Ishsizlik sabablari, turlari va ko’rsatkichlari


Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari


Download 2.19 Mb.
bet3/4
Sana03.11.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1741586
1   2   3   4
Bog'liq
Ishsizlik, muvozanat va ishsizlikning kirib kelishi va chiqishi

5. Ishsizlikni himoya qilish borasida davlat tadbirlari

  • Jiddiy muammolar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish siyosatini o’tkazadi. Birinchidan, ishsizlikning friksion va tarkibiy turlari o’sganda:
  • qaytadan kasb o’rgatadi;
  • ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
  • bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
  • mehnat birjalariga investisiyalarni ko’paytiradi.
  • Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit - pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:
  • ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi;
  • tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;
  • ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.

Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish:

  • Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish:
  • aholi soni, yosh va jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;
  • ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga;
  • qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlari;
  • ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga hamda uning o’sish sur’atiga;
  • ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
  • Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyosini oshirishga qaratilagan bo’lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.


Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling