Ishsizlik: Ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari, asosiy ko’rinishlari qisqartirish yo’llari Reja
Download 116.5 Kb.
|
Ishsizlik Ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari, asosiy ko’rinishlari qisqartirish yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchi shart
Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim.
Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligi, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasimy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim. Ishsizlik tushunchasiga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash kerakki, ishsizlar – bular shunday kishilarki, ular mehnat bozorida o’z xizmatlarini faollik bilan taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga olinishi darkor. Ba’zan «ishsizlar» tushunchasining xalq xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan mehnatga qobiliyatli aholi sifatida keng ma’noda talqin qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish qiridayotganlarni ham, ish qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq to’lanadigan ish o’rnini egallash uchun da’vogarlik qilayotgan, lekin unga o’zining kasb-malaka jihatidan yaroqli, sog’lig’i, ichki uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam bermayotgan shaxslar ham kiritilardi. XMT sandartlariga ko’ra, ishsizlar sirasiga muayyan yoshga yetgan, hisobot davri mobaynida ishsiz bo’lib, darhol ishga tushishga tayyor bo’lib turgan va faollik bilan ish qidirayotganlar kiritiladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda ishsiz degan maqomga ega bo’lmoqchi bo’lgan kishi quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim: ishsizlar bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olinishlari darkor; ishsiz deb hisoblanish uchun odam faollik bilan ish qidirish (odatda bandlik xizmatiga murojaat qilishdan bir - to’rt hafta ilgari) kerak bo’ladi; ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat ilgari ishlagan kishilarga beriladi; ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim; ishsiz odam o’zi uchun bandlik xizmati «mos keladi» deb hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim; ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak; ishsiz odam muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytirildi yoki uni to’lash mutlaqo to’xtatiladi. Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling