Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishning ustuvor yo’nalishlari
Download 0.7 Mb.
|
Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA …………………………………………………..
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..................................
KirishKurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning har bir hududida o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Ammo shuni aytish kerakki, mamlakatda ishsizlik darajasining mavjudligi, agar iqtisodiyotga davlatning aralashuvi kamaytirilsa, bugungi kunda, ayniqsa, butun dunyoda jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi oqibatlari bartaraf qilinayotgan bir davrda, u yanada ortishi ehtimoldan holi emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek, “Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2019 yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo’nalishi va hech mubolag’asiz, eng muhim shartidir”1. Shuningdek, bugungi kunda “Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to’plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga bog’liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to’ldirish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha muhim rol o’ynashini amalda tasdiqlamoqda”2. Ishsizlik bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlarida mavjuddir. Bozor iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlarda ham hech bo’lmasa joriy ishsizlik mavjud. Ishsizlikning asosiy negizi ishchi kuchi bozorida ishchi kuchi taklifining ish joylari sonidan ortiqchaligi bilan bog’liq. Ishsizlik – bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, mamlakatda ishchi kuchining ish bilan bandligini oshirishda, ishsizlikni ijtimoiy himoyalashda davlat siyosati, aholi daromadlarini oshirish, aholi turmush darajasini ko’tarish va ishchi kuchi resurslarining yangilanib borishini rag’batlantirishda ishchi kuchi bozorining ushbu xususiyatlarini chuqur ilmiy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumatning hududiy darajadagi ishsizlikni kamaytirish va ishsizlikni ijtimoiy himoyalashda davlat siyosati ham strategik, ham taktik maqsadlarni o’z ichiga olishi kerak. Chunki, har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat har xil bo’ladi va ushbu nuqtai-nazardan, ularning har biriga mos bandlik va yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar qo’llash kerak. Buning uchun albatta hududlardagi boshqaruv organlarining ushbu sohaga yanada ko’proq e’tibor berishlarini ta’minlash zarur. Shu bilan birga ishsizlik darajasi, uni hududiy va tarmoqlararo mavjudligi, uni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ishsizlikni ijtimoiy himoyalashda davlat siyosatini amalga oshirish davr talabidir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling