Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammosi
Download 49.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqIshsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammosi
Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammosi Kirish 7……..10 betlar Asosiy qism 11……..18 betlar Reja. 1.Bandlik. 19……. 28 betlar Reja. 2. Ishsizlik va uning turlari 28 ……. 45 betlar Reja. 3. Mehnat bozozrini tarkibiy tashkil etuvchilari, mehnat bozori, bandlik ishsizlik. 46 …….. 51 betlar Hulosa 52 ……… 53betlar Foydalanikgan adabiyotlar 53………. 54 betlar KIRISH
Mamlakatimizning 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”1. Shunga ko’ra, mamlkatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirishga imkon bermoqda. Iqtisodiy faol aholi tarkibidagi yoshlar eng istiqbolli toifa hisoblanib, uzoq muddatli intellektual investisiya obyekti hisoblanadi. Ular bilim darajasining yuqoriligi, kuchli mehnat motivasiyasi, jo’shqin jismoniy salohiyat, mehnat bozori talab etayotgan kasb va ixtisoslikka tez o’qitish va o’rgatish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. O’zbekistonda har yili yuz minglab yangi ish o’rinlari tashkil etilayotganligiga qaramasdan mehnat resurslari miqdori muttasil o’sib borayotganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va boshqa omillar mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi unga talabdan yuqori bo’lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarini tugallayotgan yigit-qizlarni ixtisosliklari bo’yicha ish bilan ta’minlashda jiddiy muammolar mavjuddir. Bu esa yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli miqdorga ega bo’lmoqda. Bunday holat mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali usullarini tadqiq etishni talab qilmoqda. Iqtisodiy modernizasiyalash sharoitida O’zbekistonda ham yoshlar mehnat bozoriga, xususan yoshlar ish bilan bandligini oshirishda davlat siyosati bilan bog’liq yechimini topish lozim bo’lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida: yoshlarning ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish, -yoshlar ish bilan bandligini ta’minlash va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish ko’lamini kengaytirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli, -yoshlarning ish bilan bandligini oshirish mezonlari va ko’rsatkichlar, -yoshlar mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlari hamda yoshlar mehnat bozorida oqilona ish bilan bandlikni ta’minlashni takomillashtirish yo’llari kabi muammolarni alohida qayd etib o’tish lozim. Mehnat bozori, ishsizlik, inflyasiya, aholini ish bilan ta’minlash muammolarini fundamental tadqiq etishga: Keyns J.M., Lukas R.Ye., Osvald A., Armstrong J., Rozan X., Rudebsh J., Xayek F., Xoll S., Yanosh K. kabi xorijiy yetakchi olimlarning ilmiy ishlari bag’ishlangan. Bu tadqiqotlar iqtisodiyotni yangilash sharoitida turgan mamlakatlarda mehnat bozorining umumiy muammolarini o’rganish uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, MDH mamlakatlari olimlaridan Adamchuk V.V., Volgin N.A., Genkin B.M., Kosnikov V.G., Kotlyar Z.A., Kuzmin S.A., Maslova I.S., Odegov Yu.G., va boshqalar munosib hissa qo’shganlar. Bu muammolar tadqiqotiga o’zbekistonlik olimlardan Abdurahmonov Q.X., Zaynutdinov Sh.N., Zokirova N.Q., Raximova D.N., Raximova N.X., Tursunxo’jayev M.L., Ubaydullayeva R.A., Xolmo’minov Sh.R., Xudoyberdiyev Z.Ya., Shoyusupova N. va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag’ishlangan. Bu ilmiy izlanishlarda mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, uning shakllanishi, aholini ish bilan bandligi va uni tartibga solish usullari to’la yoritib berilgan. Lekin, ularda yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari tadqiqot obyekti sifatida batafsil o’rganilmagan. Mazkur muammolarning iqtisodiyotini yangilash sharoitida to’liq o’rganilmaganligi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarning to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi. Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar . Jumladan , bu masala klassik va keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir . Bu bahs xususida qisqacha to’talamiz. Klassik(va neoklassik) nazariyaga ko’ra , ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi . Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib , kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda” mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi , mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi . Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik inflatsiya bo’lishi mumkin . Bundan –neoklassiklarning asosiy “resepti” – ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi . Shuningdek , bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall va boshqalar) fikricha , mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi . Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi. Yangi klassik maktab nazariyachilari (J.Perri , M Feldstayn , R. Xoll va boshqalar) mehnat bozorida muvozanat , ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi teng bo’lsa , ishsizlik bo’lmaydi deb hisoblashadi . O’zbekistonda uchinchi uyg’onish davri boshlanganligini Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev har nutqlarida: yoshlarni jahon standartlariga mos kadrlar yetishtirsak bandlik masalasi o’z-o’zidan hal bo’lishini ta’kidlaydilar. So’ngi yillarda o’tkazilayotgan islohotlar natijasida aholini ish bilan ta’minlash ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamni qo’llab quvvatlash birinchi o’rindagi masalaga aylandi. Hozirgi kunda aholini o’zini – o’zi band qilish orqali bandlikni ta’minlash, tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar berish, yoshlarni qo’llab quvvatlash doirasida 0.20 ga dan yer ajratib berish amaliyotia yo’lga qo’yildi. Buning natijasida O’zbekiston Respublikasida bandlikni ta’minlash sezilarli darajada oshdi lekin pandemiya sharoitida bu narsalar amalga oshirilganligi sababli iqtisodiyotimizga kata ta’sir etgani yo’q. Bandlikni ta’minlash ishsizlikni kamaytirish mamlakatimizda yetarlicha resurslarimiz borligi hammamizga ayon biz shu davrgacha paxtani tayyor maxsulot emas balki xomashyo sifatida chet elga eksport qilardik, hozirgi islohotlar natijasida yangi klassterlar tuzilyapti. Klasster bu xom ashyoni yetishtirishdan tortib uni tayyor maxsulot qilib bozorga olib chiqiladigan tizim bo’lib klassterlar ko’paysa va rivojlansa ko’plab bir-birini to’ldiruvchi korxonalar vujudga keladi. Korxonalar tashkil topgandan keyin albatta o’z-o’zidan yangi ish o’rinlari yaratiladi va bandlik ta’minlanadi. Download 49.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling