Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Moliyaviy bozorlarning beqarorligi kreditlarning qisqartirilishi va iste‘molning


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 мавзу макро

Moliyaviy bozorlarning beqarorligi kreditlarning qisqartirilishi va iste‘molning 
pasayishi ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning o`sishi.  
Shunga ko`ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag`batlantirish orqali ishlab chiqarish ko`lamini 
kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko`rish masalasini ko`ndalang qilib qo`ymoqda.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o`lchanishi.  
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish 
resurslari to`liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan 
mehnat resurslaridan to`liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo`ladi.


Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko`proq 
foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan 
va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi 
kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo`lgan talab qisqaradi
agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo`lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa 
kamayadi. Ishchi kuchiga bo`lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo`lishi 
ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band 
bo`lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.  
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni 
quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling