3. Inflatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liklik. Fillips egri chizig`i.
Iqtisodiyot o`z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik
darajasini oshirish yoxud inflatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini
tanlashga majbur bo`linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflatsiya darajalari
o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo`shimcha
mablag`lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi.
Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko`tarilishiga olib keladi, ya‘ni talab inflatsiyasi ro`y
beradi.
Ishsizlik va inflatsiya ko`rsatkichlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik ingliz iqtisodchisi
A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig`i (4.1 -rasm) deb ataladi.
Fillips egri chizig`i ishsizlik va inflatsiya darajalari o`rtasidagi teskari bog`lig`likni
xarakterlaydi.
4.1-rasm. Fillips egri chizig`i
4
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko`ra, shuningdek, inflatsiyaning qaysi turi
mavjudligiga qarab Fillips egri chizig`idagi inflatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi
farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflatsiyaning sur‘atiga bog`liq. Kutilayotgan
inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur‘ati past bo`lgan
inflatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflatsiya darajasi yuqori bo`ladi. Ishsizlik darajasi va
inflatsiya sur‘atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko`rinishida tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
π = π
kut
+ f ( ------------- ) + ε
4
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |