima qilish haqida bosh
qotirardi. Ahir endi Davidini yoʻqotishi mumkin. Uni qoʻldan chiqaradi. Oʻzi majburan ushlab
turgandi uni. Agarda bu haqida ota onasi habar topsa unga nima qilishadi. Akasi va uning oʻyinidan
habar topishsa nima boʻladi.
Darhaqiqat bu rejalashtirilgan hayotiy oʻyin edi. Malika akasiga yigʻlab, Davidni sevishini u siz
yashay olmasligini aytgach, Malik Davidning nogiron ukasidan foydalanib ikkalasini unashtirdi.
Davidni ukasi uchun hamma narsaga tayyor ekanini bilishgani uchun ham qoʻrqishmadi. David esa
majburan Malikani sevaman deya unashtiruv qildirdi. Ota onasi ham ancha avvaldan buni hohlab
kelishgani uchun shartta rozi boʻlishdi. Ikkala doʻst oilalar endi quda boʻlish haqida oʻylab juda
sevinishar ekan. Bu yerda David ichidan zil ketardi. Hayotining davomini endi shu Malika bilan
oʻtkazishni oʻylasa asablari taranglashib ketardi. Nima boʻlsada Malik darrov ukasi bilan tahdid
qilardi. Davidning eng nozik nuqtasi bu ukasi edida. Malika juda erka va tantiq qiz boʻlgani uchun
Malik uni hecham hafa qildirmas va uni har istagini bajo keltirardi. Agarda David unga yomon
muomalada boʻlsa ham Malik ayollarga oʻxshab yana va yana tahdid qilishdan toʻxtamas edi. David
Malik va Malikadan judayam nafratlanardi. Malik Malika uchun har narsa qilishga qodir boʻlsa,
David ham ukasi uchun shunday edi.
#####
Dilruba oʻz xonasida koʻz yoshlariga burkanib yotardi. David uni uyiga olib kelib ketgan edi.
Aniqrogʻi Dilruba uni haydab solgandi. Dilruba biroz yigʻidan toʻxtab oynaga qararkan yanada
qattiqroq yigʻlar, yuzidagi yara izlariga barmoqlarini asta yuritib aybsiz aybdor boʻlganiga chidolmay
yigʻlardi. Ahir uning gunohi yoʻq edi. U Davidning boʻyniga osilib olmadiku ahir?! Dilruba shu


yoshigacha hecham bunday kaltak yemagan, noziknihol qiz edi. Unga ikki ogʻiz qattiq gapirishsa kun
boʻyi mahzun yurar, bir paytlar yigʻlab ham olardi. Dilruba shu yigʻlagan koʻyi uhlab qoldi.
Koʻzlarini telefoning jiringlashidan ochishga harakat qildi, ammo ogʻirlashib ketgan qovoqlari
toʻsqinlik qilardi. Koʻzlari bir biriga yopishib qolgandi. Biroz ishqalab koʻzlarini ochdi va ekrandagi
"Dadajonim" degan yozuvni koʻrib yana koʻzlariga yosh keldi. Oʻzini qoʻlga olib asta goʻshakni
koʻtardi.
- Alo assalomu alaykum dadajon yaxshimisiz? - quvnoq ohangda gapirishga harakat qildi-yu, ammo
unchalik oʻxshamadi.
- va alaykum assalom mening novvot qizim. Yaxshiman allohga shukr oʻzing yaxshimisan?
Ahvollaring, ishing qalay boʻldi, bugun adashmasam birinchi ish kuning edi. - Dilruba asta soatga
qaradi, soat 7 ga yaqinlashib qolibdi.
- ha dada ajoyib oʻtdi, hozirgina ishdan kelib ovqatga unamoqchi edim. - yolgʻon gapirib pastki
lablarini tishladi.
- yaxshi. Unda senga yoqimli ishtaha goʻzal qizim, oʻzingni asragin, men ham bir-ikki oylarda borib
qolaman.
- rostdanmi? Tezroq keling dadajon sizni judayam sogʻindim. - Dilruba gapira turib darrov
koʻzlaridan yosh oqdi.
- men ham seni sogʻindim jonim qizim. Tez orada borib qolaman. Sen oʻzingni men uchun ehtiyot
qilgin. - mehribonlik ila gapirdi. - hop boʻladi dadajon.
- mayli qizim. Yaxshi dam olgin. Goʻshakni qoʻyyapman.
- hayr dadajon. - tel oʻchgach Dilruba dadasining "novvot qizim" "goʻzal qizim" "jonim qizim" degan
soʻzlarini eslarkan koʻzlari yana yoshga toʻldi. Ahir uning oʻzi ozginagina boʻlgan, uni ustiga uni
goʻzallik deb boʻlsa albatta. Uni ham yaralarga aylantirishdi. Dilruba oʻrnidan turib yuz qoʻlini sovuq
suvga yuvdi va oshxonaga tushdi. Yolgʻizlikka oʻrganib ulgurgani uchun oʻzi uchun mevalardan taom
tayyorlab tashqariga tikilgancha ovqatlandi.
#####
David uyiga keldi va hech narsaga eʼtibor bermay shaxsiy kabinetiga yoʻl oldi. Ammo u yerda uni
kutib oʻtirgan oʻgay onasini koʻrib asablari yanada taranglashdi.
- nima ishingiz bor meni kabinetimda? Nega soʻroqsiz bostirib kirdingiz? - oʻzini zoʻrga tiyib stuliga
joylashdi va barmoqlarini bir biriga qarshi ushlab oʻgay onasiga oʻtkir nigohlarini qaratdi.
- senda muhim gapim bor! - Matluba honim ham jiddiy ohangda dedi. David masala jiddiyligini
fahmlab kursisiga yaxshilab joylashib oldi va "Gapiring!" degandek sinchkov nigohlarini qaratdi.
- otangning ahvoli yana ogʻirlashdi. Bugun yuraklari koʻp bezovta qildi. Xonasida dam olib yotibdilar.
Uygʻoq payti "Tirikligimda Davidning toʻyini koʻrsam yaxshi boʻlardi!" dedilar. Shuning uchun
Manzura honim va Jamshid bey bilan gaplashib, Malika bilan toʻyingni, keyingi oyning yettinchi
sanasiga qilishni rejalashtirdik. Yaʼni 7-dekabrda nikoh marosimi va toʻy boʻlib oʻtadi. - Matluba
honim gapirib boʻlib oʻrnidan turdi. David esa biroz karaxt holda unga qarab turdi. Ahir u
unashtiruvni bekor qilmoqchi boʻlsa, bu yerda uni taqdirini usiz hal qilib boʻlishibdi. Bu nimasi ahir?!
David oʻz istak hohishlarini aytmaslikka mahkum etilganmi? Doimiy otasining istak va hohishlarini
bajo keltirdi. Uning istagi boʻyicha, biznes yoʻnalishida tahsil oldi, u advokat boʻlishni orzu qilardi.
Ammo otasining istagini ustun qoʻydi. Shu kungacha hech bir hohishini ochiq oydin ayta olmadi.
Endi esa uning hayotini yana uning hohishlariga zid ravishda hal qilishibdi. Ammo David yana jim.
Yana sukut qilgancha oʻz hayotini hal qilsihlariga jim qaragancha tomoshabin boʻladi. Matluba honim
bu orada allaqachon xonadan chiqib ketgan edi. David esa oʻzining achchiq hayollari bilan yolgʻiz
qoldi.
Koʻpala reaksiya xochuuu har xilidan


#davomi_bor
Muallif: #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
David asabiylashganidan tonggacha mijja qoqmay endi nima qilishi haqida oʻylab chiqdi. Ukasi
Diasni uzoq vaqtdan beri koʻrsatmayapti oʻjar Malik. Endi esa ukasini qayerda ekanligi haqida ham
bilmaydi. Malik judayam ehtiyotkorlik bilan ish qiladi. U biror iz qoldirishi amri mahol edi. Koʻp bora
ukasini izini topishga urundi ammo foydasi yoʻq. Otasi uchun esa ukasi ahamiyatsiz! Negaki uni
oʻgay va xaromzoda deb ataydi. Chunki haqiqiy onasini xiyonatda ayblab, ukasi Diasni doim
chetlagan. Ammo David uni doim himoya qilgan, bir kun, atigi bir kun 8-sinf vaqtida doʻstlari bilan
futbol oʻynab uyga kech qaytgani, uni umrbod pushaymonlik qilishga majbur qildi. Negaki aynan
oʻsha kuni, 10 yoshli Diasni otasi ichib kelib ayolining alamini undan oladi. Dias bunday kaltaklarni
esini taniganidan beri qabul qilardi. David xato qilsa ham jabrini Dias oʻtardi.shuning uchun ham
David hech qachon otasiga qarshi bormagan va har bir istagini bajargan. Dias esa bularning
natijasida judayam qoʻrqoq boʻlib katta boʻlgandi. Oʻsha kuni otasi mast holda uni juda koʻp uradi.
Soʻng xonada uni tashlab chiqib ketadi. Dias oʻrnidan zoʻrgʻa turib, Davidning xonasiga tentirab
boradi, ammo zinaga yetganda uchinchi qavatdan birinchi qavatga yiqiladi. Buning natijasida esa
boʻyin tomiri va kichik suyak jarohat olib, boʻyin tomiri qisilishi natijasida uning oyoq va qoʻllari
ishlamay qoladi. Aperatsiya uchun esa u 22 yoshdan katta boʻlishi lozim. Ammo u 20 yoshda hozir.
Otasi shundan soʻng uni yolgʻiz oʻzini boshqa uyga oʻtirib qarovchi bilan yolgʻzi qoldirdi. David doim
undan habar olib turadigan boʻlsada Dias umuman kulmas, gapirmas edi. Nutqida hech qanday
kamchilik yoʻq boʻlsada u shu paytgacha Davidga bir ogʻiz gapirmas edi. Unashtiruv sentabr oyida
boʻlib oʻtgan edi. Diasni esa Malik unashtiruvdan hafta oldin olib qochgandi. David qoʻlidagi barcha
yigitlariga qidiruv berdi. Ammo yer yorilgani yerga kirib ketgandek yoʻq edi. Bilishmasdiki Malik uni
boshqa davlatda saqlab qoʻyganini.
David uxlamagani uchun koʻzlarini ishqalab dush qabul qilgach ishiga otlandi. Ammo oldin otasi
bilan gaplashib olish uchun xonasiga odob yuzasidan uch marta taqillatdi. Ichkaridan boʻgʻiq ovozda
"Kiring" degan ovoz eshitilgach ichkariga kirdi.
- Assalomu alaykum ota. Ahvolingiz yaxshimi? - yotoq yonidagi stulga joylashdi.
- ha yaxshiman. Hudoga shukr. Hudo hohlasa seni toʻyingni koʻrsam armonim yoʻq. - David nima
deyishni bilolmay jim turdi.
- ota... - ichidagilarni aytolmay biroz toʻxtaldi.
- gapir oʻgʻlim nima gap?
- ota men Malikaga uylanishni hohlamayman! - bir nafasda gapirdi. Necaki u otasiga hech qachon
qarshi bormagan edi. Unga oʻz hohishini bildirmagan edi. Hozirgi vaqtda otasining qanday reaksiya
bildirishi uni qiziqtirardi.
- nima? - otasi birdan qichqirib yubordi. - bu nima deganing? Allaqachon barcha narsa hal qilib
boʻlindi! Endi uylanmayman deganing nimasi? Sen bola.. axx - otasi yuragini ushlab hansirab nafas
ola boshladi.
- ota! Ota! - David nima qilishni bilolmay esankirab qoldi. Shu payt xonaga Matluba honim kirib
keldi.
- Holiq!! Sizga nima boʻldi? Holiq! - Matluba honim yugurib erini yoniga keldi. - tez yordamga tel qil!
Boʻl!!!
#####
Dilruba erta tongda uygʻongach, yuziga maz surti va maska taqib oldi. Peshonasiga choʻlka tushirib,
qora koʻzoynak taqib oldi. Shu tufayli uning yuzidagi yara, qizarish va koʻkarishlar koʻrinmadi.
Kompaniyaga borib ishdan boʻshash uchun ariza yozib kelmoqchi edi. Oddiy qora tanasiga yopishib
turadigan tizzasidan bir qarich pastda turadigan libos, qora tufli va qora oancho kiydi. Mashinasiga


oʻtirib kompaniyaga yoʻl oldi. Kompaniya yetib kelishi bilan hush kayfiyatda Maftuna uni kutib oldi.
- Hish kelibsiz Dilruba honim. - Dilruba bilan tengma teng yurib u bilan suhbatlashish maqsadida
gapira boshladi. - hush vaqt boʻling Maftuna. David bey xonasidami? - unga qarab toʻxtadi Dilruba.
- yoʻq honim bugun hali kelmadilar. Kelguniga qadar qabulxonada men bilan suhbatlashishga nima
deysiz? - samimiy jilmaydi.
- qachon kelishini bilmaysizmi? - Dilruba biroz iymandi.
- Boshliq qachon kelishini bilmayman. Aniq bir vaqtda kelmaydi. Ammo abetgacha keladilar. -
Maftuna uni olib qolish uchun qoʻlidan kelganini qilishga kirishdi. Dilruba rozi boʻlib Maftuna bilan
qabulxonaga kelib stulga oʻtirdi.
- men ishdan boʻshash haqida ariza yozmiqchiman. - qatʼiy tarzda gapirdi.
- nega?
- shaxsiy sabablarga koʻra. Kechagi holat ham. - Dilruba kechagi holatni eslab bir zumda koʻzlariga
achchiq suyuqlik yigʻildi. Maftuna kechagi voqeani eslab Dilrubaga achinish bila qaradi. Nima
deyishni bilmadi. Shu payt David hovliqqancha kompaniyaga kirib keldi va darrov qabul xonaga
keldi.
- Dilruba Ohunova bugun kompaniyaga keldimi? - David bir chetta oʻtirgan Dilrubani koʻrmay
Maftunaga savol berdi.
- ana ular. - Dilru aga ishora qildi Maftuna. David uni koʻrishi bilan uni bilagidan ushlab xonasi
tomon yetaklay ketdi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo) #Ishq_safari
Kutilmaganda boʻlgan ishdan karaxt boʻlib qolgan Dilruba birdan toʻxtab oldi.
- nima qilyapsiz? Qoʻyib yuboring qoʻlimni! - qoshlarini chimirib oldi.
- Dilruba! Sizga aytadigan gaplarim bir xonamga chiqaylik bafurja gaplashib olamiz. - David uning
qarshiliklariga qaramay liftga olib kelganida Dilruba taqqa toʻxtadi.
- meni fobiyam bor! Liftda chiqolmayman. - u javob kutmasdan zina tomon yurib ketdi.
- nima gap? ikkala qulogʻim sizda! - Dilruba xonaga kirishlari bilan unga jiddiy tikildi va koʻzoynagini
yechdi.
- Dilruba, sizdan bitta iltimosim bor edi. Agar qashi boʻlmasangiz, ammo endi qarshi boʻlsangiz ham
iloji yoʻq. Bugun... - Davidning gapi ohiriga yetmay xonaga bostirib boʻylari uzun, sochlari qora va bir
tomonga tartib bilan taralgan, kostyum shimi ham dazmollangan, qora soat taqqan edi. Qoshlari
qalin, kipriklari ham ham shunga mos ravishda qora va uzun edi.
- David sen bugungi yangiliklarni koʻrdingmi yoki bular rostmi? - yigit kela solib telefonidan
qandaydir habarni Davidning peshonasigacha olib keldi.
- bu nima qilganing qanday habar? - asabiy dedi.
- demak habaring yoʻq! Unda eshit: "Taniqli va iqtidorli biznesmen David Aminov, kuni kecha boʻlib
oʻtgan Mansur Holmedovning bazmiga unashtirilgan qizi Malika Saidova bilan emas, boshqa goʻzal
bilan borib u bilan tunni birga oʻtkazdi! " Ana senga dumbul! Bu nimasi tunni birga oʻtkazish nimasi?
A?! Bu yerda oʻsha qiz tongda seni uyingdan chiqayotgan lavhalar ham bor! - yigit jahl bilan
gapirardi.
- Ishondim desang ajablanmayman! Oldin mendan soʻra nima boʻlganini! Hech narsani bilmay menga
tanbeh berma, undan koʻra oʻzingni bil! Uni ustiga oʻsha qiz mana shu! - Bir chetda eshitganlaridan
shokka tushib oʻtirgan Dilruba kipriklarini pirpiratib qoʻydi. Ahir u haqida bir dunyo boʻxton
qilishgan, ammo u shunchaki hayotini asrab qolgan ediku! Dilrubaga havo yetishmagandek yuzidan


maskasini yechib tashladi, boʻynini ochishga urunarkan ammo koʻylagi jemfer boʻlgani uchun buning
imkoni yoʻq edi.
- Dilruba! Dilruba ahvolingiz yaxshimi? Rangingiz oqarib ketdi! - David havotir bilan Dilrubaga
qaradi.
- sen nima deyapsan hoy! Bu psha qizmi? Basharasiga nima qildi? Nima oshiqlaring unga
qaraganingni eshitib bu becharashkani bejab ketishibdimi? - kulib yubordi.
- Amir hozir hazilning vaqti emas! Uning ahvoli yomonlashyapti qara! Ahir sen shifokorsanku! -
havotir bulan baqirdi doʻstiga. Amir ham ahvol jiddiyligini fahmlab qizning yoniga keldi.
- nimadir qattiq taʼsir qilgan! - tekshirib boʻlib dedi.
- menimcha habar! Unga nima qilamiz?
- bu yoqqa olib kel, divanga yotqiz! - David uning aytganini qilib Dilrubani divanga yotqizdi.
#####
Malika kechagi ota onasining aytgan "David bilan toʻylaringizni tezlashtirdik, 7-dekabrga
oʻtkazadigan boʻldik qizim!" degan gaplaridan qanchalik quvongan boʻlsa, bugun tongda koʻrgan
"Ajoyib yangilik" dan shunchalik kayfiyati tushdi. Xonasida uyoqdan buyoqqa borib kelar ekan,
akasini kutayotgandi. Va nihoyat akasi hovliqib eshikdan ichkariga kirdi.
- Aka nimadir qiling! Iltimos qilaman! Men Davidsiz yashay olmayman! Uni qattiq sevaman! U
boshqasiga tegishli boʻlishiga chidolmayman, u faqat va faqat menga tegishli boʻlishi kerak! -
yigʻlamsirab akasuga yalina boshladi.
- Malika! Oʻzingni qoʻlga ol! Senga bu ahvol yarashmaydi! Endi esa jimgina xonangda oʻtir, yoʻqsa
kimdir bilib qoladi! - Malik uni tinchlantirgsn boʻlib, oʻzining xonasiga bordi.
- alo! Qodir ishlar joyidami? Diasning ahvoli yaxshimi? Unga yoʻllangan hamshira unga yaxshi
qarayapdimi? - oʻzining ishonchli yigitiga yashirin telefonidan qoʻngʻiroq qilib gaplashdi.
- barchasi joyida janob! Dias beyning ham ahvoli yaxshi. Yangi hamshira bir hafta oldin yoʻlladim,
oʻsha yaxshi qarayapti. Undan oldingisi masʼuliyatsizlik qilgani uchun haydadim! - Qodir deganlari
sovuq ohangda javob berdi. - hop! Sen unga yaxshi qara, kallang bilan javob berasan! Dorilarini
barchasini vaqtida bersin hamshira! Barchasini nazorat qil! Shu yaqin orada bu ish hal boʻladi! -
oʻzini yotoqqa otdi Malik.
- hoʻp boʻladi janob! - goʻshakni qoʻygach Malik telefonini yotoq yonidagi kichik tumbochka ustiga
qoʻydi va garderob xonasiga kirdi. Eshigini qulflab olgach, kostyum shimlari osilib turgan ilgichlarni
bir chetga surdi. Pastki qismida joylashgan seyfga parol kiritib ochdi va uning ichidan, shprits olib
unga dorini quyib oldi. Soʻng yengini shimarib tomiriga dorini yubordi. Shpritsni oʻsha yerga qoʻydi
va devorga suyanib oldi. Oʻz oʻzidan koʻzlari suzilib lablarida jilmayish paydo boʻldi.
#Ishq_safari
Muallif: #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Kanada
Kichik villada atrofini yaxshigina yigitlar qoʻriqlayotgan edi. Ammo villa ichida bittagina yigit va
qizdan tashqari hech kim yashamaydi, albatta xizmatkorlarni aytmaganda.
- Qodir Dias xonasida yoʻq ekan. Felura honimning aytishicha u xonasidan bundan oldin hecham
chiqmagan. - bitta barzangi Qofirning yoniga hovliqib kelib habarni yetkazdi.
- nima? Qanaqasiga yoʻq boʻladi? Ahir u hecham chiqmas ediku, uni ustiga u yira olmaydiku! - Qodir
tezda ichkariga yugurdi. Ikkinchi qavatga chiqib Diasning xonasiga kirdi. Ammo u yerda Feluradan


tashqari hech kim yoʻq edi.
- hoy! Janib Dias qayerda? - Qodir kela solib Felurani boʻgʻa boshladi. Qiz nafas yetishmay qiynalar
ekan, Qodirga bu taʻsir qilmadi.
- b.bil..ma.yma..n - Felura zoʻrgʻa shu soʻzni duduqlanib aytdi. Tobora boʻgʻib borar ekan, Feluraning
yuzi qizarib koʻzlari yumila boshlaganida Qodir uni qoʻyib yubordi. Felura pastga yiqilib yoʻtala
boshladi.
- sen unga masʼul emasmisan laʼnati?! Nega qaramaysan?! Javob ber! Jamob Fias qayerdaa? Uni
qayerga olib bording? Gapirrr!!! - Qodir Feluraning yelkasidan biroz oʻtib turgan qahvarang
sochlarini yular darajada tortib qulogʻi ostida gapirdi. - qayerdan boʻlsa ham topasan tushundingmi?
Yoʻqsa seni tugʻilganingga pushaymon qilaman! - tishlari orasida vishilladi.
- rostdan ham bilmayman! Men ovqat tayyorlayotgan edim, kelganimda xonada janob yoʻq edi! -
yigʻlagancha gapirdi.
- *** - Qodir uni soʻkkancha, bir tepib xonadan chiqib ketdi. Felura esa polda ikkiga bukchaygan koʻyi
yigʻlab qoldi. Qofir ketganidan soʻng Felura bir amallab oʻrnidan turdi. Eshikdan asta moʻraladi,
hech kim yoʻqligiga amin boʻlgach eshikni sassiz qulfladi. Bu yerni allaqachon tintuv qilib
boʻlishgandi, ammo ming shukrki Diasni topa olishmadi. Felura ichida Allohga shukrona keltirgancha
garderobga kirdi. U yerni ham qulfladi va stulni oʻrtaroqqa qoʻyib shift ustiga chiqadigan kichik joyni
ochdi. Ochilishi bilan uzun zina pastga tushdi. Felura asta tepaga chiqdi. U yerda Dias devorga
suyangancha oʻtirardi. Felura barchani chalgʻitish uchun uning aravasini yoʻlga qoʻyib qoʻygandi. U
oʻylagidek qolganlar Diasni kimdir olib qochgan deb oʻylashdi. Dias esa shuncha yillik muolajalar
natijasini hech kimga koʻrsatmagandi, miyasiz hamshiralaf ham buni sezishmasdi, ammo ayyor
Felura buni sezib qoldi. Uni gapirishga chorladi. Kecha tun boʻyi u bilan barchasini gaplashib,
qochishga qaror qilishgandi. Dias qoʻllarini ishlata olgan edi. Ammo oyoqlarida hali ham jon yoʻq edi.
Bitta yoki nari borsa ikkita qadam bosardi. Shiftga ham zoʻrgʻa chiqib olgandi, Felura uni suyab
turmaganida buni hech qachon uddalay olmagan boʻlardi.
- Janob Dias?! Ahvolingiz yaxshimi? - Felura uning yoniga bordi.
- chidasa boʻladi, oyoqlarim qattiq azob beryapti! - yoqimli ovozda dedi.
- biroz chidang, bu yerdan chiqib olsak, akangiz bilan gaplashishga urunamiz. Men yarim soatdan
keyinga yoʻl ohiriga taqsi chaqirib qoʻyganman. Ular sizni qidirish uchun orqa tomondagi oʻrmonga
ketishdi shekilli. Har holda boshqa narsa hayollariga kelmasdi. Hozir esa pastga tushib olaylik, yana
ozroq chidang! - Felura rejani mukammal tuzgandi. Shuning uchun barchasi uning foydasiga
ketayotgandi. Dias biroz qiynalib toʻrtburchak shaklidagi tirqishdan zinalar orqali tushdi. Albatta
bunga koʻproq vaqt ketdi. Soʻng Felura unga arava kerakligini bilib zahiradgi oddiy aravaga uni
oʻtirgʻizdi. Oldin oʻzi tashqariga chiqib koʻrdi. Hech kim yoʻqligiga amin boʻlgach aravani yetaklab lift
uchiga kirgizdi. Ammo oʻzi tashqariga chiqdi. Oʻzi zinadan pastga tushdi va tekshirdi. Baxtiga barcha
xizmatkorlarni yer toʻlada soʻroq qilishayotgan edi. Lift ochilishi bilan Felura aravani yetaklab
oshxona eshigidan chiqdi, atrofda hech kim yoʻq edi. Aravani tezlikda haydab orqa eshikdan yoʻlga
chiqib oldi. Yon atrofga qaradi. Oʻylaganidek barchasi oʻrmon uchidan Diasni qidirishayotgan edi.
Yoʻl ohirida turgan taqsiga Diasni avaylab mindirdi va ketdi.
##### - Dilruba ahvolingiz chindan ham yaxshimi? - David qoʻlidagi yarim toʻla stakanga tikilib jim
oʻtirgan qizdan soʻradi.
- yaxshi! - koʻzlarini pirpiratib oldi va stakanni stolga qoʻydi. - endi esa menga nimalar boʻlayotganini
tushuntiring! Soʻngra mana bu internetdagi yangilikmi hoziroq yoʻq qiling! - tishlarini gʻichirlatib
gapirdi. David qiz oʻziga kelganini bilib asta oʻrnidan turdi. Doʻsti Amir esa bir chetta ularni kuzatib
turdi va telefonidan kimgadir tel qildi.
- alo Babnik janoblari! Yaxshimisan? Senga bitta ish bor! Hoziroq hal qilishing kerak! Qayerdasan? -
darrov maqsadga koʻchdi.
- xonamdaman. Qanday ish? - babnik janolari ham darrov maqsadga muvofiq ravishda gapirdi.
- senga hozir bitta habar joʻnataman, pshani internetdan umuman boʻlmagandek yoʻq qilishing zarur
hoziroq!


- biroz vaqt oladi! Tahminan 20 daqiqa.
- ok! Iloji boricha tezroq bajar! - Amir uni javobini ham kutmasdan telni oʻchirdi va habarni unga
yuborib qoʻydi.
- habar tez orada yoʻq qilinadi! Havotir olma honimcha! - Amir janoblari hecham shu Dilrubani
hushlamagandi.
- arziyman doʻst! - David tirjayib Amirga qaradi.
- raxmat raxmat! - soxta ravishda qoʻlini koʻksiga qoʻydi Amir. Dilruba ularning bu qiligʻiga piqqilab
kulib yubordi.
- vay vay vay! Oyimcha honim kulishni ham bilarkan! Men boʻlsa ikki qoshini bir joyga keltirib
kleylab qpygan debman! - Amir kulib yubordi. David va Dilruba ham unga qoʻshildi. Dilrubaning
hayolida Amir hazilkash boʻlib birinchi taassurot qoldirdi.
- ha aytgancha Davi bey menga nima demoqchi edingiz? - kulishdan toʻxtab, Dilruba hayoliga kelgan
gapni aytdi.
- haa! Sal qolsa esimdan chiqardi. - David darhol jiddiylashib qoldi. - Bugun otamning ahvoli
ogʻirlashdi. Hozir shifoxonada, ahvoli meni deb ogʻirlashdi. Otamga ilk bora qarshi chiqib hohishimni
bildirgandim. Malikaga uylanishni hohlamayman! degandim, bu menga qimmatga tushdi. Spng
shifoxonada oʻziga kelgach mendan kimdadir koʻbgling bormi dedi, agar bor boʻlsa toʻyni toʻxtatib
oʻshangga uylan dedilar. Men bunday imkoniyatni qoʻldan boy bera olmas edim, ustiga ustak esa
otam ilk bora mening koʻnglim nimani tusashini soʻragan edilar. Men esa nima qilishni bilmay bor
boshqasi deb yubordim. Kim dedilar, men esa ertaga oldingizga olib kelaman deb vada berib keldim.
Otam esa unashtiruvni buzar ekan. - David shu joyida toʻxtab qoldi. Shu yergacha tez tez
gapirayotgandi.
- nimaaa? Doʻstim sen oʻsha saqichdan qutilyapsanmiii??? - Amir xursandligini yashirmay qichqirib
yubordi.
- hudo hohlasa doʻstim. - David ham xursandchiligini yashirmay jilmaydi. Amir kelib doʻstini bagʻriga
bosdi.
- bu gapni menga nima aloqasi bor uzr Mr David?! - Dilruba bir qoshini uchirib dedi.
- menga yordamingiz kerak! Mening sevgan qizim rolini oʻynab berishingiz zarur!
- Nimaaa??? - koʻzlarini katta katta ochib qaradi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo) #Ishq_safari
Dias va Felura aytilgan manzilda tushgach, Felira Diasni yetaklagancha uy eshigini taqillatdi. Koʻp
kuttirmay eshikni uzun boʻyli, sochlari qizgʻish va sariq tusda tepadan yigʻilgan. Oddiy uy kiyimida
turardi. Qoshlari nozik, koʻzlari dengiz misoli moviy va oppoqqina qiz ochdi eshikni.
- Hush keldingiz! - qiz mayin jilmayib ikkalasini ham ichkariga taklif qildi.
- hush koʻrdik Nilya. - Felura ham jilmayib Diasni yetaklab ichkariga kirdi. Dias esa jim edi.
- bu yoqqa! - qiz ularni mehnonxonaga kiritdi. - nima ichasizlar choy, kahva, suv, sharbat?
- menga kahva, siz nima ichasiz janob Dias? - haliyam jim oʻtirgan Diasga savol nazari bilan qaradi
Felura.
- oddiy suv. - quruqqina javob berdi. Nilya esa aytganlarini olib kelish uchun oshxonaga ketdi.
- Felura, bu qiz kim? Ishonchlimi? - jiddiy tarzda soʻradi Dias
- albatta, u mening jon dugonam, yetimxonada ham birga katta boʻlganmiz, bir birimizga dastak
boʻlib katta boʻldik. Aslini olganda biz Kanadaga oʻqish uchun kelgandik, ammo taqdir tasodifi bilan
men sizga qarovchi boʻldim, Nilya esa mehmonxonaga oddiy xona tozalovchisi boʻlib kirdi. Aslini
olganda biz Metismiz, yani mening onam oʻzbek, otam esa Arabistonlik boʻlgan. Nilyaning esa otasi
oʻzbek, onasi esa Azerbayjanlik boʻlgan. Otasi harbiy xizmatga kelgan harbiylarning ustidan


qarovchimi shunaqaroq nimadir boʻlgan, davlat ishlariga uncha tushunmayman, ishqilib uning otasi
ish yuzasidan Azerbayjanga borib onasini yoqtirib qolgan, afsuski uning onasi qotilning qizi boʻlgan,
vhk ishqilib ikkalasi oila qurishgan, soʻngra esa xizmat paytida otasi vafot etadi, onasi esa buni
koʻtara olmay yuragi huruj qiladi. Nilya olti yoshida bir kunda otasi va onasidan ayrilgan. Soʻngra
uning qarovchisi yoʻq boʻlgani uchun yetimxonaga olib kelishgan. Shunaqa gaplar. - tez tez gapirdi
Felura. Dias esa uni soʻzini boʻlmay jimgina tingladi.
- buyurtmalar tayyor! - quvnoq ohangda gapirib patnisda aytilgan ichimliklarni olib keldi va berdi.
- raxmat!
- raxmatga hojat yoʻq janob Dias! - tirjayib qoʻydi.
- Nilya, biz janob Diasning akasi bilan bogʻlanishimiz kerak, yoʻqsa Kanadadan chiqib keta olmaymiz!
- Felura biroz qoʻrquv bilan gapirdi.
- u ish menda havotir olma, men allaqachon sizlarga ikkita bilet buyurib qoʻyganman. Bugun tungi
reys bilan Toshkentga uchasizlar. Havotir olma pasportlarni oʻzgartirganman. Hozir bir daqiqa! -
Nilya oʻrnidan turib televizorningyonidan hujjatlar solingan papkani oldi va Feluraga tutqazdi. -
bunda sizlarning yangi pasport, bilet, bitta telefon va raqam bor. Sizlar aka singil boʻlasiz. Haris
Dinaliyev va Harisa Dinaliyeva! Tushunarlimi?
- sen kimsan oʻzi? - Dias unga oʻtkir nigohlarini qadadi. - buncha ishni oddiy talaba qayerdan uddalay
olishi mumkin?
- janob Dias Nilya oddiy talaba emas, yaʼni u otasining kasbi boʻyicha ketgan. Unga bunday ishlarda
yordam beradigan doʻstlari talaygina, yana Nilya 22 yoshda, menda 4 yoshga katta. - tushintirish
berdi Felura.
- shunaqa janob Dias, ammo biz Felushim bn opa singil emas dugonamiz, kezi kelganda opa singil
ham boʻlamiz. - koʻz qisib qoʻydi.
- haa endi tushunarli. Ammo sen haqingda bilganlarchi Felura, Nilyani ham bilishsa bu yerga
kelishlari tayin.
- aslo havotir olmang janob Dias, men barchasini hal qilganman, men oʻz nomim bilan uch kun avval
Kanadadan chiqib ketganman. Ular uyimga borishsa ham boshqa ijarachilarni koʻrishadi, bu uyni esa
bugun tongda boshqa birovning nomiga olganman. Umuman Felura bir hafta oldin ishga joylashgan
boʻlsada, u menga siz haqingizda aytganidayoq sizga yordam berishni aytganman, shunin uchun reja
tuzib kelayotgan edim. Shunaqa gaplar. - sharbatidan hoʻpladi Nilya.
- aha unda endi nima qilamiz? Men akam bilan gaplashib olishim kerak, umuman olganda nogiron
boʻlmasimdan oldin gaplashganim akam bilan, undan keyin umuman gapirmay qoʻyganman, ayyor
Felura esa meni sezib gapirishga majbur qildi. - jilmayib Feluraga qaradi. Felura ham unga javoban
tabassum qildi. - men hayron qoldim, siz shu paytgacha akangiz bilan hecham gaplashmaganmisiz???
- moviy koʻzlarini katta katta ochdi Nilya. - Nahotki?
- men oʻzimdagi oʻzgarishni hech kimga koʻrsatmaganman.
- iximmm. Endi esa sizlar dam olinglar, kechqurun yoʻlga chiqasizlar.
#####
Oradan 4 kun oʻtdi.
Dilruba Maftunaga oʻtmishini soʻzlab bergach, tashqariga chiqdi. Shu bir hafta ichida hayoti
yaxshigina alkash chulkashlikka oʻzgarib boʻldi. Hali yaxshi tanib ulgurmagan insoni bilan
unashtirildi. Bu bir zumda boʻlib oʻtdi, oʻz shaʼnini himoya qilish uchun bunga rozi boʻldi. Darhaqiqat
David unga tahdid qildi, oʻsha habarlar bilan. Dilruba esa buni qabul qilishdan oʻzha chorasi
qolmadi. Otasiga esa bir dunyo yolgʻonlar toʻqidi. Otasi ishi tufayli unashtiruiga ham kela olmadi,
Dilruba shuni hohlagan edimi, ahir u buni istamagan edi, u unashtirui boʻlganda ilk yonida otasini
koʻrishni istagandi. Ammo boʻlmadi. Uning bu orzusi chippakka chiqdi. Mashinasiga oʻtirib oʻzining
oddiygina uyiga yoʻl oldi.


#####
Habib oʻz xonasida yotar ekan, Dilrubaning unashtiruvida koʻrgan oʻsha isqirtni haliyam hayolidan
chiqara olmayotgan edi. Uni yana uchratishini hayoliga ham keltirmagandi, yaxshiyamki oʻshanda
yonlariga David beyning doʻsti kelib qoldi, yaxshiyamki kelib qoldi. Yoʻqsa Habiba oʻzini yoʻqotib
qoʻygan boʻlardi. Habiba haliyam oʻsha unashtiruv kunini oʻylab yotarkan, beixtiyor oʻsha kun koʻz
oldida jonlandi.
Unashtiruv kuni.
Dilruba va David bir biriga uzuk taqqanidan soʻng, Habiba ayollar xonasiga yoʻl oldi. Yoʻlak boʻyla
ketar ekan, koʻzlari unga tikilib turgan bir juft yashil koʻzlarga duch keldi. Oʻsha! Uni aldab oʻz
manfaatini oʻylagan xudbin! Huddi oʻzi! Sovuq nigohlari bilan tikilib turibdi. Shu payt uning yoniga
bitta qiz keldi va kulib qarab uning qoʻlidan qoʻllarini oʼtqazdi. Nihohlar uzildi, Habibaning tomogʻiga
nimadir qadaldi, koʻzlari achishib, kipriklari pirpiradi. Tez tez yurib ayollar xonasiga keldi va eshikni
qulflab oldi. Umivalkadan sovuq suvga qoʻllarini yuvdi. Oynadagi aksiga qarab oʻzining axmoqligi
uchun yigʻlab yubordi. Ahir u chindan axmoqlik qildi, sal qolsa oʻzining katta botligini yoʻqatardi.
Shaytonnign vasvasasiga uchun hatto oilasini aldadi. Oʻzining gunohlari unga ogʻirlik qildi, koʻz
yoshlarini artib dugonasining yonida turish uchun tashqariga endi chiqqan edi, oʻsha xudbin uni
oldidan tirjayib chiqdi.
- oo mening hayolparast Habibam. - ochiqdan ochiq ustidan kuldi. Habibaga bu qanchalar olir botgan
boʻlsada bildirmadi.
- qoch yoʻlimdan isqirt! - tishlari orasida vishilladi. - toza ovunchogʻingni yoniga yoʻqol! - oʻtib
ketmoqchi boʻlganida bilagidan qattiq ushlab qoldi.
- sen meni haqorat qilolmaysan! Hali meni qamoqqa tiqqaning uchun javob berasan! Oʻsha
politsiyadagi akang ham seni qutqara olmay...
- Murshid! - kutilmaganda kelib qolgan Amir, xolasining oʻzi tengi oʻgʻli boshqa qizning bilagidan
ushlab turganiga koʻzi tushdi. Buni koʻrib gʻazabi qaynab ketdi. - yana avvalgi ushlaringni
boshladingmi? A?! Qoʻyib yubor qizni! Yana bir marta qizlar atrofida koʻrsam seni ayab oʻtirmayman.
Qilmishlaringni barchasini hech ikkilanmay otangga aytib beraman! - gʻazab bilan gapirdi. Habiba
oʻzi tanimaydigan odam uni qutqarganidan osmonga uchgan boʻlsa, soʻnggi gapidan yerga gursillab
yiqildi. - siz ham moychechak honim, qaysidir yigitning ikki ogʻiz shirin soʻziga uchib ketavermang! -
Habibaga bu gaplar qanchalik olir botgan boʻlsa-da tishini tishiga qoʻyib unga munosib tarzda javob
qaytardi.
- oʻylab gapirsangiz yaxshi boʻlardi janob boychechak! Men sizning bu isqirt doʻstingizning ikki ogʻiz
yoqimsiz gapiga uchmayman! Kelganingiz yaxshi boʻldi, qutulolman turgandim oʻzi! Raxmat! -
tишlari orasida gapirib tez tez yurib davraga qaytdi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Habiba va Dilrubaning oilasi doʻst boʻlgani uchun Habibaning ota onasi Dilrubaning yonida turishdi.
Kompaniyadagi Maftuna ham shu yerda edi. Unashtiruv uzuklari taqilgach, barchasi oʻz stollari
yonida turishdi. David va Dilruba jimgina oʻtirishardi. Dilrubaning yuzida anglab boʻlmas chehra,
David esa soxta tabassum qilgancha oʻtirardi. Ularga esa alam, gʻazab, nafrat va yov qarash bilan
Malika tikilib turardi. Yonida esa Farhod bor edi.
- Malika, boʻldi qilsangchi endi! David seni shundoq ham sevmas edi, uni majburlaganingnu
bilmaydigan darajada axmoq emasman! Aqlingni yigʻ, seni sevmagan odamning izidan gʻururingni
toʻkib yugurma! Atrofingga boq, seni jonidan ortiq koʻruvchilarni koʻrasan! - Farhod alam bilan
gapirdi. Malika unga birdan qaradi va alam bilan kuldi.


- oʻsha jonidan ortiq koʻruvchi senmisan? Ha albatta! Buni bilmaslik uchun koʻr boʻlish kerak! Ammo
men Davidni sevaman! Tushunyapsanmi? Men faqat va faqat uni deyman! Farhod, sen mening eng
yaqin doʻstimsan! Seni yaxshi koʻraman, ammo doʻst sifatida! Bu mavzuni qayta ochishni
hohlamayman!!! - Malika oʻgirilib unashtiruv marosimidan ketib qoldi. Farhod esa uning ortidan
qaragancha qoldi. Farhod atrofni kuzatar ekan, singlisi Safura bitta yigit bilan turganini koʻrib
birdan oʻsha tomonga yoʻl oldi.
- Safura! - jiddiy nigohlarini qadab keldi! - nima qilyapsan?
- aka?! Tanishing bu Murshid aka, Murshid aka bu akam Farhod. - vaziyatdan chiqib ketish uchun
darrov tanishtiruv marosimini boshlab yubordi Safura.
- Tanishganimdan xursandman. - Murshid qoʻl choʻzdi, Farhod ham bir qoshini uchirib qaragancha
qoʻlini siqib qoʻydi.
- meni singlimda nima ishing bor? - bosiqlik bilan soʻradi.
- men singlingiz tayyorlanayotgan oʻquv kursida oz moz borib turaman, yana bir ikkita darslar ham
oʻtaman. Yani kompyuter sohasi boʻyicha iqtidorim bor. Hakkerlikni ham bilaman. - Murshid kim
bilan qanday gaplashish kerakligini biladigan ustasi farang edi. Koʻzini pirpiratmay bir dunyo
yolgʻonnu gapira olardi. Hozir ham Farhodning koʻzlariga tikilib yarim rost yarim yolgʻon gaplarni
huddi haqiqatdek gapirdi. Uning bu gapirishiga qarab hamma haqiqat deya olardi. Farhod ham bosh
silkib Safurani undan uzoqlashtirib oʻzi bilan olib ketdi, Murshid esa biroz oldin koʻrib qolgan sobiq
soxta sevgilisining ortidan ketdi. Habibanih akasi Xarun barchani zimdan kuzatar, ayniqsa David va
u bilan koʻrishgan barchani yashirin tarzda suratga olardi. Kostyumuning tugmasiga oʻrnatilgan
mikrokamera orqali barchani videoga ham olardi. David Uzb ga kelganidan beri Xarunni qiziqtirgan,
chunki David qurol oldi sotdisi bilan shugʻullanishini Amerikadagi hamkasblari orqali bilardi. David
juda aqlli va eʼtiborli, har bir ishini qunt bilan qiladiganlar hilidan edi. Endi qoʻlga tushdim deganda
ham suvdan quruq chiqib keta olardi. Xarun esa uni qoʻlga olish uchun bor budi bilan harakat
qilardi. Ammo uch oydan beri haliyam biror dalil topa olmadi. Bu orada Dias va Felura ham bu yerga
yetib kelishgandi. Malik shuning uchun ham jim boʻlib, Davidga qarshi chiqa olmadi. Felura va Nilya
tufayli David oz istagini bajara oldi. Felura haliyam Diasga qaraydigan hamshira edi. Otasi Diasni
yoqtirmagani va Diasning oʻzi ham kelishni hohlamagani uchun unashtiruv marosimiga kelmagandi.
Amir esa bir burchakda jimgina turardi. Hayolida biroz oldingi qizning gaplari ketmagandi. U doim
shunaqa, doim oʻylamay gapirib qoʻyadi. Oʻsha qizning koʻngliga tekkanini angladi. Uzr soʻramoqchi
boʻldi, ammo gʻururi yol qoʻymadi va shunchaki jim boʻldi.
Hozirgi kun.
Dilruba ichidagi gaplarini kimgadir aytmasa yorikib ketishini anglab, bunga eng yaxshi nomzod
Maftuna deb bilgani uchun unikiga borib uchidagikarni aytgandi. Ammo soʻngi voqealarni aytishni
hohlamadi. Uning uyidan chiqdi.
Qish kirib kelib, hamma yoqda izgʻirin shamol va sovuq kezardi. Dilruba kurtkasini oldini yopib,
qoʻllarini qovushtirgancha piyoda yura boshladi. Sovuq shamol yuziga urilar ekan, koʻzlarini tez tez
pirpiratib qoʻyardi. Asta hayollariga berilib, qoʻlidagi uzukka qaradi. Moychechak tasviri tushirilgan
shaffof, brilliantdan qilingan judayam bejirimgina uzukka nigohlarini uza olmadi. Boshida turgan
ogʻriq tufayli taqsi toʻxtatib uyiga yoʻl oldi. Oddiy va oʻzi uchun qadrliga aylangan uyga kirib
yotogʻiga choʻzildi hamki bosh ogʻrigʻi toʻxtamadi. Uni ustiga haliyam siqilib koʻzlaridan yosh qalqib
turadigan boʻlgandi. Oʻrnidan turib dori ichdi va yuzidagi qizarish va koʻkarishlarni berkitib turgan
makiyajini yuvib tashladi. Ammo bosh ogʻrigʻi tufayli uhlay olmadi va uyqu dori uchib bir zumda
uyquga ketdi. Ammo telefonining jiringlashidan birdan uygʻonib ketdi. Asta koʻzlarini ochib ishqalab
qoʻydi va telefonga javob berdi.
- alo - kim tel qilganiga ham qaramasdan uyqusiragancha javob berdi.
- Dilruba, qayerdasan? Nega telefonlarimga javob bermaysan? Ahir bugun kelin koʻylak tanlash
uchun bormoqchi edikku unutdingmi? Seni bir soatdan beri eshigingni oldida kutib turibman,
qancha taqillatdim ammo ochmading! Qayerdasan? - Davud tez tez gapirib javob kutardi. Dilruba esa


soatga qaradi. Soat 14 boʻlib qolgan edi. David bilan kelin koʻylak tanlashga borishini mutlaqo
unutgandi. Boshiga urub qoʻyib asta javob berdi.
- uzr esimdan chiqibdi, yarim soatda chiqaman biroz kutib turing. - dediyu telefonni oʻchirib
tayyorgarlik koʻrish uchun oʻrnidan turdi.
Davomi bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo) #Ishq_safari
Dilruba aytilgan vaqtta tayyor boʻldi. Ammo chiqishni hohlamay, Mr Davidning asabini buzish uchun
telefonini titkilab vaqtni oʻtkaza boshladi.
Oradan 40 daqiqa oʻtsa hamki Dilruba chiqmagani uchun eshigini taqillatdi David. Dilruba esa
shoshilmasdan bordi va eshikka kelib tez ochdi.
- chiqardimku buncha besabrsiz tovba tovba, kutsanggiz mendek qizni kutibsizda! - Dilruba
Davidning yuziga ham boqmaadan jerkib jerkib mashinanih old oʻrindigiga oʻtirdi. David ham karaxt
holatda keldi.
- qaysi salonga borasan? - maqsadga oʻtdi David ortiqcha savol berishni hohlamay.
- menga farqi yoʻq. Men hohlab turmush qurayotganim yoʻq! Shuning uchun qop kiyib chiqsam ham
baribir Mr David! - Dilruba labini burdi va oynadan atrofni kuzata boshladi.
- Dilruba! Boʻldida endi buncha qaysarsan! - asablari taranglasha boshladi.
- borim shu! Yoqmasam shartta unashtiruvni buzing oyogʻimni qoʻlga olib yuguraman! Shu
kompaniyangizga oʻzi nega ishga keldim? Yoʻq! Siz nega meni ishga taklif qildingiz? Tillarni
oʻrganmay men oʻlay!!! Sizni deb hayotim butkul oʻzgarib ketdi! Men bunday unashtiruvni, bunday
toʻyni hohlamagandim! Mening unashtiruvimda birinchi boʻlib yonimda mening suyanchiq togʻim
boʻlmish dadam turishini hohlagandim! Men oʻz sevgan insonim bilan kelin libosini tanlashni orzu
qilardim. Bunday majburlikdan va befarqlik bilan emas, hayajon bilan borishni istardim! Ammo
sizning bu alkash chulkash hayotingiz meni ham hayotimni izdan chiqardi! Mening orzularimni
barbod qildingiz! Men oʻsha 7 yil oldin oshiq boʻlgan qora koʻzlar sohibini izlashni niyat qilgandim!
Barchasi edi!!! Endi esa yoʻq! Puf osmonga uchdi! Oʻsha kompaniyangga borgan kuninga ming
laʼnat!!! Sen meni hayotimni barbod qilding! Nafratlanaman sendan! Hayotimga kirib kelganingdan
nafratlanaman! Hayotimdan chiqib ket!!! Kelin koʻylakni esa oʻzing tanla!!! - Dilruba shuncha
gaplarni alam va gʻazab bilan gapirib, hali joyidan qoʻzgʻalmagan mashinaniq qarsillatib yopib tushib
ketdi. Uyida oʻtirishni hohlamay oʻzinibg mashinasiga oʻtirdi va katta tezlikda hayday ketdi.
Mashinada karaxt boʻlgancha bir nuqtaga tikilib turgan David, hayolidan Dilrubaning gaplari
aylanar, tobora gʻazab otiga minib borardi. Mashinasini oʻt oldirib turdi va birdan eng katta tezlikda
haydab ketdi. Mashina orqasidan esa changlar qoldi holos. Bir zumda yoʻlda ikkita mashina ham
gʻoyib boʻldi.
#####
Felura Diasga mayin va yoqimli ovozi bilan qoʻshiq aytib tugatarkan, Dias undan koʻzini uzmadi. Bu
parining ovozi, joniga hush yoqayotgandi. Felura doim qoʻshiq kuylaganda koʻzlarini yumib olardi,
kuylayotgan qoʻshigʻi olamiga tushib his qilib aytish uchun shunday qilardi. Tugatib koʻzlarini ochdi
va bir juft kulrang koʻzlar unga kiprik qoqmay tikilib turardi.
- ajoyib ovozing bor. - mayin jilmayib dedi Dias.
- raxmat, sizniki ham qolishmaydi, bir kuni duet aytib koʻrishga nima deysiz? Menimcha bizdan zoʻr
juftlik chiqadi. - qiqirlab kuldi Felura.
- yaxshi, ammo men qoʻshiq toʼniga unchalik ham tusha olmayman, ammo sen bittada uddalar
ekansan! Qobiliyating bor! - maqtab qoʻydi.
- Tashakkur! Tashakkur! Tashakkur! - Felura oʻrnidan turib egilib qoʻydi va qiqirlagancha kuldi.


Unga Dias ham qoʻshildi. - bir kunini kutmay hozir aytib koʻrsakchi? Nima deysiz janob Dias? - bir
qoshini uchirib beliga qoʻllarini qoʻyib oldi. Dias biroz oʻylanib turdi.
- mayli, unda qaysi qoʻshiqni kuylaymiz?
- menga turkcha qoʻshiqlar yoqadi? Maʼqulmi?
- maʼqul
- unda hozir, men qoʻshiqlarni koʻzdan kechiray..... Ha mana Umit Besen ve Pamelaning " Seni
unutmaya ömrüm yeter mi?" Degani bor menga rossa yoqadi. Kuylaymizmi? Men sizga textini
beraman qarab kuylaysiz. Boʻladimi? - Felura unga telefonini tutqazar ekan tushuntirdi. Dias biroz
qiyinchilik bilan telefonni qoʻlida siqib turdi. - unda boshlaymiz...
##### Maftuna oʻzining shaxsiy honasida ish boʻyicha maʼlumotlar oʻqib oʻtirar ekan, maxfiy
telefoniga habar kelgach darrov uni tekshirdi. Soʻngra esa oʻsha raqamga tel qildi. Bu belgi edi.
- alo, nima xizmat ser?
- hoziroq Malik Saidov haqida maʼlumotlar toʻpla! Uning har bir qadami haqida maʼlumotlarni toʻplab
bazaga joylab joʻnat. Biz uni koʻzdan qochiribmiz, u David Aminovdan oʻtirgan ekan, qurol va qora
dori savdosi bilan shugʻullanishi haqida eshitdim. Nega sen buni shu uch oy ichida haliyam
aniqlamagan edinc Maftuna? Ishingni qunt bilan bajarmasang bu ushdan seni olaman va boshqasini
qoʻyaman! Hoziroq maʼlumot toʻplashni boshla!!! - tut tut tut! Maftuna eshitganlarini tahlil qilib
olgach, "Aloqa tugadi" dedi va maxfiy telefonni yashirib qoʻygach Malik Saidov haqida maʼlumot
toʻplashga kirishdi. Maftuna boshliqning gapidan umuman hafa boʻlmagandi, aksincha bu ishini qunt
bilan bajarish uchun maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqiy boshladi.
- Iximmm... Malik Saidov Jamshidovich. 27 yoshda, toʻrtta tilda bemalol gaplasha olar ekan, qoyil! -
oʻz fikrini qoʻshib oʻtdi - Fransiya va Amerikada biznes yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan ekan. Uzbga
doimiy kelib turarkan. Bitta singlisi bor, Malika Saidova! Voy oʻlmasam bu Malika deganlari buni
singlisi ekanku axmoq Maftuna shuniyam aniqlamagan ekansan! - boshiga urib qoʻydi. - ikkalasi ham
bir biriga qoʻshgan beti sovuq ekan pifff! Internetda qora ishalri boʻyucha jindakkina maʼlumot yoʻq!
Yozdirmaydida unaqa maʼlumotni! Ufff, endi bu maʼlumotlarni qayerdan topaman, menga maxfiy
maʼlumotlar zarur! .... Ayyy kallangga balli Maftun! - qoʻliga telefonini olib kontaktlar orasidan
"Sayohatchi" nomini topib chaqiruv tugmasini bosdi. Uzoq gudoqdan spng Maftuna endigina qizilni
bosmoqchi boʻlganida javob berdi narigi taraf.
- alo Maftuna? Oʻzingmisan? Nechuk meni yoʻqlab qolding? Yoʻqsa biror ishing tushdimi? - kuldi
narigi taraf egasi.
- eee oldin bitta hol ahvol soʻraladida janob sayohatchi, yaxshimisan? - yaqin doʻsti bilan hol ahvol
soʻrashga oʻtdi.
- yaxshiman hudoga shukr, sen ham yaxshisan bilaman! - qiqirlab kuldi.
- axmoq. Boʻldi suyilma, senga ish bor! - jiddiy gapirdi.
- bilgandim oʻzi sen bekordan bekorga tel qilmaysan! Kim haqida maʼlumot kerak? - maqsadga oʻtdi.
- Malik Saidov Jamshidovich! - maxfiy maʼlumotlarni toʻplab profilimga tashlab qoʻygim doʻst!
- ok! Hayr! - Maftuna tel oʻchgach yana oʻz ishini davom etdi.
Davomi bor.
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Malik kompaniyasidagi kabinetida oʻtirardi. Bugungi boʻlib oʻtgan majlis haqida bosh qotirardi,
agarda shu hafta ichida yanada kattaroq summa topa olmasa hamkorliklar tugaydi, kompaniya
aksiyalari narxi tushib ketadi. Ammo qayerdan uncha katta summani topadi. Mollar ham koʻp
oʻtmayapti, sifatsiz deya olishmayapti. Bunaqada Malik kasodga uchrashi ham hech gap emas, uni
ustiga kredit ham ololmaydi, oldin olgan kreditlarini toʻlamagani tufayli. Shular haqida oʻylab, bosh


ogʻrigʻi ham boshlandi. Shu payt eshik taqillab qoldi.
- Kiring.
- Janob Malik, siz bilan koʻrishish uchun bitta qiz keldi, koʻrishmasdan ketmayman deb turib olgan.
Nima qilaylik?! - kotiba eshikdan bosh suqib boʻlayotgan habarni yetkazdi.
- kim ekan u betofiq ovsar?! - asabiy dedi.
- ismini aytmadi, ammo yosh qiz.
- kiritingchi dardi nima ekan buni?! - birozdan soʻng kotiba yonida sochlari yoyilgan, yengio pardoz
qilgan qiz bn kirdi va uni qoldirib chiqib ketdi.
- Xizmat, kompaniyamda janjal koʻtarganingizga yarasha yaxshiroq gap gapirmoqchisiz? - kesatib
qoʻydi Malik.
- Assalomu alaykum, siz Malik Saidov boʻlasiz shundaymi? - qiz qoshlarini koʻtarib gapird va ruhsat
soʻrab oʻtirmay Malikning qarshisidagi stulga yaxshilab joylashib oldi.
- ha shunday nima gap? Rossa asablarim buzilgan oʻzi.
- men sizga muhim ish bn kelsamu aytgan gapingizni qarang! Meni tanimadingizmi janob Malik? -
koʻzlarini suzib qoʻydi.
- taniqli odammisiz honim afandi? - bir qoshimi uchirib stulida yarim aylandi.
- unchalik emas, ammo sizni taniydi deb oʻylagandim, meni hafa qildingiz. Ha mayli oʻzimni
tanishtiray Safura Holmedova. Mansur Holmedovning yagona qizi. - koʻzlarini pirpiratib qoʻlini
choʻzdi Safura. Malik esa koʻzlarini qisgancha boshqacha qarash qildida, u ham qoʻlini choʻzdi,
qizning nozik qoʻllarini siqib qoʻydi.
#Ishq_safari
Malik kompaniyasidagi kabinetida oʻtirardi. Bugungi boʻlib oʻtgan majlis haqida bosh qotirardi,
agarda shu hafta ichida yanada kattaroq summa topa olmasa hamkorliklar tugaydi, kompaniya
aksiyalari narxi tushib ketadi. Ammo qayerdan uncha katta summani topadi. Mollar ham koʻp
oʻtmayapti, sifatsiz deya olishmayapti. Bunaqada Malik kasodga uchrashi ham hech gap emas, uni
ustiga kredit ham ololmaydi, oldin olgan kreditlarini toʻlamagani tufayli. Shular haqida oʻylab, bosh
ogʻrigʻi ham boshlandi. Shu payt eshik taqillab qoldi.
- Kiring.
- Janob Malik, siz bilan koʻrishish uchun bitta qiz keldi, koʻrishmasdan ketmayman deb turib olgan.
Nima qilaylik?! - kotiba eshikdan bosh suqib boʻlayotgan habarni yetkazdi.
- kim ekan u betofiq ovsar?! - asabiy dedi.
- ismini aytmadi, ammo yosh qiz.
- kiritingchi dardi nima ekan buni?! - birozdan soʻng kotiba yonida sochlari yoyilgan, yengio pardoz
qilgan qiz bn kirdi va uni qoldirib chiqib ketdi.
- Xizmat, kompaniyamda janjal koʻtarganingizga yarasha yaxshiroq gap gapirmoqchisiz? - kesatib
qoʻydi Malik.
- Assalomu alaykum, siz Malik Saidov boʻlasiz shundaymi? - qiz qoshlarini koʻtarib gapird va ruhsat
soʻrab oʻtirmay Malikning qarshisidagi stulga yaxshilab joylashib oldi.
- ha shunday nima gap? Rossa asablarim buzilgan oʻzi.
- men sizga muhim ish bn kelsamu aytgan gapingizni qarang! Meni tanimadingizmi janob Malik? -
koʻzlarini suzib qoʻydi.
- taniqli odammisiz honim afandi? - bir qoshimi uchirib stulida yarim aylandi.
- unchalik emas, ammo sizni taniydi deb oʻylagandim, meni hafa qildingiz. Ha mayli oʻzimni
tanishtiray Safura Holmedova. Mansur Holmedovning yagona qizi. - koʻzlarini pirpiratib qoʻlini
choʻzdi Safura. Malik esa koʻzlarini qisgancha boshqacha qarash qildida, u ham qoʻlini choʻzdi,
qizning nozik qoʻllarini siqib qoʻydi.
- sizni tanimaganim uchun avf etgaysiz malikam! - soxta mulozamat qildi Malik. - soxtalikni yomon
koʻraman janobi oliylari. - koʻzlarini pirpiratib qoʻydi.
- unday boʻlsa, tashirifingizning sababini bilsam boʻladimi?


- albatta. Sizning Malika Saidova degan singlingiz bor ekan.
- aha, nima boʻpti? - savol nazari bn qaradi.
- nimadir boʻlibdi demadimku janobbb! - asabiylashdi Safura.
- hop gapiring unda malikayi muattar.
- sizda bor ekan bitta gul, bizning bulbulimiz oshiq boʻlmish ul gulga! shunaqa gaplar. - Malik unga
axmoqqa qaragandek qarab turdi. Soʻng esa qah qah otib kulib yubordi. Birozdan spng kulgudan
toʻxtagach, Safuraning unga oʻzining biroz oldingidek qarab turganini koʻrdi.
- hahaha juda kulguli! Nim amne kulguli gap gapirdimmi? Yoki anigdotchimanmi men? Nega kulasiz
tovba tovba?! Gapim hecham kulguli emas! Ogʻzingizni yigʻishtiringda gapimni eshiting! Men akamni
qiynalishini hohlamayman! Shuning uchun hamkorlikda ish koʻrishni tavsiya qilmoqchiman janobi
oliylari! - Safura olov misol lov etib, bir zumda oʻchardi. Hozir ham bitta jahl qildiyu keyin esa odatiy
tarzda gapirdi. Malik uning harakerini bir koʻrishda "Xameleon harakter" deb nom qoʻydi.
- sen nimalar deyapsan oʻzi? Seni akang Farhod, singlim Malikami sevar ekanmi? Bu gap qayerdan
chiqqan gap boʻldi? Toming ketib qolganmi yoki? - Malik jiddiylashib dedi.
- ha, uzoq vaqtdan beri shunaqa. Xonasida bir dunyo rasmlari bor, ammo sizning echkidek qaysar va
nozik didli singlingiz, akamni yuragini parchalagani parchalagani! Ovsar singlingiz akamni doʻst
sifatida koʻraman, doʻst sifatida koʻraman deyveradi. Ammo akamni biror qiz bn koʻrsa rashkdan olov
misol boʻladi. Oʻsha singlingiz qalbida kim borligini bilmaydi. Davidni sevaman, Davidni sevaman
deydiyu, ammo qalbi akam tomon talpinadi. Shuning uchun, ularni sevgisini tan oldirish uchun
menga hamkor kerak! Rozimisiz? - bir qoshini uchirdi Safura. Malik esa bir zumda eshitgan gaplarini
qabul qilish uchun bir muddat sukut saqladi. Soʻng esa biroz jahl bn Safuraga qaradi.
- senda aql bormi oʻzi? Qaysi aql bn meni oldimga kelding bunday mavzuda! A?! Men Malikani
doʻstimidimki senga yordam beradigan! Men uning akasiman akasi sen ... - Malikning gapi ohiriga
yetmay qoldi.
- eee boʻldida endi! Oʻsha erkatoy singlingiz uchun David Aminovning nogiron ukasini
oʻgʻirlaganingizni bilaman. Singlingiz uchun hamma narsaga tayyor ekangizni ham. Shunday ekan,
unga oʻz sevgisi qaysi ekanini ham anglashga yordam bering janobi oliylari! Ammo sizning
gapingizga qarang! Tovba tovba! Rozimisiz?... Rozisiz bilaman! - soniyaga ham ytmay Malikning
oʻzidan javob kutmay oʻzi javob berib yubordi Safuraning.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Dias va Felura qoʻshiq hirgoya qilayotgan bir paytda eshikdan David kirib keldi. Dias uni koʻrib jimib
qoldi, Felura ham jim boʻldi va oʻrnidan turdi.
— biror narsa kerakmi janob David? — asta soʻradi.
— Xonadan chiqing iltimos. - Felura indamay xonadan chiqib ketdi. David oʻychan kelib Diasning
oldiga choʻkkalab oʻtirdi. Judayam oʻycham edi.
- aka senga nima boʻldi? - biroz havotir bilan soʻradi. David esa jimgina oʻtirardi. - aka? Nega jimsan?
Gapirsangchi!
- Dias! Bir paytlar senga havas qilaman, balki hasad. Oʻz qobigʻingga berkinib, hech narsani
oʻylamay, kimningdir hayotini buzmay, kimningdir orzularini barbod qilmay oʻz qobigʻingga berkinib
yashaysan. Men esa sendek boʻla olmayman. - gʻamgin ohangda soʻzladi va uning aravada turgan
oyoqlariga bosh qoʻyib oʻtirdi.
- aka unday dema, holing menikidek boʻlmasin! Hech qachon yengilma, sen doim kuchli boʻlgansan,
mendek chetlanmagansan, kaltaklanmagansan. - Dias oynadan tashqariga tikilgancha alam bilan
gapirdi...


#####
Kechki payt Dilruba horgʻin alfozda uyiga keldi. Eshikni qulflab uyquga ketdi. Ammo oradan yarim
soat oʻtar oʻtmas, eshigi jiringlab qoldi. Dilruba oʻrnidan erinib turdi va koʻzlarini ishqalagancha
borib eshikni ochdi. Qarshisida turgan Habibani koʻrib uni yaxshi kayfiyatda kutib oldi. Habiba
qoʻlida ikki sumka narsalar bilan tirjayib turardi.
- syurpriz! Yaxshimisan? - Habiba Dilrubadan ruhsat soʻrab oʻtirmasdan ichkariga kirib ketdi. Dilruba
tashqariga bir koʻz yugurtirgan boʻldiyu u ham Habibaning ortidan ketdi.
- qara kino koʻrish uchun yeb oʻtirgani bir dunyo narsalar keltirdim. Uyda zerikib portlab ketay
dedim oʻziyam. Shuning uchun seni yoningga kelaverdim. Sen ham zerikib oʻtirgansan shekilli. -
Habib oʻzini divanga otib devorni egallab turgan televizorni yoqti. Bu vaqtda Dilruba uning olib
kelgan narsalarini birma bir koʻzdan kechirayotgandi.
- men endigina kelib uhlayitgan edim. Ammo sen tufayli u narsa osmonga uchdi. Qani gapirchi
qanday kino koʻramiz? - Dilruba ham darrov Habibaga qoʻshilib oldi.
- heyyy aytgancha esim qursin sen bugun Mr David bilan kelin koʻylak tanlagani bormoqchi
edingizlarku nima boʻldi? - qoʻllarini iyagiga tiragancha Dilrubani burni tagiga kelib oldi.
- bormadim, oʻzi tanlayversin kelin koʻylagini, menga qolsa qop ham kiyib chiqaveraman. - ensasini
qotirgancha dedi.
- nima? Nega unday deysan axmoq? Ahir bunday kun hayotingda bir marta boʻladiku! Sen esa qop
kiyaman deysan a?! Gʻirt tentaksan! Piff! Qop kiyaman emish! Asablarimni lezginkaga oʻynatdibg sen
qiz! - Habiba oʻrnidan turib uyoqdan buyoqqa borib kela boshladi.
- eyyy boʻldida endi, kino koʻrishga kelgan boʻlsang jim oʻtir! - Dilruba divandagi yostiqni
quchoqlagancha kanallarni oʻtirib koʻra boshladi.
- hopey! Hoy men oʻz ishimni boshqa shifoxonaga oʻzgartirmoqchiman! Shaxsiy shifoxonalardan
biriga, moʻljalimda ikkitasi bor, ertaga borib koʻraman. Keyin esa vaqtim boʻlmaydi bunday oʻtirish
uchun! - yolgʻondan burnini tortib qoʻydi. Uning bu qiligʻidan Dilruba kulib yubordi.
- Habish juda jinni qizsanda... Voy Samolardan balandda kinosi boʻlyapti ekan. - qichqirib yubordi
qiz.
- yoʻgʻee men oʻsha kinoni koʻrmaganimga qancha boʻlgandi a?! Qaysi joyi ekan? - Habiba qiziqib
darrov oʻrniga joylashib oʻtirib oldi.
- Poloning vafot etgan joyi, Babi va Achi ikkalasi keldi mana. - qiz darrov koʻziga yosh oldi.
#davomi_bor
Muallif #lady_milo #Ishq_safari
Dilruba va Habiba mazza qilib kino koʻrishayotgan bir paytda eshik yana jiringladi.
- sen kimnidir chaqirganmiding? - Habiba Dilrubadan savol nazari bilan qaradi.
- yoʻq, qaraychi. - Dilruba eshik yoniga bordi va ochdi. Eshik oldida Amir va Davidni koʻrib ularga
axmoqqa qaragandek qaradi.
- kim kelibdi Dilush? - Habib qoʻlida chipd yegancha chiqib keldi va David va Amirni koʻrib tiqilib
qoldi.
- hoy hoy sekinroqda moychechak qiz. - Amir hazil qilgancha ichkariga ruhsatsiz kirib ketdi.
- siz nega keldingiz Mr David? - jiddiy nigohlarini qadadi Dilruba.
- senga aytadigan gaplarim bor. Shuning uchun, agar ruhsat bersang ichkariga kirsam maylimi?
- doʻstingizda yoʻq farosat sizda borligidan juda hayratdaman janob. Marhamat. - qoʻllarini ichkariga
qaratdi Dilruba istehzoli.
- hoy kelin boʻldida, meni bunchalik yerga urasiz deb rosti kutmagandim. - yolgʻondakam araz qilgan
boʻldi-yu, yana tirjayib mehmonxonaga oʻtib ketdi. Habiba esa uning ortidan haykaldek qotib qoldi.
Bir necha kun oldin jiddiy koʻringan bu yigit, bugun masxarabozdan qolishmasdi.


- tovba tovba qanaqa kelin, men hali kelin emasman! - Dilruba qoshlarini chimirib olib Davidga
qaradi.
- eʼtibor qilma. - David ham mehmonxonaga oʻtib ketdi. Ikkala qiz esa "Sabr" deya ularning ortidan
kirishdi. Amir janoblari oʻz uyidek divanga yotib olib chips yeb Cola ichib oʻtirardi.
- menga mana shu kino rossa yoqadi, haqiqiy melodrama! - Amir kino haqida oʻz fikrini bildirdi. -
ammo oʻzbekchasida unday joylarini yoʻq qilib 2 soatlik kinoni 1 yarim soat qilishadi. Bunga
ishonchim komil!
- nima qilaylik shunga janob, sizdan hech kim kino haqida tavsilot soʻramagandi. - istehzoli jilmaydi
Habiba.
- Habish! - koʻzlari bilan "Jim boʻl!" degandek qaradi Dilruba.
- Dilruba, siz bilan gaplashib olmoqchi edim.
- gapiring! - Davidga savol nazari bilan qaragancha turaverdi qiz.
- yolgʻiz. - Dilruba biroz oʻylandi va Davidga ortidan yurishiga imlab oshxona tarafga oʻtdi.
- gapiring nima gap? - oshxonaga kirishi bilan gapirdi qiz.
- Dilruba oldin oʻtirib ol. - qiz oʻtirgach, yigit ham qarshisidan joy oldi.
- avvalambor sendan uzr soʻramoqchiman, sendan bir ogʻiz soʻramay shuncha ish qilib yuborganim
uchun. Ammo ishon men ham hech birini istamadim, shunga majbur boʻldim.
- kechirdim. Endi esa maqsadga oʼting. - Dilruba shunaqangi sovuqqonlik va hissiz gapirdiki,
Davidning ichi muzladi. Qizga tikilgancha jim qoldi. Qiz ham jimgina oʻtiraverdi.
- nima oʻtiraverasizmi indamay? - ohiri sabri tugagan qiz yorildi.
- yoʻq albatta. Ertaga kelin koʻylak tanlash uchun boramiz. Toʻy esa bir haftadan keyin boʻlib oʻtadi.
Shuning uchun, bir birimizga yaxshiroq tanish maqsadida Amir, men, dugonang va sen biror joyga
boraylik demoqchi edim. - biroz oʻylanib gapirdi.
- qarshiman. Biz bir birimizga oʻrganishimiz shart emas, baribir ham bu toʻy haqiqiy boʻlmaydi,
shunday ekan unday narsalarni keragi yoʻq! Gapingiz tugagan boʻlsa doʻstingiz bilan uyimni
boʻshatib qoʻying! - qiz oʻrnidan turdi. David ham hozir gapirish notoʻgʻriligini tushunib
mehmonxonaga qaytishdi.
- Achi va Babi ayriladi ohirida men bu kinoni ming martalab koʼrganman!
- yoʻq baxtli boʻladi, sen adashyapsan!
- hoy inson, men bu kinoni yoddan bilaman, sizdek melodrama ishtiyoqlari esa kerakli joylarini koʻrib
qoʻyaverasiz! - Habiba va Amir janjallashayotgan paytda mehmonxonaga Dilruba va David kirib keldi.
- hoy nima qilyapsizlar? - David kelishi bilan gapirdi ikkalasiga qarata.
- doʻstim hech nima! Shunchaki moychechak qiz men bilan bahs bogʻlayotgandik, agar u yutqazsa
menga bir nima qilishga vada berdi. - Amir Habibaga koʻz qisib qoʻydi. Habiba esa yuzlarini
burishtirdi. Habibaning hayolidan "U bilan bahs bogʻlamadikku!" Degan savol oʻtardi. - kettik, ishim
bitdi. - David doʻstiga hafsalasiz qarab dedi.
- nima boʻldi men togʻdagi villani tayyorlataveraymi? - Amir qoʻllarini bir biriga ishqalab Davidning
yoniga keldi.
- Amir! Kettik dedim senga! Hech qanaqa togʻ ham, villa ham yoʻq! - doʻstining bu ohangidan ahvol
jiddiyligini anglagan Amir Habibaga yana bir bor koʻz qisib qoʻllari bilan "Hayr" ishorasini qilib
chiqib ketdi.
- hayrli kech! - David ham ketdi.
- u nima dedi senga? - Dilruba eshikni yopishi bilan Habiba uning oldiga kelib oldi...
#davomi_bor
Muallif #lady_milo #Ishq_safari
Erta tong


Maftuna kechqurun malumotlarni boshliqqa joʻnatib uhlagani tufayli kech yotgandi. Tongda esa
budilnikning chalishiga ham turmay uhlab qoldi. Telefonini jiringlashidan koʻzlarini ishqalab ochdi va
telefonga javob berdi.
- Alo - uyqusiragancha dedi
- voy oʻlmasam qiz bola ham abetgacha uhlaydimi? Soatga qaradingmi? - narigi tarafdan jarangdor
ovoz keldi. Maftunaning uyqusi uchib tezda soatga qaradi, soat 9:47 edi.
- voy hudoyimmmm budilnikni ovoziga turolmapman! Ming lanat! - Maftuna telga qaramasdan
yuvinish xonasiga kirib ketdi. Tel qilgan shaxs esa allaqachon telni qoʻygan edi.
10 daqiqada tayyor boʻlgan Maftuna, koʻrinishidan koʼngli toʻlib tashqariga otilib chiqdi. Tashqarida
uni kutib turgan qiz esa uni hayratini ikki karra oshirdi.
- Nilyaaa!!! - Maftuna yugurib borib qizni quchoqlab oldi. - sen qayerdan paydo boʻla qolding ayyor
tulki!
- osmondan tushdim ovsar quyon! - qiqirlab kulishdi. - senga biroz oldin telefon qilgan ham men
edim, ovsarligingni shu yerdan ham aniqlasa boʻladiya!
- seni juda sogʻindim sariq tulki! - Maftuna va Nilya, Nilyaning mashinasiga oʻtirishdi.
- sen qachon kelding Uzbga? Menga habar bersang kutib olgani chiqardim. Yoʻqsa ish yuzasidan
keldingmi? - Maftuna ishdagi hamkasbi bilan uchrashganidan boshi koʻkka yetgan holda jilmayib
savol berdi.
- Kecha tongda kelgandim. Ish yuzasidan kelmadim! Ishimdan taʼtil olganman! Jonimga tegdiya, shu
ishlar! 1 yil endi mazza qilib oʻzim uchun yashamoqchiman! - koʻzoynagini taqib oldi Nilya mashinani
yurgizgach.
- qanday ajoyib yangilik! Mening ham jonimga tegdi, oʻziyam mijgʻov Xarun Muhammedovga
ishlayapman, kecha Inha maʼlumotlarni joʻnataman deb tunda uhladim. Shu tufayli uhlab qoldim.
Meni bugun ish kunim edi. Ammo men kechikdim. Endi borganim bilan foydasi yoʻq, allaqachon
oʻrnimda boshqa xodim qoʻyishgan, demak men bugun boʻshman! Yuhuuuu! - Maftuna qichqirib
yubordi.
- seni haliyam oʻxingga oʻzing gapiradigan odating qolmapdiyu ovsar quyon! - Nilya yana ustidan
kuldi.
- ee jim boʻl! Sen qayerga borishimizdan gapir.
- Felura ham Uzbda. Uni topishim kerak, haftacha oldin kelgandi.
- nima? Nega u men bilan habarlashmadi! Pismiqee!
- u qarayotgan yigitni Malik Saidov nomli shaxs qoʻlidan qutqardi. Dias Aminov. Malik Saidov uni
tutqunlikda 2 oydan oshiqroq vaqt ushlab turgan ekan. Surishtirishim boʻyicha aytgan shaxslarim
notanish emas. - Nilya svetaforda mashinani toʻxtatib dedi.
- nahotki? Sen shuncha maʼlumotni qayerdan topding? - hayratini yashirmadi qiz. Nilya mashinadan
fayl papka olib Maftunaga tutqazdi va mashinani yurgizdi.
- buni koʻrib chiq, yashirincha olingan suratlar, Kanada, New York, Germaniya va Moskvadagi
qurollar va qora dorilarni qabul qilgan va boshqa davlatga olib oʻtayotgan paytlardagi barcha
suratlar mavjud. Bularni Kanadada vaqtim aniqlagandim, taʼtildaligim tufayli shu yerga kelishni
kutdim. Oʻzi ham qora dori qabul qilar ekan.
- voy dod! Sen bularni qanday topding, men kecha hakker doʻstimdan yigʻgan maʼlumotlarda
bularning bittasi ham.yoʻq ediku! - Maftuna birma bir suratlarni tomosha qilarkan, bittasida toʻxtalib
qoldi. - Nil, mana bunga qara. Malik Saidovning orqasida turgan qiz Malika Saidova shundaymi? -
Maftuna suratni Nilyaga koʻrsatdi.
- huddi oʻzi, ular oilaviy qilishadi bunday kirdikorlarni...
#####
Habiba uygʻonishi bilan tayyorlandi. Klassik uslubda kiyinib, pastga tushdi.
- oyi, men kecha topgan shaxsiy shifoxonalarga ketyapman. - biroz iymanib dedi.


- hop qizim yoʻling ochiq boʻlsin. - onasi bilan hayrlashgach tashqariga chiqdi va haydovchisi bilan
shifoxona tomon yoʻl oldi.
#####
David Dilrubaning uyi oldida uni kutarkan har 10 soniyadan qoʻl soatiga qarab qoʻyardi. Dilruba esa
atay qilgandek chiqavermasdi. Birozdan soʻng qoshlarini chimirgancha oq tanasiga yopishib
tizzasidan turadigan koʻylak, kalta kostyum, oppoq etik va kashelok taqqancha chiqdi Dilruba. David
unga biroz tikilib turdiyu soʻng hayollarini yigʻib olib jimgina turdi. Dilruba esa sovuq nigohlari bilan
qaragancha mashinaning old oʻrindigʻi yoniga kelib turaverdi. David esa uning maqsadini sezsada
indamay mashinaga oʻtirdi. Dilruba ham turaverdi.
- oʻtirsanchi nimani kutyapsan Dilruba? - oʻzini bilmaganga olib mashina oynasini tushirgancha
gapirdi.
- kimdir jentelmenlik qilib eshikni ochib berishini kutyapman.
- unda kechgacha tursang ham sen kutgan jentelmen kelmaydi.
- kelgunigacha kutaveraman. - qatʼiy turib oldi qiz.
- Dilruba, oʻtirsanchi sabrimni sinama.
- men nima qildim voy? - David vaqti yoʻqligi uchun oʻtirgan joyida eshikni ochdi. Qiz miyigʻida
jilmayib mashinaga oʻtirib, eshikni qarsillatib yopdi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Habiba birinchi shifoxonadan hafsalasiz chiqib mashinaga oʻtirdi va keyingi shifoxonaga yoʻl oldi.
Tabiatdagi goʻzallikdan bahra olgancha, mashina oynasini ochib shamolga yuzini tutgancha ketardi.
Qish fasliga ham atigi bir kun qolgandi, ammo tashqarining havosi qishning oʻzginasi. Bu yil qish
qattiq kelishi maʼlum edi. Habiba yuziga shamol urilgani sayin tabassum qilardi. Huddiki shamol uni
tabassum qilishga majbur qilgandek edi goʻyo. Mashina toʻxtagach telefonini oyna sifatida foydalanib
sochlarini toʻgʻirlagan boʻldiyu mashinadan tushdi. Qarshisida qad rostlagan zamonaviy va ajoyib
shifoxona ichiga qarab qadam bosdi. Qabulxonada oʻtirgan xodimga nima maqsadda kelganini aytdi.
- boshliq sizni suhbatdan oʻtkazishi kerak. 3-qavat chapdagi xona. Sizni kelganingizni kotibasiga
aytib qoʻyaman.
- aha. - Habiba asta zinalardan uchinchi qavatga keldi va chap tarafda oʻxi atigi bittagina boshliq
kabineti joylashganini koʻrdi. Oyna devordan ichkariga koʻz yugurtirdi. Ichkarida ish stol va stul,
kostyum ilgich, fayllar tartib bilan tahlangan javon bor edi. Habiba eshikni ochdi va ichkariga qadam
ranjida qildi. Xonaning oʻng tarafida ham huddi shunday boʻlib, bu tarafida koʻzoynakli qiz, klassik
uslubda kiyingan holda qandaydir fayllarni koʻzdan kechirardi. Qiz ishga shoʻngʻib ketganidan
Habibaning kelganini ham sezmadi chogʻi. Habiba kelganini bildirish uchun asta yoʻtalib qoʻydi.
- assalomu alayku keling xizmat?! - jiddiy tarzda dedi qiz.
- aa men Habiba Muhammedova boʻlaman. - biroz iymanib aytdi.
- haa Jasmina aytgan qiz siz bolasiz demak. Boshliq hozir 5 daqiqada shu yerda boʻladi. Bemori
kelgan edi.
- aha kutib turaman.
- istasangiz shu stulga oʻtirishingiz mumkin. - qiz qarshisidagi stulga ishora qildi.
- aha raxmat. - Habiba stulga joylashib xonani koʻzdan kechirdi. Xona juda zamonaviy va did bilan
bezatilgan edi. Habiba shundan angladiki boshliqning didi juda nozik. Sertifikatlarni koʻzdan
kechirdi, juda koʻp edi. Demak boshliq tajribali. Habiba hali bu darajaga yetishiga ancha bor edi.
Hayol surib turganida eshik ochilib ichkariga tanish chehrali yigit kirib keldi.


- voy moychechak qiz bu yerda nima qilyapsiz? - tirjayib dedi Amir. Habib uni koʻrishini hatto
hayolining bir chekkasidan ham oʻtmagandi. Habiba oʻrnidan turib biroz turib qoldi va jiddiyni yoqib
oldi.
- assalomu alaykum janob. Men suhbatdan oʻtish uchun kelgandim. - Habiba uning qarshisiga borib
unga qoʻl uzatdi.
- va alaykum assalom moychechak qiz. Maqsadingni bildim. Mohinur bizni yolgʻiz qoldirma olasizmi?
- kotiba qizga qarata dedi. Qiz ham indamay chiqib ketdi. Habiba xonada yolgʻiz qolishganini anglab
jimgina turaverdi. Koʻzlari havoda qolgan qoʻllariga qarab turardi. Amir qoʻllarini nam salfetka bilan
artgach keldi va endi qoʻlini tushirayotgan Habibaning qoʻlini siqib turdi. Unga tundek qora
koʻzlarini tikdi. Habiba qoʻlini olishga harakat qilsa ham Amir uni qoʻyib yubormay jimgina turaverdi.
- bemorim yonidan kelyapman, qoʻlimni unga tekkazganman, undagi kasallik senga ham yuqmasligi
uchun oldin qoʻlimni tozalab oldim. - Amir koʻzini qisib qoʻydi. Habiba unga qisqa jilmayish hadya
etib qoʻlini tortib oldi.
- marhamat moychechak qiz. - uni stulga oʻtigʻizib, oʻzi ham uning qarshisidagi boshliq stuliga oʻtirib
oldi.
- universitetni bitirganmisan? - ilk savoli shu boʻldi Amirning. Undan keyin esa bir necha savollar
Habibani koʻmib tashladi....
Davomi bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo) #Ishq_safari
#####
Malika oʻz xonasida oʻtirgancha telefonida David bilan birga tushgan rasmlarini kuzatgancha yotardi.
Davidni qoʻlidan chiqargani uchun asabiylashayotgandi. U bilan umr yoʻllarini birlashtirishi mumkin
edi, u bilan birga boʻlishi mumkin edi. Afsuski unday boʻlmadi.
- Barchasiga oʻsha yeryutgur hamshira aybdor! - jahl bilan gapirdi qiz. Oʻrnidan turib xonasidan
chiqdi. Chiqishi bilan qarshisida Malik va Safuraga duch keldi.
- assalomu alaykum Malika opa yaxshimisiz? - Safura jilmayib Malikaning oldiga keldi. Malika ham
soxta jilmayib u bilan soʻrashdi.
- Malika senda bitta gapib bor bu yoqqa kel. - Malik uni yoniga chaqirib oldi.
- nima gap? - savol nazari bilan qaradi.
- ertaga mening muhim ishim bor. Kompaniyada esa hamkorlar bilan uchrashuv belgilangan, men
ikkalasiga ulgurolmay qolaman. Shuning uchun kompaniyaga sen bor. Tushunarlimi?
- aka men borishini hohlamayman. Ertaga kunimni koʻchada oʻtkazmoqchi edim, hohlagan joyimga
bormoqchi edim. Rejalarimni bir chetga surishni hohlamayman! Oʻzingiz hal qiling barchasini. -
Malika qoʻl siltab yubordi.
- Malika men senga nima dedim?! Ertaga sen kompaniyaga borib uchrashuvda mening oʻrnimga
borasan! Menimcha tushunarli boʻldi deb oʻylayman! Hayr! - yigit pastgi qavatga tushib ketdi.
- nima gap edi Safura? - soxta jilmayish hadya etgancha gapirdi.
- men shunchaki sizni koʻrgani kelgandim. Uyda zerikkanim... - Safuraga tel kelgani uchun jimib
qoldi. - ming bor uzr muhim edi. Ertaga yoki indinga kelaman. Koʻrishguncha! - Safura telni
qulogʻiga tutib pastga yugurgudek boʻlib tushib ketdi.
- Allohim menga sabr ber! - asabiylashgancha xonasini eshigini tarqillatib yopgancha kirib ketdi.
#####
David va Dilruba birgalikda bir nechta kelin liboslari doʻkoniga kirishdi, ammo Dilruba hech birini


tanlamasdi. Bir ikki koʻz yugurtirib darrov yoqmadi deya turib olardi. David esa tishini tishiga
bosgancha jim boshqa doʻkonga olib borardi.
- Dilruba, sen koʻylaklarga hatto qaramayapman qanday qilib yoqmaydi? - yana bitta doʻkonga
kirishgach, Dilrubaning yana oʻsha qiligʻiga chidolmay dedi yigit.
- yoqmayapti chunki! - qoshlarini chimirdi.
- bir ikkitisiga yaxshilab eʼtibor bersang yoqadida!
- beryapman!
- yordam kerakmi honim? - 23 yoshlar atrofidagi qiz keldi.
- ha! Menga doʻkoningizdagi eng xunuk koʻylakni bera olasizmi? - oʻylangandek qilib barmoqlarini
yuziga qoʻyib oldi Dilruba. Haligi qiz esa unga tikilib turaverdi.
- Dilruba! - David unga oʻtkir nigohlarini qadab jim qildi. - Singlim bizga huu anavi koʻylakni koʻrsata
olasizmi? - barcha joyi yopiq va toshlar bilan bezatilgan koʻylakka ishora qildi.
- ha albatta keling honim. - Dilruba labini burib koʻylakni kiygani kirib ketdi...
#####
Nilya va Maftuna shaharning shinamgin kafesida oyna oldidagi stolda oʻtirishardi. Tashqarida
izgʻirin shamol daraxt barglarini toʻkib, shoxlarini oʻynatardi.
- Felura qachon kelar ekan Nil? - qahvasidan hoʻplagancha dedi Maftuna.
- yarim soatga degandi, bu haqida aytganig ham roppa rosa 25 daqiqa boʻldi, birozdan kelib qolsa
kerak. - Nilya tashqariga tikilgancha oʻtirardi.
- oʻzingdan gapir Nil, shuncha yil nima qilding? Juftingni topdingmi, sevgi muhabbat deganlaridek. -
tirjaydi Maftuna.
- qoʻysangchi. Sevgi muhabbat deganlari faqat kitob va kinolarda boʻladi. Hayotda unaqa sevgi yoʻq.
Hamma oʻz foydasi uchun ish qiladi, yigitlar ishi bitguncha sening yoningda boʻladi. Menga sevgi
muhabbatning keragi yoʻq!
- nega endi, ishq shundayin ajoyib narsa, uni qandayligini sevib qolgach, oshiq boʻlsang bilasan!
Hozir esa sevgi yoʻq deb surnay chalib yuraver, oshiq boʻlib qoldim Maftun deganingda shu
gaplaringni birma bir oʻzim surnay chalib beraman. Soʻz beraman. - labini burdi Maftun. - ee menga
aqllilik qilma! Nima oʻzing sevib qoldingmi yoki sevgi toʻgʻrisida gapirib qolding? Aa? - bir qoshini
uchirdi Nilya.
- yoʻgʻee men ertaklardagi qora otdagi qurbaqamni kutaman. - Maftunaning gapiga Nilya kulib
yubordi.
- bu sensan Felura! - Nilya koʻzlarini berkitib turgan qoʻllarni oldi.
- darhol topishing shart edimi? - yigʻlamsirab gapirdi.
- birinchidan orqamdan sekin kelayotgan odamni darhol sezaman, ikkinchidan atiringni haliyam
alishtirmapsan, uchinchidan esa hech kimning qoʻli senikichalik yumshoqqina emas, unaqa qoʻl
ushlamaganman va hech kim meni koʻzlarimni bunday qilib berkitmaydi. - havodan oʻpich yubordi
Nilya.
- baribir izquvarligingga borasan. - Felura Maftuna bilan quchoq ochib koʻrishdi.
- sizlarni shunaqa sogʻindim. - ikkalasini ham quchgancha aytdi qiz.
- biz ham seni sogʻindik.
- meni qoʻshma, men sogʻinmadim, endigina qutulganimga bir hafta boʻlgan boʻlsa. - Nilyaning gapini
eshitgan qizlar kulib yubordi....
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Habiba yaxshigina ishga joylashganidan bir tarafdan quvonsa bir tarafdan surbet va betayin Amir


uning boshligʻi ekanligidan asablari oʻynab ketardi. Ishni ertaga boshlashi kerakligi uchun bugun
dam olishga qaror qildi.
#####
Maftuna va Nilya Felurani kuzatib qoʻygach Maftunaning uyiga kelishdi. Kechki payt vaqti edi.
- Assalomu alaykum janob eshitaman. - Maftuna uyiga kelishlari bilan Xarun janoblari tel qilib
qolgandi.
- Bugun David Aminov kompaniyasidan boʻshaysan va ertaga Malik Saidovning kompaniyasiga ishga
joylashasan. Maʼlumotnomangni allaqachon onlayn direktorning yordamchisiga tashlab qoʻydim. U
yerda aygʻoqchilik qilib menga maʼlumot berib turasan.
- hop boʻladi. - Maftuna uncha yaxshi tushunmagan boʻlsada indamadi.
- unda ishingga omad!
- Janob Xarun, men yanada koʻproq dalillar toʻpladim, oʻzingizga berishim kerak.
- ertaga kechki payt oʻzim habar beraman.
- yuhhh, jonga tegdi shu boshliq ham! - tel oʻchgach baqirib yubordi Maftuna.
- asabiylashma! Senga sabr! Ha aytgancha sen mendagi suratlarni unga bermoqchimisan? - birdan
jonlanib ketti Nilya.
- ha nima qilibdi?
- axmoqmisan? Meni bu yerdaligimni hech kim bilmasligi kerak! Yana men senga u suratlarni
beraman deb kim aytdi?
- nima? Unda nega oldinroq aytmading? Men allaqachon unga dalillar topdim deb gullab qoʻydimku!
- qichqirib yubordi.
- ayb oʻzingda! Nega mendan soʻramaysan?
- toʻxta! Sen nega menga bermoqchi emassan tushunmadim? - bir qoshini uchirdi?
- senga nima? Bermayman dedimmi tamom! Oʻz mehnating bilan topib ol!
- Niiill iltimos endi bergin, ertaga men unga boshimni beramanmi dalil qilib?! - yigʻlamsiraganch dedi
qiz.
- oldin soʻrashing kk edi mendan! Endi esa tonggacha yigʻlasang ham foydasiz! Bilasan a meni
aytgan gapimdan qaytmayman!
- ayyor tulki! - qoshlarini chimirib qoʻllarini qovushtirgancha boshini boshqa tarafga burib oldi.
#####
- roppa rosa 6 kundan keyin toʻy boʻladi. - David Dilrubaning uyi oldida mashinani toʻxtatib turgan
vaqt dedi.
- haa tezroq buni asablarini oʻldiray deya kun sanab yuribsizmi? -
- yoʻq albatta! Men shunchaki eslatdim.
- mening ham miyam xotira saqlay oladi. - ensa qotirdi.
- men xotira saqlay olmaydi demadimku.
- men ham shunday dedingiz demadim!
- Dilush kelin libosi senga juda yarashdi - David jilmaygancha doʻkondagi Dilrubani esladi.
- nima? Dilush deganingiz nimasi? Ismimni toʻliq ayting! Men sizga Dovdir demaymanku! - jahli
chiqqan qiz qoshlarini chimirdi.
- nima? Dovdirmi? Ahahah - David jarangdor ovozi bilan kuldi. Unga Dilruba ham qoʻshildi.
- rossa ajoyib laqab ekan endi sizni shunday deyman. - qiz masxara qilgancha tilini chiqardi.
- yosh bola. - uning qiligʻiga miriqib kuldi yigit. Dilruba biroz kuldiyu, ammo boshida ogʻriq turgani
uchun jimib qoldi.
- mayli, koʻrishguncha! - Dilruba tezda tushib ketdi. David esa nega birdan oʻzgarib qolganini
tushunmay qarab qoldi.


#####
Erta tong
Har kim oʻz ishiga yoʻl olardi. Malika kecha akasi tayinlagani uchun bugun majlisda akasining
oʻrniga qatnashishi kerak edi. Shuning uchun erta turib tayyorgarlik koʻrdi. Oq va qora aralashgan
klassik uslubda kiyinib kompaniyaga yoʻl oldi. Yetib kelishi bilan soatiga qaradi, majlis boshlanishiga
20 daqiqa bor edi. Loyihani oʻrganib chiqish uchun akasining xonasiga bordi. Yoʻl yoʻlakay kotibaga
sutli qahva aytishni ham unutmadi. Akasining xonasida oʻyirgan insonni koʻrib bir tarafdan jahli
chiqdi, bir tarafdan esa boshqacha boʻldi. Chunki Farhod soʻroqsiz kirib oʻtirgan edi. Boshqacha
boʻlganining sababi esa nikoh marosimida Farhodga qattiq gapirgandi, endi esa unga qanday
muomalada boʻlishni bilmasdi.
- Malika? - Farhod uni koʻrib hayratini yashirmadi. - akang qayerda?
- akam kelolmas ekan, majlisda uning oʻrniga oʻzim qatnashaman. - Malika shunday deya boshliq
stuliga oʻtirdi. - qanaqa majlis haqida aytyapsan?
- yangi hamkorlar bilan boʻlar ekan! Akam shunaqa dedi. - tushuntirgan boʻldi qiz.
- Malika hech qanday majlis yoʻq. Yangi hamkor menman, ammo majlis bugun emas! Kecha boʻlib
boʻlgan! - tushunmay qaradi Malikaga.
- nima? - shu payt Malikaning telefoni jiringladi.
- alo aka! Bugun hech qanday majlis yoʻq ekanku! Nega meni aldadingiz? - asabiylashdi.
- Malika men adashibman, Farhodni ham chaqirib qoʻygandim, hech qisi yoʻq sizlar ikkalangiz
aylanib kelinglar. Men bugun uyga bormayman oyimga aytib qoʻygin hoʻpmi singiljon. Hayr!
- aloo! Aloo akaa sizni oʻldiraman! - tel oʻchib qolganini bilgan Malikaning jazavasi tutib ketdi.
- boʻldi tinchlan Malika. - Farhod sokinlik bilan uni tinchlantirishga harakat qila boshladi.
#####
Kompaniyaning tashqarisida turgan Safura va Malik bir biriga besh tashlab qoʻyishdi.
- akam sizdan minnatdor boʻladi hali. - tirjaydi Safura.
- sen qiz juda aqlli chiqib qoldingku!
- menda u. Ahahaha - qiqirlab kuldi...
#####
Dilruba kecha bosh ogʻrigʻi bilan uhlagani uchun kechasi yaxshi uhlolmagandi. To gda ogʻriq
qoldiradigan dori qabul qilib nonushta tayyorlashga kirishdi.
Nonushta qilib oʻtirgan vaqt telefoni jiringladi.
- Alo eshitaman.
- assalomu alaykum Dilruba, hayrli tong! - kesatdi David.
- assalomu alaykum nega tel qilgandingiz?
- balki lutf aylab ishga kelarsiz, yoki koʻtarib olib kelayli pari paykal?
- ... Kesatishingiz shart emas! Birozdan boraman. - Dilruba telefonni oʻchirib qoʻydi. Qanday qilib
bugun ishga borishi kerakligini unutishi mumkin? - menimcha kechagi bosh ogʻrigʻi tufayli boʻlsa
kerak. - Dilruba oʻzini shunday tinchlantirib kiyinib boʻlib kompaniyaga yoʻl oldi...
#####
Maftuna erta uygʻonib oldin David Aminovning kompaniyasidan ishdan boʻshash uchun ariza yozdi.
Uncha shubhali boʻlmagani uchun ishi tez bitdi. Soʻng suhbatdan oʻtish uchun Malik Saidovning
kompaniyasiga yetib keldi.
- Assalomu alaykum, men suhbatdan oʻtish uchun kelgandim. - qabulxonadagi yelkalari kichkina,


issiq yuzli qiz unga biroz qarab turdi.
- ism familiyangiz?
- Maftuna Ibragimova.
- 3-qavat, oʻngdan ikkinchi eshik. - jilmayib javob berdi.
- boshliqning oʻzimi?
- yoʻq, boshliq bugun ishga kelmadi. Sizni boshliqning oʻng qoʻli Najot Davronov suhbatdan
oʻtkazadi.
- aha raxmat. - Maftuna jilmayib qiz koʻrsatgani boʻyicha ketdi.
#####
Habibaning birinchi ish kuni bolgani uchun erta ishiga yoʻl oldi. Nonushtani ham apil tapil qilgancha
haydovchi bilan ishiga yoʻl oldi.
- yetib keldik honim.
- siz ketavring men ishdan chiqqach oʻzim telefon qilaman.
- hoʻp. - Habiba ichkariga kirib oʻzi uchun ajratilgan xonani koʻzdan kechirishga bordi. Xonasi,
boshliq xonasini toʻgʻrisida ekan. Habiba oʻzi uchun tayyorlangan xonani birma bir hamma joyini
tekshirib chiqdi. Balkonga chiqishni hohlab balkonga chiqdi, tongdagi toza havodan simirib nafas
oldi.
- ixim ixim - Habiba ovoz kelgan tarafga qaradi. Qarasaki boshliqning balkoni yonginasida ekan.
Koʻzlarini piyoladek ochib dovdirab qoldi. - hayrli tong moychechak qiz. Erta tongdan meni
sogʻinganing uchun yugurib keldingmi deyman. - tirjaydi. Habibaning asablari buzilib ketdi.
- sizga jam hayrli tong. Havo meha buzildi desam siz kelgan ekansizda. - ensa qotirib tirjaydi.
- men kelmadim, avvaldan shu yerda edim. Sendek nafas olayotgandim, aslida mening havoyim
buzilgani uchun sen tarafga qaragandim. - Habiba qoshlarini chimirib oʻrgilib xonasiga kirib ketdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Maftuna Xarun bilan uchrashganda nima deyishni obdon oʻyladi. Lugʻatiga Nilyani qoʻshmasligi
kerakligini bod bod takrorlasa ham bu tili gullab qoʻyayotgandi. Uni eng koʻp, Nilya nega suratlarni
berishni istamagani qiziqtirardi. Malik Saidovning kompaniyasidan kechga yaqin chiqib, Xarun
yuborgan manzilga borishga shaylandi. Pastga tushib kompaniyadan endi chiqqanida esa hovliqib
kelayotgan yigit uni turtib oʻtib ketdi.
- heey koʻzingga qarasang boʻlmaydimi?! - yigit unga qoshlarini chimirib qaradi. Maftunaning esa
yigitning bu soʻzlaridan asablari oʻynba ketdi. Turtilgan oʻzi boʻlib, yana qizga gapirgani uchun.
- avf etgaysiz janobi oliylari, men hovliqib kelib sizni turtib oʻtib, kamiga qattiq gapirdimmmm. Sen
дурак misan a? Koʻzing koʻrmaydigan darajada kichkinamanmi yoki? Turtilgan oʻzing boʻlib yana
nega menga vasvasalaysan? Turqing qursin! Betayin! Ovsar! Dumbul! - qiz uni shirin soʻzlar bilan
siylab, uni gapini eshitmasdan juftakni rostladi. Yigit esa uning ortidan gaplriga kulgancha
kompaniyaga kirdi.
- uzr, Safura Holmedova kompaniyaga kelmadimi? - qabulxonadagi qizdan soʻrab, uni boshdan oyoq
kuzata boshladi.
- assalomu alaykum janob. Bir daqiqa kutib turing. - qiz kompyuteridan qidira boshladi.
- sizni bir umr kutishga ham roziman goʻzal qiz. - yigit qizning quloqlariga oʻzining uzun uzun
lagʻmonlariga toʻldira boshladi...
##### Davidning otasi, Dıas haqida biror marta ham soʻramadi. David uni uyga olib kelishga
urindi, ammo Dias ham otasi ham bunga koʻnmadi. David ohiri, toʻydan keyin boshqa uyga koʻchib
oʻtishni yuragiga tugib qoʻydi.


Safura va Malik birgalikda Farhod va Malikani birga qilishganidan xursand edilar. Ammo
bilishmasdiki bu juftlik sokin oʻtira olishmasligini.
- nega bilmaysan Malika, koʻngling nimani hohlayotganini bilmaslik mumkinmi? - asabiylashgancha
dedi Farhod. Tushlik qilishga kafega kelishganiga yarim soat boʻldi hamki, Malika hech narsa
tanlamasdi.
- Farhod men nima qilay, bu yerda ovqatlar koʻp, men esa qaysi birini yeyishga boshim qotyapti! -
injiqlik qildi qiz
- unda bunday qilamiz, sen koʻzingni yumib bittasini tanla. - taomlar unchalik koʻp boʻlmasa ham, bu
qiz injiqlik qilayotganini sezib turardi Farhod.
- yoʻq boʻldi tanladim. - taslim boʻldi qiz.
#####
Dilruba ishga kelishi bilan xonasiga koʻtarildi. Ammo xonasida uni David kutayotganini bilmasdi.
- bu yerda nima qilyapsiz? - Davidga boshdan oyoq qaradi qiz.
- seni kutyapman. Seni bir joyga olib bormoqchiman yur. - yigit uni javobini ham kutmasdan qoʻlidan
sudragancha pastga olib tushdi.
- nonushta qilganmiding? - ul yoʻlakay soʻroqqa tutdi.
- yoʻq.
- unda oldin nonushta qilib olamiz. - qiz indamay koʻndi.
David bilan nonushta qilib olgach yana mashinaga oʻtirishdi.
- balandlikdan qoʻrqmaysanmi?
- yoʻq, sizchi?
- men ham.
- tezroq haydasangiz boʻlmaydimi? - sekinlikdan zerikkan qiz noliy boshladi.
- yaxshigina haydayapmanku.
- men bunday tezlikda hecham yurmayman. - ustidan kulgandek labini burdi qiz.
- menga shunisi maʼqul. - indamadi David.
- qayerga ketyapmiz?
- shifoxonaga
- nega?
- Amirni olib ketamiz.
- nega?
- bir joyga boramiz.
- qayerga? - savollar bera boshladi qiz.
- Borganda bilasan.
- Amir biz bilan nima qiladi? Siz doʻstingizni olyapsiz, men ham Habibani chaqiraman.
- uni ham olamiz zotan. - erinmay javob berardi.
- haa mayli.
- hech narsa demaysanmi? - hayron qoldi.
- nima deyishim kerak?
- ikki kun oldin hech qayerga bormaymiz deyayotgandingku. Hozir indamaganing boshqacha tuyildi.
- men unday demagandim.
- men jinni emasman Dilruba, ikki kun oldin hohlamayman deganding. - ishonch bilan gapirib qizga
sinchiklab qaradi.
- ... Unutib qoʻyibman, uzr. - qiz boshini oynaga tiragancha jim ketdi. David esa uning bu holatiga
tushunmadi. Taq taq taq
- kiring. - Habiba kim kelganiga qarash uchun boshini koʻtardi, ammo kelgan odamni koʻrib chuqur
nafas oldi.
- hayrli kun moychechak qiz. Nima qilyapsan? - soʻroqsiz uning oldidagi hujjatlarni olib oʻzi koʻra


boshladi Amir.
- kimningdir narsasini soʻroqsiz olish odobsizlik sanaladi. - tishlari orasida gapirdi.
- U senga tegishli boʻlishi mumkin, ammo shifoxona meniki, sen esa shu shifoxonaga tegishli boʻlgan
hujjatni oʻrganyapsan. - hujjatni joyiga qoʻyib, xonani kuzata boshladi. Habiba esa unga oʻtkir
nigohlarini qaratgancha jim oʻtirdi. - xonang oʻzingga yoqdimi? Shaxsan oʻzim tayyorlatdim.
- shuning uchun sovuq ekanda, hech suymaganim shundan ekan. - qizga bu xona juda yoqqan
boʻlsada bildirmadi.
- yoʻgʻee... Tayyorlan, birozdan David bilan dugonajoning keladi. David qayergadir olib bormoqchi
ekan. - ketishga chogʻlandi Amir.
- qayerga, men akamdan soʻrashim kerak oldin. - kutilmaganda eshitgan habaridan biroz esankiradi
qiz.
- men qayerdan bilay kelsa oʻzidan soʻraysan. Sen haliyam akasidan soʻrab tashqariga chiqadigan
qizmisan? Ochigʻi hayron qoldim. - bir qoshini uchirib qaradi.
- sizga nima? Xonamni boʻshatib qoʻying, nima qilishni oʻzim bilaman. - Amir ham jimgina chiqib
ketdi. #Ishq_safari
Maftuna kafeda jimgina Xarun Muhammedovni kutib oʻtirardi. Undan eshitdigan dakkilariga oʻzini
tayyorlagancha. Shu payt telefoni jiringlab qoldi. Janob Xarun degan yozuvni koʻrib shartta koʻtardi.
- Maftuna, bugun koʻrisholmaymiz, meni muhim ishlarim chiqib qoldi. Menga beradigan dalillaring
juda muhim emasmidi?
- yoʻq! Aslida dalilning oʻzi yoʻq, uzr soʻrayman. - qiz tezda gapirib yubordi.
- unda nega berishim kerak deding Maftuna?! - qiz, yigitning asabiylashganini sezib jimib qoldi.
Soʻng telefonni oʻchirib qoʻydi.
- oʻlding Maftun, oʻlding! Uf uf uf! Endi nima qilaman? Muhimi dalil yoʻqligini aytib qutuldim. - oʻzini
tinchlantirgan boʻldi qiz shoʻrlik.
- yaxshi qiz, yoningiz boʻshmi? - Maftuna tepasida unga bir juft yashil koʻzlar qarab turganini koʻrib
asablari oʻynab ketdi.
- yoʻq! Bosh emas, oʻzingizga boshqa joy toping janob! - ustiga ustak bu yigit, biroz oldin uni turtib
oʻtgan ekanligi miyasiga tepib, qalin qoshlarini bir joyga yigʻib oldi.
- nega endi, boʻshku. - bezbetlik qilgancha oʻtirib oldi yigit.
- bu nima qiliq? Seni дурак desam bezbet ham ekansanku! Indamay oʻtirishini qaraya buni! Hoziroq
oʻrningdan turmasang ustingdan shikoyat qilaman.
- yoʻgʻee? Oʻzimni kafeimda, meni ustimdan shikoyat qilmoqchimisan? Axxax. Boʻlaqol shikoyat qil! -
yigit rostmanasiga qizni ustidan kuldi. Shu payt kafega politsiya xodimlari bostirib kelishdi. Maftuna
ular ichidagi oʻzini boshligʻini koʻrib dovdirab qoldi. Hayollari ming bir koʻchaga kirib chiqdi. Ular
toʻgʻridan toʻgʻri Maftunaning oldiga kelishayotgandi.
- ular nega men taraf kelishyapti? - pichirladi oʻziga oʻzi.
- Maftuna Ibragimova? Bu yerda nima qilyapsiz? Yana ayblanuvchi inson bilan? - jahldan qizargancha
dedi Xarun.
- men u bilan oʻtirganim yoʻq, uni oʻzi kelib oʻtirib oldi. - tezda oʻzini oqladi qiz.
- Maftuna, sevgilim, yolgʻon gapirma, ahir koʻrishish uchun kelgandikku! - yigit unga mazah
qilgancha tirjaydi.
- nima? Oʻzingdan oʻzing nima deyapsan? Sen...
- Maftuna! - Xarun unga oʻtkir nigohlarini qadadi.
- siz fuqaro Murshid Mahmudov, ustingizdan shikoyat tushganligi uchun men bilan mahkamaga,
marhamat! - Xarun tishlari orasida vishilladi.
- qanaqa shikoyat deb soʻramaysanmi sevgilim. - Murshid asta oʻrnidan turdi. - men uni singlisiga
tegajogʻlik qilganman, shuning uchun haliyam meni izimdan qolmayapti. - oliy sirni aytgandek
pichirlab gapirdi. Maftuna esa buni eshitib koʻzlarini katta katta ochdi.
- ogʻzingni yumib yur. - Xarun uning qoʻllariga kishan taqib olib chiqib ketdi. Kafedagi insonlar esa
Maftunaga yov qarash qilib oʻtirishardi.


- boshim balolardan chiqarmikan a bir kuni?! - Maftuna telefoniga Xarundan kelgan xabarni oʻqib
narsalarini olib tashqariga otildi. #Ishq_safari
Malika bilan Farhod, tushlik qilib boʻlgach kafedan chiqishdi.
— endi nima qilamiz? — Malika Farhodga qarata savol berdi.
— bilmadim, seni qayerga borging kelyapti, men ham boraveraman.
— bogʻda sayr qilsakchi, attraksionlarga minardik, nima deding?
— hop, kettik unda.
Ikkalasi juda ajoyib kunni birga oʻtkazishdi. Kechlikni ham birga qilganlaridan soʻng Farhod uni
uyiga olib keldi.
— hayrli kech Malika. — Farhod ham mashinadan tushib uni kuzatishga qaror qildi.
— Senga ham — ketishga chogʻlandi Malika.
— Malika
— nima? — oʻgirildi qiz
— senga aytgan gapim... Davidning nikoh marosimidagi... Oʻylab koʻrdingmi?
— nimasini oʻylashim kerak? — tishlari orasida gapirdi.
— Malika koʻzlaringni ochsangchi! U uylanyapti! Nega haliyam undan voz kechmading
tushunmayapman?! — asabiylashgancha ovoz toʻnini biroz koʻtardi.
— Undan voz kechdim ham deylik keyin nima boʻladi? A?! Men qanot qoqib seni yoningga
boramanmi? Senga oshiqu beqaror boʻlamanmi? Farhod janjal chiqmasidan oldin bu gapni shu yerda
qoldiraylik, biz faqatgina doʻstmiz! — oʻzini tinchlandi Malika
— doʻstmi? Biz faqatgina doʻstmizmi a?! Men senga hech qachon doʻst boʻlmaganman Malika! Doim
seni yoningda boʻldim, senga doʻst tuyildimi, men senga doʻst boʻlishni hohlamayman! Men seni
sevaman Malika!!!
— ammo men seni sevmayman Farhod! Jonimga tegib ketting, nega haydasam ham kelaverasan?
Senda koʻngli yoʻq insonga saqichdek yopishib olasan! Nima hamma seni sevishga majburmi? Biroz
gʻururli boʻlsangchi, men faqat Davidni sevaman! Mayli uylansin, mengs emas boshqasiga uylansin
ammo men baribir uni sevishdan toʻxtamayman! Tushundingmi? U boshqasiga uylansa ham, mendan
nafratlansa ham unga boʻlgan sevgim alanggalaydiki ammo umuman soʻnmaydi!
— menga gʻurur haqida gapiryapsanku ammo oʻzingda zarracha ham qolmapdiku! MALIKA
KOʻZLARINGNI OCH! SENI SEVMAYDIGAN INSONLARNI ORTIDAN YUGURGUNCHA BIROZ
TOʻXTAB ATROFINGGA QARA! SENI JONIDAN ORTIQ KOʻRUVCHILAR BORLIGINI KOʻRASAN!
AXMOQ BOʻLMA, BIR UMR OʻSHA DAVIDNI SEVIB OʻTMOQCHIMISAN? — Farhod alam ustida
baqirib yubordi. Malika unga koʻzlarini uzmasdan qarar ekan koʻzlari beixtiyor yoshga toʻldi.
— Farhod nega bunchalik gʻurursizsan? Itga ham ket desa ketadi! Nima hayvondan ham
battarmisan? Farhod! Iltimos ket va meni tinch qoʻy! Gʻurursiz erkakka erkak deyilarkanmi? Tfu
sendek erkakka! - Malika shu onda oʻziza tarsaki qabul qilib oldi. Bu gaplar Farhodning origa tekkan
edi. Malika shuni kutganday indamay ichkariga kirib ketdi. Farhod esa vijdon azobida qoldi. Yana oʻz
sevganini oʻzi azobladi, uni tushunmay yana xato qildi. Ahir ikkalasi ham bir hil ahvolda. Farhod
Malikani sevib uni ortidan qolmasa, Malika esa Davidni sevib uni ortidan qolmasdi. Farhod
mashinasiga oʻtirgach alamini ruldan olib mushtlay boshladi. Mashinani katta tezlikda haydagancha
ketarkan, alamdan rulni qattiq siqib ketardi. — qayerga ketyapmiz? — Dilruba Davidga savol berdi.
Orqada oʻtirgan Amir va Habiba esa jimgina ketishardi.
— borgach bilib olasan dedi.ku Dilruba.
— hop. — tez taslim boʻldi qiz.
— doʻstim, zerikishdan ham zerikdiku odam biror ashula sashula qoʻygin, biz moychechak qiz bilan
raqs tushib ketamiz. Shundaymi moychechak qiz? — tirjayib Habibani turtdi yigit. Habiba unga
qoshlarini chimirib qarab turdida, undan battarroq qilib yelkasiga bir tushurdi.
— ogʻridiku, kichkina demang bizni degan hilidanmisan? Qoʻling buncha qattiq? — Amir yelkasini
uqalab qoʻydi.
— agar yana asabimga tegsangiz keyingi safar qoʻlingizni sindiraman.


— David ashula qoʻygin, nega haliyam qoʻymading? — Amir qizni gapini eshitmaganga oldi. — David,
bu yoʻllardan ketayotganimizda qaraganda, men oʻylagan joyga olib ketyapsanmi?
— ha oʻsha!
— moychechak qiz, sendan oʻchimni olaman qarab turgin. — tirjaydi Amir.
— hohoho juda kulgili. — Habiba yigitga taqlid qildi. David va Dilruba esa ularga kulib yuborishdi.
— sizlar deyarli tanishib ham olibsizlarku a? — Dilruba Habibaga qosh qoqib qoʻydi.
— Dilush, balki sen bas qilarsan a?
— axaxxaa Dilush! — David kulib yubordi. Dilruba kechagi voqeani eslab Habibaga yovqarash qilib
qoʻydi.
— kulguli gap aytilmadi bu yerda David beyy — ular shunday hazil huzullar bilan manzilga ham yetib
kelishdi.
— vauuuu togʻ yon bagʻri judayam maftunkor. — Dilruba mashinadan tushishi bilan qoʻllarini keng
yozib chuqur nafas olgancha dedi.
— senga yoqishini bilganimda ertaroq olib kelgan boʻlardim.
— sizga yoqdimi moychechak qiz? — Amir mulozamat qilgancha bir qoshini uchirdi.
— ha. Menga bunday joylar juda yoqadi. — qiz uning qiligʻiga ahamiyat bermay javob berdi.
— yuringlar, havo juda sovuq uy ichiga kiramiz! — David barchani shinamgina uyga boshladi. —
Amir sen toʻxta. — David uni toʻxtatib mashina orqasidagi narsalarni unga tutqazdi. Oʻzi ham olib
qizlarni ortidan ketishdi #Ishq_safari
Barchasi birgalikda joylashib olishdi.
- bu yer sovuq ekan. - Dilruba qoʻllarini bir biriga ishqalagancha dedi.
- hozir biz Amir bn oʻtin olib kelamiz, ungacha sizlar biror narsa tayyorlab turing yeyish uchun. -
David javob kutmasdan Amirni sudrab olib chiqib ketti.
- Dilush nima qilamiz?
- bilmayman internetdan biror narsa qarab koʻraylikchi. - qizlar internetdan pishirishga yegulik
koʻrish bilan band bb ketishdi...
#####
Maftuna mahkamadan uyiga kelishi bilan yotoqqa oʻzini tashladi. Kayfiyati 0 boʻlgani uchun yegulik
ham yemay yotib oldi. Sababi endi u Xarunga xizmat qilishdan chetlashtirilgan edi. Bunga esa oʻsha
Murshid degan xameleon aybdor. Bir zumda bir dunyo yolgʻonni Maftunaning boʻyniga ilib qoʻydi.
- nima emish, men uning sevgilisi ekanman, sevishganlar boʻlganimizga endigina 2 hafta
boʻlganmush, men hamma narsani bilib turib unga yetkazarmishman. Yuhhh asablarimmmmmm -
Maftuna boshini ushladi. Murshid shunaqangi yolgʻonni haqiqatdek gapirardiki, ishonmayman degan
inson ham qanday qilib ishonganini bilmay qolardi. - bu soʻtakni qayerdan topsam ekan a? Adabini
bermasammi? - Maftuna hayolan rejalar tuzib uni amalga oshira boshladi, hayolida uni mazza qilib
urayotganini tasavvur qilib biroz hovuridan tushib oldi. Soʻng dardini toʻkib sochish uchun Feluraga
tel qildi.
- alo
- alo Maftun qalaysan?
- yomon man. Meni ishdan chetlashtirish, endigina ish oʻrganayotgan edim oʻzi! Shuniyam koʻp
koʻrishdi menga. - soxta yigʻi sigʻi qila boshladi qiz.
- nima qilding yana Maftun? Nega chetlashtirishadi ahir aybing yoʻq boʻlsa?
- bitta xameleonni deb boʻldi, oʻzidan oʻzi meni sevgilisigs chiqardi, uni esa bitta aybi bor ekan,
mahkamada shunaqangi yolgʻon toʻqidiki sal qolsa oʻzim ishonib ketardim. Nayrang qilib meni
ishdan chetlashtirdi. Soʻng anavi salv Xarun janoblari mendan norozi bb ishdan chetlashtirdi. Endi
esa tilab oʻtiribman.
- boʻldi Maftuna siqilmagin, oʻsha yeryutgurni topib qilgan ishiga pushaymon qildiramiz hali... - shu
bilan ikki dugona soatlab gaplashib oʻtirishdi.


#####
- biz keldik. - Amir birinchi tirjayib kirib keldi. Ortidan David ham keldi, ikkalasining qoʻlida ham
oʻtin bor edi. - oh oh oh naqadar yoqimli hid. Nima pishirdingiz siz ikki bulbul? - Amir qizlar oldiga
keldi.
- men emas Habiba pishirdi, men juda sovuqqotyapman. - Dilruba divanda oʻtirgancha qoʻllarini
qovushtirib oʻtirardi.
- buni kiyib ol biroz isinib turasan. - uni gapini eshitgan David, unga ustidagi paltosini kiydirib qoʻydi.
- kerak emas oʻzingiz sovuqqotasiz.
- menga sovuq taʼsir qilmaydi, sen buni kiyib oʻtir. Shamollab qolasan boʻlmasa.
- raxmat - ikkalasi bir biriga jilmayib qarashdi.
- hey hey hey bu yerda biz ham bormiz uyalmay bir biriga yeb qoʻygudek qarashigaya bularni. - Amir
baqirib yubordi. Habiba uni ortidan kelib yelkasiga turtdi.
- jim tursangiz nima boʻlardi, sevishganlarni orasiga ortiqcha pashsha boʻlishingiz shartmidi? -
asablari oʻynab ketdi Habibaning. David Amirga yov qarash qilib qoʻydi.
- voyy, moychechak qiz, balki biz ham sinab koʻrarmiz a? Nima deysiz? - tirjayib Habibaga
yaqinlashib kela boshladi. Habiba esa qadamma qadam ortga tisarila boshladi.
- mana, sen ham sovuq qotgandirsan kiyib olgin - Amir tirjayib kurtka sini Habibaning ustiga tashlab
qoʻydi.
- keragi yoʻq oling buningizni! - Habiba kurtkani olib unga uzatdi.
- yoʻq, bu ovqat tayyorlaganing uchun. Sovuqda pishiribsanku. - Amir koʻz qisib ketdi. Habiba esa
kurtkani kiyib oldi, sababi u ham qattiq sovuqqotgandi.
- ovqat tayyor! - Habiba qichqirdi. Yigitlar va Dilruba kamin oldidagi yoyilgan dasturxonga kelib
oʻtirishdi.
- yoqimli ishtaha. - Amir birinchi boʻlib ovqatdan tatib koʻrdi. - vlaaq! Bunga 10 qoshiq tuz soldingmi
Habiba? - Amir yuzini burishtirgancha dedi. Habiba esa unga axmoqqa qaragandek qarash qilib
ovqatdan tatib koʻrdi. Yuzi limon yegandek burishib ketdi. - men, tuzini Dilruba koʻrib bergandi, men
pishirgan ovqatimni tuzini koʻra olmayman, shuning uchun Dilrubaga aytgandim. - Habiba bir stakan
suv ichib olgach Dilrubaga qaradi.
- achchiq boʻlib ketibdimi? - Dilruba ularga savol berib bir qoshiq yeb koʻrdi. - menimcha hammasi
joyida. - Dilruba ularga hayron qaradi. Shu gapidan soʻng uch juft koʻzlar egasi unga tikilib qolishdi.
- Dilruba, bu ovqat haddan ortiq achchiq, sen qanday qilib joyida deyapsan?
- David menga hech nima bilinmadi shuning uchun joyida deyapman. - oʻzini oqladi qiz.
- Dilush, haqiqatdan hammasi joyidami?
- Habiba joyida deyapmanku nega sizlar unday dedingiz?... Dilruba shunday deganidan soʻng unga
hech nima deyishmadi.
- qani endi hammamiz qorboron oʻynaymiz. - Amir oʻrnidan turib dedi.
- ammo tashqari juda sovuqqu. - Habiba tashqariga nazar tashlab qoʻydi.
- havotir olma bu yerda qalin kiyimlar bor. Hozir olib kelaman. - David oshxonadan chiqib ketdi.
- Dilruba honim sizga yoqadimi qorboron? - Amir asta savol berdi.
- albatta. - Dilruba jilmaydi.
- manaaa - birozdan soʻng David qoʻlida qalin kurtka va qoʻlqoplar bilan kirib keldi. - kiyib olinglar...
Tashqariga chiqqan juftliklar, bu yerga yana bitta mashina kelib toʻxtaganini guvohi boʻlishdi. David
asta oldinroq chiqib kim ekanligini bilishga harakat qildi. Mashinadan esa Malik va Safura tushdi.
- voy voy voy kimlarni koʻryapman?! - Malik mashinadan tushishi bilan baqirib ular tomon kela
boshladi. - David beyyy va goʻzallar goʻzali Pari paykal honimmm! - Malik kelib Dilrubaning qoʻlidan
oʻpib qoʻydi, Dilruba indamay turaverdi. David esa yigitga yov qarash qilib uning qoʻlini qattiqroq
siqib oʻziga tortdi va qulogʻiga pichirladi.
- menga tegishlilarga aslo qoʻl tekkizma, yoʻqsa senga tegishlilarni yoʻq qilaman. - David uni siltalab
qoʻyib yubordi.


- nima ishingiz bor sizni Safura bu yerda? Yana bu odam bilan? - Amir Safurani tergay boshladi.
- uni men olib keldim. - Safuradan oldim javob berdi Malik. - shunchaki togʻ yon bagʻrida biroz dam
olishga. Bilsang bu yerda bizning ham dala hovlimiz bor.
- nega aynan Safurani olib kelding? Oʻrtangizda nima borki qayergadir dam olishga boradigan
darajada yaqinsiz? Safura?! - Amir asabiylasha boshladi.
- Uzr, ammo nega meni tergov qilyapsiz Amir bey? - Safura unga tikildi.
- Safura, Farhodning bundan habari bormi mayli?
- albatta, nima akasidan besoroq kimdir bilan ketadigan qizga oxshayapmanmi?
- yoʻq albatta! Men shunchaki... Ha mayli sizlarga yoqimli hordiq tilayman. - Juftliklar qor uyumi
koʻproq joyga yoʻl olishdi. Malik va Safura esa oʻzlarining dala hovlilariga borishdi. #Ishq_safari
- aaa - Dilruba boshiga tekkan qor tufayli qichqirib yubordi. - David sizni oʻldiraman. - qiz qoʻliga qor
yigʻib Davidni ortidan quvalay boshladi.
- moychechak qiz, moychechaklar bunday paytda qorga burkanishi kerak. - Habiba gapirguncha
Amir unga tez tez qor ota boshladi.
- Amiirrrrr! - Habiba qiqirlab kulgancha bir biriga qor ota boshlashdi. Juftliklar birini quvlab
kulgancha qor boʻron oʻynashdi.
- viyy buncha sovuq. - Habiba qoʻlini qizdirishga harakat qila boshladi.
- hozir dala hovliga yaqin qoldik. - Amir unga qarab qoʻydi.
- Dilruba sovuq qotmadingmi? - David u bilan teng yurgancha dedi.
- biroz. Uyga borsak oʻtib ketadi...
Kech tushgach barchasi kamin yonida koʻrpaga oʻranib olib oʻtirishdi.
- kelinglar qanaqadir oʻyin oʻynaymiz, men rosa zerikdim. - Habiba oʻz fikrini bildirdi.
- menimcha uyga ketganimiz maʼqul! - Dilruba unga norozi qaradi.
- nega, juda samimiy oʻtiribmizku, Habibaning fikriga qoʻshilaman. - Amir ketishni hohlamadi. - David
sen nima deysan?
- bilmayman, Dilruba seningcha ham oʻyin oʻynasakchi. Qiziqarli boʻlardi menimcha.
- meni uyga ketgim kelyapti, boshim ogʻriyapti.
- hop, unda men mashinani oʻt oldirib turaman.
- ammo tashqarida yomgʻir sharros quyyapti. - Amir uni toʻxtatdi. - bu yomgʻirda yoʻllardan yurib
boʻlmaydi.
- endi nima qilamiz, shu yerda qolamizmi? - Dilruba vahima ichida dedi.
- boshqa iloj yoʻq! - Amir unga qoʻllarini tepaga koʻrsatib " Nachora" degandek qildi.
- David men uyga ketgim kelyapti! - qiz Davidning yoniga bordi.
- Dilruba ahir bu ob havoda ketolmaymiz! - tushuntirishga harakat qildi.
- hozir ketolmasak ertaga ham ketolmasligimiz mumkinku!
- ertaga biror chorasini topamiz. Sen havotir olma. Men senga bosh ogʻrigʻini qoldiruvchi dori olib
kelaman. - David oshxonaga kirib ketdi.
- telefonimni ham quvvati tugadi. - Amir telefoniga qarab xoʻrsinib qoʻydi.
- biz nima darddayu siz nima dardda. Hoy inson, bu yerda uyga keta olmasligimiz mumkin deyapmiz,
siz telefoningizni aytasiz! Asablarimmmm! #Ishq_safari
— Hayrli tun barchaga! - Amir shunday degancha, kaminda sal nariroqda turgan divanga choʻzildi.
Xonalar sovuqligi bois barchasi shu yerda tongni qarshilashlariga toʻgʻri kelgan edi. Dilruba ham bu
tarafdagi divanda oʻtirardi. David va Habiba qayerda yotishni bilmay ularga tikilib turishardi.
- doʻstim balki qizlarni divanda yotqizib oʻzlarimiz pastda yotarmiz a? - David unga norozi qaradi.
Amir ham buni tushundi.
- ha mayli, qizlarni hurmati bor, xursand boʻlma moychechak qiz! - labini burdi Amir. Amirning bu
qiligʻiga Habiba piq etib kulib yubordi. Habiba va Dilruba divanlarga yotishdi. Amir va David esa
pastga koʻrpacha tashlab yotishdi. Bu orada Habiba akasiga bu yerdagi muammoni tushuntirgan
edi...


#####
Malik va Safura dala hovlida koʻp qolishmadi. Dala hovli sovuqligi va ob havoni yomonligini sezgan
Malik tezda bu yerdan ketgandi. U yerdan esa Safurani uyiga tashlab, oʻzi chegaradan kelishi kerak
boʻlgan qurol va qora dorilarni oʻz omboriga oʻtkazish uchun yoʻl oldi. Oldin omboriga yetib keldi.
- Qodir vaziyat qanday? - Malik kelishi bilan oʻzining ishonchli odamiga savol berdi.
- barchasi joyida janob!
- mol yetib keldimi? Chegarada muammo yoʻqmi?
- yoʻq, barchasini hal qildik! Oʻziz aytganingizdek barchasini ogʻzini pul bilan yopdik! Barchasi reja
boʻyicha ketyapti.
- unda yigitlarni toʻpla, yoʻlga tushamiz! - Malik oʻzining oltin rang aralashgan ajabtovur qurolini
kamariga qistirib qoʻydi. Soʻng oʻzining mashinasiga oʻtirib joʻnadi, uning ortidan esa yana 3 ta
mashina yoʻlga tushdi...
#####
Safura uyga kelgach, uyiga kirmasdan Malikni ketishini kutdi, u ketgach esa telefonidan Murshidga
qoʻngʻiroq qildi.
- aloo? Safuraaa qalaysan? - telefon ortidan quvnoq yigitning ovozi eshitildi.
- yaxshi, meni olib ketasizmi?
- albatta 5 daqiqada boraman. - bu vaqtda kech endi tushayotgan edi. Murshid Safurani koʻp
kuttirmay keldi. Safura uning mashinasiga oʻtirgach esa ulardan faqatgina chang qoldi.
- qayerga boramiz? - Safura savol berdi.
- zoʻr joyga boramiz! Bugun boshimga tushgan ishlardan biroz boshim qotdi, chigal yozib kelamiz!
Borasanmi? A tak zoʻr joy lekin? - koʻz qisib qoʻydi.
- albatta! - Safura Murshidni qoʻlidan ushladi. Ular yaxshigina yoʻl yurishdi. Har yoqdan gaplashib
manzilga ham yetib kelishdi.
- uhooo! - Safura qichqirib yubordi.
- senga yoqishini bilgandim! Juftmizmi?
- albatta! - ular shahar chekkasidagi noqonuniy poyga markaziga kelishgandi. Bu yerda koʻcha
bezorilari koʻp edi. Ular mototsiklda poyga oʻtkazishardi. Poygada esa joning uzilsa ham hech kim
hech narsa qilmas edi. Koʻplab yigit qizlar baqir chaqir qilgancha musiqa ovozini baland
qoʻyishgandi. Safura va Murshid ham ular ichiga qoʻshilib raqs tushishdi. Bu vaqtda kech tushib
boʻlgan edi. Malik chegaradan keltirilgan mollarni mashinalarga yuklab rejasi boʻyicha manzilga
kulib keta boshladi.
- Qodir aytganimdek hech kimning barmoq izi qolmadimi? Barcha qoʻl qopda edimi? - mashina
boshqarib ketayotgan yigitga savol berdi.
- albatta, oldin mollarni tozalab keyin oʻtkazdik.
- birinchi marta miyangizni ishlatibsizda!
Manzilga yetib kelishlari bilan atrofni tekshirishdi. Ombor oldida faqatgina ikkita qoʻriqchini koʻrgan
Malik miyigʻida jilmaydi.
- ularni tinchting, soʻng esa mollarni ehtiyotkorlik bilan mana bu ombor ichiga joylashtiring!
Koʻramiz David Aminov qanchalik aqlli yoki axmoqligini!...
#####
Murshid va Safura ikkalasi ham mototsiklga joylashishdi. Murshid oldinga qarab oʻtirgan boʻlsa,
Safura unga teskari oʻtirdi. Bu poyga huddi " Samolardan balandda" kinosidagi poygadek edi.
Ikkalasi kamarni bir biridan oʻtkazib qoʻyishdi.
3... 2... 1...
Poyga boshlandi. Murshid juda tez haydardi. Safura bor ovozi bilan baqirardi. Bu haqiqiy adrenalin


edi... #Ishq_safari
Kechqurun uhlolmagan David yarim kechasi uygʻonib ketdi. Qizlar uhlashyapti, Amir ham pishillab
uxlab yotibdi. David asta Dilrubaning yoniga borib, ustini choyshab bilan yaxshiroq yopib qoʻydi.
Unga termulib turarkan yuziga tushib qolgan bir tutam sochlarini olib qoʻydi. Qiz buni sezdi shekilli,
biroz oʻngaysizlandi, narigi tarafga burilib yotib oldi. David yana oʻz joyiga kelib yotdi. Yomgʻirning
shitir shitir tovushi oynadan eshitilardi, David oynadan tashqariga qaragancha oʻtirdi.
#####
Erta tong
Farhod uygʻonib, singlisini xonasiga yoʻl oldi. Xonaga kelib taqillatdi, ammo javob yoʻq edi.
- Safura! Safura uygʻon senda gapim bor. - Farhod ichkaridan javob boʻlmagach eshikni ochdi. Eshik
ochiq edi. Ichkarida esa yotoqda hech kim yoʻq, hatto buzilmagan edi. Farhod shu zahoti telefonidan
singlisiga qoʻngʻiroq qildi. Ammo operatorning "Abonent apparati xizmat koʻrsatish doirasidan
tashqarida" degan javobini eshitdi holos.
- Ah Safura ah! Qayerlardasan a? - Safura yoshligidan biroz nimjon va kasalmand edi. Shuning uchun
unga ota onasi ham akasi ham qattiq gapirishmasdi. Uni erkin qoʻyishar, hohlagan narsasini
muhayyo qilishardi. Ammo qiz bebosh boʻlib ketishiga olib keldi. Farhod mashinasiga oʻtirishdan
oldin xizmatchi va qoʻriqchilardan singlisi haqida soʻradi. Ammo ular ham koʻrishmagan, kecha
tongda chiqib ketgani.
#####
- David qachon uyga ketamiz? - tomg otishi bilan Dilruba savol berdi.
- Dilruba mening qoʻlimda emasku ketish ketmaslik! Men ham ketishni hohlayaoman ammo yoʻllarda
yurish qiyin!
- unda kelmaslik kk edi!
- Dil boʻldi asabiylashma bir yoʻlini topamiz. - Habiba qizni tinchlantirishga harakat qildi.
- David balki yoʻlga chiqaverarmiz a? Bu yerdan ikki yoʻl orqali ketish mumkin. Narigi yoʻldan
ketarmiz a balki?
- u yoʻl oʻrmon ichidan oʻtganku.
- baribir yursa boʻladiku - Amir ham juda siqilgan koʻrinadi ketishni oʻylay boshladi.
- ana yoʻl bor ekan endi ketamiz. - Dilruba quvongancha oʻrnidan turdi
- ha mayli unda ketamiz....
#####
Malik kechqurun kech uhlagani uchun hali uygʻonmagan edi. Xonasiga xizmatchi kelib habar
yetkazmaguncha halicha uygʻonish niyati ham yoʻq edi.
- kim keldi?
- Janob Farhod Holmedov. Juda zarur gapi borligini bildirdi.
- 5 daqiqada tushaman...
Farhod surishtirib singlisini kecha Malik bilan ekanligini anglagan edi. Malikani sevsada, akasini
umuman yotqirmas edi. Bunga sabab esa uning narkotik modda qabul qilishi edi. Xarom ish
yuritishiyu kibri va hech kimni odam oʻrnida koʻrmasligi edi.
- nima gap Farhod beyy? - Malik esnagancha dedi.
- singlim qayerda? Kecha u sen bilan ekan?


- bu yerda! - Malik qorniga ishora qildi. Uning bu qiligʻidan Farhodning asablari oʻynab ketdi.
- hozir hazilning payti emas! Sing-lim qa-yer-da? - dona dona qilib soʻradi.
- bilmayman! Kecha qorongʻu tushmasidan oldin eshigingni oldiga tashlab ketganman, seni
singlingni yeymanmi men? Nima qilay seni singlingni?
- u kecha uyga kelmagan ammo? Tongda chiqib ketgan faqat! - bir qoshini uchirib qaradi.
- men singlingni uying oldiga tashadim va ketdim. Uyingga kirdimi yoki yoʻq unisini bilmayman!
Akasi sensan! Singlingga koʻz quloq boʻlishing kk emasmi? - Malik unga ovoz toʻnini balandlatti.
Farhod unga oʻtkir nigohlarini qadadi. - nima xato gapirdimmi? Aybni oʻzingdan axtar! Meni
boshimni ogʻritma! - Malik unga eʼtibor bermasdan tepa qavatga chiqib ketdi. Farhod nima qilishni
oʻylab turarkan telefoniga kelgan smsni koʻrib esankirab qoldi. Tezda mashinasiga oʻtirib aytilgan
manzilga keta boshladi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Manzilga yetib kelgan Farhod, mashinasidan otilib tushdi. Shifoxonaga kirishi bilan qabulxonadan
singlisining ism familiyasini aytdi. Qizdan sinflisi qaysi boʻlimda ekanligini bilgan yigit yugurgancha
oʻsha tarafga ketdi. Yetib kelganida esa uni olib kirishgan xona oldida esa ikki yigit va bitta qiz
oʻtirardi. Bitta yigitning boshi shilingani uchun bogʻlab qoʻyilgandi. Narigi yigit esa devorga orqa
bergangancha turardi. Qiz esa stulda oʻtirgancha hiqillab yigʻlab oʻtirardi.
- singlimga nima qildi? - Farhod kela solib qichqirdi.
- tinchlaning aka! Hammasini tushuntirib beraman. - devorga suyanib turgan yigit uni
tinchlantirishga harakat qildi. Farhod bu yigitni bittada tanidi. Oʻquv kursidagi doimiy singlisi bilan
yuradigan va hatto uyiga dars uchun kelgan ham edi.
- qanday tinchlanay Rauf? Noqonuniy poyga deganing nimasi? Safura unday joylarda nima qilyapti?
Nega uni u yerlarga olib bording? Gapir! - Farhod Raufning yoqasiga yopishdi.
- uni qoʻyib yuboring, Safurani men olib bordim. - peshonasi bogʻlangan Murshid oʻrnidan turdi.
Farhod yigit boshini egib oʻtirgani uchun tanimagan edi. Murshidning yuzi biroz tanish boʻlsada aniq
kim ekanligini taniy olmagan Farhod uni rentgendan oʻtkazdi.
- sen kimsan? - Farhod bir qoshini uchirib dedi.
- biz oldinroq tanishgan edik eslasangiz. Safuraning oʻquv kursiga borib turardim. Eslasangiz David
Aminovning unashtiruv marosimida tanishgandik. - Murshid unga eslatdi.
- sen? Uning oʻqituvchisi emasmisan? - biroz jahl bilan dedi.
- yoʻq albatta! U menga singlim kabi. Men faqat bir ikki borganda unga oʻzim bilganlarimni
oʻrgatardim.
- ee keyinchi? Nega uni unday joyga olib borasan? Agar hudo koʻrsatmasin qattiqroq halokatga
uchraganingizda nima qilarding? Balki oʻlib qolsachi? Astagʻfirulloh! - Farhodning jahli chiqib ketdi.
- unday boʻlmadi. Yana men unga oʻzim javob berardim. Ammo Safura shu on yaxshi, doʻxtirlar unga
qarashyapti, chamasi ikki soatlardan soʻng uni koʻrishga izn berisharkan. - Murshid uni tinchlantirish
uchun Safuraning ahvolini bildirdi.
- ahvoli yomon boʻlishi ham mumkin ekan, boshi qattiq lat yegani uchun xotira yoʻqolish ehtimoli bor
dedi! - stulda oʻtirgan qiz yigʻlagancha haqiqatni aytdi. Murshid asabiylashib koʻzlarini ogʻir yumib
ochdi.
- singlimga nimadir boʻlsa, senga shu hayotda jahannamni koʻrsataman! - Farhod Murshidni turtib
oʻtib qizni yoniga borib maʼlumot olishga harakat qildi. Ammo qiz ham boshqa gap aytmadi.
#####
- Men keldiiimmm - Felura Diasning xonasiga kirarkan quvnoq ohangda qichqirgancha keldi. - nima
ish qilyapsiz Dias hazrati oliylari! - tirjayib Diasning yonidagi stolga olib kelgan mevalarni qoʻydi.


- hush keldingiz Felura honim, safo keltirdingiz. - Dias ham bu qizga allaqachon oʻrganib qolgandi,
hazillariga hazil bilan javob berardi.
- natijalar aʼlo! Oʻzgarishkar katta! Oyoqlaringiz ogʻrimayapti? Tayoqda yurganingizda? - Felura
unga sinchiklab qaradi.
- biroz.
- hech qisi yoʻq qiyinchilik bilan osonchilik boʻladi. - Felura Dias bilan gaplashib oʻtirarkan. Gap
aylanib oʻrgilib Davidni toʻyiga kelib qoldi.
- hoʻsh, aytingchi Dias hazrati oliylari, akangizni toʻyiga borasizmi? - Felura qoʻlidagi kundaligiga
nimadirlarni yozgancha savol berdi.
- yoʻq! - Dias tezda javob berdi.
- Nega?
- hohlamayman! Meni hech kim Aminov deya tan olmagan joyda men nima qilaman?! - alam bilan
gapirdi.
- nega endi akangizni sizni oʻz ukasi deya tan olgan.
- akam tan olgan boʻlsada otam yoʻq! Meni hatto oʻz otam ham tan olmagan. Shuning uchun u toʻyda
ortiqcha boʻlaman.
- Siz xato oʻylayapsiz! Siz hecham ortiqcha boʻlmaysiz. Siz oʻz akangiz uchun boring, sizni tan
olmagan otangiz uchun emas, yoki oʻgay onangiz uchun emas! Sizni oʻz ukasi deya tan olgan
akangiz, qondoshingizning eng yaxshi kunida yonida boʻlmaysizmi? Sizni yaxshi koʻradigan insonni
yonida turmaysizmi? Bilaman hozir aql oʻrgatayotgan boʻlishim mumkin, ammo toʻgʻri aytyapman!
Siz oʻzingizga oʻzingiz qilyapsiz! Akangizga qoʻshiling, odamlar orasida yuring. Siz oʻz qobigʻingizga
oʻralgancha qolib ketgansiz. Qobigʻingizdan chiqing. Hayotning lazzatidan toting. Hayot qisqa, siz
esa shu qisqa hayotingizda ham yolgʻiz yashashni tanlayapsiz. Xato qilyapsiz Dias! Bu hayotda faqat
oʻzingiz uchun yashang!...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #Lady_milo)
Bu asarimni ham tashlab qoʻygim kelmadi. Fikrlarni kutib qolaman. #Ishq_safari
Dilruba Davidni mashinasidan tushiboq uyiga kirib ketdi. Uyiga kirib eshikni qulflagan qiz, oyoq
kiyimlar ichida oʻziga juda tanish va qadrli poyabzalni koʻrib quvnagancha mehmonxonaga kirdi. U
yerda oʻzini otasining bagʻriga otdi.
- sizni juda sogʻindim dadajon! - qiz biroz yigʻlab ham oldi. - neg qaytishingizni aytmadingiz? Sizni
kutib olardim. - kpz yoshlarini artgancha dedi.
- men ham seni juda sogʻindim oy qizim. Kelishim birdaniga boʻlib qoldiz shuning uchun syurpriz
qildim...
#####
David uyiga kelib issiq dush qabul qilib chiqdi. Kiyimlarini oʻzgartirgach xonasida kompaniyaga
taalluqli hujjatlarni koʻzdan kechirib oʻtirganida telefoni jiringladi.
- alo, Jabbor nima gap? - ishonchli odamlaridan biri muhim ish boʻlmasa tel qilmasligini bilan David
darrov nimadir boʻlganini angladi.
- janob, telefonda aytolmayman tezroq asosiy manzilga kelishingiz kerak. - David tezda mashinasiga
oʻtirib ketdi.
- nima boʻldi? Telefonda buncha hovliqding? - David yetib kelishi bilan uni eshigini ochib kutib olgan
yigitga savol berdi.
- Janob, asosiy ombordagi qoʻriqchi yigitlar halok boʻlgan, undan tashqari omborda noqonuniy tarzda


keltirilgan qurollar, qori dori va portlovchi moddalar keltirilgan. Kecha tongda hammasi joyida edi,
menimcha kecha tunda boʻlgan bu ishlar. Yashirin kameralardagi maʼlumolarga koʻra bu ishni Malik
Saidov qilganini aniqladik. - David Malikni ismini eshitishi bilan yoʻlida toʻxtadi.
- uni ishi boʻlsa menga albatta tuzoq qoʻygani maʼlum. Demak, uni tuzoqqa oʻzini tushiramiz. Ombor
ichida mening nomimdagi qonuniy qurollarga tegmang. Biz noqonuniy ish yuritmaymiz. Noqonuniy
mollarga ham tegmang. Kamera yozuvlarni menga keltir. -
- hoʻp boʻladi. - Jabbor tezda aytilgan buyruqni bajarish uchun ketdi.
- Malik! Malik! Malik! Senga hali koʻrsataman menga tuzoq qoʻyishni, hoynahoy allaqachon
politsiyaga ham habar bergandir. Kelaqolsin. - David telefonini olib Malikka qoʻngʻiroq qildi.
- alooo David janoblarining oʻzlariku! Nima boʻldi? Oʻyinchogʻingni olib qoʻyishdimi? - Malik xunuk
tarzda kuldi.
- Malik! Menga tuzoq qazisang oʻzing tushasan shuni bilasanmi? - shu payt uzoqroqdan politsiya
mashinalarining ovozi kela boshladi. - eshityapsanmi? Birozdan seni kuning bitadi. Qochib qol! Vaqt
ketdi! Ding dong, ding dong! - David telefonni oʻchirib qoʻydi.
- mana janob. - Jabbor qoʻlidagi kamera yozuvlari muhrlangan fleshkani Davidga tutqazdi.
- sen va yana bittasini olib qol, qolganlar togʻ yoʻlidan ketishsin. - bir zumda qolgan yigitlar ketdi.
David mashinasiga suyangancha politsiya xodimlarini kuta boshladi...
#####
- Safura, ahvoling yaxshimi? - Farhod uni koʻrishga ruhsat olishi bilan yoniga kirdi.
- aka. Men, yaxshiman. - biroz tutilib gapirdi. - suv .. bering - Farhod unga shu yerda turgan
grafindan suv quyib ichirdi.
- ahvoling qalay, oʻzingni yaxshi his qilyapsanmi? - Farhod uning qoʻlidan ushlab oʻpib qoʻydi.
- yaxshiman... Aka... Meni kechiring. - Safura darrov koʻziga yosh oldi.
- boʻldi yigʻlama, koʻz yoshlaringni art. - Farhod uning koʻz yoshlarini artib qoʻydi. - bundan keyin
meni har bir qadamingdan habardor qilib tur. Yoʻqsa jazolanasan. - Farhod singlisiga qattiq
gapirolmas edi shunaqa.
- hoʻp boʻladi. - Safura jilmayib qoʻydi...
#####
Mahkamadan mamnun chiqqan David telefoniga kelgan smsni koʻrib hayron qoldi.
" Dadam siz bilan uchrashmoqchi, bugun kechqurun bizning uyga kelar ekansiz. " Dilrubadan
bunday habarni kutmagan David biroz hayratlandi albatta. Chunki uning otasi kelganini ham
bilmaydi. Qachon kelganini ham bilmasdi....
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
David kechga yaqin Dilrubaning uyiga keldi. Eshikni taqillatganidan soʻng Dilruba ochdi.
- hush kelibsiz. - Dilruba uni ichkariga taklif qildi. Mehmonxonada esa uni Dilrubaning otasi qarshi
oldi.
- assalomu alaykum janob. - David qizning otasi bilan quyuq salomlashdi.
- va aleykum assalom kel bolam oʻtir. - qizning otasi juda ochiqkoʻngil inson edi. David va otasi
oʻtirgach, Dilruba asta tashqariga quyon boʻldi...
- Dilruba, qizim, Davidni kuzatib qoʻy. - oradan tahminan bir soatcha oʻtgach, otasi Dilrubani
chaqirdi. "Ehtimol hammaga aytib kelayotgan yolgʻon " Love Story" sini dadamga ham erinmay aytib


bergandir" Dilruba hayolidan oʻtkazib pastga tushdi. David oyoq kiyimi kiyayotgan ekan.
- dadam nima dedi? - tashqariga chiqishganidan soʻng Dilruba qiziqdi.
- dadangga men juda maʼqul boʻldim, ahir menday yigit qanday nomaʼqul boʻlishi mumkin?! - David
mahtanib qosh qoqib qoʻydi.
- oʻrgildim, sizni qoshingizdan ham, oʻzingizdan ham. - labini burdi.
- Dilruba. - orqasiga oʻgirilib toʻxtagan Davidning koʻzi oynadan ularga qarab turgan qizning otasiga
tushdi. David oʻzini bilmaganga olib jilmaydi.
- nega kuydirilgan kallaga oʻxshab tirjayyapsiz?
- chunki biz kuzatuv ostidamiz Dilrubaginam.
- nima...
- qarama! - Qizni toʻxtatdi. - otang qarayapti oynadan.
- demak shubhalangan, shuning uchun qarayapti, endi esa tirjayishni bas qilib keta qoling. - qoʻllarini
qovushtirib oldi qiz. David shunda ham jilmayib unga tikilib turaverdi. Yigitning bu aqldan ozdirar
darajada jilmayishi qizni ham oʻziga rom etdi.
- vayeyy bu yigitni jiimayishidan, qancha gapirsam ham jilmayadiya, axmoqqinam, Dovdirginam. - qiz
ham tirjayib gapirishda davom etdi.
- Dilruba, koʻrishguncha. - qizni yuzidan chimdib qoʼyib chiqib ketdi. Qiz uning ortidan qarab
qolarkan birdan boshiga gurzi tushurgandek jiimayishidan toʻxtab boshiga urib qoʻydi.
- axmoq, jilmayishingni qara!...
Toʻy kuni
Dilruba, kelinlik libosida yanada maftunkor boʻlib ketgandi. Oppoq kelin koʻylak, yenglari toʻrli, yoqa
qismi yopiq, hamma yogʻi toshlar bilan bezatilgan edi. Yuzini yopinchiq bilan yopib qoʻygandi.
- Habish hayajonlanib ketyapman. - Dilruba Habibani qoʻllaridan tutib dedi.
- hayajonlanma Dilruba, hech narsa boʻlmaydi. Shundoq David janob bilan toʻyxonada oʻtirib kelasan
boʻldi. - Habiba tirjaydi.
- Habiba! Men oʻlaman desam sen kulaman deysan a? - birozdan soʻng "Kuyov navkar keldi" deya
ovoz kelgach, Dilrubaning hayajoni battar oshdi...
Toʻyxona
David va Dilruba jimgina oʻtirishar, yonlariga rasm tushish kelishsagina jilmayib turishardi. Hamma
quvnoq hamma shod edi. Ammo toʻyning qirol va qirolichasidan tashqari. Dilruba haddan ortiq
hayajonlangani uchun boshida biroz ogʻriq turdi. Ammo ogʻriq haqida oʻylamay oʻtiraverdi. Bir payt
"Kelin va kuyovimizni valsga taklif qilamiz" degan gapni eshitmaguncha Dilruba jim edi.
- David men raqsga tusha olmayman. - Dilruba darhol gapirdi.
- men ham bilmayman, ammo vals tushish kerak, qani boʻlaqol uzogʻi bilan besh daqiqa...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Ajoyib toʻy oqshomida, vals kuyi boshlandi. Ikki yosh sahna oʻrtasida kuyga mos tarzda tebrna
boshlashdi. Maftuna ularga havas ila termulib turganida yoniga kelib turib olgan yigit, uni asabini
buzdi va unga asabiy qaragandi, qarshisida soxta sevgilisi tirjayib turardi.
- Salom sevgilimmm - Murshid ohirgi soʻziga urgʻu berib gapirdi. Maftuna sovuq man chuqur nafas
olib qoshini chimirib oldi.
- Aminovlar toʻyida yorqin yulduz kelishini bilmagandim. - Murshid oʻz lagʻmonlarini osishni boshlab
yubordi.


- kim ekan u?
- albatta siz goʻzal honim. - Maftuna miyigʻida jilmaydi.
- lagʻmoning bilan borib boshqa qizni qulogʻini toʻldir ok? - qiz labini burib ketdi.
Habiba kelin va kuyov atrofida aylanib, ularning valsini telefoniga muhrlayotgan edi. Shu payt
atrofga qaramay, nimagadir turtilib ketdi, aniqrogʻi kimgadir.
- uzr soʻrayman. Koʻrmay qoldim. - Habiba bilagidan ushlab qolishgani uchun yiqilmagandi, tushib
ketgan telefonini olarkan uzr soʻrab qoʻydi. Telefoniga hech narsa boʻlmaganini koʻrib asta boshini
koʻtardi.
- koʻzingizga qarasang boʻladiku moychechak qiz. - Amir tirjaydi.
- eʼtiboringiz uchun uzr soʻradim bey afandi. - qoshlari bir chiziqqa yigʻila boshladi.
- hop mayli, valsga nima deysiz?
- yoʻq yoʻq. Hohlamayman.
- endi kech. - Amir uni javobini kutmasdan belidan qoʻlini oʻtkazib sahnaga tez tez yurib olib chiqib
tebrana boshladi. Habiba nima qilishni bilmay qoldi, hozir sahnadan chiqib keta olmaydi. Ammo
qolsa ham boʻlmaydi. Xarun uni nimadir qilib qoʻyishi mumkin. Amir va Habiba dan keyin sahnaga
yana bir nechta yoshlar va juftliklar ham qoʻshilib vals tusha boshlashdi, sahna biroz toʻlishgach,
Habibaning hayajoni biroz bosildi.
- men raqs tusha olmayman! - jahli chiqqanini bildirish uchun tirnoqlarini Amirning boʻyniga botira
boshladi.
- ammo yaxshi harakatlanyapsan, hatto shohona.
- shundaymi? - Habiba bu safar Amirning oyogʻini bosa boshladi. Amir tishini tishiga bosgancha jim
edi.
- shohona harakatlanyapmanni? - yana bir poshnasi bilan yaxshigina ezdi Amirning oyogʻini.
- aytdimku shohona deb. Senga teng keladigani yoʻq. - Habibani bitta aylantirib yana oʻziga tortdi. -
sendek jozibali qiz hech qayerda yoʻq. - qulogʻiga pichirladi. Habiba koʻzlarini pirpiratib yana
Amirning yelkasiga qoʻlini qoʻyib tebranishda davom etdi. Nigohlar bir biridan uzilmas edi. Shu payt
oshga tushgan pashsha singari bitta yigit keldi.
- juft alishamizmi? - Amir oʻtkir nigohlarini yigitga qadab, Habibani belidan ushlab oʻziga yaqinroq
tutib oldi.
- men sevgilimni boshqalar bilan raqs tushishiga izn bermayman.
- ha mayli, baxt tilayman. - yigit yonidagi qiz bilan ketdi. Habiba eshitgan gapini tahlil qila boshladi.
«"Sevgilim" u meni sevgilim dedi. Voy hudoyim bu nimasi? Nega unday dedi? Bu Amir ruhiy kasalmi
yoʻqsa? Yoki meni sevadimi u? Yoʻq yoʻq! U shunchaki aytdi. Yolgʻon gapirdi. Ha yolgʻon! U meni
sevmaydi. Ha shunaqa! » Habiba hayolida oʻzini tinchlantirdi.
— nega unday qildingiz? - qiz yigitni itarib uning quchogʻida chiqdi.
— chunki seni haqiqatdan sevaman! - Habiba juda juda eshitishni hohlamagan gapni eshitdi. Habiba
karaxt boʻlgancha tez tez yurib toʻyxonadan chiqib ketdi. Amir esa qizni chiqib ketguncha qarab
turgach, kulib yubordi. Ha u aldagandi, shunchaki hazil qilgandi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo ) #Ishq_safari
Vals bitgach kelin kuyov yana oʻz joylarini egalladi. Kechaning ajoyib qismi kelgandi. Barcha xursand
oʻtirisharkan toʻyxona eshigidan chiroyli juftlik kirib kelib hammani nigohini oʻziga qaratdi. Ayniqsa
David ularni koʻrishi bilan oʻrnidan qanday turganini bilmay qoldi.
Eshik oldida alvon rang koʻylagi yerga tegib turgan, beligacha qoshlar bilan bezalgan, yenglari esa
shishgan, yoqa qismi birozgina ochiq, sochlariga ham koʻylagiga mos ravishda qizil gullar qadalgan,
makiyaji ham boʻrttirilmay qilingan Felura bilan birga, qop qora smokingda, qoʻlida ham shunday


soati yaltirab turar, sochlari ham bir tarafga taralgan, oyoq kiyimi yaltiragan Dias turardi. Ular bir
biriga shunaqangi yarashgan juftlik boʻlib turishardi. Asta qadamlar bilan toʻyxona oʻrtasidan yurib
kelib David va Dilrubaning oldiga kelishdi. Barcha bu goʻzal va jiddiy janob kim ekanligiga qiziqardi.
Davidning otasi, hamda oʻgay onasi esa talqon yutgandek jim, Diasning nima qilishini kuzatishardi.
Holiq bey (David otasi) va Matluba honim (oʻgay onasi) bir biriga boshqacha qarashardi. Holiq bey,
oʻzi tan olmagan, shu paytgacha nogiron deya chetlagan va haligacha chetlab kelgan bolasi, hozir
oyoqqa turib koʻrkam yigitga aylangandi.
Dias va Felura kelin kuyovni tabriklashdi.
- Dias! Sen... Sen yurayapsan! - ularni yoniga kelganda hayronligini yashirmadi David. Toʻgʻri u biroz
biroz yuryaotgandi, ammo hozirgi holati katta oʻzgarish edi.
- ha aka! Yurayapman! - Dias mayin jilmayib qoʻydi. Ular bir birini bagʻriga bosishdi.
- sizlarga ulkan va tuganmas baxt tilayman. - Felura jilmayib Dilrubani asta bagʻriga bosib qoʻydi.
- raxmat katta! - Dilruba nomiga jilmayib qoʻydi, sababiki u bu toʻyni hohlamayotgandek edi. Koʻngli
gʻash. Nimadir sodir boʻladiyu barchasi barbod boʻladi. Uning hozirgi holati, idish sindirib qoʻyib,
nima qilishni bilmay turgan yosh boladek edi.
- baxt tilayman aka. - Dias ich ichidan xursand boʻlsada sirtida bildirishni hohlamayotgandi, afsuski
buni koʻzlari sotib qoʻyardi.
- taklifimni rad etmay kelganing uchun raxmat. - David bir kun oldingi suhbatni esga oldi. U ukasini
oʻzining toʻyida koʻrishni juda hohlagandi. Ammo Dias aniq javob bermagandi. Dias javob bermay
shunchaki jilmayib qoʻydi.
Felura bilan birga asta kelib kuyov oldidan tushishgach, Diasning koʻzlari Holiq beyga tushdi. Ota
oʻgʻil bir biriga soʻzsiz tikilib qoldi. Felura buni sezib uni qoʻlidan tortqilab yurishga undagach, ular
stullarda biriga borib oʻtirishdi. Yigitlarning koʻpchiligi bu goʻzaldan koʻz uzisholmasdi. Shu oʻrinda
bizning lagʻmonchi Murshid ham.
- hmmm chakki emas, bu yigit uning kimi ekan a? Menimcha yigit mendan kichik, koʻrinishidan
maʼlum, qiz ham oʻz tengi. Sevgilisimikan? Lekin bir biriga unaqa jilmayib kulib qaramayapdiku?! -
Murshid oʻz hayollaridagi gaplarni oʻylab Feluraga tikilib qolgandi. Shu payt uning yelkasiga nozik
qoʻl sohibi, yigit kishinikidek qilib tashladi.
- ukam, qizdan koʻzingni ololmay qolding! Tinchlikmi? - uning yonida, uzun va keng yaltiroq klassik
shim va yaltiroq yengi kalta kofta kiygan, tufli ham kiyimiga mos Nilya bir qoshini koʻtarib turardi.
- pardon! Siz kim boʻlasiz honim afandi? - Murshid yonidagi qizni oʻzidan katta deb oʻyladi.
- qiz mening singlim! Undan uzoq yur! Yana bir marta atrofida oʻralashsang shu oʻynoqi koʻzlaringni
qayta hech kimni koʻrolmaydigan qilib qoʻyaman! Ok?! - Nilya uning qulogʻiga pichirladi va javob
kutmay bir koʻzini qisib oʻgrilib ketib qoldi.
Kelinning oʻrnida oʻzi boʻlishni hohlagan Malika jimgina oʻtirardi. Ichida toʻfon alangalasada sirtida
sokin dengiz edi. Koʻzlari biroz qizargan, makiyaji esa ozgina buzilgan edi, ammo bu ham unga
yarashardi. Egnidagi sariq libos esa sochlariga mos edi. Asta stolda turgan vinodan yana bitta boqal
qoʻliga oldi va ichdi. Bu nechanchi ekanligi nomaʼlum edi. Malika qoʻlidagi boqalni stolga qoʻydi.
Koʻzlari yanada suzildi. Uning necha boqal ichganini oʻzi bilmasada, toʻyxonaga kelganidan beri
undan koʻzini uzmagan Farhod bilardi. Qiz boshqasi uchun qiynalayotganini koʻrib oʻzi ham yogʻda
qovurilardi. Malika oʻrnidan turdi. Biroz tentirab kelin kuyov tomon yura boshladi. Oʻrtada yoshlar
shoʻx musiqalarga raqs tushishardi. Malikaga uncha odam etibor bermadi. Malika tentirab oldida
kelayotgan ofitsiantga turtilib ketdi. Natijada ofitsiantning qoʻlidagi stakanlarning yerga siniqlari
yoyildi. Musiqa ovozi baland boʻlgani uchun hech kim sezmadi. Malika ham muvozanatni yoʻqotdi,
ammo ayni shu paytda Farhod uni ushlab qoldi.
- siz bu yerni tezda yigʻishtirib oling! - Farhod ofitsiantga buyurib, oʻzi Malikani qoʻlidan ushlab
tashqariga olib chiqdi.
- qoʼyib yubor meni ablax! Farhod qoʻyib yubor deyapman. - Injiqlik qilib Malika qoʻlini tortib olishga
harakat qildi.
- Malika jim boʻl! - Farhod uni tashqariga olib chiqib toʻyxonaning orqa tarafidagi kichik gulzor


yonida toʻxtadi.
- nega menga yopishaverasan? Jonimga tegib ketding Farhod! Aytmadimmi senga men Davidni
sevaman! Undan boshqani tasavvur qilolmayman! Tushundingmi? - Malika sarxush boʻlgani uchun
biroz tentirab Farhodni koʻksiga beozor urardi.
- Tushunmayman Malika! Chunki ikkimizning ahvolimiz bitta! Sen Davidga qanday oshiq boʻlsang,
men ham senga shunday mashuqman! Sen ham Davidni tushunmading, men ham seni
tushunmayman! Seni sevaman Malika! Soʻnggi nafasimgacha sevaman!
- JIM! JIM BOʻL! - Malika qichqirib yubordi.
- Malika! Sen koʻrmisan? Koʻz oldingda uni toʻyi boʻlyapti! U endi boshqasining haloli!
Tushunsangchi! U seni sevmaydi! Oʻzingni aldashni bas qil!
- hoziroq shu boʻlayotgan toʻyni buzaman! Uni mendan hech kim tortib ololmaydi! Tushundingmi
hech kim! - Malika bu safar jahl bilan gapirib yigʻlab yubordi. Unga sherik sifatida osmon ham oʻz
koʻz yoshlarini toʻka boshladi. - Farhod... Qiynalib ketdim... Men mehrsizlikdan, eʼtiborsizlikdan,
maxzunlikdan toʻyib ketdim. - Farhod Malikani ovutish uchun asta bagʻriga bosdi.
- yigʻlama Malika! Seni bu koʻz yoshlaring qalbimga zirapcha kabi sanchilyapti. Iltimos qilaman
oʻzingga ozor berma! - uning allaqachon yomgʻir ostida hoʻl boʻlgan sochlarini siladi.
Safura asablari buzilib Murshiddan kpz uzmasdi. Uni har bir qizga tikilib qarashi, gap otishi jon
jonidan oʻtib ketgandi. Murshid unga hattoki qayrilib ham qaramadi. Uning shuncha qilgan
makiyajiyu tayyorgarligi bir tiyin boʻldi. Safuraning xotirasi yoʻqolmagani uchun barchasi joyida edi.
Ammo oʻsha avtohalokatdan soʻng Murshid u bilan hecham gaplashmadi. Farhod ham unga koʻchaga
chiqishni taqiqlab qoʻydi. Bu taqiq otasi tarafdan ham berilgani uchun Safura tashqariga
chiqolmagandi. Ahiyri bugun Murshidni koʻrish ilinjida tayyorgarlik koʻrib kelsayu, yigit unga qiyo
boqmasa. Safuraning xoʻrligi kelib bir burchakda turardi. Koʻzlari achishib qizara boshladi ammo
yosh chiqmasligi uchun koʻzlarini pirpiratib qoʻydi. Ammo boʻlmadi, achchiq koʻz yoshlari oqib ketdi.
Oʻziga qoʻllari bilan shamol qilib koʻzlarini pirpiratdi, yoshlarini artib boshqa tarafga qaradi. Ammo
koʻzlari Murshid va uning yonidagi begona qizil sochli nozikkina ammo koʻzlari oʻynoqi qizga borib
taqalaverardi.
- kechaning fidokor singliga nima boʻldi? - Malik tirjayib paydo boʻldi. Safura unga bir qarab kulib
yubordi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Safurani kayfiyatini koʼtargan Malik, asta kelin kuyov tarafga keldi.
- David Aminov! Tabriklar! Baxtlar! Tilab tashlayman. - Malik tirjayib dedi. - Parivash honim baxtli
boʻlib ketinglar. David qoʻllarini musht qilib tugdi. Gʻazabdan boʻyin tomirlari boʻrtib chiqdi. Unga
oʻtkir nigohlarini qaratdi.
- uni yana bir marta shunday atasang tilingni uzib olaman. - David oʻrnidan turib yoqasini qoqib
qoʻygandek qildi.
- oh oh oh qoʻrqib ketdim. - mazahlab kuldi.
- koʻrishguncha "malikayu parivash!" - Malik ataylab soʻzlariga urgʻu berib gapirdi. Soʻng u yerdan
ketdi.
*
Mashinada uhlab qolgan Malikaning makiyaji yaxshigina yuzini bulgʻagandi. Farhod unga sassiz
sadosiz tikilib oʻtirardi. Oʻz sevgan yori u uchun emas boshqasi uchun qiynaldi, bundanda ortiqroq


azob bormikan. Farhod uning yuziga tushib qolgan sochlarini yigʻib qoʻydi.
- Eh Malika, qaniydi seni qancha sevishimni tushunsang, qaniydi meni ham Davidni sevganchalik
seva olsang, qaniydi... - Farhodning ovozida gʻam, alam, dard va azob barq urib turardi. Farhod
yuzini qoʻllari bilan ishqalab sochini toʻzgʻitib qoʻydi. - baribir meniki boʻlasan Malika, yoki
yaxshilikcha, yoki majburan!..
#####
Barcha kutgan toʻy ham oʻz nihoyasiga yetdi. Kelin kuyov oʻz mashinalariga oʻtirgach, kelin kuyov
oʻzlari uchun tayyorlangan shahardan uncha uzoq boʻlmagan ikki qavatli hashamatli xonadoniga yoʻl
oldi. Rulga Davidning oʻzi oʻtirib oldi. Orqada Dilruba oʻtirishi bilan mashinani asta haydadi.
Yaxshigina yoʻl yurishsa ham bir ogʻiz gapirishmadi.
- tezroq yurishning iloji yoʻqmi? Juda zerikdim. - haqiqatdan David doimiy oʻrtacha tezlikda yurardi.
- men tez haydashni yomon koʻraman. Qayerga shoshilyapsiz kelin honim. - koʻz qirini tashlab David
miyigʻida jilmaydi. Dilruba uni nima haqida oʻylayotganini darrov sezdi.
- yoʻlingizga qarang, hech qayoqqa shoshilyotganim yoʻq! Shunchaki mana bu koʻylakda siqilib
ketdim! - qalin qora qoshlarini chimirib oldi.
- shunaqa de. - David baribir kulib oʻtirdi.
- nega tez haydamaysiz? - Dilruba mavzuni oʻzgartirmoqchi boʻldi.
- chunki yaxshigina sabablar bor. Oʻtmish bilan bogʻliq. - David mujmal javob berdi. Dilruba
surishtirishni hohlamadi. U "agar aytishni hohlaganda aytardi, aytmadimi demak aytgisi yoʻq! " Deya
jim boʻldi.
- yaqinlashdikmi?
- ha 10 daqiqalarda borib qolamiz...
#####
Toʻy oʻrtasida chiqib ketgan Habiba toʻyxonadan tashqariga chiqdi. Kun anchagina sovuq edi. Ahir
dekabr oyi albatta. Egnini qisgancha toʻyxona orqasida joylashgan ayollar xonasiga keldi. Yuzi
yaxshigina oqargan edi. Muzdek suvga qoʻlini yuvib boʻyin sohalariga ham tekkizib turdi. Qoʻllarini
quruq salfetkaga artib oynaga tikilib turdi.
- u yolgʻon gapirdi! Ha u aldadi! Habiba sen oʻshanga ishonganingni qara! U shunchaki oʻyin qildi, ha
shunchaki oʻyin! U meni sevmaydi, oʻsha yigitdan qutqarish uchun qilgan kichik oʻyin! - Habiba
oʻziga shularni takrorladi. Chuqur nafas olgach oynaga qaradi. Ancha yuziga qon yugurgandi. Asta
jilmayib qoʻydi. Ayollar xonasidan chiqqach biroz shu yerda, shamolli havoda turdi.
Ayni shu paytda ayollar xonasidan bi oz uzoqlikda joylashgan gulzor yonidagi ikki juftlikning ovozlari
eshitila boshladi. Habiba asta moʻraladi, Malika va Farhod gaplashardi. Habiba ularning gaplarini
eshitib ogʻzini qoʻllari bilan yopib oldi. Albatta u Malika Davidni sevishini bilardi ammo Farhod
Malikani sevishini shu on bildi. Yomgʻir ham yogʻdi. Farhod Malikani bagʻriga bosib turardi.
Habibaning ust bishi hoʻl boʻlsada chiqa olmasdi. Birozdan soʻng Malika tinchib qoldi, Farhod esa uni
oʻziga suyab mashinalar turgan joyga olib borib old oʻrindiqqa oʻtirgʻizdi spng mashinani haydab
ketdi.
Habiba tez tez yurib qayta toʻyxonaga kirdi. Ust boshi hoʻl boʻlgani uchun soch turmagi ham
hurpayib qolgandi. Makiyaji ham biroz buzilib, kiygan koʻylagi tanasiga yopishib qolgandi. Habiba
ichkariga kirishi bilan bitta katta devorni egallagan oynadagi askiga qarab qotib qoldi. Shu payt
egniga yoqimli ifor taratib turgan kostyum tashlandi. Habiba nima boʻlganini anglb ulgurmay Amir
unga juda yaqin turganini koʻrib yuragi qinidan chiqib ketgudek boʻldi.
- nima qilyapsiz? - pichirladi
- seningcha? - Amir ham pichirlab gapirdi. Ammo shu zahoti undan uzoqlashdi. - koʻrinishingga biroz


yordam kerak deb bildim. Hozir toʻyxonada senga ish yoʻq, uyingga ketsang ham boʻladi. Bu ahvolda
toʻyxonaga ham kirolmaysan, istasang seni uyingga tashlab qoʻyaman.
- uni oʻzim tashlab qoʻyaman. U hech kimga muhtoj emas.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat (#lady_milo) #Ishq_safari
Yomgʻir payti chiqqan Maftuna oʻz mashinasiga tez tez yurib yaqinlashayotgan paytda yomgʻirdan
hosil boʻlgan koʻlmakka sirpanib yiqilib tushdi. Ust boshi loyli suvga purkandi. Maftunaning oppoq
libosi endi koʻrimsiz holga kelgandi. Yuziga sachragan suvlar ham oʻz ishi namunasini koʻrsatib
turardi.
- ming lanat! - Maftuna endi turmoqchi edi yana yiqilib tushay dedi, ammo bu safar uni kuchli qoʻllar
tutib qoldi.
- ehtiyot boʻling. - boʻylari uzun, yelkalari keng, sochlari bir tarafga chiroyli taralgan, qalin qoshlari
va shunga monand ravishda qalin kipriklari bu yigitni kelishgan qilib qoʻygandi. Kulrang smokingiga
mos kulrang koʻzli bu yigit unga jiddiy tikilib turardi. Maftuna unga tikilishni bas qilib, unga
tayangan holda oʻrnidan turdi.
- raxmat! - Maftuna boshqa gap gapirmay ketdi. Ust boshiga qarab sharmanda boʻlganini bilib tez tez
yurib mashinasiga oʻtirdi...
*
Habiba qarshisida turgan notanish yigitni koʻrib hayolidan zumda "Bu kim boʻldi?!" Degan savol
oʻtdi. Yigit asta kelib Habibaning ustidan Amirni kostyumini olib Amirga tutqazib qoʻydida oʻzi uning
ustiga oʻz kostyumini tashladi. Bir qoshini koʻtarib turgan Amirning qoʻllari musht tugilgandi. Habiba
uning kimligini bilmay qoqqan qoziqday turardi.
- yuraqol Habiba. Seni oʻzim tashlab qoʻyaman. - Habiba uning kulrang koʻzlariga qarab hayolidan
"Meni oʻgʻirlab ketsachi?!" degan oʻy oʻttiyu zumda undan nari turib oldi.
- siz kimsiz? Men sizni tanimayman, meni oʻgʻirlamoqchimisiz? A? Amir meni sevgilim, endi esa
marhamat aylab kostyumingizni oling. - Habiba kulrang kostyumni yechib unga uloqtirdida Amirning
bilaklaridan ushlab oldi.
- sen kimsan? - Nihoyat Amirdan sado chiqdi.
- seningcha?
- menimcha oʻlishni hohlagan kalamushsan! Oyoq tagida oʻralashadigan. Koʻp ham oʻralashma, tagʻin
yanchib qoʻymay! - unga jiddiy tikilib Habiba bilan tashqariga chiqishdi. Notanish esa ular ortidan
jilmayib qarab qoldi...
*
Toʻy allaqachon nihoyasiga yetgan boʻlsada Malik va Safura, bittasi singlisini, bittasi akasini qidirib
yurardi.
- aniq qilib aytaman bular ikkalasi birga! - Safura hamma yoqni qarab chiqib Malikka dedi.
- Malika menga bir ogʻiz aytmadi ammo.
- sizga nega aytsin, ahir u 18 yoshdan katta boʻlsa, oʻz erki oʻz qoʻlida, hohlasa u yoqqa, hohlasa bu
yoqqa ketadi. Unga toʻsqinlik qilolmaysiz hurmatli Malikaning jonkuyar akasi. - Safura gapirib
boʻlgach tirjayib qoʻydi.
- sen jiblajibon buncha koʻp gapirma, yana shu tillaring qayerdaligini sezmay qolmasin. - koʻzini qisib
qoʻydi. - Kettik pariroʻy - yoʻl boshladi, qiz uning ortidan ergashdi. - demak sen ham hohlagan
joyingga borasan shundaymi?
- albatta, ammo akam... - Safura tilini tishladi.


- nima akang, ahir sen erking oʻz qoʻlingda, hohlasang u yoqqa, hohlasang bu yoqqa ketasan. Senga
toʻsqinlik qilib boʻlmaydi, hurmatsiz Farhodning jonkuyar singlisi! - Malik uning gapini takrorladi.
- ablax ekansiz! - Safura uni turtib yubordi.
- nima? Oʻz quroling oʻqingga yoqmadimi? - Malik tirjaydi.
- bla bla bla - Safura indamay qoʻya qoldi.
- yur seni oʻzim tashlab qoʻyaman...
*
David va Dilruba ham oʻz uylariga yetib kelishdi. Mashina panada toʻxtadi. Tashqaridagi yomgʻir
tomchilari juda ajoyib tovush chiqarib yomgʻir ifori ufurib turardi. Dilruba mashinadan tushib simirib
nafas oldi. Kelin koʻylagini biroz koʻtarib uy tomon yura boshladi. David ham u bilan borib eshikni
kaliti bilan ochdi va chiroqlarni yoqdi. Chiroqlarni yoqishi bilan Dilruba ichkaridagi manzarani koʻrib
hayratda qotib qoldi.
- Syurpriz!!!...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Habiba yoʻq boʻyi jim ketdi. Amir esa qoʻllari bilan mashina rulini chertib ketardi. Habiba oynadan
tashqariga qaragancha indamadi. Oyisi va dadasi allaqachon ketgan edi. Akasi esa kim biladi
qayerda, Habiba raqs tusha boshlayotganda ohirgi marta koʻrgandi.
- sen u yigitni tanirmiding? - nihoyat sukut ichidagi Amirbeydan sado chiqdi.
- sizga nima? - asablari buzilib ketdi.
- nima? Sizga nima deganing nimasi Habiba? Men sendan soʻrayapman u yigitni tanirmiding yoki
yoʻq?! - Amir ovoz toʻnini biroz koʻtarib gapirdi.
- sen kimsanki senga hisob berishim kerak? A? Akammisan? Dadammisan? Onammisan? Opamisan?
Kimsan? Menga hech kim emassan! Kasalxonada mendan ish yuzasidan hisob soʻrashing mumkin!
Hozir esa bir biriga begona odammiz! Shunday ekan haddingni! Ha yana, meni bitta sevaman
deganimga uchadi deb oʻylayotgan boʻlsang juda adashasan! Borib boshqasini oʻyiningda oʻynat ok?
Mashinani toʻxtat! - Habiba qichqirib boʻlgach eshikni ochishga harakat qila boshladi. Amir esa bir
yoʻlga, bir qizga qarab nima qilishni bilmasdi. Hayoli oʻtgan 1 daqiqada har koʻchaga kirib chiqdi.
- TOʻXTAT DEDIM SENGA KARMISAN?!! - Habiba baqirdi.
- nima yomgʻirda ketmoqchimisan? - Amir ham baqirdi qizga qarab.
- senga nima yomgʻirda ketamanmi? Qorda ketamanmi? Seni bu narsa qiziqtirmasin! Toʻxtat!
- meni sensirama! Yana bitta sensirasang shu sayrab turgan labingga oʻz labim toʻsiq qoʻyib
qoʻyaman. Soʻngra qayta gapirmaysan! - Amir unga bir qoshini qoqib yoʻlga qarab oldi. Habiba uning
gapidan asablari naqt choʻqqiga chiqdi. Yaxshiyamki Amir tez haydab allaqachon qizni uyiga
kelgandi. Yoʻqsa Habiba bu Amirbeyni nimadirqilib qoʻyishi aniq edi.
- tush! - Chuqur nafas olib tinchlanishga harakat qilayotgan Habiba toʻxtab mashinani eshigini zarb
bilan yopdi. Tez tez yurib darvozadan ichkariga kirib ketdi. Amir ham miyigʻida jilmayib mashinani
haydab ketdi.
Ichkariga kirgan Habiba uyda kim bor yoki yoʻqligini xizmatchi qizdan soʻradi.
- Habiba honim uyda katta xonim bor, katta janob uyda emaslar, zarur ish bilan chiqib ketibdi. Kichik
janob esa hali kelmadilar.
- ha mayli boraver. - Habiba buguncha omon qolganig shukr qilib xonasiga oyoq uchida chiqib
ketdi...


* * *
Dilruba qarshisida turgan Malika va Farhodni koʻrib asablari battar buzildi.
- sizlarni nima ishingiz bor bu yerda? - David eshikka barmoqlarini chertib asabiy soʻradi.
- vay vay vay bu kelin kuyovni bir biriga yarashganinichi! - Malika oʻziga xos boʻlmagan jilmayish
bilan yurib keldi. Farhod tepa qavatga olib chiqadigan eshikka qaragan zinada oʻtirgancha iyagiga
tiragancha oʻtirardi. Koʻrinishidan u ham rossa asabiylashgan.
- Malika bu yerda nima ishing bor?! Soddagina savol berdim javob ber! - David koʻzlarini qattiq
yumib ochdi.
- axaxxaa! Endi menga sodda gap va murakkab gap haqida dars bermoqchisan? - Malika xunuk
tarzda kuldi.
- Malika yetar! Mana koʻrding ularni endi esa ketamiz! Yetar shuncha maynavozchillik! - Farhod
zinadan tushib Malikaning bilagidan ushlab ketishga chogʻlandi.
- no no no! Ahir men ularga baxt tilamoqchiman! Parcha parcha boʻlgan qalbim sohibiga baxt
tilamoqchiman! - Malika tentirab yurgancha Dilrubaning yuzi boʻylab koʻrsatkich barmogʻini
yurgazdi. - sen! Meniki boʻlgan baxtni mendan tortib olding! Qadriga yet! Eʼtiborli boʻl! Chunki men
birgina qilingan xatoingni koʻrsam bir zumda bu baxtni qoʻlingdan tortib olaman! - Malika bir ikki
qadam orqaga ketdi. Farhod uni ushladi.
- bir daqiqa, sizlar qayerdan kirdingiz?
- aybga buyurma Farhod, qoʻriqchilaringni chalgʻitib bogʻ eshigidan kirdik! Uy ichiga esa oynadan!
Ahvolimizdan yaxshi yoʻllarda yurmaganimiz maʼlum! Endi esa bizga ruxsat! Keta qolaylik a Malika?
- Malika koʻp ichgani uchun hozir nima boʻlayotganini anglamayotgandi! Farhod esa uni oʻziga suyab
tashqariga chiqdi. Haqiqatdan ularning kiyimlari yaxshigina hoʻl va biroz loy chaplangan edi. Dilruba
eshikdan asabiy tez tez kirdi. David ham kirib eshikni qulfladi. Chiroqlar yoqilgach pastdagi
atirgullar ham bir ahvol boʻlganini koʻrdi David.
- ajoyib! Hattoki shu yerda ham tinchlik yoʻq! Shu yerga ham uzun burnini tiqib ketdi oʻsha sobiq
sevgilingiz! Ofarin! Qarsaklar! - Dilruba belini ushlagancha uyoq buyoqqa qarab qarsak chaldi.
- Dilruba men ham bilmagandim ahir! - David oʻzini oqladi.
- juda ajoyib! Men kettim, sizga esa hayrli tun! Tushingizga Malikayu muattarlar kirib chiqsin! -
Dilruba tez tez tepa qavatga chiqib ketdi. David uning ortidan jilmayib qarab qoldi...
* * *
Germaniya. Berlin
" Biznes hayotidagi taniqli Xoliq Aminovning oʻgʻli David Aminovning, kecha toʻy marosimi boʻlib
oʻtdi...."
Qiz qoʻlidagi qahvani ichib asta stol ustiga qoʻydi va qoʻlidagi planshetni yopib oʻrnidan turdi.
Xonasining balkoniga chiqib tong havosidan simirib nafas oldi. Havo sovuq boʻlsada, eti junjikib
sovuq qotsada jimlikni saqladi.
- Demak, qadrli jiyanginam uylanibdida! Koʻramiz bu qiz kim ekanki u uylanishga qaror qilibdi? - qiz
uzun qahvarang sochlarini oʻynagancha ichkariga kirdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat ( #lady_milo ) #Ishq_safari
Maftuna uyiga kelishi bilan ust boshini almashtirdi. Issiqqina dush qabul qilgach momiqqina
pijamasini kiyib noutbukini ochdi va oʻziga kelgan habarlarni birma bir qarab chiqdi.
- hmmm deyarli baloyam kelmagan menga! Men nima qilaman endi? Kimga shogird boʻlaman? Ufff!


Jonga tegdi shu Xarun janoblariyam, inson bitta yurakli, vijdonli boʻladi, u esa oʻtirib olib tirnoq
tagidan kir qidiradi! Yuhhh! - Maftuna qoʻllarini kimdirni boʻgʻgandek qilib yuzini burishtirib oldi.
Asabiy holatda uning burni qizarib ketdi. Ayni shu payt unga tel boʻldi. Maftuna asabiy kim
eknaligiga qaradi "Boʻrini yoʻqlasang qulogʻi koʻrinadi!" Deb telga javob berdi.
- eshitaman janob!
- nimalarni aniqlading? Malik Saidovni bir necha kun oldin qamoqqa tiqishga arzirli videokamera bor
edi! Uni olib borayotgan Tohir esa yoʻlda oʻldirilgan va hech qanday kamera ham, yigit ham
topilmadi! Sen esa haliyam bu ishni ochib beroomading! - Maftuna ichida " Mendan katta sen
topolmadingu, men topaymi?" Deb qoʻydi.
- uzr soʻrayman Xarun bey, tez orada ishni ochaman.
- koʻramiz. Bugun toʻydagi yoningga kelgan yigit haqida ham topishing kk! Sen aldatan deganding,
ammo koʻrinishidan hecham undayga oʻxshamayapti. - kinoyali gapirdi.
- Xarun bey men aytmoqchi boʻlganimni aytdim. Ishonish ishonmaslik sizni hohishingiz. Agar
ishimdan koʻnglingiz toʻlmasa bemalol ishdan ozod qilishingiz mumkin. - Maftuna alam va
sovuqqonlik bilan gapirdi.
- koʻp gapirib yubording, tezda ishingni bajar! - telefon oʻchdi.
- ablax, eshak, chayon, kibriddin - Maftuna asabiy uni shirin soʻzlar bilan siylay ketdi.
#####
- kim ekanini aniqladingmi? - Xarun yonidagi yigitga dedi. Tun yarmidan allaqachon oshib ketgandi.
- ha janob mana. - yigit yigʻgan maʼlumotlarini unga uzatdi.
- Amir Abramov 1997- yil 12-yanvarda tugʻilgan.
MED universitetining kardiologiya boʻlimini aʼlo darajada tugatgan. Hozirda oʻzining shaxsiy
klinikasi mavjud. Oilada yolgʻiz farzand. David Aminovning eng yaqin doʻsti.
Otasi Abdurashid Abramov hozirda qariligi va sogʻligi toʻgʻri kelmagani tufayli barcha kompaniyani
Amirning oʻzi boshqaradi.
Onasi Afifa Abramova uy bekasi. Onasi haqida boshqa maʼlumot yoʻq. Faqatgina dindor ayol ekanligi
maʼlum, maʼlumotlarga qaraganda hijobli ayol.
Oilaning noqonuniy ish boʻyicha hech qanday aloqasi yoʻq. - Xarun maʼlumotlarni ovoz chiqarib
oʻqigach qoʻlidagi hujjatlarni stolga qoʻyib oʻzini stulga tashladi.
#####
Dilruba tongda kerishgancha uygʻondi. Tashqari yop yorugʻ boʻlib quyoshning zarrin nurlari
ichkariga tushib turardi. Xonada yolgʻiz oʻzi uhlagani uchun oʻrnidan turib garderobga kirdi. Bu uyda
David bilan yolgʻiz ular, demak hohlagan kiyimini kiyishi mumkin. Garderobdan oʻziga yoqadigan
alvon rangli yengil uy koʻylagini oldi. Kelinlarga hos boʻlgani uchun yaxshigina uzun ekan. Uzun qora
sochlarini yaxshilab tarab bir tarafga oʻrib qoʻydi. Sochlari ustiga qizil gulli abadok taqib oldi. Yengil
pardoz qildi. Katta koʻzguda oʻzini boshdan oyoq koʻrarkan kelinlik unga juda yarashganini bildi.
Koʻzguga qarab oʻz aksiga tikilib qoldi. U kichkina paytida doim kelin boʻlishni orzu qilardi. Yosh
bolalarcha, keyinchalik bu axmoqona orzu ekanligini bilgandi. Hozir esa oʻsha axmoqona orzusi
amalga oshdi.
Dilruba Davidni xonasiga borib eshikni ikki uch marta taqillatdi.
- David! ... Taq taq taq David! - ovozini biroz koʻtardi. Ammo javob boʻlmadi. - Daviiiddd! - yana javob
boʻlmagach eshikni ochib ichkariga kirdi. Yotoqda hech kim yoʻq edi. David erta uygʻonib ketgan
koʻrinadi. Dilruba oʻylanib qoldi.
" Nega oʻzimga oro berdim? Menga nima edi? Axmoqsan Dilruba! Axmoq! Sen nimani kitganding ilk
kunda seni yoningda boʻlishinimi?... Menga nima yonimda boʻlmasa boʻlmasin! Oʻzi nega buncha
unga yopishdim. Ahir bu toʻy soxta boʻlsa?! Qayerga ketsa ham menga baribir!" Oʻziga oʻzi gapirib
oshxonaga yoʻl oldi.


##### David kompaniyaga keldi. Uni bugun kelishini hech kim kutmagan edi. Ahir kim ham
toʻyining ertasi kuni ishga keladi deysiz?! David hammani hayron qoldirib oʻz kabinetiga kirdi.
Kotibasiga kompaniyaning oylik ish tartibini va bitta qahva olib kelishini aytdi. Birozdan soʻng oʻng
qoʻli boʻlgan Jabbor xonasiga ruxsat bilan kirdi.
- janob sizga muhim gapim bor.
- gapir nima gap, umid qilamanki yaxshi habar.
- albatta. Holavachchangiz Iffar Azizova bugun tongda toʻyingizdan habar topibdi. Habar topishi
bilan bugun Oʻzbekiston soati bilan 16:00 da samolyot kelin qoʻnadi.
- bugun degin?
- ha
- mayli, raxmat senga ketishing mumkin. - Jabbor ketgach uning izidan Amir bir nimalarni
kuylagancha ruxsatsiz kirib keldi.
- eshik uni taqillatib kirish uchun yaratilgan Amir! - asabiy gapirdi.
- sen bu yerda nima qilyapsan? Ahir kechagina toʻying boʻldiku! Kelin bolani yolgʻiz tashlab uchib
ishga keldingmi? - Amir vahima bilan xonadagi divanga oʻtirib uni oʻzini yoniga chorladi.
- senga nima Amir? Uyda oʻtirib nima qilaman? - David biroz asabiylashdi.
- vay vayey! Nozik tabiat, darrov arazladingmi?
- Bugun Iffar yetib keladi. U bilan gaplashib olishim kerak. Aynan nima uchun kelayotganini. - David
xonasida divanga suyanib oʻtirgancha doʻstiga gapirdi.
- Nima? Iffarmi? Nega kelayotgan ekan? Agarda u kelsa boshingda naqt yongʻoq chaqadi. Agarda
haliyam oʻzgarmagan boʻlsa bu yerga nima uchun kelayotganini bilaman. Sen ham shu fikrdamisan?
- bilmadim! Menda undanda katta muammo bor. Dilruba bilan bogʻliq. Malik unga koʻz olaytirib
yuribdi, oʻsha koʻzlarini oʻyib olgim kelayaptida - asabiylashdi.
- David! Sen oʻsha qizni Malikdan rashk qilyapsanmi? - kuldi.
- Amir! Bu nima deganing? Yoʻq albatta! Ahir u meni deb, Malikani deb shuncha aziyat chekdi. - gap
topolmay qoldi David.
- hahhaha sen Dilrubani sevib qolibsan!
- Amir! Ahir u mening ayolim boʻlsa, albatta rashk qilaman. - David gapni burmoqchi boʻldi. - sen
undan koʻra Iffarni nima uchun kelayotgani haqida gapirding, nima uchun kelayotgan ekan?
- Albatta Holiq amakimni asabini buzish uchun, uni asabiy koʻrsa Iffar ikki kilo semiradi. Axxaxax...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Malika uyiga tez tez yurib keldi. Tezda xonasiga kirib issiq dush qabul qildi. Unga bu dush juda hush
yoqdi. Dushdan chiqqach yengil kiyim kiydi. Sochini yigʻib yotogʻiga choʻzildi. Hayolidan ming hil
oʻylar oʻtar nima qilishni bilmay koʻzlarini yumdi. Ammo boʻlmadi oʻrnidan turib oʻzini chalgʻitish
uchun ust boshini koʻcha kiyimiga alishtirdi. Yengil makiyaj qilib koʻcha chiqdi. Onasi uning ortidan
qichqirgancha qoldi.
Malika tashqariga chiqqach mashinasini tez haydab uncha odam boʻlmaydigan hiyobonga yetib keldi.
Asta sayr qilarkan hayollari judayam chalkash edi. Endi nima qiladi, hayotida David yoʻq. Yana endi
unga begona va munosib emas. Malika shu yerdagi boʻsh skameykaga oʻtirdi. Hayollarini jamlab
olish koʻzlarini yumib barcha boʻlib oʻtgan ishlarni hayolidan oʻtkazdi.
#####


Habiba endigina tayyorlanib ishiga yoʻl olganda kirib kelgan akasini koʻrib kapalagi uchib ketdi.
- hayrli tong aka. - jilmayib gapirdi.
- Hayrli tong singiljonim. - akasi ham jilmaydi. Habiba undan Amir haqida soʻrashini kutgandi. Ammo
akasi nabarot indamadi. - ishga ketyapsanmi? To
- ha shunaqa. Sizchi, kechasi kelmadingiz shekilli?
- ha, muhim ishlarim bor edi. Mayli koʻrishguncha. - Habiba akasiga biroz hayron qarab tashqariga
chiqdi. - akam meni kecha koʻrgandi shekilli? Nega indamadi? Ey axmoq gapirmagan boʻlsa
yaxshiku! Nega havotir olasan ey?! - Habiba oʻziga oʻzi gapirib haydovchisi bilan klinikiga yetib
keldi. Tashqarida yomgʻir izi juda ajoyib edi.
Mashinadan tushgach klinikaga kirdi.
- Amir bey keldimi? - qabulxonada oʻtirgam qizdan soʻradi.
- yoʻq hali honim.
- raxmat - Habiba chuqur uh tortib yuqorida koʻtarildi. Oʻz xonasiga kirib ustki kiyimini yechib
qoʻygach oʻz ishini boshlab yubordi.
Abet vaqti esa tushlik uchun oʻz xonasidan chiqib pastki qavatdagi oshxonaga yoʻl oldi. Zinalardan
tushib oshxona yoʻlagiga qaraganda Amirga duch keldi. Amir esa jiddiy tarzda yonidan oʻtib ketdi.
Habiba qanaqadir boshqacha boʻldi, ahir doim Amir unga otib oʻtardi. Bu safar esa indamay oʻtdi.
- Axmoq qiz ahir oʼzing shuni hohladingku! - Habiba oʻziga gapirib oshxonaga bordi. Oʻzi uchun
yeyishga biror narsa olib boʻsh stolga oʻtirdi. Hayollari ichida ovqatlanayotgan paytda yonida
taraqlab tushgan patnisdan choʻchib tushdi.
- ayyyy! - patnisni tushirgan qiz qoʻliga toʻkilgan qahva sababli qpliga uflay boshladi.
- nima boʻldi? - Habiba darrov qizdan holini soʻradi.
- Parvina! - Habiba oʻziga juda tanish ovoz sababli boshini yuqoriga koʻtardi. Amir tezda egilib qizni
qoʻlidan ushlagancha u ham uxlab uni oʻrnidan turgʻizdi. Habiba esa asta koʻtarilib oʻziga Parvinani
suyab ketayotgan Amirning ortidan tikilib qoldi.
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Dilruba kuni boʻyi uyni oʻrganib chiqdi. Televizor koʻrdi, oshxonada nimadirlar pishirdi. Har bir
xonani rentgendan oʻtkazdi. Soat kechki 6 larga borganida esa u oshxonada bir dunyo narsa
pishirgandi. Keks, salat, chuchvara vhk. Chalgʻish uchun dasturxonga barchasini tahladi. Juda
chiroyli boʻlib turdi. Keyin Davidni kutishni boshladi, ahir kelishi kerakku, ish kechki 5 gacha davom
etadi. Soat 7 ga qarab ketyaptiki undan darak yoʻq. Dilruba tayyorlagan narsalaridan hatto tatib ham
koʻrmadi. Birinchi Davidga bermoqchi boʻldi, unga qoʻlidan shuncha narsa kelishini oʻzicha
isbotlamoqchi boʻldi. Afsuski, soat 7 boʻlsa hamki Davriddan habar yoʻq. Telefoni ham yoʻq edi. Uy
telefoni esa ishlamadi. Dilruba sovub qolgan chuchvaralarga tikilib qoldi.
- sen qiz nima qilyapsan? Kimga nimani isbotlamoqchisan? U senga hech kimku! U seni hatto
sevmaydi! Sen oʻzingcha nimani isbotlamoqchisan? Hatto ilk kundan yoʻq! - Dilruba gʻazab ila
gapirib oʻrnidan turib xonada uyoqdan buyoqqa yura boshladi. Afsuski boʻlmayapti, xona uni
boʻgʻayotgan kabi. Jahl ustida barcha narsani vayron qilmoqchi boʻldi, ammo u narslaarda ayb nima?
Dilruba koʻp hollarda aql bilan ish tutadiganlar hilidan edi. Stulga oʻtirib boshini ikki qoʻli bilan
ushlab oʻylay boshladi.
- Nega u bu ishlarni qildim? Ahir men uni sevmasdimku?! Nega ilk kundan kelmasligi meni bu qadar
gʻazabga solyapti?... Ming lanat bosh ogʻriq ham jonga tegdi. - Dilruba boshini qattiq ushlab oldi.
Shu payt eshikka kalit solingan kabi tovush chiqdi. Dilruba oʻzini majburlab qoʻlini pastga tushirdi,
boshi tars yorilay desada tishini tishiga bosdi. Eshikdan David asta kirib keldi. Dilrubani bunday
holda koʻrishni hatto oʻylamagan edi. Koʻrinishidan yaxshigina jahli chiqqani maʼlum edi.
- hayrli kech. - David sekin gapirib oshxonaga kirdi.
- qayerda edingiz? - Dilruba bazoʻr savol berdi. Shu onda boshi ming boʻlakka boʻlingan kabi boʻldi.


David unga hayron qarab turdi. Undan tabiiyki bunday savol kutmagandi. Yoʻq! Boʻlmadi! Dilruba
oʻrnidan turib oshxonadan otilib chiqib ketdi. David nima boʻlganini tushunguncha Dilruba
allaqachon tepa qavatga chiqib boʻlgandi.
- Dilruba! - David ortidan qichqirdi. Dilruba xonaga kirib qulflanib oldi. Eshikni ilishi bilan boshini
mahkam ushlab oldi. Ogʻriq juda kuchliligi tufayli koʻzidan yosh oqa boshladi. Yosh bola singari
ingrab boshini sarak sarak qilib qattiq siqardi. Afsuski foydasiz. - Dilruba! Dilruba eshikni och! Nima
boʻldi? Dil! Eshikni och deyapman Dil! - ichkaridan ovoz boʻlmadi. Dilruba ogʻriq tufayli yerda
gʻujunak boʻlib yotgandi. Koʻzidan yosh oqardi. Boshidagi ogʻriq esa qolmasdi.
- Dil deyapman eshikni och! - ichkaridan hech bir sas chiqmasdi. U pastga tushib qoʻshimcha kalitni
tezlikda olib keldi. Eshikni ochib pastda ingragancha gʻujunak boʻlib yotgan Dilrubani koʻrib biroz
qoʻrqib ketdi. - Dilruba! Dilruba senga nima boʻldi? - tezda qizni boshini oyogʻiga qoʻyib toʻzgʻib
ketgan sochlarini yuzidan yigʻib oldi. - Dilruba! - Dilruba bu safar yigʻlagancha qaltiray boshladi.
David bundan qoʻrqib qizni darz koʻtardida mashinasiga oʻtirgʻizib ketdi. Ayni shu paytda uning tez
hayday olmasligi pand berdi. Qiz qaltirab yigʻlar. U esa tez hayday olmasdi.
David bu safargi bitta tez haydashga harakat qildi. Tezlikni oshirgani sayin miyasida oʻtmish
xotiralar charx ura boshladi. David koʻzini qattiq yumib ochib iloji boricha tez haydadi.
- chida Dil! Chida! - David hazmı ohirigacha bosdi.
#####
Kompaniyaga yetib kelgan Malika oʻz xonasi tomon harakatlandi. Afsuski yoʻlda u tomon hujjatlarga
qarab kelayotgan Farhodni koʻrishi bilan yuzi murdadek oqarib taqqa toʻxtadi. Afsuski qochishga joy
yoʻq edi. U biroz chetga surilib yura boshladi. Farhod uni koʻrib nima qilishni bilolmadi.
- Malika. - asta uni toʻxtatdi. U tomon borib sochlarini biroz toʻzgʻitib oldi, gapni nimadan boshlashni
bilolmadi. Malika esa koʻzlarini pirpiratib turardi. - Malika men juda afsusdaman. Agar kechira
olsang meni kechir! Men oʻzimni boshqara olmay... - men hech narsani eslayotganim yoʻq! Shunday
ekan sen ham unut! Iltimos! Bu mavzu boʻyicha boshqa gapirma. Hayr! - Malika tez tez yurib ketib
qoldi. Farhod esa uning ortidan qarab qoldi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Habiba kun boʻyi oʻz ishlari bilan yurdi. Hayolining bir chetida esa doim oʻsha voqea gavdalanaverdi,
Amir va bitta qiz. Amir unga sevgi izhor qilib turib nega bunday qilganiga hayron edi. Toʻgʻri u
aldaganiga ishonchi komil, ammo uning koʻz oʻngida bunday qilishi... Toʻgʻrisi umuman boshqacha
edi. Ish vaqti tugagach xonasidan endi chiqqan edi, narigi xonadan Amir ham chiqdi. Habiba unga
eʼtibor qilmasdan zinadan pastlay boshladi. Amir esa uning ortidan kelardi. Habiba pastga tushgach
haydovchi hali kelmaganini koʻrib asablari buzilib ketdi. Telefonini qoʻliga olib haydovchiga tel qildi
va kelishini aytdi, haydovchi ham allaqachon kelayotgan ekan.
- istasangiz tashab qoʻyaman moychechak qiz? - biroz hazil bilan gapirdi.
- istamayman. - qoʻrs javob berdi.
- yoʻq dema endi kel, sovuqda turma. - Amir Habibaning yoniga keldi.
- istamayman dedim! Karmisiz?!
- men ham sovuqda turma deyapman. Havoning avzoyi buzuq, yomgʻir quyishi mumkin. -
kuyinchaklik ila soʻz qotdi.
- sizga nima? Istamayman! Endi esa marhamat aylab yoʻlingizdan qolmang Amir bey. Ish vaqti


tugadi, buyruqlar oʻtmaydi. - Habiba gapini tugatib boshqa tarafga qarab turib oldi. Shu payt esa uni
quvontirib haydovchi ham yetib keldi. Habiba hayrni ham nasiya qilib mashinaga oʻtirib ketib qoldi...
#####
David shifoxonaga yetib kelguncha Dilruba chala hushdan ketgan edi. David tezda uni ichkariga olib
kirib hamshiralarni chaqirdi. Uni tezda olib kirib ketishdi. David esa qabulxonaga u haqida maʼlumot
bergach stullardan biriga oʻtirib shifokor chiqishini kuta boshladi...
***
Aeroportdan chiqqan qiz oʻz kiyinish uslubiga qarab qoʻydi. Chunki atrofdagi koʻplar unga
tikilayotgan edi. Qora shim, kalta qora kofta, uzun fransuz palto, qora etik va koʻzoynok, boshdan
oyoq qora boʻlsada uning uzun qahvarang sochlari bundan mustasno edi. Koʻzoynagini yechib yashil
koʻzlarini kelishidan oldin buyurgan mashinaga tikdi. Qop qora Gelik, uning eng yoqtirgan
mashinasi. Uncha koʻp boʻlmagan yuklarini mashina orqasiga tashib mashinani haydab ketdi.
Navigatorga manzilni kiritgach shu boʻyicha keta boshladi. Hozir abet payti, demak borsa boʻladi.
Aminov kompaniyasiga yetib kelgan qiz avto turargoh tomon haydadi. Ammo qiz qarama qarshi
tarafdan ham bitta mashina kelganini koʻrib asabiy signal chaldi. Ikkalasi teng kirolmaydi, birinchi u
kelgan boʻlsa ham narigi mashina unga yoʻl berishni istamas edi.
— hoy men birinchi keldimku oling mashinangizni! - qiz bor zahrini sochdi.
— honim afandi men ham birinchi keldim. Mendan keyin kirsangiz ham joy topiladi mashinangizga,
qochib turing! — yigit avto turargohga ishora qildi.
— ayollarning hurmati bor!
— men unaqa gap eshitmaganman.
— nima? Qani tezda mashinangizni olingchi! Jahlimni chiqarmang yoʻqsa mashinangizni pachagʻini
chiqaraman. — qiz mashinasidan tushib dedi. Yigit ham mashinadan tushdi.
- oling dedim hurmat qilib, hurmatni bilmas ekansan. Ol mashinangni sendan oldin men keldim. -
yigit qizga boshdan oyoq nazar tashladi. Koʻrinishidan hecham oʻzbek qiziga oʻxshamasdi.
- hoy qiz shallaqiligingni boshqaga qilasan, hozir juda muhim ishim bor, shuning uchun mendan
keyin kirsang ham boʻlaveradi. - Yigit tezda mashinasiga chiqib oldi. Qizning asablari battar buzilib
borib mashina baloniga bitta tepdi. Yigit unga gʻazab bilan qaradi. Qiz tezda mashinasiga oʻtirib
uning mashinasiga bitta urdi. Yigit boshini rulga urib oldi. Qiz orqaga haydaganda yigit tezda avto
turargohga kirib ketdi. Qiz esa buzilgan asabini tinchlantirishga harakat qilib uning ortidan kirib
mashinasini joylashtirdi, ammo unga koʻzi tushmadi. "Quyonni rasmini chizdi shekilli" hayolidan
oʻtkazib sumkasini koʻtargancha kompaniya ichkarisiga kirdi. Qabulxonaga borib David Aminov bilan
uchrashishi kerakligi aytdi. Kim ekanligini tanishtirgach esa tezdagina unga yoʻl koʻrsatishdi....
** Davidni yonidan chiqqan qiz koʻzoynagini qaytadan taqib oldi.
Qiz avto turargohga kirib kelishi bilan tanish mashinani koʼrib ayyorona jilmaydi. Mashina yoniga
borib sumkasidan yangi uyining kalitini olib, mashinaga tekkazib yura boshladi. Soʻng sumkasidan
lab boʻyogʻini olib mashinaning oldiga " Axmoq" deya yozdi. Buni ham kam koʻrib, nariroqda turgan
ahlat qutisini olib kelib mashina ustidan toʻkib yubordi. Qilgan ishidan mamnun jilmaygancha oʻz
mashinasi tomon keta boshladi. Ammo shu payt orqadan "Hoy qiz!" Degan ovoz eshitib jilmayib
orqasiga qaradi. Kutganidek yigutning asablari buzilganini chimirgan qoshlaridan sezish mumkin
edi. Qiz koʻzoynagini yechib unga mamnun jilmaydi.
- bu nima qilganing toming ketganmi seni? Oʻzingni ismingni mashinamga yozganing nimasi?
- ming bora uzr janob bilmay qolibman. Meni kechiring! Juda afsusdaman. Boshqa qaytarilmaydi....
Shunaqa deyishimni kutganmiding soʻtak? Ajab ish qilibman, qilganingga yarashasini olding. - yigit


koʻzlarini qattiq yumib tinchlanishga harakat qilib uning qarshisiga keldi. Soʻngra uni aylanib
mashinasi oldiga turib oldi. Qiz ham ortiga oʻgirilib unga "Nima?" Degandek qarab turardi.
- isming nima? - bir qoshini uchirib soʻradi yigit
- senga nima?
- bilgim keldi.
- meni aytgim kelmadi! Endi esa marhamatlar aylab yoʻlimni boʻshat!
- yoʻq desamchi?
- men bilan oʻynashma!
- meni ismim Xarun, seniki nima?
- gulchapchap. Tanishganimdan umuman xursand emasman. - Xarun uning gapidan kulib yubordi. -
ho ho ho juda kulgili. - qiz unga taqlid qilib ovozini oʻzgartirdi. Xarun qizning bu qilimiga battar kula
boshladi. Qiz uning kulishiga qarab turib oʻzi ham kulib yubordi.
- juda hazilkash ekansan. Tanishganimdan xursandman Gulchapchap honim. - jilmayib qoʻlini uzatdi.
- Iffar! - ismini aytib qiz ham uning qoʻlini siqib qoʻydi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Bir soat vaqtdan soʻng shifokor chiqdi. David tezda uning yoniga bordi.
- ahvoli qanday? Yaxshimi? - havotir bilan hovliqib soʻradi.
- siz bilan alohida gaplashib olishim kerak bu yoqqa. - shifokor uni oʻz xonasi tomon boshladi. David
hayolida mingta oʻy va havotir bilan shifokorning xonasiga kirib stulga joylashdi.
- ayolingiz toʻgʻrimi? - Shifokor asta gapira boshladi.
- ha. Kecha turmush qurdik.
- tabriklayman, baxtli boʻlinglar degan boʻlar edimu ammo ayolingizda jiddiy kasallikning alomatlari
kuzatilmoqda. Biz ayolingizni jiddiy tekshiruvlardan oʻtkazamiz albatta, ammo umid katta emas. -
Davidning boshiga kimdir gurzi bilan tushirgandek boʻlib shifokorga gʻalati tikilib qoldi.
- ayolingizda yillar davomida miyasida kasallik rivojlangan. Bu kasallik urugʻdan urugʻga oʻtmaydi.
Qandaydir qattiq bosh shikastlanishi orqali orttirib olinadi. Bu holat avtohalokat yoki qattiq
yiqilishdan kelib chiqadi. Ayolingizda bu narsa koʻp yillar ilgari boʻlib oʻtgani aniq. Chunki kasallik
allaqachon oʻzini namoyon eta boshlagan. Bosh ogʻrigʻi, xotira yoʻqolishi, bosh aylanishi, bora bora
koʻp narsalarni unutib qoʻyishi ham mumkin. Hushdan ketish ham kuzatiladi. Bu kasallik juda kam
insonlarda boʻladi. Kasallik ohiri esa.. oʻlim. Ammo hali aniq emas, tahlil natijalari chiqishini kutamiz.
Albatta men oʻylaganim boʻlmasligiga umid qilaman. - shifokor afsus bilan gapirdi. David bir nuqtaga
tikilib sassiz sadosiz oʻtirardi. Ahir endigina uni sevishini anglab yetganida shifokor uni oʻladi
deyapti. Ahir u bugun Dilrubaning oldiga qanday oʻy hayollar bilan kelgandi. Unga qancha narsa
tayyorlab kelgandi. Qancha kelajak uchun hayollar va rejalar tuzgandi. Bugun unga sevishini
aytmoqchi edi, unga haqiqiy turmush qurishni taklif qilmoqchi edi. Barchasi edi... Endi barchasi
sarob boʻlishi mumkin. David tovush chiqarmay xonadan chiqdi, hech narsaga eʼtibor bermay,
tashqariga chiqdi. Havo yetishmayotgandek edi goʻyo. Tentirab yurgancha shifoxona bogʻidagi
skameykaga oʻtirib qoldi.
" Ayolingizda jiddiy kasallikning alomatlari kuzatilmoqda"
" Umid katta emas"
" Yillar davomida miyasida kasallik rivojlangan."
" Bosh ogʻrigʻi, xotira yoʻqolishi, bosh aylanishi"
" Koʻp narsalarni unutib qoʻyishi ham mumkin."
" Kasallik ohiri esa oʻlim!"
Shifokorning gaplari Davidning boshida aylanardi. Bu gaplar miyasini kemiruvchi singari yetayotgan


kabi oʻylagan kabi boshida ogʻriq paydo boʻla boshladi. Boshini qattiq siqqancha egilib oldi.
Koʻzlarini chirt yumgancha oʻtirardi. Koʻzidan achchiq suyuqlik oqa boshladi. Ha u yigʻlayotgan edi.
Erkak kishi ham yigʻlaydi, eng yaqin insonini yoʻqotganda yoki yoqotayotganda. Erkak kishi
magʻrurlik timsoli boʻlsada ular ichlarida sinishi mumkin. Erkak kishi sirtida emas, ichida yigʻlaydi,
sirtida emas, ichida parchalanadi. Baʼzilar yigʻlash ojizlik, erkak kishi yigʻlamaydi deydi, ammo
shunday lahzalar boʻladiki, yigʻlamayman desangizda koʻzlaringizdan achchiq koʻz yoshlarimiz
quyulib kelaveradi....
Tonggi payt. David va Amir suhbatlashib boʻlgach Amir klinikasiga ketdi. David esa stulda
oʻtirgancha Amirning gaplarini oʻylay boshladi.
"Sen Dilrubani sevib qolibsan!"
Haqiqatdan qizga oshiqmi? Uni rashk qilyapti, qizgʻonyapti, tez tez koʻrgisi kelyapti, uning yonida
vaqt oʻtkazishni hohlayapti, uni yonida oʻzini erkin va baxtli his qilmoqda, uni oʻylasa beixtiyor yuziga
tabassum yuguradigan boʻlib qolgan, qiz uning butun hayolini egallab olgandek goʻyo.
Bir joyda oʻqigandi:
Kitap okurum: içinde sen varsin,
şarkı dinlerim: içinde sen
Oturdum ekmeğimi yerim:karşımda sen oturursun,
çalışırım: karşımda sen
Sen ki her yerde hâzırı nazirimsin!
Dilruba ham huddi shunday. Doim Davidning hayollarida joy egallagan.
David bir qarorga keldi. Shu bugunoq unga pz hislari haqida aytmoqchi boʻldi. Kotibasiga barchasini
tushuntirdi. Abetgacha shu bilan boʻlib kompaniya hujjatlarini ham keyinga surib qoʻydi. Hozirda eng
muhimi Dilruba. Ammo abetdan keyinroq kelishini tamomila unutgan insoni xonasiga besoʻroq kirib
keldi. Bu paytda David kotibasiga qayerni hozirlashlarini va qanday dekaratsiyalashtirishni
tushuntirayotgan edi.
- hayrli kun David Aminov! - Iffar jilmayib kirib keldi. Kotiba unga biroz tikilib qoldi. David asta
kotibaga qoʻlidagi narsalarni berib chiqishini aytdi. Kotiba ham astagina chiqib ketdi.
- Hush kelibsan Iffar! Marhamat. - David unga qarshisidagi stulga ishora qildi.
- nahotki meni shunchalik sovuq qarshi olsang! Biroz hafa boʻldim ammo. - Iffar kelib uni besoʻroq
bagʻriga bosdi. - necha yil deganda uchrashdik ahir! - qiz yigitni orqasiga bir ikki nomiga qoqib
qoʻydi.
- oʻzgarib ketibsan! Germaniya seni butunlay oʻzgartirib yuboribdi. - qiz uni qoʻyib yuborgach stuli
tomon ketgach oʻtirayotib dedi.
- sen ham yaxshigina oʻzgaribsan. Ammo jiddiyliging haliyam yoʻqolmapti.
- seni ham sochlaring oʻzgarmagan. - David samimiy jilmaydi.
- tashakkur tashakkur. - qiz nozli jilmaydi. - ha aytgancha toʻying boʻlibdi, tabriklayman, baxtli boʻl!
Meni chaqirmaganing uchun hafa boʻldim aytib qoʻyay! Buning uchun javob berasan. - qiz
koʻrsatkich barmogʻini bigiz qilib gapirib qoʻydi.
- sendan qochib boʻlarmidi. Dadamni bilasanku. Aybga buyurma.
- ammo buyurib boʻldim. Dadangni esa menga aytma! Yomon koʻraman dadangni bilasanku. - qiz
oddiy gapirdi.
- balki oʻtmishni esdan chiqararsan, ahir u payt juda kichik eding, yana dadam ma...- asta gap
boshladi. Ammo qiz uning tagini boʻlib keskin rad etdi.
- aslo yoʻq! Men kichkina emasdim. Men 11 yoshli kap katta qiz edim. Dadangni qilmishini hayotda
unutmayman. Eslab qol! Qaytib bu haqida gap ochma. - qiz zumda uni fikrini oʻzgartirdi. - undan
koʻra kelin poshsha haqida gapir. Qanday qiz? Birdaniga uylanganingga koʻra menimcha sevgi
muhabbat boʻlmagan. Yana kuzda Malikaga unashtirilganding, u nima boʻldi? Senga atab bir dunyo
savollar roʻyxatini tuzi qoʻyganman, bilasan mendan qocha olmaysan. - bir koʻzini qisib qoʻydi.


- ha ammo bugun emas. Sevgi muhabbat toʻydan oldin boʻlmagan boʻlsa endi boʻladi. Bugun unga
ichimdagi hislarimni aytmoqchiman. - David va Iffar bolaligidan ochiq va oʻz hislarini ochiq oydin
aytishga oʻrganishgan edi.
- ooo yurakdan urdi degin.
- shunaqaroq...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Yangi uyiga yetib kelgan Iffar butun mazza qilib dam olishni niyat qildi. Uy ichini aytib tozalatgani
uchun top toza edi. Bitta oʻziga katta uyni nima qiladi. Kichikkina hovli edi. Ammo yaxshiman
shinam, barcha jihozlar bilan taʼminlangan edi. Mashinasini ichkariga kirgʻizib ichidan chamadonini
oldi. Ichkariga kirib kiyimlarini taxlab qoʻydi. Soʻng issiq dush qabul qilgach yuzini parvarishlab
maskalar qoʻydi. Qahvarang sochlarini tarab yoyib oldi. Tekis boʻlib yoyilgan sochlarini bitta hidlab
soʻngra jilmayib qoʻydi. Yengilgina kiyim kiyib ovqat tayyorlashga erinib fast food zakaz qildi. Mazza
qilib ovqatlangach endi joyiga yotgan edi eshik taqilladi.
- obbo kim boʻldi? Ahir hech kim bilmasdiku?! - oʻziga oʻzi gapirgancha eshikni ochdi. Qarshisidagi
odamni koʻrib rangi dokadek oqarib ketdi. Hayolida yana oʻtmish xotiralari koʻz oʻngida kino
tasmasidek oʻta boshladi.
" Kerak emas! Hohlamayman!"
" Oʻchir ovozingni!"
" Seni sevaman!"
" Nima qilib qoʻyding ablax?!"
" Meni kechir! Yolvoraman kechir! Istamagandim! Seni juda sevaman!"
" Axxaxaxa! Sen baribir meniki boʻlasan!"
" Jim boʻlmasang oʻzingga yomon sevgilim!"
Iffar qanday ochgan boʻlsa shunday eshikni yopmoqchi edi ammo kechikdi. Odam eshikni kuchli
qoʻllari bilan ushlab qolib zumda qizni bellaridan qoʻlini oʻtkazib oldi va ichkariga kirib eshikni yopdi.
Devorga tiralgan qiz nafasi qisa boshladi.
- qoʻyib yubor ablax! - Iffar uning kishan qoʻlidan chiqishga harakat qilsada imkonsiz edi. Odam esa
norkamanlar oʻz vositasini toʻyib hidlagandek Iffarning boʻyin aralash sochlaridan hidlardi. Qiz
boʻyniga urulayotga ham issiq nafasdan hayajonlanish oʻrniga jirkanardi.
- unutmapsan! Seni qancha qidirib, izlaganimni bilsayding! Seni sevaman! - Yigit uning boʻyniga
lablarini bosdi. Shu zahoti qiz bor kuchi bilan yigitni itarib undan qutuldi.
- yoʻqol uyimdan! Nafratlanaman sendan! Hayotimdan chiqib ket! Unutishni hohlayman seni! Daf
boʻl!!! - qiz orqaga qadam bosib gʻazab bilan gapirdi.
- ammo besh yildan beri meni unutmapsan! Bittada taniding! Jonim, ahir seni qancha sogʻindim. -
yigit unga yaqinlasha boshladi.
- seni qanday unutay?! A?! Hayotimni barbod qilgan, orzularimni yakson qilgan odamni qanday
unutishim mumkin? SENING SHU IBLISNIKIDEK KULRANG KOʻZLARINGNI QANDAY
UNUTAY?!!!.... Sen telbasan! Sen aqli yoʻq telbasan! Sen oʻzingni boshqara olmaysan! Ket! Iltimos
meni tinch qoʻy! Daf boʻl! - Iffar bu safar qichqirib boʻlgach holsiz pichirladi. Ammo yigit telbalarcha
unga moʻltirab qarab unga yaqinlashardi.
- meni ranjityapsan! Ahir seni sevaman sevgilim! Men telba emasman! Ahir oʻzing meni davolagan
eding! Esingdami? Sen meni tuzatganding! Iffar yolvoraman mendan qochma! - yigit qizning oldida
tiz choʻkib oldi. Qiz unga gʻazab va nafrat ila jirkanib qarardi.


- seni davolamay men oʻlib ketsam edi! Bunday hayotda yashamasdim! Ket!
- Iffar iltimos! Men juda yolgʻizlanib qoldim. Sen ham meni tashlab ketma. - yigit oʻrnidan turib unga
yaqinlasha boshladi.
- yaqinlashma! Yaqinlashma dedim! Joyingda toʻxta! - Qiz qoʻlini unga qadab orqaga yurardi. Ohiri
devorga tiraldi. Yigit esa toʻxtay demay uning yoniga keldi. Oralarida juda kam masofa qolgandi.
Yigit qizning yuziga tushgan bir tutam sochlarini yuzidan silagancha qulogʻi ortiga oldi. Qiz koʻzlarini
yumib oldi.
- sen faqat menikisan! Boshqacha boʻlishi mumkin emas! Sen butun hujralaringga qadar menga
oidsan! Sen mening qalbimning toʻridagi taxt noibisan! Aslo va aslo bu oʻzgarmaydi. Tushundingmi?
Seni sevaman Iffarim! - yigit qizning qaltirab turgan dudoqlariga dudoqlarini bosdi. Ammo qizdan
hech qanday reaksiya kuzatilmagach yigit undan uzoqlashdi. Soʻngra sassiz chiqib ketdi. Qiz
koʻzlarini ochib tezda eshikni qulflab eshikka suyangancha yigʻlab yubordi.
- ming lanat boʻlsin! Ming lanat boʻlsin senga! Seni davolamay men oʻlib ketsam boʻlmasmidi?!
Telba! Axmoqsan sen axmoq! - qiz oʻzining boshiga qattiq urardi. Soʻngra charchadi shekilli polga
yotgancha hiqildoq tutib qoldi...
##### Habiba uyiga kelsa uyda faqat akasi bor ekan.
- aka, oyim bilan dadam qayerda? - Habiba ustki kiyimini xizmatkorga tutqazib mexmonxonada
oʻtirgan akasiga savol berdi. Soʻngra oʻzi ham uning yoniga borib oʻtirdi.
- ular mehmonga ketishdi.
- hmmm. Kechlik qildizmi?
- yoʻq seni kutyapman yuraqol, aka singil suhbatlashib ovqatlanamiz. - akasi jilmayib uning
yelkasidan quchib stulga oʻtirgʻizdi. Habiba akasining oʻzgarganini sezib tursa hamki nomiga
jilmayib qoʻydi.
- ishing qalay ketyapdi? - gap boshladi Xarun.
- yaxshi. Oʻzingiznikichi demayman chunki bir ogʻiz ham aytmaysiz. - hazil qildi qiz. Sinfda
xizmatchilar tayyorlagan ovqatdan yeya boshladi.
- shunaqa. Ishimiz shu. - Xarun keyin gapirmadi. Habiba esa bir qoshiq ovqat yeb akasiga koʻz qirini
qadab qoʻyardi. Akasi nimadir demoqchi ammo vaqtini poylayapti.
- aka nimadir demoqchimisiz? - Habiba ohiri yorildi. Oʻzi boshlamasa ichini yeb bitirayozdi.
- ha shunday! Habiba, bilaman katta qiz boʻlding, sen ham erkin yura olasan, kim bilandir munosabat
ham qura olasan, erkin mulohazaga ega odamsan. Ammo kim bilan munosabat qurishingni bil. U
kim? Nima ish qiladi? Yomonmi? Yaxshimi? Har bir narsani oʻrgan! Hozirgi vaqtda hech kimga
ishona olmaysan... - Habiba gap borib Amirchikga taqalishini bilib turardi, boshini quyi egib indamay
oʻtirardi. - Boshligʻing bilan orangda nima bor? - nihoyat Habiba kutgan savol.
- hech narsa! - tezda javob qaytardi.
- ammo men sizlarni koʻrdim. Toʻy kuni. Juda bir biringga oʻzgacha qaradinglar. - sinchkov
nigohlarini unga qaratdi.
- aka haqiqatdan hech narsa yoʻq. Yana... Uning sevgani bor ekan. - Habiba oʻzgacha ohangda
gapirdi.
- bor ekan? Bu nima deganing nega ekan?
- bugun bildim. Boshqa narsa yoʻq. - Habiba quruq salfetkaga labini artib turishga shaylandi.
- Habiba. Oʻzingni ehtiyot qil. - Habiba akasiga jilmayib qarab oʻrnidan turib ketdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari


Davidga Dilrubaning oʻziga kelganini aytgan hamshira uning yonidan uzoqlashdi. David yuzini
qoʻllari bilan ishqalangan kabi harakat qilib oʻrnidan turdi. Shifoxonaga ichkarisiga kirib Dilrubaning
xonasi oldida toʻxtadi. Yarim tun boʻlishiga qaramay hamma yer yorugʻ edi. Eshik oynachasidan
qaragan David, Dilrubani koʻrdi. Dilruba uzun va qora kipriklarini pirpiratib atrofga gʻalati tikilib
yotardi.
David chuqur nafas olib eshikni ochdi. Dilrubaning eʼtibori unga qaratildi. David soxta boʻlsa-da
jilmayib uning yonidagi stulga oʻtirdi. Dilruba esa uning oʻzgarib qolganiga hayron qarab turardi.
Stulga oʻtirgan David asta qizning qoʻlini oʻz qoʻllari orasiga olib ohista lablarini bosdi. Dilruba
hayrat bilan unga savol nazari ila qaradi.
- Sening telbang kim ekanini bilasanmi? - siniq jilmayib soʻradi. Qiz asta biroz koʻtarilib karavot
ustuniga suyanib oʻtirdi.
- qanaqa telbam? Menga nima boʻldi? Nega bu yerdamiz? - Dilruba oʻzini uygʻonganidan beri
qiynayotgan savollarni berdi.
- sening ahvoling yomonlashdi. Faqatgina shu. Boshqa hech narsa yoʻq. - izoh berdi. - savolim
javobsiz qoldi.
- qanaqa savol? - yosh boladek soʻradi.
- sening telbang?
- haaa. Bilmasam. Kim ekan? Yaʼni telba deganda nimani nazarda tutyapsiz tushunmadim?
- Dilruba. - David uning ismini oʻzgacha mehr ila gapirib unga yaqinroq oʻtirdi. - senga sovgʻam bor.
Hozir bitta joyga boramiz. Maylimi?
- qanaqa sovgʻa? Men hohlamayman, negadir oʻzimni holsiz his qilyapman. Uyda ketaylik. - Dilruba
asta boʻsh qoʻlini Davidning qoʻllari ustiga qoʻydi. David yana uning ikkala qoʻlini ham oʻpib qoʻydi.
- oʻzgarib qolibmisiz? - hazilomuz tarzda gapirdi.
- shunchaki. Men hozir shifokor bilan gaplashib kelaman. Agarda ruxsat bersa ketamiz. - Dilruba
jilmayib bosh silkib qoʻygach asta chiqib ketdi.
Dilruba esa uning ortidan kuzatgancha qoldi.
" Nima boʻldi? Nega oʻzgarib qoldi? Nega shu xotiram doimo pand beradi. Uf uf uf! Nima
boʻlgandiya? Nega men shifoxonadaman? David ham aniq maʼlumot bermadi. " Dilrubani hayolidan
shu kabi oʻylar oʻtgancha oʻylanib yotdi.
Birozdan soʻng esa David xomush tarzda kirib keldi. Qoʻlida bir uyum hujjatlar edi.
- Xotinjon, uyga ketamiz. Ammo uyda davolanasan, biroz shamollabsan. - David unga jilmayib
hujjatlarni nariroqdagi stolga qoʻydi.
- ketamizmi? - koʻzlari porlab soʻradi.
- ha, ketamiz...
#####
Toʻydan kech qaytgani uchun, uning ustiga Xarunning topshirigʻi tufayli kech uhlagan qiz tongda
qiynalib uygʻondi. Nonushtasini qilib Malik Saidovning kompaniyasiga yoʻl oldi. Mashinasida
ketayotgan qizga dugonasi Nilyadan tel keldi.
- Alo
- qalaysan?
- yaxshi oʻzingchi?
- ajoyib. Qayerga ketyapsan?
- qayerga boʻlardi ishga-da, jongayam yetib kettida!... Iii toʻxta sen qayerdan bilding? - endi miyasiga
urildi.
- atrofga eʼtiborli boʻl. Seni maxfiy agent deb hech kim aytmaydi. - Nilya mazah qilgandek kuldi.
- eee kulmasangchi. - Maftuna endi atrofga alanglay boshladi, va chap tarafida u bilan teng
kelayotgan dugonasini koʻrdi. - siz qayerga goʻzal qiz? Sariq sochlaringizni yoyib? - bir qoshini


uchirib dedi.
- aylanishga. Borasanmi?
- no! Xarun Muhammedov ikki tonnalik ish buyurgan! Oʻshani bajarishim kerak! - qiz shu bilan
boshligʻining ustidan shikoyat qilishga tushdi...
#####
Abetga yaqin yetib kelgan qiz, yigitni xonasidan topa olmay bogʻga chiqdi. Yigit sovuq shamolda
koʻzlarini yumib oʻylanib yotardi. Felura asta uning yoniga sassiz bordi. Yigitga ikki qadam qolganda
esa yigitdan sado chiqdi.
- hush kelding Felura. - Felura uni sezganini anglab alam bilan yer tepinib qoʻydi.
- qayerdan bila qoldingiz? - Felura ham uning yonidan joy egalladi.
- chunki iforingni 20 metr naridan his qilaman. - Dias koʻzlarini ochib unga tikildi. - oouu, qanday
yaxshi. Demak kechagi taassurotlaringizni men bilan boʻlishsangiz janob Dias? Akangizni toʻyida
qanday taassurotlarga ega boʻldingiz? Marhamat. - Felura jon qulogʻi bilan eshitishga tayyor boʻlib
divanga oʻrnashib suyanib oldi.
- bu yer sovuq, yaxshisi ichkariga kiramiz. Yana yomgʻir yogʻish ehtimoli mavjud. - Dias gapirgancha
oʻrnidan turdi.
- mayli. Yuring. Barchasini aytib berasiz. - Felura shart bilan oʻrnidan turib ichkariga kirdi....
#####
Kechasi bilan bir nuqtaga tikilib chiqqan Iffar, tong otishi bilan kiyimlarini yigʻishtirishga tushdi.
- ketishim kerak. U meni topdi. U topolmasligi kerak. Meni topilmasligi kerak. Unga aytolmayman.
Aslo aytishim mumkin emas. U bilmasligi kerak. U bunga loyiq emas! Umuman! - Iffar gapirgancha
kechagina taxtlagan kiyimlarimi apil tapil chamadoniga joyladi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Uyga yetib kelgan David, Dilrubani oʻz yotogʻiga yotqizdi.
- sen dam olgin hoʻpmi? - David uning ustidan choyshabni yoparkan dedi.
- David. - xasta ovozda dedi. David esa uning yoniga oʻtirdi. - shifokor nima dedi? Siz oʻzgarib
qolibsiz.
- hech narsa Dilruba, shunchaki umr yoʻldoshimga gʻamxoʻrlik qilyapman. Nima mumkin emasmi? -
David unga aytishni, oʻlimini kutib qiynalishini istamadi. Shifokor hali tahlil natijalarini
aniqlashtirmagan boʻlsa-da, David sezardi, chunki oldin ham Dilrubaning boshida ogʻriq boʻlar, bir
nechta narsalarni unutib qoʻyardi.
- David! Menga rostini ayting iltimos. Oddiy shamollash boʻlganida bir uyum hujjat boʻlmasdi, koʻp
tahlil natijalari bor u yerda. Oʻzim haqimda bilay. - Dilruba yalingansimo gapirdi. Bu orada Davidning
qoʻli ustiga oʻzining issiq qoʻlini ham qoʻydi.
- bu.. nima deganing Dilruba. Hech narsa yoʻq dedimku. Hammasi joyida. Hammasi yaxshi boʻladi.
Menga ishon. - David asta uning peshonasiga lablarini bosdi. Qiz peshonasiga tekkan issiq taftdan
koʻzlarini yumib oldi. Bu paytda allaqachon tong yorishay deb qolgandi. David uhlamagani va


yigʻlagani tufayli koʻzlari biroz qizarib, osti qorayib qolgandi.
- yaxshi dam ol. - David undan uzoqlashdi.
- meni yolgʻiz qoldirasizmi? Unday qilmang, men yana qoʻrqaman. Miyamda chidab boʻlmas ogʻriq
turadi. - David bu gaplarni eshitib, kechagi Dilrubaning ahvolida oʻzini aybladi, uni bir oʻzini katta
uyda yolgʻiz qoldirdi, yana telefon ham yoʻq, qoʻrqishi tabiiy edi.
- meni kechir. Endi yoningdan quvsang ham ketmayman. - hazil aralash dedi. Dilruba ham jilmayib
qoʻydi.
- Dovdir. - kulib yubordi qiz, yigit ham unga qoʻshildi.
- sen qiz yaxshi boʻlib qolding shekilli.
- shunaqa. Bu yerdan qachon ketamiz? Bizning bu soxta nikohimiz qachon tugaydi. Men tugagach
Antalyaga borib dam olib kelaman. - qizning gaplari yigitga ogʻir botgan boʻlsa-da buni ungs
bildirmadi.
- endi seni qoʻyib yubormayman Dilruba Aminova. Sen mening umr yoʻldoshimsan. Endi mendan
qutulolmaysan. Sen butun hujralaringga qadar menga oidsan. - bir koʻzini qisib qoʻydi.
- David bu nima deganingiz? Ahir biz bu nikohni faqat otangiz uchun qilmadikmi?
- Dil, nikohni oʻyinchoq qilolmaymiz. Qolaversa ajrashib nima qilamiz. Ikkalamiz baxtli hayot
kechirsak ham boʻladiku. Yana mendan ketib kimga turmushga chiqmochisan? Yoki... sevganing
bormi? - David ogʻir boʻlsa-da shu savolni berdi. Ahir qiz oldinlari "Qora koʻzli" deb bir nimalar
degandi.
- bilmayman. Men juda hayolparastman. Baʼzi narsalar esimdan chiqqan boʻlsa-da, men 15 yoshimda
yuzini aniq tiniq koʻrmagan bittasiga oshiq boʻlganman. Ishonasizmi kompaniyangizga ishga
kirishdan oldin ham oʻsha yigitni uchratishimga ishonardim. Oʻsha yigitning koʻzlari tundek qora edi,
huddi sizniki kabi. Ha sizning koʻzlaringiz unikiga judayam oʻxshaydi, men koʻp bora uning yuz
tuzilishini eslashga harakat qildim, ammo eslolmadim, faqatgina koʻzlar. Sizning koʻzlaringiz menga
uni eslatadi. - Dilruba ichidagi gaplarni aytib biroz yengillashdi. David esa unga tikilib turardi.
Shunchaki, sassiz va sadosiz.
- uni qayerda koʻrgansan? - David hech narsa boʻlmagandek savol berdi. Ichida nima kechayotgani
esa oʻziga va Allohga ayon.
- oʻsha paytlari kuz fasli edi. Men maktabdan chiqib uzoqroqdagi til oʻrganish kursiga borardim.
Oʻsha kuni kechikib ketdim, kurs rahbari kechikkanlarga uy vazifasini koʻp berardi, shuning uchun
ulgurishga harakat qildim. Katta yoʻldan esa svetafor yonganida birinchi yugurdim. Ammo bitta
mashina toʻxtamay keldi. Avtohalokat yuz berdi. Mashinaga urilib yerga quladim, boshimda issiq
suyuqlik his qildim, tanam ham yaxshigina ogʻrirdi, oʻshanda soʻnggi koʻrganim qora koʻzlar boʻlgan.
Keyin esa shifoxonada koʻrganman, unda ham niqob taqib qoʻygandi, bir marta koʻzimni ochganimda
koʻrganman. Boʻldi ikki marta koʻrgan ekanman atigi. Ammo oʻsha qora koʻzlar mening hayolimdan
ketmadi. Hecham. - Dilruba qisqagina qilib aytib bergach Davidga qaradi. David polga koʻzlarini
qaratib oʻtirardi. Bir soʻz demadi. Nimanidir oʻylardi. - men keyinroq kelaman. Sening yoningga
Iffarni joʻnataman. Hopmi? Iffar mening holamni qizi, u bilan oʻtirib tur, mening muhim ishim chiqib
qoldi. Tez qaytishga harakat qilaman. - David zumda oʻrnidan turib, qizning qoʻllaridan oʻpib chiqib
ketdi.
- mayli. - qiz uning ortidan qarab qoldi. Jimgina joyiga choʻzildi. Choyshabga oʻranib uhlashga
harakat qildi.
#####
Iffar kiyimlarini toʻplab endi eshikka yetib ochganida qarshisida Davidni koʻrdi.
- David?!
- meni muhim ishim bor, sen Dilruba bilan oʻtirasan, mana kalit. Yolgʻiz qolmasin. Raqamingga
lokatsiya tashayman. - David darrov maqsadga oʻtdi.


- David meni ham ishim bor ammo?
- meniki juda muhim. Hayot mamot masalasi deydilarku, shunaqa. Yordam berasan! - David buyruq
ohangida aytib hozirgina tushgan mashinasiga oʻtirib ketdi.
- uf uf uf! Lanati! - Iffar yer tepingancha chamadonini ochib duch kelgan kiyimni kiyib pastga tushdi.
Shundoq oynaga qarasa sochlari toʻzgʻigan, yuzi ham soʻlgʻin va koʻzlari ishib qizargan edi. Ammo
nega David bularga eʼtibor qaratmadi. Qaratmagani ham yaxshi. Iffar yuzini yuvib yengil makiyaj
qilib oldi. Sochlarini tarab orqaga yigʻdi. Koʻrinishidan koʻngli toʻlgan qiz eshigini qulflab tashqariga
chiqdi. Qop qora toychogʻiga oʻtirib oʻzidan faqat chang qoldirdi.
Yoʻlda ketarkan telefoni jiringladi. Tanish raqamni koʻrib, qulogʻiga naushnik taqib telefonni koʻtardi.
- alo Mariyam nima gap?
- assalomu alaykum Iffar honim. Biz Oʻzbekistonga yetib keldik. Uy manzilini yuborasizmi? - qiz
mayin ovozda soʻradi.
- hozir. Shirintoy yaxshimi? Toʻpolon qilmadimi? - Iffarning kayfiyati koʻtarildi.
- yoʻq, Oʻzbekistonga ilk kelishi boʻlgani haliyam bu yerga oʼrgana olmadi. Biroz injiqlik qilyapti,
ammo oʻrganib ketadi siqilmang.
- mayli, vaqtim boʻlishi bilan oldingizga boraman. Senga lokatsiya tashlab qoʻyaman. Joylashib olgach
men bilan habarlash.
- hop boʻladi. - qiz telefonni oʻchirib, yonidagi 4 yoshli, qahvarang sochlarini ikkita qilib yigʻgan
qizning qoʻllarini egilib oʻpib qoʻydi.
- jonim meni. Yuraqol, uyimizga joylashib olamiz. - qiz uni qoʻlidan yetaklab keta boshladi....
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Iffar lokatsiyada koʻrsatilgan uyga keldi. Qoʻlidagi kalit yordamida eshikni ochib ichkariga kirdi. Uy
jimjit edi.
- Kim bor? - ovoz toʻnini koʻtarib gapirdi qiz. Ammo hech qanday tovush kelmadi. - hey? - shu payt
tepa qavatdan qandaydir tovushlar keldi. Qiz tez tez yurib ikkinchi qavatga chiqdi. Tovush kelgan
xona eshigi qiya ochiq turgan ekan. Asta ichkariga kirdi. Yotoqda qiz behol yotar, pastda esa grafin
va stakan sinib yotardi. Suv esa toʻkilib ketgandi. Dilruba suv ichish uchun uni olishga harakat qildi,
ammo uning qoʻllari behollik qildi. Iffar tezda kelib qizning yonida toʻxtadi. Qiz uni koʻrib oʻzini ortga
oldi.
- kimsiz siz? - koʻzlarida biroz qoʻrquv aks etardi.
- men Iffarman. David yubordi meni. Kel shunday oʻtir. - Iffar qizga yordamlashib orqasiga yostiq
qoʻydi. Qiz asta karavotga suyanib oʻtirdi.
- sen oʻtirib tur, men senga suv keltiraman. - qiz siniqlarni tuflisi bilan turtib pastga tushdi. Suv olib
Dilrubaning oldiga keldi.
- ichib ol.
- raxmat katta - qiz suvni ichib boʻlgach dedi.
- raxmatga hojat yoʻq. Senga nima boʻldi? Ahir hali ikki kun oldin toʻying boʻlgandi, nega bunday
holsizsan? - Iffar qizga biroz achinish bilan qaradi.
- ismim Dilruba, bilsangiz ham tanishib qoʻyaylik. - jilmaydi.
- ha albatta, meniki Iffar. Tanishganimdan xursandman. - Iffar unga jilmayib qoʻlini uzatdi. Qiz ham
uning qoʻlini siqib qoʻydi.
- men ham. Biroz tobim qochdi.
- yaxshi boʻlib ket. David qayerga ketganini bilasanmi? Tong bilan ketdi.
- bilmayman, menga muhim ishim bor dedi.
- hmm.


#####
David katta Aminovlar hovlisi oldida mashinasini toʻxtatdi. Mashinadan tushib tez tez yurib ichkariga
kirdi.
- voy! David. Nima gap? - oʻgay onasi uni qarshi oldi.
- hech gap. Muhim hujjatlarni olishim kerak. - David unga qarab ham oʻtirmay oʻz shaxsiy kabinetiga
yoʻl oldi.
Eshikni yopib shkaf ichida joylashgan seyfga parol kiritib ichidan eng pastda turgan biroz eskirgan
hujjatlsr solingan fayl papkani oldi. Seyfni yopib qoʻydi. Stuliga joylashdi. Yillar oʻz taʼsirini koʻrsatib,
tahlil va boshqa qogʻozlar biroz sargʻaygandi. David esa ichida "U boʻlmasin!" deya yolvorib faylni
ochishga kirishdi. Ichidan qogʻozlarni olib kerakli joylariga koʻz yugurtirdi. Koʻzlari bir joyda toʻxtab
qoldi.
Shikoyatchi ism familiyasi: Dilruba Ohunova.
- yoʻq yoʻq yoʻq. Boʻlishi mumkin emas! - David pichirladi. - u emas! - David apil tapil qogʻozlarni
yigʻib fayl papkaga joyladi.
Qanday kelgan boʻlsa shunday uydan chiqib ketdi. Shu ketishda Amirning shifoxonasiga yetib keldi.
Uning xonasiga ruxsatsiz kirdi. Amir yonidagi qizga nimadirlani tushuntirardi.
- bizni yolgʻiz qoldiring! Tezda! - Amir qizga ishora qilishi bilan u chiqib ketdi.
- nima boʻldi tong sahardan nima gap? - Amir unga bir qoshini uchirib soʻradi.
- mana bu hujjatlarni burma bir oʻrganib chiq. Bittasi 7 yil oldingi, bittasi kechagi. - David u yoqdan
bu yoqqa yurib barmoqlarini qayirardi.
- nima bular? - Amir hujjatlarni olarkan unga savol berdi.
- kecha Dilrubaning ahvoli yomonlashdi, shifoxonada esa unda yillar davomida miyasida kasallik
rivojlangan deyishdi. Bu kasallik qandaydir qattiq yiqilish, boshni urib olish, yokida avtohalokatdan
kelib chiqarkan. Amir yolvoraman men oʻylagan narsa chiqmasin. - Amir bir narsani tushungandek
yetti yil oldingi hujjatni olib koʻrib chiqdi. Koʻzlari hayratdan katta katta boʻlib ketdi.
- menga unaqa qarama! Amir unaqa qarama! Bunday boʻlishi mumkin emas! Aslo menga gapirma! -
David yer tepinib stulga oʻtirib boshini changallab oldi.
- David oʻzingni qoʻlga ol. Ammo...
- nima ammo? A? Nima ammo? Unday boʻla olmaydi. Ahir u paytdagi qiz bilan hozirgisi osmon bilan
yerchalik farqli. Ular boshqa boshqa Dilruba. Shunchaki familiyalari bir xil. - David aytgan
yolgʻonlariga ishonishni qanchalar hoxlasada haqiqat oʻzgarib qolmasdi. - Amir senga oʻzingni qoʻlga
ol dedim! Men eng zoʻr doktorlar bilan habarlashaman. Hali hammasi yaxshi boʻladi.
- yoʻq yoʻq! Men oʻz sevganimni qotiliga aylanyapman. Tushunyapsanmi? Men oʻz sevganimning!!! U
men tufayli bu hayotdan koʻz yumishi mumkin? Mening shoʻxligim tufayli! Men tufayli Amir! - David
baqirib tashladi. Amir esa nima qilishni bilmasdi. Hozir unga juda qiyin. Uni vijdon azobi qiynayapti,
oʻz sevgani hozirda u tufayli havfli kasallikka yoʻliqqan, yana shifosi yoʻq kasallik. David stulni tepib
tashqariga chiqib ketdi. Amir esa uni yolgʻiz qoldirish toʻgʻri fikr ekanligini bilib ortidan bormadi.
Pastga tushayotgan David, oldidan chiqqan Habibaga turtilib ketdi. David unga ham eʼtibor bermay
ketib qoldi.
- tovba tovba bunga nima qilgan? - Habiba labini burib oʻz xonasiga yoʻl oldi. Kelib qaraganda
Amirning xonasi eshigi lang ochiq, oʻzi esa boshini ushlagancha qoʻllarini stolga qoʻyib oʻtirardi.
- hayrli tong. - Habiba sovuq ohangda gapirdi. - nima boʻldi? Parvinangiz kelmadimi yoki bugun? -
darrov zahrini sochdi qiz. "Nega bunday dedim? Endi meni rashk qildi deb oʻylasachi? Tiling qursin
seni Habiba, tiling qursin! " Hayollaridagi gaplarni tiliga koʻchirmay yigitga sovuq tikilib turardi.
- hayrli boʻlmadi. - Amirning ovozi gʻalati chiqdi. Habiba uning ovozidan qandaydir muammo bor
ekanini sezdi. "Demak, David ham shuning uchun hech narsaga qaramay ketayapti shekilli!"
- nima boʻldi? - Habiba tezda uning qarshisidagi stulga oʻtirdi.
- hech narsa. Hech narsa yoʻq. Ketishing mumkin. - Amir unga buyruq ohangida gapirdi. Bunday
muomalani kutmagan qiz koʻzlariga yigʻilgan yoshlarni chiqarmaslik uchun koʻzlarini pirpiratib


indamay oʻrnidan turdi. Pastki labiga tishlarini bosib orqasiga qaramay xonadan chiqib eshikni qattiq
yopdi....
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Oradan 15 kun oʻtdi
Yangi yil yaqinlashib qolgani tufayli hamma yoqda yangi yil shukuhi hukm surmoqda. Bir necha
kundan beri yogʻayotgan qor yigʻilib qolgandi. Hammayoq oppoq va chiroyli tusga kirgandi.
Malika tongda uygʻonib yuz qoʻlini yuvib tayyorlangach pastga tushdi. Dasturxon atrofida ota onasi
oʻtirardi. Tabiiyki akasi yoʻq. Akasi bu paytda uygʻonmaydi.
- hayrli tong oyijon, dadajon. Dada men chiqyapman. Muhim ishim bor edi. - eshik yonida turgancha
gapirdi.
- senga ham hayrli tong qizim. Nonushta qilmaysanmi? - otasi gapirdi.
- tashqarida qilaman. Kuningiz hayrli oʻtsin. - Malika tashqariga chiqib mashinasiga oʻtirib koʻzlagan
manziliga yoʻl oldi. Yoʻl yoʻlakay qulogʻiga naushnik taqib, kerakli insonga tel qildi.
- alo. Kelyapsanmi? - sovuq ohangda soʻradi.
- ha ha kelyapman. Buncha shoshilding! Shu 15 kun oʻtgunga qadar! - narigi tarafdan norozi qizning
ovozi eshitildi.
- gapni koʻpaytirma, hamma narsa tayyor shundaymi?
- tayyor dedimku. Hech kim boʻlmaydi. Havotirlanma. - qiz uni tinchlantirdi.
- hop. Baribir havotirim bor, ahir u Amirning klinikasi. Aniq barchasini kamchiliksiz qildingmi? - qiz
ichida gʻulgʻula bilan soʻradi.
- of Malika, Of! Aytdimku hammasi 5 boʻladi. Buncha havotirlanding! Sen yetib kel yetadi shu! -
Malika qizni asabi buzilganini bilib telefonni oʻchirib qoʻydi.
- laʼnati! - Malika tezlikni oshirdi.
Tez yetib kelgan qiz, mashinasini orqaroqda joylashtirib mashinadan tushdi. Qora uzun palto, shim
va qora qofta kiyib olgandi. Tez tez yurib shifoxonaga kirdi va oʻng tarafga burildi. Telefonidan biroz
oldingi raqamga qoʻngʻiroq qildi.
- keldingmi?
- ha oʻng tarafga burildim. Nechanchi xona? - sekin xonalarga birma bir qarayotgan qiz soʻradi.
- 45-xona kelaver bu yoqqa.
- ok! - qiz telefonni oʻchirib tez tez yura boshladi. Ammo yonginasidagi eshikdan chiqqan Habibani
koʻrmay tez ketardi. Habiba uni Malika ekanini kalta va sariq sochlaridan tanidi.
- uning bu yerda nima bor? Yana genekolog tarafda? - Habiba oʻylanib uning ortidan sekin yurib
bordi. Malika 45-xona eshigiga kirib ketdi.
- Bu qiz yana nimalarni qilmoqchi? - Habiba qoshini uchirib xona yoniga borib eshikning kalit joyidan
ichkariga moʻraladi.
Malika va yana bitta yoshi kattaroq qiz oʻtirardi.
- ishonching komilmi? - qiz soʻradi.
- ufff ha dedimku! Ming marta soʻrash kerakmi endi shuni? - Malika uni jerkib berdi.
- ey hop uf! Hozir UZI qilolmaymiz. Agarda... homilador boʻlsang baribir koʻrinmaydi.... Ma ol
homiladorlik testi. Anavi yerda hojatxona bor. Joʻna. - Malika iymanib uning qoʻlidagi testni yulqib
olib kirib ketdi. Habiba eshitgan gaplaridan hayratda qolgancha koʻzlari katta katta ochilib ketdi.
- ya Allohim. - qiz eshikdan uzoqlashib ogʻzini qoʻllari bilan yopib oldi. - qanday qilib? - qiz tez tez
yurib xonasiga koʻtarilib ketdi.


Malika hojatxonadan chiqdi.
- nima boʻldi? - oʻtirgan qiz tezda soʻroqqa tutdi.
- hech narsa! Sen ogʻzingga mahkam boʻl yetadi! - qiz tezda shifoxonadan chiqib ketdi. Mashinasiga
joylashib katta tezlikda uyiga keldi. Negadir hayajonlanib ketardi. Ich ichidan mittigina quvonch
boʻlsada sirtida sovuqlik taratib turardi. Uyiga yetib kelib tez tez xonasiga kirdi. Eshikni qulflab oldi.
Sabr qilib olib kelgan homiladorlik testini choʻntagidan oldi.
- Allohim menga oʻzing toʻgʻri yoʻl koʻrsat. - Malika testni koʻrmay kelgandi. Endi yotogʻi yoniga borib
uni qoʻliga oldi. Qiz qoʻlidagi ikkita chiziq koʻrsatib turgan homiladorlik testni tashlab yubordi.
Ogʻzini qoʻllari bilan yopib yotogʻiga oʻtirarkan, nima qilishni bilmasdi. Bir tarafdan xursand boʻlsa,
bir tarafdan xafa edi.
- Ya Allohim! - qiz qoʻllari bilan boshini ushlab oʻzini yotoqqa tashladi. - bu nimasi? Ming lanat!
Ichmay men qurib ketay! Shu darajada ham ichadimi odam?! Of of of! - Malika oʻrnidan turib u
yoqdan bu yoqqa yura boshladi. Har xil tuygʻular uni qurshab olgandi. Barmoqlarini qayirib tashladi.
Soʻng boshdan oyoq koʻrsatib turadigan koʻzguga qaradi. Asta oynadagi askiga qarab turarkan
qoʻllarini beixtiyor qorni ustiga qoʻydi. U yerda yana bir yurak urmoqda "Duk Duk, Duk Duk". U shu
jonni oʻz vujudida his qilmoqda. Yana bir jon uning vujudida. Hozir loviyachadek boʻlsada u Malikaga
bir dunyo quvonch baxsh etayotgandi. Malika qoʻllarini asta qorni boʻylab yurgʻizdi.
- jajji farishta. - Malikaning ilk soʻzi shu boʻldi. Malika testni koʻrmaguncha, sharda homilador boʻlsa
hech ikkilanmay undan voz kechishni oʻylagandi. Ammo shu on u buni hecham istamasdi, hatto
tezroq uchidagi loviyachani bagʻriga bosib, jannat hidi kelgan jajji farishtasini toʻyib hidlashni
istayotgandi. Qalbi shunday desada, aqli boshqa narsa derdi.
" Men boshqalarga nima deyman? Bolaning otasi kim deyishsa nima qilaman? Bora bora qornim
kattalashsa nima deyman? " Malika hayollaridagi savollardan yana asabiylasha boshladi. Unga
boshqalarning gapi bir tiyin boʻlsa-da, yaqinlariga nima deyish qaygʻuga qoʻyardi.
- nega faqat men bosh qotirishim kerak? Otasi ham bir oʻylasin! - Malika biroz oldin yechgan
paltosini olib tezda chiqib ketdi. Afsuski homiladorlik testi yerga tushgancha qoldi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Oʻtgan 15 kun davomida David Dilrubani doim yonida boʻldi, uni hecham yolgʻiz qoldirmadi. Unga
gʻamxoʻrlik qilib ham on yonida turdi. Kasalligini esa unga aytmadi. Dilruba bundan shubxalansada
indamasdi.
Bu orada ular Aminovlar hovlisiga oʻtishdi. David oʻgay onasi Matluba honim u bilan ishi yoʻq edi.
Dilruba tashqariga chiqsa ham, otasinikiga borsa ham David uning yonida edi.
Ammo haligacha unga sevgi izhor qilmagandi. Ich ichidan agarda, Dilruba uni shu ahvolga solganini,
u tufayli hayoti havf ostida ekanini va u oshiq boʻlgan qora koʻzli mahbubi oʻzi ekanini bilib qolsa
nima qiladi degan oʻy bor edi? Shu oʻy Davidni har kuni yeb bitirayotgan edi.
- David sizga savol beraman. - kechki payt oʻz xonalarida oʻtirgan juftligimiz bittasi yotoqda choʻzilib
yotar, bittasi ish stulida hujjatlarni tekshirib oʻtirardi. Dilruba zerikkani tufayli Davidga gapirdi.
- ber?
- nega menga juda koʻp dori ichiryapsiz? Men qanday kasalman? - David har kuni savolga aylangan
savolni eshitib, avvaldan tayyor turgan javobni berdi.
- Kasallik biroz vaqti oʻtib ketgan. Shuning uchun. - yosh bolaga tushuntirgan kabi tushuntirdi.
- ammo menda bosh ogʻriqlari koʻp kamaymadi. Dorilarni esa koʻp vaqtdan beri isteʼmol qilyapman. -
qiz injiqlik qila boshladi. - endi dorilarni ichmayman.
- Dilruba. - yigit oʻrnidan turib uning ismini oʻzgacha talaffuz qildi. - sen tuzalishing kerak. - yigit
qizning yoniga oʻtirdi. - uzoq umr va baxtli yashashing uchun tuzalishing kerak.


- menga yosh bolaga gapirgandek qilmang! - labini burdi.
- unda sen ham har kuni soʻrayverma. - biroz jahli chiqdi yigitning. Soʻngra qattiq gapirib qoʻyganini
angladi.
- men qachon soʻradim? - yigʻlamsirab gapirdi.
- hop. Jimman. Meni kechir senga jahl qilmasligim kerak edi. - yigit asta qizni bagʻriga bosmoqchi
boʻldi. Ammo qiz uni turtib biroz surilib oʻtirdi.
- uhlamoqchiman, nari turing. Ana divaningiz u yerda. Hayrli tun. - qiz ustiga shoyshabni tortib orqa
oʻgirgancha yotib oldi.
- hayrli tun xotinjon. - yigit sochlaridan silab oʻpib qoʻydi. - yaxshi dam ol.
David yana bir soatcha hujjatlar bilan mashgʻul boʻldi. Charchagan yigit boshini biroz stulga tashlab
oʻtirdi. Soʻng yotoqda pari singari uhlab yotgan haloliga qaradi. Oʻrnidan turib uning yoniga bordi va
polga choʻkkalab uning yuziga tushib qolgan bir tutam sochlarini olib, yuzini ochib qoʻydi. Ochilib
qolgan ustiga choyshabni yaxshilab yopib qoʻydi. Qoʻllarini kaftlari orasiga olib ohista lablarini bosdi.
Sochlaridan silab oʻpib qoʻydi.
- seni sevaman. - ohista pichirladi.
#####
Uyidan katta shasht bilan chiqqan qiz, yigitning uyi oldiga kelib biroz toʻxtadi. Unga nima deydi?
Bizning xatoimiz tufayli mening vujudimda yana bir jon bo deydimi? Yoki men homiladorman, orasi
sensan deydimi? Nima qiladi? Turmush quramizmi? Yoki indamay qaytib ketadimi? Qaysi yoʻl toʻgʻri?
Qaysi yoʻldan ketsa yaxshi?
Oppoq qor qoplagan koʻchaning hashamatli uyidan tahminan 50 metrcha uzoqlikda, Malika
mashinasida boshini rulga qoʻygancha oʻylanib yotardi.
- nima qilaman? Nima qilsam toʻgʻri? Ya Allohim menga yordam ber! Yolvoraman oʻzing toʻgʻri yoʻl
koʻrsat! - tirnoqlarini rulga bir hil tarzda chertib oʻtirardi. Ohiri bir qarorga keldi shekilli shart
boshini koʻtardi. - men bu yoʻlga yolgʻiz chiqmadim. - qiz shunday deb telefonini qoʻliga olib kerakli
raqamga telefon qildi.
- alo?
- koʻchaga chiq. Muhim gapim bor. - Malika tezda maqsadga koʻchdi.
- nima? Hozir. - oldin tushunmagan Farhod keyin darrov rozi boʻldi.
Tahminan 10 daqiqalarda Farhod Malikaning yoniga keldi va mashinasining oldiga oʻtirdi.
- nima gap? - masimhinadan joy egallagach Malikadan soʻradi. Qiz esa jim edi. Bir maromda rulni
tirnoqlari bilan chertib oʻtirardi. - Malika? - Farhod biroz oʻngaysizlanib soʻradi. - Senda muhim
gapim bor. - Malikadan sado chiqdi. - hozir. - qiz asta choʻntagiga qoʻlini soldi. Soʻng narigisiga,
ammo hech narsa yoʻq edi. - voy hudoyim yoʻqqu!!! - Malika qichqirib yubordi. U paltosini olganda
testni ham oldim deb oʻylagandi. Ammo afsuski u tushgan joyida qolgandi.
- nima yoʻq Malika? Nima gap? Nima boʻldi? - hech narsaga tushunmagan unga savol nigohi bilan
qaradi.
- dard boʻldi! Balo boʻldi! Test yoʻq! Uyda unutibman! Kimdir koʻrib qolsa boshimiz ketadi! - Malika
Farhodga qichqirdi.
- qanaqa test Malika, tushuntirib gapirsangchi qichqirmasdan!
- uf uf uf!!!... Homiladorlik testi! - bir nafasda aytdi qiz.
- NIMA?!!! - yigit unga koʻzlarini loʻq qilib qaradi.
- nima nima? Homiladorlik testi! Men homilador ekanman! - qiz yana baqirdi. Yigit unga tushunmay
qarar, koʻzlarini pirpiratib qoʻyardi.
- aljirama Malika bunday boʻlishi mumkin emas! - Farhod sochlarini toʻzgʻitib qoʻydi.
- Farhod men aljiramayapman! Haqiqat bu!... Bizning xatoimiz! - soʻnggi soʻzlarini pichirlab gapirdi.
- bunday boʻla olmaydi Malika! Ahir!


- nima ahir? A? Gapir! - Malika uni yelkasiga turtdi.
- biroz tinchlanib ol! Ahir qanday qilib, biz u kuni... - Farhod jim boʻlib qoldi.
- ha! Oʻsha kuni! Oʻsha laʼnati toʻy kuni!...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Habiba oʻz xonasiga kirib oʻtirarkan, hayolidan Malika ketmasdi.
- ahir qanaqasiga homilador boʻlishi mumkin??? Bolaning otasi kim? Nega hammadan sir tutyapti?
Voy hudoyim! Bu qanday savdo boʻldi? - Habiba oʻrnidan turib u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. -
yoʻq yoʻq men chidolmayman, kimgadir aytishim kerak. Yoʻqsa boʻlmaydi. Ahir uning otasi kim
ekanligini aniqlashim zarur! - Habiba endi chiqayotgan edi kotibasi kirib qoldi.
- honim bemoringiz bor. - kotiba shunday degach uning ortidan, roppa-rosa oʻn besh kun oldin toʻyda
koʻrgan kulrang koʻzlar paydo boʻldi. - marhamat janob.
- Mavjuda mening ishim bor, bemorimizga tushuntiring! Hayollarim joyida emas! Ketishim kerak. -
Habiba endi ust kiyimi olgandi hamki.
- honim afandi men oʻz navbatimda kirdim. Siz esa bemor koʻrishdan bosh tortyapsizmi? Bunday
boʻla olmaydi. Siz chiqavering Mavjuda honim. - kotiba Habibaga qaradi, u bosh irgʻib qoʻygach
kotiba chiqib ketdi.
- keling oʻtiring. - Habiba ust kiyimi joyiga qoʻyib ish stulig oʻtirdi. Kulrang koʻzlar sohibi ham uning
oldidagi oʻrindiqqa joylashdi.
- ismingiz nima? - yigit unga boshdan oyoq nazar tashlab gapirdi.
- men bilan tanishish uchun keldingizmi yoki sogʻligʻingiz tufaylimi? - Habiba jiddiy tarzda gapirdi.
- sizningcha? - tirjaydi.
- menimcha siz soppa sogʻsiz, va sogʻlom boʻla turib meni vaqtimni olyapsiz! Marhamat aylab
xonamni boʻshating! - buyruq ohangida aytib qalin qoshlarini chimirdi.
- no no no, men siz bilan tanishishni hohlaymanda!
- ammo men yoʻq. Kuch ishlatishga majbur qilmang, yaxshilikcha honamdan chiqing iltimos! - qiz
oʻrnidan turib eshik yoniga keldi.
- yoʻq desamchi, menga kuching yetmaydi desamchi? - yigit ham oʻrnidan turib uning oldiga borib
qarshisida toʻxtadi.
- siz kimsizki menga bunday muomalada boʻlyapsiz?! Hoziroq xonamdan chiqing! - qiz endi eshikni
ochmoqchi boʻlganida yigit tezda yopib qoʻydi. Bitta qoʻli bilan yopgach ikkinchi qoʻlini choʻntagiga
solib qizga tikila boshladi. Qiz eshikka yopishgancha uzun uzun kipriklarini pirpiratib qoʻyardi.
- Habiba Muhammedova, oilada ikki farzand, akasi Xarun Muhammedov maxfiy agent, otasi esa
nomaʼlum ish bilan shugʻullanadi, onasi uy bekasi. Kardiologiya boʻlimini tugatgan. Amir
Abramovning shaxsiy shifoxonasida ishlaydi. - yigit u haqida bilganlarini uning jigarrang koʻzlariga
qaragancha gapirdi.
- bularni qayerdan bilasan? Sen kimsan? - qiz qoʻrquv bilan gapirdi.
- Habiba! - eshik ortidan Amirning ovozi eshitildi va eshikni itara boshladi. Yigit darhol eshikni qoʻyib
yuborib ikki qadam orqaga yurdi. Qiz esa turgan joyida turardi.
- Habiba! - Amir qizning ahvolini koʻrib uning yonidagi yigitga oʻtkir nigohlarini qaratdi. - bu yerda
nima boʻlyapti?
- hech narsa shunchaki tanishayotgan edik. Shundaymi Habiba? - yigit tirjayib gapirdi.
- sen bu yerda nima qilyapsan? Sen Davidning toʻyida ham Habibaga osilganding. - Amir unga tik
qarab qarshisiga keldi.
- senga nima? Sen unga kimsan? Har bir odamingni shunaqa rashk qilasanmi? - Yigit bir qoshini
uchirib soʻradi.


- senga nima? Sen uning yonida nima qilyapsan?
- uylanmoqchiman. - Amir bu gapni eshitishi bilan koʻzlarini katta katta ochib yubordi.
- sen nima deyapsan? Gapirgan gapingni oʻzing eshitdingmi? Sen kimsanki unga yaqinlashasan?!!! -
Amir darrov yigitni yoqasiga yopishdi.
- Zafir Sadikov! - yigit uning qoʻlini siltab tashladi.
- Boʻldi qiling! Meni tinch qoʻyinglar xonamdan chiqing ikkalang ham!!! - nihoyat qizdan sado chiqdi.
- tezda! - qiz eshikni ochib ularga chiqishga imladi. - ikkalasi ham bir biriga yov qarash qilib chiqib
ketishdi. Qiz eshikni qarsillatib yopib balkonga chiqdi. Sovuq shamol unga hush yoqdi...
#####
Maftuna Xarunga hisobot topshirib, kafedan chiqdi. Yoʻlak boʻylab oppoq qor ustida ketarkan,
kayfiyati biroz koʻtarildi. Archalarga oʻrnashib qolgan qorlarga qarab ular yoniga bordi. Archani
silkitishi bilan ustiga bir uyum qor yogʻildi. Qiz qiqirlab kula boshladi. Shu payt boshiga tap etib qor
tekdi. Qiz qoshlarini chimirib qor kelgan tarafga qaradi. U tarafda esa qoʻlida yana qor toʻplar bilan
turgan Murshidni koʻrdi.
- kel qorboʻron oʻynaymiz. - yigit unga yaqinlashib yana bir qor toʻp otdi.
- heeey. Bu nima qilganingiz? - qiz asabiy qaradi.
- oʻyin oʻynaymiz, qorboʻronni yolgʻiz oʻynamassan har holda? - yigit yana qor otdi.
- yana bir marta otsangiz oʻzingizdan koʻring! - qiz barmogʻini bigiz qilib aytdi.
- nimani koʻraman, gʻazabingnimi? Axxaxaxa koʻraylikchi! - yigit yana otdi va kuldi.
- Murshidd! Endi oʻzingizdan koʻring. - qiz va yigit shunday qilib yosh bolalarcha qor boʻron oʻynay
ketishdi.
- Maftun boʻldi qil! - qiz tez tez qor otavergach yigit charchab oʻtirib qoldi.
- battar boʻling! - qiz qiqirlab kulib yana bitta qor otib uning yoniga oʻtirdi. Qiz qoʻllari sovuqdan
qizarib ketgandi.
- qoʻling qizarib ketibdiku! - yigit qoʻlidagi qoʻlqopni yechib uning qoʻllarini ushlashi bilan qiz qoʻlini
tortdi.
- nima qilyapsiz? - bir qoshini uchirib dedi
- isitib qoʻyaman. - yigit tirjaydi.
- yana nima qilasiz? Tovba! - qiz oʻrnidan turib qoʻlini choʻntagiga soldi.
- yur isimib olamiz, mashinam ana - yigit yoʻl chetida turgan qop qora BMW sini koʻrsatdi.
- yoʻq men uyga ketaman. - qiz ustidagi qorlarni qoqa boshladi.
- oʻzim tashlab qoʻyaman, yoʻq dema. - yigit uniqoʻlidan tortqilab mashinasiga oʻtqazib qoʻydi.
- ablax! - qiz unga yov qarash qilib asabiy dedi.
- men seni sevaman sevgilimmmm. - yigit mashinani qizdira boshladi...
#####
Iffar oʻzining kelgan uyidan haliyam ketmagandi. Baxtiga Zafir uni bezovta qilmadi. Qiz nonushta
qilib oʻtirar ekan telefonda serial koʻrardi.
- alo - qiz tanish raqamdan kelgan qoʻngʼiroqqa javob berdi.
- assalomu alaykum honim. Yaxshimisiz?
- vaa alaykum, yaxshiman nima gap Mariyam?
- Zalifa sizni soʻrayapti. Sogʻingan shekilli Injiqlik qilyapti. Ovqatini ham vaqtida yemayapti.
- hozir hammi?
- Injiqlik qilib yigʻlab uhlab qoldi. Kechqurun uhlamagani uchun biroz oldin uhladi.


- hop bugun boraman. - qiz ham oʻz qizini sogʻingandi. Ammo hech bora olmayotgandi. Bunga sabab
esa, uyidan chiqqan zahoti paydo boʻladigan hamma yogʻi qoraytirilgan mashinaning ortidan
poylashi edi. Qiz buni Zafir yoʻllaganini sezib Oʻzbekistonga kelgan, oʻzidan ozgina uzoqdagi
qizinikiga bora olmayotgandi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Kutilmaganda kelin qolgan David, Habibaning eshigi oldida turgan Amir va uning yonida begona
yigitga koʻzi tushdi.
- Amir sen bilan gaplashib olmoqchi edim.
- sen toʻxtab tur, men oldin mana bu salv bilan ishimni bitiray. - Amir yigitga yov qarash qildi. - qani
yur bu yoqqa. - yigitni xonasi tomon itardi.
- heyyy! Oʻylanib qil harakatingni!
- Amir nima boʻlyapti? - David hech narsaga tushunmay soʻradi.
- bu borku, mana bu koʻk koʻz, Habibaning jigʻiga tegyapti ekan. Sen bu xonaga kirsangchi qoʻrqoq! -
Amir uni yana bir turtdi. Shu zahoti Zafir uning qoʻlini mahkam ushlab toʻxtatdi.
- senga harakatlaringga diqqat qil dedim. - gʻazab bilan gapirdi va xonaga kirdi. Uning ortidan Amir
va soʻng David kirdi.
- sening bu yerda nima ishing bor? - Zafirning qarshisiga oʻtirib jiddiy savol berdi.
- nima shifoxonangga kirish mumkin emasmi?
- senga endi taqiqlanadi.
- aytganingdek endi, hozirdan oldin yoʻq edi. Demak, Amirbeyning toʻylarda ham himoya qiladigan va
rashk qiladigan shifokori kim ekanligiga qiziqtim. - bir koʻzini qisib oʻrnidn turdi va kostyumini
toʻgʻirlagan kishi boʻldi.
- nega unga yaqinlashding? Kimsan sen? - Amirning jahli chiqib unga yaqin kelib koʻzlariga qaradi.
- rashkingni boshqaga koʻrsat oshiq janoblari! - Zafir xonadan chiqib ketdi.
Habibaning hayoliga zumda Malika keldi. Tezda xonasidan chiqdi, shu payt pastda tushib ketayotgan
Zafirni koʻrdi va koʻngli hotirjam boʻldi. Amirning xonasining eshigi ozgina qiya ochiq ekan. Endi
qoʻlini uzatgandi ichkaridan oʻzining ismini eshitib taqqa toʻxtadi.
- sen nega Habibani qizgʻonyapsan? Sevib qoldingmi yoki? - David unga zimdan qaragancha soʻradi.
- yoʻq albatta, akasi unga koʻz quloq boʻlishimni talab qilgandi. Toʻy kuni bizni raqs tushganimizni
koʻrgach men bilan suhbat oʻtkazdi. Oʻshanda menga topshirgandi. Bir yoʻgʻi shu, hech qanday rashk
qilganim yoʻq. - Amir biroz tutilib gapirdi.
- sen Xarun Muhammedov bilan qachon uchrashding?
- toʻydan ikki uch kun oʻtib. Toʻyning ertasi kuni seni kompaniyangga borgan ekan, u yerdan
ketganimni eshitib men bilan uchrashuv belgiladi va mana ahvol. - eshik ortida eshitib turgan
Habibaning koʻzlariga achchiq yosh keldi. Ammo tashqariga chiqarishni istamadi, buni ojizlik deb
bilib qoʻli bilan shamol qilgancha yoshlarini sidirib tashladi. Chuqur nafas olib eshikni taqillatdi.
- kiring. - Amirning ovozi yangragach Habiba asta ichkariga kirdi.
- gaplashib olmoqchi edim. - David qizga boshdan oyoq nazar tashlab qoʻydi. Kipriklari bir biriga
yopishib qolganidan yigʻlaganini anglasa boʻladi, yuzi esa nimadandir oqarib ketgan.
- marhamat. - Amir unga stulni koʻrsatdi.
- iloji boʻlsa yolgʻiz. - biroz iymanib dedi.
- men tashqarida boʻlaman. - oʻzi tushunib David chiqib ketdi.
- eshitaman. - gapirishga undadi.


- bugun, yani biroz oldin, men, Malikani koʻrdim.
- nima qilay?
- u, u genekolog oldiga kirdi.
- hoʻsh? - yigit haliyam tushunmagandi.
- nima hoʻsh? U homilador! - Habiba paq etib yorildi.
- NIMA??? - Amir hayratlanganini yashirmadi. - bu gapniqayerdan olding?
- biror joydan olmadim, oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim.
- aljirama? Qanday qilib homilador boʻladi? Aqling joyidami? Ob havodan homilador boʻlmas
Habiba?! - Amir kulib yubordi.
- Amir! Hozir hazilni vaqti emas! Men... Men Daviddan shubhalanyapman! Malika uni sevadi, toʻy
kuni ham toʻyni buzaman, David meniki boʻladi yana allambalolar degandi. Davidni boshini aylantirib
undan bola orttirib olgan boʻlsa-chi??? - bir nafasda gapirib tashladi.
- aslo! David aslo bunday qilmaydi! Ishonchim komil! #Ishq_safari
Farhod Malikaning uyi oldida uni kutarkan, oradan 15 daqiqa oʻtganini koʻrdi, ammo haligacha
chiqqani yoʻq edi.
- qayerda qoldi bu qiz? Ishqilib kimdir koʻrib qolmagan boʻlsin! - qoʻlini iyagiga qoʻyib tez tez
oʻynatib qoʻyardi. Va nihoyat qiz hovliqib chiqdi. Tez tez yurib kelar ekan yuzi oqarib ketganidan
Farhod darrov angladi. Kimdir testni olgan.
- yoʻq! Xonani barcha joyini qidirdim, hech qayerda yoʻq Farhod, hech qayerda! Endi nima qilaman?!
- Malika mashinaga oʻtirishi bilan tez tez gapirdi.
- ming lanat!
- endi nima qilamiz?
- seningcha?
- bilmayman! Boladan voz kechamiz! - Malika bir zumda aytgan gapidan pushaymon boʻldi.
- aslo! Tushundingmi? Aslo voz kechmaymiz! Turmush quramiz! - Farhodning bamaylixotir aytgan
gapidan Malikaning asablari oʻynab ketdi.
- nima???
- nima nima? Sen nima qilmoqchi eding? Men ota boʻlishni hohlayman. Seni sevaman Malika, meni
sevgimiz ikkimizga ham yetadi. Ishon! - Farhod uning qoʻllaridan mahkam ushladi.
- Farhod... Bu notoʻgʻri emasmikan? Balki...
- nima balki? Malika sen uni nobud qilmoqchimisan? Bunga qanday koʻzing qiyyapti? - Farhodning
jahli chiqib ketdi.
- Farhod ahir bu notoʻgʻri! - Malika nima deyishni bilolmay qoldi.
- qanaqasiga?... Sen haliyam Daviddan umid qilyapsan! Haliyam undan voz kechmading! Haliyam
oʻshani oʻylayapsan! U sendan voz kechsa sen ham voz kechmasayapsan! Nega? Nega meni shunaqa
sevolmaysan Malika? Meni nimam kam oʻshadan? A? Seni jonimdan ortiq koʻraman Malika? Senchi?
Sen qorningda mening zurriyotimni koʻtarib turgan boʻlsangda, boshqasini oʻylab undan umid
qilyapsan! Nega bunday Xudbinsan Malika?! Sen hecham meni oʻylaganmisan? Yomon kuningda,
ogʻir kuningda kim yoningda boʻldi? Kim senga dalda boʻldi? A? GAPIR MALIKA GAPIR! KIM
SENING YONINGDA EDI? KIMNING KOʻKSIDA KOʻZ YOSH TOʻKKANSAN? KIMDAN YORDAM
SOʻRAGANSAN? KIM SENGA SOʻZSIZ ISHONGAN? MALIKA JIM TURMA GAPIR!!! - Farhod
gapining soʻnggida baqirgancha gapirdi. Malika uning gaplari toʻgʻriligini bilsada jim edi. Bir soʻz
deyolmasdi. Uning har bir soʻzi toʻgʻri. U ushalmas orzudan umid qilyapti. Boshqa birovning
halolidan haliyam umid qilyapti. Xudbinlarcha bir qalbni parchalayapti. Xudbinlarcha oʻzini oʻylab,
xatto qornidagi begunoh goʻdakni ham oʻylamayapti. Farhod uning yoshga toʻlgan koʻzlariga eʼtibor
qilmasdan mashinadan tushib eshikni qarsillatib yopib ketdi. Malika oʻtirgan oʻrindigʻida bir zum jim
turdiyu baqirib yigʻlab yubordi.
- aaaaa! Laʼnat boʻlsin senga Malika! Laʼnat boʻlsin! Xudbin!!! - Malika baqirgancha rulga ura
boshladi. - nafratlanaman! Oʻzimdan nafratlanaman! Xudbinsan sen! Faqat oʻzingni oʻylaydigan


xudbin! Seni jonidan ortiq koʻruvchini emas seni yer qilganning ortidan yuruvchi gʻurursizsan! -
Malika oʻziga oʻzi gapirib baqirardi. Rulga uraverganidan qoʻlida ogʻriq turdi. Soʻng yigʻlagancha
boshini rulga qoʻydi...
#####
- Alo! - Safura tanish raqamni koʻrib javob berdi.
- Safura, men bilan bir joyga borasanmi? - Malikning gʻalati ovozidan biroz dovdiragan boʻlsada
oʻzini yigʻib oldi.
- albatta. - Safura hozir uning ahvoli yaxshi emasligini sezdi.
- uying oldidaman.
- 10 daqiqa. - Safura shunday deya tezda sumkasiga narsalarini soldi. Koʻrinishi oddiy shim va kofta
edi, ustiga qizil kostyumini kiyib oldi. Uydan indamay chiqdi. Tezda Malikning mashinasiga oʻtirib
oldi.
- hayrli kech. - Safura mashinaga oʻtirishi bilan dedi. Ammo Malik bir soʻz demay mashinani
yurgazdi. Yoʻl boʻyi sukut ichida ketdi. Safura oppoq qor qoplagan tabiatga tikilib jim ketdi. Chunki
Malikni allaqachon bilib olgandi. Qachonki jahli chiqsa yoki oʻzini yolgʻiz his qilsa shunday edi. Sukut
zabonga aylanardi qoʻyardi.
Uzogʻi yarim soat yoʻl yurishgach bitta klub oldida toʻxtashdi. - nega bu yerga keldik? - mashinadan
tushib yana savol berdi. Ammo yana javob yoʻq. Safura baribir savollariga javob ololmasligini bilib
jim boʻldi. Klub ichida har hil chiroqlar yonar, qizlar va yigitlarga toʻla edi. Yarim yalangʻoch qizlar
har xil oʻziga yarashmagan koʻyi raqs tushishardi. Safura ularga eʼtibor qilmay, toʻgʻri bar oldiga
oʻtirgan Malikning yoniga joylashib sumkasini shu yerga qoʻydi.
- Malik nima boʻldi? - asta gap boshladi.
- hech narsa. - nihoyat undan sado chiqdi.
- ichingizga yutganingiz bilan oʻsha narsa hal boʻlib qolmaydi. Menga ayting, yengil tortasiz. - Safura
Malikning qoʻli ustiga oʻzining nozik barmoqlari bilan ushladi. Malika unga qarab qoʻllarini tortib
oldi va ichishni boshladi.
Soʻng Safura undan qancha urinsada bir soʻz ololmadi. Malik bir qadahni boʻshatdi, ikkini boʻshatdi,
uchni vhk. Safura Malik hali veri toʻxtamasligini tushunib uni toʻxtatishga harakat qildi.
— boʻldi qiling. — qiz uning qoʻlidagi qadahga yopishdi.
— qoʻyib yubor! Aralashma sen! — yigit qizdan qadahni tortib olib uni boʻshatdi. Yigit yana
barmenga qadahni tutqazdi. Qiz esa yoʻq deb yigitni oʻziga qaratdi.
— kerakmas boʻldi, oyoqda turolmaydigan boʻldingiz! — qiz uni turgizishga harakat qilardi.
— hoy красавица — bitta yigit qizga gap otdi — nima qilasan uni, ichsa ichsin qoʻyib yubor.
— nima deding? — yigit qizni itarib narigi yigitni bir turtib yubordi, yigit esa stuldan yiqilib tushdi.
Soʻng bir zumda janjal koʻtarildi. Malik biroz oldin itargan qizni qidira boshladi. Ammo afsuski u yoʻq
edi. Bir zumda qayerga yoʻqolgani nomaʼlum. Stulda esa sumkasi turardi. Malik koʻp ichgani uchun
ketib qolgan degan fikrga keldi va endi tashqariga chqiayotganda, tepa qavatdan ismini aytib
baqirayotgan tanish ovozni eshitishi bilan oʻsha tarafga yugurdi.
- Malikk! Qoʻyib yubor meni ablax!!! Tort qoʻlingni! - ikkita yigit Safurani olib ketishardi, qiz esa
tipirchilagancha qichqirardi.
- tort qoʻlingni *** - Malik ularni soʻkib bittasiga bir musht tushirdi. Unisi yiqilgach bunisini bitta
tepdi. Qiz uning qoʻlidan chiqib olgach yigitni qoʻlidan tortqilay boshladi.
- qochdik Malik qochdik! - Malik indamay qizning ortidan yugurdi. Ikkalasi ham yuhurgancha klindn
chiqib mashinaga tezda joylashishdi. Malik mashinani yurgizib biroz yoʻl yurib toʻxtadi.
- quvlashmayaptimi? - Safura hansiragancha ortga qarab qoʻydi. Ammo hech vaqo yoʻq edi. -
uddaladik! - qiz quvonchdan kulib yubordi. Uning kulgusiga Malik ham qoʻshildi. - bu haqiqiy kayf
boʻldi! - qiz qiqirlab kularkan yigit unga tikilib qoldi. Qiz yigitning unga tikilib turganini koʻrib


kulishdan toʻxtadi. - nima? Nega bunday tikilyapsiz? - Safura iymanib oʻtirgan joyida qoʻzgʻalib
qoʻydi.
- shunchaki. Kulishingga mahliyo boʻlib qoldim. - Malik biroz surilib qizga yaqindan tikildi. Safura
uning oʻtli nigohlariga bardosh berolmadi.
- ixim ixim, ketsak boʻlardi. - qiz qoʻzgʻalib biroz uzoqlashdi.
- yoʻq desamchi? - yigit bir deganda qizning bilaklaridan tortgandi qiz uning oldida paydo boʻldi.
Qizning bu harakatdan nafasi ortga qaytib ketdi.
- nima qilyapsiz? -
- meni aqldan ozdiryapsan Safura. - Malikning pichirlab extirosga toʻla gapidan, Safurani oʻzgacha
hissiyotlar qamrab oldi. - hushboʻy iforing, qiqirlab kulishing, jigar va sariq koʻzlaring, nim pushti
lablaring, bari, barchasi meni es hushimni olyapti.... - extirosli soʻzlarning ohirida bir biriga
santimetr uzoqlikda turgan lablar tutashdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Yangi yil oqshomi
Hamma yoqda yangi yil shukuhi kezardi. Yangi yil oqshomi barcha bir biri bilan uchrashar, kirib
kelayotgan yangi yil bilan bir birini tabriklashar, samimiy tilaklarini ulashardi. Koʻchadagi oppoq qor
esa yangi yilga oʻzgacha chiroy bagʻishlardi. Hamma oʻz uyini maftunkor qilib bezagan, har yoqda
yaltiroqlar toʻla edi. Har kimda oʻzgacha kayfiyat, har bir inson kirib kelayotgan yangi yil tufayli
kayfiyatlari yaxshi edi.
Katta mexmonxonada yangi yil oqshomi tashkil qilingan boʻlib, koʻplan mexmonlar bu yerda tashrif
buyurgan edi. Tush payti allaqachon mexmonxona odamlarga toʻldi. Birin ketin mehmonlar kelar,
tanishlar va notanishlar hambir birini tabriklashardi. Hamma joy bezaklarga burkangan,
mexmonxona oʻrtasida esa katta archa va ostida koʻplab sovgʻalar qoʻyilgandi.
#####
Kattagina koʻzgu qarshisida turgan Dilruba koʻrinishidan koʻngli toʻlib jilmaydi. U egniga moviy
uzun, etagi qatlam qatlam, yengi esa toʻrdan qilingandi. Yoqasidan beligacha naqshinkor bezaklar
bilan ishlangandi. Qop qora va uzun sochlarini esa shunchaki uchlarini toʻlqinsimon qilib yoyib
olgandi. Mayin makiyaj esa oʻziza juda yarashgandi. Oyogʻidagi, huddi Zolushkanikiga oʻxshaydigan
tuflisi esa libosiga mos edi. Haqiqatdan Davidning didi juda nozik va didli edi. Shu payt eshik taqillab
undan David kirib keldi. Davidning egnida esa qop qora smoking edi. Sochlarini bir tarafga chiroyli
qilib taragan, oq koʻylagining boʻyin qismidagi ikki tugmasini taqmasdan qoʻyar, kostyumini ham
tugmalari qadalmagan edi. Shu turishi kmuni juda kelishgan qilib yuborgandi. David Dilrubani koʻrib
koʻzlari porlab ketdi.
- Zolushkaga oʻxshab qolibdimi mening malikam. - David asta kelib qizning qoʻllarini kaftlari orasiga
oldi.
- siz esa Zolushkaning sexrgarisiz. - Dilruba jilmayib dedi.
- yoʻq men uning shaxzodasiman.
- no no bu toʻgʻri emas. David ahir bilasizku. - Dilruba, oʻzi oshiq boʻlgan insoni qarshisida turganini
bilmay dedi.
- ha, sening zulmat koʻzli shaxzodangni qidirish kerak a? - David bu oʻzi ekanligini bilsada indamadi.


U bugun aytmoqchi edi. Barchasini unga tushuntirmoqchi.
- shunaqa. - biroz iymanib dedi.
- hech qisi yoʻq, hozircha sexrgar boʻlib turaveraylik. - David unga koʻzini qisib qoʻydi. - yangi yilni
uning bagʻrida kutib olishingni tilakdoshman. - David jilmayib uning qoʻlini oʻpib qoʻydi.
- siz boshqacha gapiryapsiz? Nima yoki topdingizmi? - koʻzlari porlab ketdi qizning.
- mening qoʻlimdan kelmaydigan ishning oʻzi yoʻq. - yoqasini koʻtarib qoʻydi.
- nega aytmadingiz? Qayerda u?
- yangi yil kirib kelishiga 5 daqiqa qolganida aytaman. Shungacha esa sabr. - yigit qizning burnini
chimdib qoʻydi.
- soat endi 11 dan oshdi. 12 soat sabrmi? - lablarini yosh bolaniki singari bujmaytirib oldi.
- bunaqa qiliqlaring oʻtmaydi. Sen avval aytchi dorilaringmi ichdingmi?
- ha ichdim, ahir ichmasam antiqa jazo oʻylab topgansizku! - qiz kesatib oʻgirilib kashelokini oldi.
- juda ajoyib jazoda, sen uni jazo deb atashing mumkin, ammo men uni boshqacha atardim. - tirjaydi
yigit.
- nima ekan?
- extiros! - pichirladi yigit.
- pifff, yoʻqolinge, kettik kechikyapmiz. - qiz tashqariga chiqayotganda yigit uni toʻxtatib qoldi.
- shoshma Zolushka. - yigit qizning belidan ushlab oʻziga tortdi. Qiz bundan tortinib oʻzini biroz
orqaga oldi. - sen oʻz jufti halolingdan uyalyapsanmi?
- ha. Biroz. - qiz atrofga alanglay boshladi, ammo zumda iyagidan ushlab oʻziga qaratdi yigit.
- koʻzlarimga qara Zolushkam... Yangi yiling baxtga toʻla boʻlsin. Har bir kuning baxtga va
quvonchga toʻla boʻlsin. Yigʻlasang ham faqat quvonchdan yigʻla hopmi? - yugut qizning
peshonasidan oʻpib oʻz peshonasiga qizinikini tiradi. - hayotimda borliging uchun raxmat...
##### Tong sahardan yasanishni boshlagan qiz, tayyor boʻlgach koʻzguga qaradi.
- vauuu! Buncha goʻzal boʻlma ey qiz! Boshqalarga ham rahm qil! - qiz oʻziga oʻzi gapirib qiqirlab
kulgancha bir aylanib toʻxtadi. Qizning egnida oppoq libos edi. Tizzadan pastda fransuz stilda
tikilgandi. Yengi esa uzun va tanaga yopishib turardi. Ammo oppoq libosning matosi juda yarqiyoq
boʻlib, bitta koʻz tashlagan odamning koʻzlari qamashar darajada edi. Oyogʻidagi oq poshnali tuflida
yaltiroq bantik bor edi. Jigarrang va yelkasidan oʻtib turgan sochlarini silliq tarab, orqasiga oq
bantikcha taqib olgandi. Sochlari yoyilib, libosiga mos tarzda tovlanardi. Qiz poshnalarini taqillatib
pastga tushdi.
Taq tuq taq tuq
- sen qiz yarim soatdan beri kuttirasan odamni. - Xarun singlisining bamaylixotir poshnasini taqillatib
tushishidan asabi buzildi.
- sizni ham yangi yil bilan tabriklayman akajon. - Habiba akasiga havodan oʻpich yoʻllab pastga
tushgach turgan joyida aylanib koʻrinishiga baho berishlarini talab qildi. Kattalar allaqachon
ketganligi bois, Xarun va Habiba juft boʻlib boradigan boʻlishdi.
- juda goʻzalsiz Habiba Muhammedova endi esa men bilan yursangiz. - yigit unga qoʻlini uzatdi, qiz
qiqirlab kulib uning qoʻlidan qoʻlini oʻtkazishdan oldin nazokatli honimlardek tazim qilib qoʻydi. -
Habiba! Ketdik. - yigit qizni qoʻlidan ushlab olib keta boshladi.
- akaaa! Buncha shoshildingiz? Yangi yil kuni meni asabimni buzmnang! Yoʻqsa siznikini shunaqangi
buzamaaaan, aytib qoʻyayin. - qiz labini burib mashinaga oʻtirdi.
- raxmat jentelmenligiz uchun xix! - Habiba eshikni oʻzi ochib oʻtirgani uchun kesatib dedi...
#####
Malika pastga tushgach akasiga duch keldi. Akasi bir necha kundan beri boshqacha, ammo sir boy


bermayapti. Singlisiga oʻzgacha muomalada boʻlardi.
- yangi yil qutlugʻ boʻlsin akajon. - Malika avvalgidek quvnoq ohangda dedi.
- senga ham quvonchim. - Malik uning kalta ammo oʻziga yarashgan sochlaridan silab qoʻydi.
Egnidagi olov rang libos juda yarashgandi oʻziga. - juda goʻzalsan. - Malik samimiy jilmaydi.
- raxmat. - Malika, akasining oʻzgarganini aytishni hohlamadi.
- ketdikmi? Dadamlar allaqachon ketishdi.
- ha, ketdik. - Malika bilan Malik asta tashqariga chiqib mashinaga joylashishdi. Mexmonxona tomon
yoʻl olishdi...
#####
Mexmonxona mga barcha yigʻilganida, 13:00 dan oshgandi. Juftliklarning hohlagani niqoblanib
olishgandi.
Malika va Malik, Dilruba va David, Habiba va Xarun, Safura va Farhod, Amir va Parvina, Maftuna va
Murshid, Dias va Felura, Nilya va Najot(Malikning kompaniydagi oʻng qoʻl, kotibasi) Iffar esa
haliyam kelmagan edi. Va ulardan tashqari qanchadan-qancha juftliklar yigʻilishgan edi. Har kim
hohlagan ishini qilar, ajoyib musiqa tinglagancha kimlardir raqs tushar, kimlardir shunchaki
kuzatuvchi edi.
Bir payt bu oqshomni tashkillashtirgan Holiq Aminov sahnaga chiqdi.
- Avvalambor barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etaman. Yangi yil
barchamizga omad va shuhrat olib kelsin. Bu yil amalga oshmagan niyatlarimiz yangi yilda amalga
oshishiga tilakdoshman... - Holiq bey uzundan uzun tilak bildirdi. - Endi esa yoshlarimiz uchun ajoyib
vals kuyi chalinadi. Barchani valsga taklif etaman...
Kuy chalindi. Barcha birin ketin vals tusha boshlashdi. Har naqoratda juft almashishardi. Bu juft
almashish kim uchundir yaxshi boʻlgan boʻlsa, yana kim uchundir bunday deb boʻlmaydi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #Lady_milo #Ishq_safari
Uzun harir matodan tikilgan binafsha rangli koʻylakda, va kichik qiz ham shunday koʻylakchada Iffar
bilan ichkariga kirdi. Qorongʻu boʻlgani uchun ularni hech kim sezmadi. Asta odamlar orasida
qizchani yetaklab yurarkan, qiz birdaniga yugurib qora niqob taqib olgan, qop qora kostyum shimda
orqa oʻgirib turgan erkakni borib quchib oldi.
- Neoooo! - qiz xursand ohangda uni quchgancha dedi. - kelishingni bilardim. - qiz inglizcha gapirdi.
Iffar uning ortidan kelib qizi quchib turgan yigit kim ekanligiga qiziqdi. Yigit asta orqaga oʻgirilib qiz
tengi oʻtirdi. Yigitning yuzi butkul koʻrinmasdi niqob tufayli.
- salom qizaloq. - yigit ham inglizcha gapirdi. - meni kimgadir oʻxshatding chogʻi.
- sen Neo emasmisan? - qiz koʻzlarini pirpiratib dedi.
- yoʻq. Mening ismim...
- Zalifa! Qani bu yoqqa. - Iffar qizini undan uzoqlashtirib qoʻllari bilan ushlab oldi. Yigit oʻrnidan
turib unga tikildi. - uzr. Zalifa bilmay qoldi. Bayram muborak!
- Iffar! - qiz endi ketayotganda ortidan oʻzining ismi, tanish ovozdan eshitilgach tanasida chumoli
oʻrmalagandek boʻlib taqqa toʻxtadi. Ammo ortiga qarolmadi.
- oyimning ismini qayerdan bilasiz?
- Zalifa! Qani yuraqol, u ham sen kabi oʻxshatti. - Iffar tez tez yurib ketdi.
Yigit niqobini yechib kulrang koʻzlarini ularning ortidan tikdi.
- oyi dedi... Turmush quribdi... Qizi bor... - yigit hasta ovozda pichirladi. - turmush quribdi... - yigit


oʻziga oʻzi pichirlab biroz tentiraklagancha chiqish eshigi tomon yura boshladi. Koʻz oldi
qorongʻulashib ketayotgandi.
- koʻzingga qarasang boʻlmaydimi? Toʻnka! - birdan eshitilgan baland ovozdan yon tarafga qaradi.
Sariq sochli qiz, molochniy rangdagi koʻylagiga toʻkilgan shampanni yoʻqotishga harakat qilib
qarshisidagi yigutga baqirardi. Zafir qiz va yigitga tikilin qoldi.
- ablax! Koʻrmisan sen?!
- hey buncha baqirmasang! Bilmay qoldim dedimku! Nega yana chiyillaysan?
- nima? Men hali chiyildoq boʻldimmi a? - qiz uni bir itarib musht tushirdi. Zafir qizning zarbasini
koʻrib kulib yubordi. Narigi yigit tentirab ketgandi. - qaytarib ol gappingni! - yigit uni bir deganda
qoʻlidan ushlab tashqariga tortqilay boshladi.
- qoʻyib yubor qoʻlimni insofsiz!
- qizni qoʻyib yubor! - Zafir ohiri bu janjalga aralashdi.
- qoʻyib yubormasam nima qilasan? - narigi yigit qizni qoʻyib yuborib uning qarshisiga keldi.
- aytaymi yoki koʻrsataymi? - Zafir iyagini silab qoʻydi.
- koʻrsatchi qani! - shunday deyishi bilan Zafir unga qattiq musht tushirdi. Qiz qoʻllari bilan ogʻzini
yopib oldi. Yigit esa zarbadan yiqildi.
- bu nima qilganing? Men oʻzim hal qilardim! Qahramonlikni keragi yoʻq edi! Boshimga balo boʻlma!
Hoziroq daf boʻl! - Nilya Zafirga baqirdi.
- hal qilolmasding! Koʻrdim hal qilganingni!
- orqangda! - Zafir orqasiga qarashi bilan yuziga narigu yigit musht tushirdi.
- sen meni urishga qanday hadding sigʻdi?! - yigit Zafirni yoqasidan ushlab oldi.
- kimsanki seni ura olmas ekanman?!
- qoʻyib yubor uni ablax! Qoʻyib yubor! Yaramas! - Nilya yigit qoʻlini olishga harakat qila boshladi.
Afsuski foydasiz boʻldi. Ohiri yigitning qoʻlini tishlab oldi. Yigit bittada Zafirni qoʻyib yubordi...
#####
Vals boʻlar ekan har kimning jufti almashib ketdi. Malika bitta aylanib Farhod bilan juft boʻldi.
- bayram muborak. - ilk Malika gapirdi.
- senga ham. - Farhod hissiz gapirdi. Bu albatta Malikaga ogʻir botdi. Pastki labini qattiq tishlab
pastga tikilgancha harakatlandi.
- koʻzing qiyardimi? - kutilmaganda berilgan savolga Malika tushunarsiz Farhodning koʻzlariga
boqdi.
- nimaga?
- bolamizdan voz kechishga!
- Farhod..men.. men xato qildim.. bunday demasligim kerak edi, meni kechir! Men bunday boʻlishini
hoxlamadim. - Malika biroz duduqlanib dedi.
- ammo shu haqida oʻylading! - Malikani aylantirib oʻziga tortarkan aytdi.
- afsusdaman. - Malikaning koʻzlaridan yosh qalqidi.
- Malika. Men seni har doim sevganman, har on, har daqiqa, har kun, oy va soniya. Ammo sen hech
buni qabul qilmading. Hecham! Nega? - maxzun ohangda savol nigohlarini unga qaratdi. Malikaning
ichida nimadir uzilgandek boʻldi, ahir Farhod balki undan voz kechgan, balki endi sevmay qoʻygan,
balki endi uni oʻylamaydi, uning yonida boʻlmaydi, xafa boʻlganida xursand qilmaydi, yigʻlaganida
yoshlarini oʻzi artadi. Malika titrab ketdi. Uning bu savoliga javob berishni hoxlamayotgandi. U yana
Farhodning qalbini nimtalashdan, yana uni qadrlamay xato qilishdan qoʻrqardi, ammo yurakka
buyruq berib boʻlarmidi, uning laʼnatlangan, xudbin yuragi "David" "David" "David" deya urmoqda.
Bir tarafda oʻzi jondan ortiq sevgani boʻlsa, yana bir tarafda uni jondan ortiq sevadigani bor. Aql va
qalb oʻrtasida qolish eng ogʻir dard. Arosatda qolish! Aqlga tayansa qalbi tinchimaydi, qalbga
tayansa aql tinchimaydi. Farhodni tanlasa qalbi "Davidni sevaman" deydi, Davidni tanlasa aqli "U
seni sevmaydi, sevmaganga suykalma, seni sevadiganini tanla" deydi. Ikki tanlov oʻrtasida qolish
juda ogʻir. Malika harakatsiz holda Farhodning qora koʻzlariga tikildi. Farhod ham unga qarab


undan, oʻziga yoqmaydigan javob eshitishdan choʻchirdi.
- Malika? Savol berdim... Nega? - Farhod Malikani chetroqqa chiqardi. Qorongʻu boʻlgani uchun
ularni sezishmadi.
- Farhod... Menga vaqt ber, men hammasini oʻylab olishim kerak.
- Malika... - Farhod atrofga qarab qoʻyib Malikani qoʻlidan ushlab tashqariga olib chiqdi. - Malika
nimani oʻylamoqchisan? Nimani? David uylandi. Qorningda meni bolamni koʻtarib yuribsan yana
nimani oʻylamoqchisisan? Erta indin qorning kattalashgach nima deysan? Gapir? - Farhod jahli
chiqib ovozini biroz koʻtarib gapirdi.
- Farhod jim! Kimdir eshitib qoladi. - Malika atrofga alanglab hech kim yoʻqligiga amin boʻldi.
- eshitsa eshitar. Endi jim boʻlmayman. Men farzandimni oʻzim katta qilmoqchiman. Shuning uchun
menga turmushga chiqasan! - Farhod qatʼiy dedi.
- Farhod ahir qanaqasiga...
- sendan rozilik soʻraganim yoʻq! Turmushga chiqasan menga! Gap tamom! - Malika unga kiprik
qoqmay qarab turib, yoqar yoqmas ozgina kulib qoʻydi.
- Farhod, bu nima qilganing? Ahir men oʻylab olishim kerak dedim... - Malikaning gapi ogʻzida qolib
ketdi. Farhod uni qoʻlidan ushlab mehmonlar bor joyga yetaklay ketdi.
* * *
Habiba aylanib Amirga kelgach, darrov qovoqlarini uyib oldi.
- bayram muborak Moychechak qiz. - xushkayfiyatda dedi Amir.
- sizga ham janob. - quruqqina javob qaytardi.
- nega qoqogʻingdan qor yogʻyapti?
- qishda qor yogʻmay nima yogʻsin?
- Habiba! Nega kayfiyating yoʻq? Nima boʻldi? - qizni aylantirib oʻziga tortib aytdi.
- hech narsa? Umuman sizga nima? Siz kimsizki meni soʻroq qilyapsiz? Qoʻyib yuboring, siz bilan
raqsga tushishni hoxlamayman! - qiz uni qoʻllarini siltab tashlab chetga chiqdi. Ayni shu paytda
Malikani yetaklab ketayotgan Farhodga koʻzi tushdi. Birdaniga miyasiga Malika haqida bir necha
kun oldin bilgan siri tushib ular ortidan bordi. "Malika nimani oʻylamoqchisan? Nimani? David
uylandi. Qorningda meni bolamni koʻtarib yuribsan yana nimani oʻylamoqchisisan? Erta indin
qorning kattalashgach nima deysan? Gapir?" Habiba asta moʻralab eshitgan gapidan ogʻzini yopib
turgan joyidan nari ketdi. "Ya Allohim qanaqasiga? Ahir..." qiz tezda bu yerdan ketish uchun ortiga
qaytdi. Ammo boʻlmadi. Muzdek sharbat ichsa hamki boʻlmayotgandi. Bunday narsa hayolining bir
chetiga ham kelmagani uchun miyasiga sigʻdirolmayotgandi. Nafasi siqqandan boʻlib tashqariga
chiqdi. Chuqur nafas olib tashqaridagi goʻzal manzaraga tikilib turdi. Shu payt ustiga tashalgan
kostyumdan choʻchib ortiga qaradi. Nim tabassum qilgancha Amir turardi.
- bu yerda nima qilyapsiz? Oling buni! Kerak emas! Sizga sovuqqotim dedimmi? - qiz ustidagini olib
unga uzatdi.
- aytishing shart emas! Dir dir qaltirayapsan! Sen sovuq qotsang mening qalbim ham soviydi. - yigit
yana unga kostyumini yelkasiga tashlab qoʻydi. Qiz haqiqatdan sovuqqotgani uchun indamadi. - seni
bir joyga olib bormoqchiman rozi boʻlsang. Maylimi? - Habiba ichida qayer ekanliguga qiziqsa, hozir
unga ergashib ketadigan boʻlsa yomon hayolga borishini ham oʻylardi.
- yoʻq! Hoxlamayman! - qatʼiy javob qaytarib boshqa tomonga qayrilib oldi.
- yoʻq borishing kerak. Yangi yil kuni bir marta hoʻp degin. Boramizu qaytamiz. Uzoqda ham emas,
10 daqiqalik yoʻl, akang ham sezmaydi seni. - Amir chin dildan uni kelishini hoxlayotganini sezgan
qiz bir ikki tixirlik qildi, soʻng noiloj qolgandek "Hoʻp" deb qoʻya qoldi.
* * *
Hayolida "Telba qiz" deb hisoblagan insonini koʻrgan Xarun biroz hayron qoldi albatta. Uning yonida
huddi oʻziga oʻxshagan qizchani koʻrib singlisi deb oʻyladi. Asta koʻylagining yoqasini toʻgʻirlab uning


yoniga bordi. Qiz jimgina atrofni kuzatib turardi. - hayrli kun telba qiz. - Xarun uning oldiga kelib
jilmayib gapirdi.
- hayrli, janob marhamatsiz. - yigit qizning gapiga kulib yubordi.
- bu shirin qizcha singlingiz shekilli, quyib qoʻygandek sizga oʻxshar ekan.
- u mening oyim. - qiz inglizcha gapirib Iffarni quchib oldi. Xarun bir zum nima deyishni bilmay turib
bir zum soxta kuldi.
- Zalifa, qara u yerda oʻyin maydonchasi bor ekan. Oʻynaysanmi? - bolalar uchun yaratilgan kichik
maydonchaga ishora qilib qizi tengi oʻtirdi.
- haaaa! - qiz tez tez yurib oʻsha tarafga ketdi. Iffar qizi maydonchaga kirguncha qarab turdi va soʻng
Xarunga qaradi.
- nima boʻldi janob marhamatsiz? Tushunganingiz kabi u mening yagona borligʻim. Qizim! - Iffar
undagi reaksiyani kuzatgancha jim turdi.
- yogʻe hazillashmang! U sizning singlingiz boʻlsa kerak, shunchaki unga ona kabi boʻlganingiz uchun
oyi deyapti! - kuldi yigit.
- sizga isbotlashga majbur emasman. Xoh ishoning xoh ishonmang, bu sizning ishingiz. Bayram
muborak! - Iffar maydonchani biroz uzoqroqda kuzatib turdi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Davomi
Uzoqdan Iffarni koʻrgan David darrov uning yoniga keldi.
- bayram muborak Iffar!
- senga ham David. - u tomon qayrilib salomlashdi.
- nega kelganingda mening yonimga bormading?
- shunchaki.
- nega bolalarga tikilyapsan? - uning maydonchadan koʻz uzmayotgani uchun soʻradi. Ahir onada
baribir, bolasidan havotir olgani uchun tikilyapti.
- qizimga qarab turibman - hech bir reaksiyasiz javob berdi.
- nima? - David anglamay soʻradi, bir Iffarning hissiz yuziga, bir maydonchadagi oʻynayotgan
bolalarga qarardi.
- nimasiga tushunmading? Qizimga qarab turibman. Oʻynayapti maydonchada.
- Iffar nima deyapsan? Seni... Seni qizing bormi? - tushunmay yana savol berdi.
- ha, ismi Zalifa.
- Iffar tushunmayapman ahir sen hali turmush qurmagansan?!
- sengs hisob berishim kerakmi David? Sen kimsanki meni soʻroq qilyapsan? Men oʻzimga xon,
oʻzimga sulton qizman. Shuning uchun ortiq savol berma. - Iffar uning ogʻzini yopib maydoncha
yoniga borib qiziga qoʻl silkib uni yoniga chaqirdi.
- kel qizim, seni xolavachchang bilan tanishtiraman. - qizini qoʻlidan oʻpib qoʻyib Davidning yoniga
keldi. David haliyam bir soʻz demay turardi.
- Salom. Mening ismim Zalifa. - uzbekcha aksent bilan dedi qiz.
- salom. Meniki David, David aka desang boʻladi. Necha yoshsan?
- toʻrt! - qiz quvnoq ovozda beshta barmogʻini koʻrsatdi.
- ammo bu besh. Qaysi biriga ishonay? - David hazil ohangida gapirib qizning burnini chimdib qoʻydi.
- oyiii, toʻrt qanday boʻladi? - qiz yigʻlamsirab gapirdi.
- bunday - David unga oʻrgatdi, Iffar qiziga mehrla tikilardi... #Ishq_safari


Malika Farhodni toʻxtatishga harakat qilsa-da befoyda edi.
- Farhod, Farhod toʻxta qayerga? - mehmonlarga ham qaramay toʻgʻri sahnaga chiqdi Farhod.
Malikaning qoʻlini yubirmagani uchun qiz nima qilishni bilolmay dovdirab qoldi.
- Farhod nima qilmoqchisan? Yolvoraman ketaylik. - qiz Farhodga eshitilar darajada pichirladi.
- avvalambor barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etaman. Yangi yilda sizlarga,
Malika ikkalamizninh ajoyib yangiligimiz bor... - Malika ulardan koʻz uzmay qarab turganlarga qarab
koʻzlarini olib qochardi. Akasi, otasi, onasi barchasi unga qarashardi, Farhodning oilasi ham
ikkalasiga tushunmay qarab turishardi. Malika Farhodning barcha gapini eshitmadi. Barchaning
qarashidan hayajonlangan qizning qulogʻiga hech narsa kirmadi. Ammo Farhodning soʻnggi gapi
quloqlari ostida jaranglab ketdi. - BIZ TURMUSH QURYAPMIZ!...
#####
Jimgina ketayotgan Habiba biroz zerikkani uchun musiqa qoʻyib shuni xirgoya qilib keta boshladi.
- Habiba. - asta gapirri yigit.
- himm - yuziga qaramasdan tomogʻida javob berdi.
- oldin hech kimnidir sevganmisan? - yigitdan bunday savol kutmagan qiz biroz oʻngaysizlandi.
Oʻrnini biroz oʻzgartirib yaxshilab oʻrindiqqa joylashdi.
- yoʻq! - qatʼiy javob berdi.
- hozirchi? - yigit koʻzida uchqun bilan soʻradi.
- nims hozir?
- hozir sevasanmi?
- yoʻq! - yigit tez tez qizga qarab qoʻydi.
- unda kimdir seni sevsa, unga imkon berasanmi? - yigit taslim boʻlishni hoxlamadi.
- oʻylab koʻraman va uning kimligiga qarayman.
- kim boʻlsa imkon berasan?
- sizga nima? Nega savollar berishdan toʻxtamayapsiz? - jahli chiqdi qizning.
- men uchun qiziq chunki.
- qiziq boʻlmasin, sizning hech bir narsangiz meni qiziqtirmaydi, meniki ham qiziqtirmasin! - qiz
qoshlarini chimirib oyna tarafga qarab oldi. Shu payt mashina ham shinamgina kafe oldida toʻxtadi.
- yetib keldik. - yigit mashinadan tushar chogʻida aytdi. Qiz ham zarda bilan eshikni yopib tushdi. -
marhamat honim afandi. - qizga yoʻl boʻshatdi.
- mersi janob! - qiz tez tez yurib kafe ichkarisiga kirdi.
Kafe juda chiroyli yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilgandi. Stollarda odamlar yaxshigina edi.
Kimdir oilasi bilan, kimdir sevgilisi, kimdir doʻsti, yana kimdir yolgʻiz oʻzi edi. Amir Habibani oyna
oldidagi stolga oʻtirgʻizdi. Qiz atrofga qarab jilmaydi. Barchaning kayfiyati chogʻ edi. Albatta
koʻrinishidan, balki ichida qalbi yonayotgandir, ammo koʻrinish jihatidan baxtli edilar.
- nima buyurtma qilasan?
- oddiy sharbat. - yigit ofitsiantga buyurtmalsrni aytgach joyiga yaxshilab joylashib oldi.
- Habiba, meni senga aytadigan gapim bor. - qiz yoʻlda berilgan savollardan kelib chiqib Amiening
nima demoqchi ekanini qisman anglagandi.
- eshitaman janob Amir.
- gapimni oxirigacha eshit hoʻpmi? - qiz bosh irgʻib qoʻydi.
- seni sevib qolganman... Eshityapsanmi?
- ...
- Seni sevaman, muhabbat abadiy emasligini unutilish muqarrarligini bilaman, oʻlimga
mahkumligimiz barcha orzu umidlarimiz hokimiz bilan tuproqqa qorishib ketishini ham bilaman...
Qachonlardir sayyoramiz, quyosh, jaziramisada kuyib kul boʻlishini ham bilaman... Lekin baribir seni
sevaman!... Maʼzur tutasan!
- ... Oʻxshatolmadingiz. Baribir sizni yomon koʻraman.


- men oʻxshatish qilmadim. Haqiqatdan seni sevib qolganman.
- aldayapsiz! Yana meni masxara qilyapsiz! Ishonmayman sizga!
- Habiba men seni qachon masxara qildim, men seni haqiqatdan sevib qoldim. - Amir ovoz toʻnini
koʻtarib gapirdi.
- qachonmi? Uyalmasdan qachon deysiz a? Davidga aytgan gaplaringizni barini eshitdim! Nima
degan edingiz? David "Nega Habibani qizgʻonyapsan sevib qoldingmi?" deganida "Yoʻq albatta!"
degandingiz! Endi esa bir soʻz demang! Yolgʻon soʻzlaringizni borib boshqasining qulogʻiga ayting! -
qiz shaxd bilan oʻrnidan turib ketdi. - Habiba! Habiba! - yigit uning ortidan borayotganda ofitsiant
uni toʻxtatib qoldi.
- janob toʻlov qilmadingiz, bizniki ham tirikchilik. - yigit yonida naxt emas, kartada olib yurgani
uchun kafeda uzoq qolib ketdi. Tashqariga chiqqanida allaqachon qiz ketib boʻlgan edi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Sahnadan tushgach ota onasiga hisob topshirgan Malika va Farhod bir chekkaga chiqdi.
- nega menga biror soʻz demay hammaga paq etib aytding? Menga aytsang nima boʻlar...
- senga aytsam sen qabul qilmasding! Men esa buni hoxlamayman! Senga Davidning toʻyida
aytgandim, nima qilib boʻlsa ham seni oʻzimniki qilaman degandim, yo oʻz ixtiyoring bilan yoki
majburan! Qara ikkalasini ham qildim. Ixtiyoring bilan jismingga, majburan oʻzligingga erishyapman.
- Malika Farhoddan bu kabi gapni kutmagani uchun biroz karaxt boʻlib qoldi. Ayni shu payt Malik
kelib qoldi.
- Malika sen bilan gaplashib olmoqchiman! - Malik jiddiy ohangda gapirib Malikaning qoʻlidan
ushladi.
- biz turmush quryapmiz Farhod, unga nima aytmoqchi boʻlsangiz, menga ham aytishingiz mumkin.
Malika bilan oʻrtamizda sir yoʻq. - Farhod ham narigi qoʻlidan ushlarkan dedi.
- singlim bilan shaxsiy gapim bor. Aytganingdek hali endi turmush qurasizlar, shu on u mening
yagona singlim. - Malik Farhodning qoʻlini siltab Malikani yetaklab ketdi. Farhod esa chuqur nafas
olib oʻziga oʻzi pichirladi: "Tinchlan, oz qoldi, albatta uddalaysan!"
*
- aka nima gap?
- Malika, nega birdaniga aytdinglar, otamga, onamga, menga ham aytmasdan?! Nima bunga majbur
qildi sizlarni? Arzirli sabab borligi aniq! - Malik unga zimdan tikildi. Malik oʻsha arzirli sababni
aytolmas edi. Ahir qanaqasiga "Aka men homiladorman, Davidning toʻyida qilgan axmoqligim tufayli
Farhoddan homiladorman" deb. Malika talqon yutgandek akasining koʻzlariga qarab jim turaverdi.
- Malika! Lol boʻldingmi? - asabiy gapirdi bu safar. - nega gapirmayapsan? Jim turma! Nima boʻldiki
birdaniga turmush qurishni reja qildingizlar? - Malik ovoz toʻnini koʻtargani uchun Malika titrab
ketdi.
- aka... Aka men... - bir ogʻiz gap aytib yana jimib qoldi.
- sen... Sen nima Malika? Sabrimni sinamay ayt!
- biz... Biz birimizni sevib qoldik! - bir nafasda aytdi.
- shunaqami? Sevib qoldinglar a? Biz Safura bilan shuncha harakat qilganda uni koʻksingdan itarib,
oz muddatda sevib qoldingmi?
- aka ahir bu sev...
- menga yolgʻon gapirma! - Malik, singlisining qulogʻiga pichirladi. Ular odamlardan chekkada
turishgani uchun ularga hech kim eʼtibor bermasdi.


- a.ka.. qa.aqan.a y.yolgʻ. on? - Malika kipriklarini pirpiratib biroz duduqlanib soʻradi.
- hammasini bilaman degan yolgʻon! Shoshqoloqlik qilmaslik kerak degan yolgʻon!...
Homiladorligingni bilaman degan yolgʻon! - soʻnggi gapini qulogʻiga pichirlab gapirdi. Malika uning
koʻzlariga qarab tikilib qoldi...
*
Davidning toʻy kechasi
Malika koʻp ichkilik ichgani uchun mast boʻlib Farhodning mashinasida yotgandi. Ular David va
Dilrubaning bir haftalik uyi oldida edi. Chunki Malika "Davidga syurpriz qilamiz!" Deb turib olgandi.
Davidning uyidan chiqqach yana uhlab qoldi. Farhod uni bu holatda uyiga olib borolmasligini anglab
oʻzining shaxsiy kichik uyiga yoʻl oldi. Yoʻl yarmida Malika uygʻonib koʻngli ayniganini qayt qilmoqchi
ekanligini aytadi. Farhod esa mashinani toʻxtatadi. Malika oʻziga kelib olgach biroz dadillashadi.
Mashinada Farhodning uyiga borguncha bidirlab bir gapirib, bir kulib yana bir yigʻlab keladi. Uyga
yetib kelgach yana ichkilik ichishni aytadi. Farhod qancha qarshilik qilsa-da Malika oyoq tirab turib
oladi.
Ikkalasi ham mast boʻlishadi. Erkak va ayol oʻrtasida shayton boʻladi deganlaridek Farhod unga yana
sevgi izhor qiladi, Malika oʻzida boʻlmagani uchun unga "Men ham!" deydi. Ohir oqibatda ular
oʻrtasida jiddiy munosabat boʻlib oʻtadi...
#davomi_bor
Muallif #Zulmat #lady_milo #Ishq_safari
Iffar qizalogʻi bilan qolgani uchun David Dilrubaning yoniga keldi.
- hayrli kun goʻzal honim. - jilmayib qoʻlidan oʻpib qoʻydi.
- sizga ham! - Dilruba biroz tortinib atrofga qarab qoʻydi. Koʻzi sal nariroqda ularga mehrla qarab
turgan otasiga tushdi. Uyalib Davidga qaradi. - dadam qarab turibdi, nariroq turing.
- biz bir birimizga begona emasmizku... Yur seni bir joyga olib boraman. Seni yangi yil kirib
kelguncha oʻgʻirlab ketaman. Rozimisan? - koʻz qisib qoʻydi.
- oʻgʻri kelib rozilik soʻraydimi axmoq? - Dilruba kulib qoʻydi.
- men oliyjanob oʻgʻrimanda.
- unda men ham roziman. - qiz jilmaydi, yigit uning barmoqlari orasidan oʻzinikini oʻtkazib
mexmonxonadan chiqishdi. - qayerga boryapmiz? - mashinaga chiqishgach qiz savol berdi.
- Syurpriz! Borgach bilasan. - yigit mashinani haydab ketgach qiz ham jimgima atrofni kuzatib ketdi.
Boshida biroz ogʻriq turdi, ammo aytmadi, yoʻqsa bugun ham uni dori ichishga majburlaydi. Ogʻriq
kuchli boʻlmagani uchun indamay ketaqoldi.
*
- aka men sizga hammasini tushuntirib beraman. Yolvoraman meni tinglang! - Malika birdaniga unga
yalindi.
- jim! Jim! Hozir emas! Bugun emas! Ertaga barini bafurja gaplashib olamiz. Hozir esa "Boʻlajak
turmush oʻrtogʻing" oldiga! - Malik uning oldidan ketdi. Yigitning biroz jahli chiqib mehmonxonaning
balkoniga chiqish uchun liftga chiqdi, lift endi yopilay deganda nozik qoʻllar uni toʻxtatib qoldi.
Uning ichiga Safura iymanib kirdi va yoniga turdi. Yigit lift tugmachasini bosdi. Qiz esa jim edi. Lift
ohirgi qavatda toʻxtagach Malik undan tushdi. Safura ham asta uning ortidan poshnalarini taqillatib


kelardi. Yigit sovuq havoga chiqqach chuqur nafas oldi. Uyoqdan buyoqqa yurardi. Safura nima
deyishni bilmasdan jim tomoshabin boʻlib turardi.
- Malik... - qiz asta gapirdi.
- Jim boʻl Safura! Jim! Barchasi seni deb! Sen aybdorsan! Sen mening yonimga akamni qiynalishini
istamayman deb kelding! Qara nima boʻldi? A? Singlimga nima qildi? A?! Ayt! Nima qilib qoʻyding?
Qancha gunohga botganimizni bilasanmi? Sening akang qiynalmasin deb men qondoshimni ota
uyidan oq yuz bilan chiqolmaydi! SENGA SHU KERAK EDIMI? A?!!! - yigit qizni siltagancha baqirib
tashladi. Safura shu zahoti yigʻlab yubordi. Qizning yigʻlaganini koʻrib undan uzoqlashib balkon
yoniga keldi. Qiz esa yana uning yoniga keldi.
- Malik men buni istamagandim! Men buni hoxlamagandim! Meni kechiring iltimos! - qiz tarafga
qaragan yigitning hovuri biroz tushdi. Asta uning koʻz yoshlarini sidirib tashladi. Soʻng uni ohista
bagʻriga bosdi.
- yigʻlama! Bunday qilmasligim kerak edi. - qizning sochlarini silab turgan bir paytda qayerdanligi
nomaʼlum boʻlgan oʻq kelib Safuraga tegdi. Malikning qoʻli shu zahoti issiq suyuqlikka tegdi. Qiz
holsiz yerga yiqildi....
* Amir mashinasida Habibani qidira boshladi. Koʻcha boʻylab yurarkan shu payt qizning egnini
qisgancha ketayotganiga koʻzi tushdi. Shu zahoti mashinasini toʻxtatib uning oldiga yugurdi, yoʻlni
kesib oʻtdi. Kostyumini tezda yetib uning ustiga tashladi.
- nega ketib qolding? - qiz darhol undan uzoqlashdi.
- tegma menga! Negs kelding? - yigit darhol uning koʻzlaridagi yoshni koʻrdi.
- nega yigʻlading? Nima boʻldi? - Amir havotir bilan soʻradi.
- senga nima? A? Senga nima? Senga daf boʻl dedim! Nega yana kelding? Yoʻqol! - qiz tez tez yura
boshladi.
- Habiba toʻxta! Toʻxtasangchi Habiba! Iltimos yoʻq dema! Menga bir imkon ber! - yigit u bilan teng
yurgancha dedi.
- yoʻqol! - qiz baqirib qadamini tezlatdi.
- Habiba! Habiba dedim! Toʻxtaaa! - yigit asabiy baqirdi. Qiz ortiga oʻgirilib qaradi.
- NIMA? NIMA HOXLAYSAN MENDAN? GAPIR!
- Iltimos mendan qochma! Men seni sevaman Habiba! Menga bir imkon ber!
- Senga yoʻq dedim! Yoʻq! Daf boʻl! - qiz yigitni itarib yubordi. Orqaga tentirab ketdi. Katta yoʻlda
mashinalar koʻp boʻlgani uchun katta tezlikda kelayotgan mashina Amirni urin ketdi. Habiba koʻz
oldida sodir boʻlgan avtohalokatni koʻrib qotib qoldi. Qizdan biroz nariga ketib yerga yiqilgan
yigitnining qonga belangan yuziga daxshat ichra tikilib qoʻllari qaltiragancha tentirab uning yoniga
bordi.
- A.a.mir! Amir! - qiz yigitni boshini koʻtarib oyogʻiga qoʻygancha gapira boshladi. Koʻzidan achchiq
koʻz yoshlari quyilib kela boshladi. - AMIR! AMIR KOʻZINGNI OCH! AMIR! - yigitni siltagancha
baqira boshladi. - AMIIIIIRRRRR!!!!! - qizning chinqirigʻini eshitganlar uning atrofini oʻrab olishdi...
*
Bazm davom etardi. Abetdan oʻtib peshin boʻlgan vaqt edi. Murshid bazmda yaxshigina qizning
qulogʻini lagʻmondan osiltirishga ulgurdi. Shu payt moviy va qora rangli harirdan tikilgan koʻylakda,
sochlarini toʻlqinsimon qilib yoyib olgan Maftunani koʻrdi. Sochini toʻgʻirlab qoʻygan Murshid
yoqasini koʻtarib qoʻyib uning yoniga bordi.
- hayrli kech meni oʻziga maftun aylagan Maftunammmm. - yigit qizning sochini oʻynab aylanib
oldiga turib oldi. Stolda turgan qadahdan bittasini olib, qizning qoʻlidagiga tekkizib ichdi. Qiz uning
harakatlariga axmoqqa qaragandek qarab jim turaverdi. Yigiy qadahni boʻshatgach qizga tirjayib
qaradi.
- gaping tugagan boʻlsa ketaqol! - qiz boshqa tarafga qarab oldi.
- yoʻq albatta! Bayram bilan.


- senga ham. - qiz pinagini ham buzmadi.
- oldin sizlardingku?! Nima jim urdi senlab qolibsan? - yigit bir qoshini koʻtarib gapirdi.
- hoxlaganimcha gapiraman. Sizning ishingiz boʻlmasin! - qizdan bu kabi muomalani kutmagan yigit
qizga boshdan oyoq nazar tashladi.
- Maftun senga nima boʻldi? Nega menga bunday munosabatda boʻlyapsan?
- qanday? Siz mening kimimsiz yaxshi munosabatda boʻlay? Tavba tavba!
- Maftun! - yigit qizning ismini asabiy gapirdi.
- nima? Nima Maftun? Meni ismim Maftuna! Ismimni toʻliq ayting, begonalar qisqartirganini jinim
suymaydi. - qiz qoshlarini chimirib oldi. Shu payt ular oldiga qop qora smokingda bitta begona yigit
keldi.
- lady, men bilan raqsga nima deysiz? - yigit unga qoʻlini choʻzdi. Murshid oʻtkir nigohlarini unga
qaratdi.
- albatta janob. - Maftuna unga ahamiyat ham bermay yigitning qoʻlidan ushlagan zahoti narigi
qoʻlidan Murshid oʻziga tortdi. Qiz shu zahoti joyida paydo boʻldi.
- uning jufti bor! Koʻrmisan yoki? Nari ket! - Murshid qoshlarini chimirib unga qarab, qizning oldiga
oʻtib uni olib ketdi.
- Murshid nima qilyapsan? Bu nima qilganing? - yigit qizni qoʻlidan ushlab olib keta boshladi, bosh
yoʻlakka kelgach toʻxtadi. Shu yergacha Maftunaning ovozi oʻchmadi.
- qoʻyib yubor ablax! - qiz yigit uni qoʻlini qoʻyib yuborishi bilan unga tarsaki tushirdi. - menga
qoʻlingni uchini ham tekkizma!
- yana bir marta sensirasang shu sayrab turgan labingga oʻzim toʻsib qoʻyaman! Tushunarlimi?! -
yigit haliyam asabiy holda gapirdi.
- menga tahdid qilolmaysan tushundingmi?! Bunga haqqing yoʻq! #davomi
Maftuna yigitni itarib yubordi.
- Maftun! Jahlimni chiqarma! - yigit asabiy tishlari orasida vishilladi.
- nima jahl faqat senda bormi? Sen kim boʻlibsanki seni sizlashim kerak?! Hech kimsan menga!
Angladingmi? Hech kim! Hayotimda hech qachon bir oʻrning yoʻq! Bundan keyin meni tinch... -
qizning gapi ohiriga yetmay lablariga toʻsiq qoʻyildi. Ayni shu paytda kelin qolgan Xarun albatta bu
tomoshani notoʻgʻri talqinda angladi. Holat davom etayotganini koʻrin asabiy tarzda u yerdan ketdi.
Qizning miyasiga endi tepdi shekilli yigitni oʻzidan itarib yubordi.
- qoʻyib yubor ablax! Bezbet! Toʻnka! Uyatsiz! Farosatsiz! - qiz uni itarib itarib ayollar xonasiga kirib
ketdi. Rakvinadan suvni oqizib labini qoʻllarini bilan yuva boshladi. Koshki shu bilan boʻlgan voqea
unutilsa?!
- lanati! - soʻkingancha yuvib yuvib labini quruq salfetkaga labini artib tashladi. - piffff! Qiz oynaga
qaraganda yuzlari qizarib ketgan, labi bilinar bilinmas qaltirab turgan qizni koʻrdi. - lavlagim chiqib
qolibdi-ku - qiz muzdek suvga qoʻlini yuvib boʻyin sohalariga tekkizib qoʻydi...
- Maftunimmm. Chiqaqoldingmi? Bitta boʻsaga buncha reaksiya bildirasan deb oʻylamagandim! -
Murshid qiz chiqishi bilan mazah qila boshladi. Qiz uni koʻrmaganga olib oʻtib ketdi. Tashqariga
chiqishi bilan politsiya xodimlari kelganiga koʻzi tushib qiziqish bilan qarab turdi. Ammo xodimlar
toʻgʻri u tomon kelayotganini koʻrib ortiga "Boshqa odam yoʻqmikan?" deya qarab qoʻydi. Ammo
kimsa yoʻq edi.
- maxfiy agent Maftuna Ibragimova! Siz ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan fuqaroga yordam
berganlikda gumon qilindingiz! Biz bilan mahkamaga borishga majbursiz! - Maftuna eshitgan
gaplaridan karaxt boʻlib qoldi...
*
David ularni hech kim bezovta qilmasligi uchun telefonini oʻchirib qoʻydi. Dilrubaniki ham oʻchirib
mashinaga tashladi. Ular kechki paytgacha koʻchalarni sayr qilishdi va kechga yaqin David uni


shaxardan uncha uzoq boʻlmagan shinam restaranga olib keldi. Odamlar gavjum boʻlsa-da ajoyib edi.
Dilruba yigirning qoʻlidan qoʻllarini oʻtkazib restaranga kirishdi. Restaran markazida joylashgan
romantik stol oldiga borishgach, David qizning stulini surib oʻtirishga imladi. Dilruba biroz hayrat
ichra stulga oʻtirdi. David ham oʻtirib olgach ofitsiant kelib ularga oldindan buyurtma qilingan
taomlarni olib kelin ketdi.
- ouu qanday ajoyib! - qiz jilmayib qoʻydi.
- yoqqanidan xursandman...
*
Farhod biroz hayollarini yigʻib olish uchun yoʻlak boʻylab ketayotganda oldidan yugurib bitta sochlari
jingalak va chiroyli qiz unga urilib ketdi. Qizning sochlari toʻzgʻigan edi.
- yordam! Yordam bering iltimos! Bir necha kishilar menga tajovuz qilishmoqchi!!! - qiz shu zahoti
yigʻlab yubordi. - iltimos yordam! - Farhod erkaklarning ovozini eshitib shu yerdagi tasodif tufayli
ochiq turgan eshikka qizni quchogʻiga olgancha kiritdi va eshikni yopdi. Afsuski buni uzoqdan
koʻrgan odam notoʻgʻri fikrga borishi aniq, shu qatori Malikaning ham. Bir necha erkaklar kelib
boshqa yoʻlakka burilib ketgach Malika eshikdan koʻz uzmay keldi. Yoʻlak boʻylab poshnasining ovozi
jaranglab turardi. Eshikni taqillatib oʻtirmasdan zudlik bilan eshikni ochdi. Ichkaridagi manzara esa
hayoldagi notoʻgʻri fikrni yanada ishonch hosil qilishni taʼminlaydi. Ichkarida qiz uning boʻyniga
osilib turgan edi. Farhod ham qizga qarab turar, eshik ochilishi bilan eshik tarafga qarab darhol
qizdan uzoqlashdi.
— Malika... Malika men senga hammasini tushuntirib beraman. Bu sen oʻylagan narsa emas! —
Ammo qiz uni tinglamay xonadan otilib chiqdi. — Malika!! Senga tushuntirib beraman dedimku!
Toʻxta! — qizning ortidan borsada u toʻxtamay ketardi.
— Aslo menga yaqinlasha koʻrma! U iflos qoʻllaringni menga aslo tekkazma tushundingmi? Sendan
nafratlanaman! Suf senga! Men oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim seni! Yana uyalmay menga boshqa narsa
deysan a? Senda ozgina gʻurur, ozgina jasorat boʻlganida edi, yolgʻon gapirmasding! Endi esa yoʻqol!
Hayotimdan chiqib ket! Bolangni tushingda koʻrasan!!! — qiz uni itarib shaxt bilan chiqib ketdi... *
Taomlanib boʻlgach David qizga tikilib qoldi. Qiz bundan tortinib qoʻzgʻalib qoʻydi.
- David bunday qaramang! Odamlar qarashyapti! - qiz uyalinqirab sochini qulogʻi ortiga oʻtkazib
qoʻydi.
- Qarashsa qarashar, ahir rafiqamga ham qarolmaymanmi?... Dilruba! - qiz unga "Eshitaman"
degandek qaradi. - senga sovgʻam bor degandimku.
- aha!
- oʻshani senga bermoqchiman.
- qani? - qiz koʻzlari porlab soʻradi.
- Dilruba... - shu payt restaranda vals uchun mos boʻlgan kuy chalindi. - musiqa! Men bilan vals
tushasanmi? Sovgʻa qochmaydi. Shu yerda boʻladi. Kel! - yigit qizning roziligini ham olmasdan uni
qoʻlidan ushlab turgʻizdi. Atrofdagilar ularga havas ila tikilib turishardi.
Musiqaga mos tarzda tebranib turisharkan, qizning boshida ogʻriq paydo boʻldi. Ammo yigitga
bildirmay, jilmaydi. Ammo ogʻriq tobora kuchayib borardi.
- Dilruba! - yigit qizning quloqlariga pichirladi. - Seni sevaman... - qiz joyida taqqa toʻxtadi. Ikkalasi
ham bir birining koʻzlariga qarab tikilib qolishdi. Qizning yuzidagi tabassum ham yoʻqola boshladi,
kutilmaganda aytilgan bu sevgi izhordan biroz hayratda qoldi. Va yana miyasiga qandaydir qurt kirib
qolib miyasini kemirayotgandek ogʻriq kuchaygandan kuchaydi.
- D.david... - qiz yigitning ismini asta aytib holsiz uning qoʻllariga yiqildi. Yigitning yuragidagi
qoʻrquv yanada kuchaydi. Endi sevgisizi izhor etganda yoʻqotish azobi paydo boʻlgandi. Hayollarida
allaqachon "Agar oʻlsa men qanday yashayman?!" kabi savollar aylanardi. Oshiq mashuqsiz qolsa
tirik murdaga aylangani kabi, David ham huddi shunday boʻlishi mumkin.


— Oshiq hasta boʻlsa, mashuq sogʻligidan uyalar ekan...
— Mashuq hasta boʻlsa, oshiq oʻlib qolarkan...
Ishq Safari 
1-boʻlim tugadi.
Muallif: Boltaboyeva Gulbonu
#lady_milo
Eʼtiboringiz uchun tashakkur!
Yozilish vaqti:
15.11.2022
09.03.2023

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling