Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana12.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1700321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Djo\'rayeva Z kurs ishi

III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA 
3.1. „Turkiston to‘plami“ning davom ettirilishi 
1916- yil „Turkiston to‘plami“ni tuzish to‘xtatildi, lekin Y.K. Betger 20- 
yillarda „To‘plam“ning yana 3 jildini tuzib chiqdi. Betger ishtiroki va yordami bilan 
O. V. Maslova Mejovdan keyin tuzilgan 417 — 591- jildlarga sistemali ko‘rsatkich 
tuzadi. Unda faqat Turkistonga oid material saralab olinib, yangi klassifikatsiya 
jadvali asosida 10 ta bo‘limda materiallarni xronologik tartibda joylashtirgan. 
Mualliflarning alifbo ko‘rsatkichi va geografik nomlar ko‘rsatkichidan tashkil 
topgan yordamchi bo’lgan apparat ham mavjud. V. I. Mejovning yordamchi 
ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, O. V. Maslova tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlarda 
bibliografiya bo‘limi yo‘q, bu esa bibliografiyaga oid materiallarni topishni 
qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanishning yana bir qiyin tomoni shundaki, 
u yozuv mashinkasida ko‘chirilgan. „Turkiston to‘plami“ni yakunlash maqsadida Y. 
K. Betger 1948- yilga kelib ko‘rsatkichni tuzdi. Materiallar mamlakatlar bo‘yicha 
xronologik tartibda joylashtirilgan. Ko‘rsatkich 2368 ta annotatsiya va xabar- lardan


39 
iborat bo‘lib, 278 sahifali. „Turkiston to‘plami“ning 29 ta jildi Rossiya davlat 
kutubxonasida saqlanmoqda. Y. K. Betger o‘zining maqolasida ana shu 29 (1 — 2, 
4 — 30) jild haqida yozadi. To‘plamga Mejovning „Turkiston to‘plami“ haj- miga 
teng qog‘ozga yopishtirilgan gazeta xabarlaridan iborat jildlar kiritilgan. Y. K. 
Betger tomonidan topilgan to‘plamning har bir jildi bosmaxonada bosilgan titul
varag‘iga ega. Tuzuvchining ism-sharifi, to‘plam tuzilgan davr hech qayerda 
ko‘rsatilmagan, kirish so‘zi berilmagan. Uslub jihatdan Mejovning „Turkiston 
to‘plami“ga nisbatan bo‘sh ishlangan: maqolalar manbalari ko‘rsatilmagan; 
mundarija yo‘q; materiallarni joylashtirishda xronologik izchillikka rioya 
qilinmagan (har bir to‘plamda turli yillarga oid gazeta maqolalari uchraydi); 
materiallarni guruhlashtirish tartibini aniqlash qiyin. To‘plamning hajmi kattaligi 
uchun qimmatli materiallardan foy- dalanish qiyin, lekin bu masalani hal qilish ishi 
bilan Y.K. Betger shug‘ullandi va yordamchi ko‘rsatkichni tuzdi. Unda 29 ta 
jildning mazmuni predmet va shaxs ismlari ko‘rsatkichi bilan yoritildi. Hozirga 
qadar bu jildlar kim tomonidan tuzilganligi aniqlanmagan. Y. K. Betgerning 
fikricha, V. I. Mejov tomonidan tuzilgan dastlabki 9 jildi Peterburgda, keyinchalik 
N. Dmitrovskiyning iltimosiga ko‘ra, Toshkentga yuborilgan va to‘plamlarga yangi 
titul varag‘i qilingan. Qolgan 20 jildi Y. K. Betgerning yozishicha, Dmitrovskiy 
tomonidan tuzilgan. „Turkiston to‘plami“ning yana bir qimmatli tomoni shundaki, 
bunda sho‘rolar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyo bibliografiyasi, metodikasiga oid 
10 dan ortiq maqola, rus, xorijiy tillarda yozilgan Turkiston o‘lkasiga oid 30 ga yaqin 
bibliografik ko‘rsatkichlar kiritilgan. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling