Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi 208 – guruh talabasi
Ro’ziboyeva Shahzoda
Ishsizlik sabablari, turlari va ko’rsatkichlari Reja: 1. Ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni 2. Ishsizlikning sabablari va turlari 3. Ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari 4. Ishsizlikning tabiiy darajasi. A. Ouken qonuni 5. Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari - Ishsizlik muammolari tadqiqisiz mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini to’la tasavvur etib bo’lmaydi. Ishsizlik – bu, bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir.
- Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ish joylarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
- Ma’lumki, O’zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida aholisining jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz aholisi soni har yili o’rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko’paymoqda. Bunday vaziyat o’z navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish borasida uzluksiz tadqiqot olib borishni taqozo etmoqda. Buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish joylarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Aks holda, ishsizlar sonining ortib borishi aholining turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shu nuqtai - nazardan avvalambor, ishsizlik tushunchasi va uning mazmunini chuqurroq o’rganmog’imiz lozim.
- Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rtta shart mavjud bo’lishi lozim.
- Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun hujatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqigga ega bo’lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, «Mehnat kodeksi»ning 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.
- Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim.
- Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligi, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasimy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
- To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |