Bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan bandligini ta‘minlash
muammolari dolzarb tus oladi. Chunki mehnat resurslaridan samarali
foydalanish orqaligina
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta‘minlash mumkin.
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo`nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish,
ishchi
kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga layoqatli aholining
ilmiy salohiyatini
oshirishga qaratilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, yuqorida ko`rsatib o`tilgan dasturiy
chora-tadbirlarni amalga oshirishda Hukumatning asosiy e‘tibori
aholi bandligini,
eng avvalo,
kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta‘minlash
uchun zarur shartsharoitlar yaratish bo`yicha ustuvor yo`nalishni amalga oshirishga qaratiladi.
Birinchi navbatda, bu iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning ehtiyojini hisobga olgan holda, yangi
ish o`rinlari tashkil etish bo`yicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqishni ko`zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: