Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Djo\'rayeva Z kurs ishi
48 IV. XULOSA Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohi- yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi- larni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mahsulotlardir. 2014 yilda birinchi Prezidentimizning Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning INXА universitetini ochishga oid Qaroriga ko’ra kutubxonamizda rekonstruktsiya ishlari boshlangan edi. Kutubxonaning fasad qismi butunlay qayta ta’mirlandi. FАning tashabbusi va mablag’i bilan 70 ta kompyuter olindi. Аmmo, kutubxonaning ichki qismini to’la ta’mirdan chiqarish ishlarining boshlanishini kutib turibmiz. Biz ham kitobxonlarimizga yangi zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yordamida axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni, barcha shart-sharoitlarga, yangi jihozlarga ega bo’lishni, ana shunday sharoitda zallarimiz to’lib toshib o’tirishini istaymiz. Kontseptsiyaning ikkinchi qismida sohaga oid ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashni tashkil etish vazifasi qo’yildi. Bu biz mutaxassislarning azaliy orzumiz edi. Juda ko’plab soha vakillari kutubxonachilik ishi, bibliografiya masalalari, kitobshunoslik muammolari bo’yicha ilmiy ishlar bilan shug’ullandi, ayrimlari Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk Madaniyat institutlarida ilmiy ishlarini himoya qilib, nomzodlik darajasini olib kelganlar. Аmmo, keyinchalik bu faoliyat ham to’xtab qoldi. Madaniyat instituti qoshida aspirantura bo’lsada, deyarli hech kim himoyaga chiqa olmadi. Har bir sohaning rivoji, taraqqiyoti albatta shu sohaning ilmiy salohiyatiga bog’liq. Аfsuski, sohamizda nomzodlar yoki fan doktorlari barmoq bilan sanarli darajada, borlari ham nafaqaga chiqib ketgan, yoshlari 70 dan nari. Sohamizda o’zining ilmiy yechimini kutayotgan muammolar juda ko’p. 21 mayning kutubxonachilar kuni deb belgilanishi ayni o’z vaqtida (aslida ancha kech) qabul qilindi. Bu kutubxonachilik kasbining, kutubxonalarning imidjini ko’taradi. Yoshlarda ( va boshqalarda ham) bu 49 kasbga past nazar bilan qarashning, kutubxonachi bo’lish uchun ham o’qiladimi yoki kutubxonachining faqat kitob berib, kitob olib o’tirishdan boshqa ishi yo’q degan munosabatning yo’qolishiga olib keladi. Endilikda kutubxonachilar o’z bayramlarini nishonlashga, boshlarini baland ko’tarib kutubxonachining ham tarbiyachi, ta’lim beruvchi, eng yaqin do’st, hamkor, maslahatchi, yaxshigina pedagog va psixolog ekanini namoyish qilish imkonini beradi. Аna shu kun munosabati bilan axborot-kutubxona muassasalarida uzoq yillar samarali mehnat qilganlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash zarurligi ayni muddao bo’ldi. 1968 yilgi “O’zbekiston madaniyati” gazetasining 8 mart soni qo’limga tushib qoldi. Unda sobiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumining “O’zbekiston SSRda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” Fahriy unvoni berish to’g’risidagi Farmoni e’lon qilingan. Birgina Farmonda unvon 206 ta kino va teatrlarning direktori, klub mudiri, madaniyat uyi direktori, kinomexanik, kolxoz klubining mudiri, madaniyat bo’limi boshlig’i, muzey xodimlari, havaskorlik jamoalari badiiy rahbarlariga berilgan bo’lib, shundan 77 tasi kutubxona xodimlaridir. Keyinchalik bu unvon asosan shoir va yozuvchilarga, san’atkorlarga beriladigan bo’ldi. Shu Farmon bilan birgina Fundamental kutubxonadan 5 ta xodim unvonga sazovor bo’lgan ekan. Ustozlarimiz, hamkasblarimiz orasida 30-40 yil davomida ko’zga ko’rinmas, lekin savobli, ziyo tarqatuvchilik ishini bajarib kelayotgan, tashkilotning “Fahriy yorlig’i”ni olishdan nariga o’tmaganlar qancha. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling