Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport
III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Djo\'rayeva Z kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. XULOSA
III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA ................................. 38
3.1. „Turkiston to‘plami“ning davom ettirilishi...................................................... 38 3.2. V. I. Mejov an’analarining davom ettirilishi.................................................... 39 IV. XULOSA .......................................................................................................... 48 V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ......................................................... 50 3 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo’g’inlarida siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o’zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi boklgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga bog’liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo m a’naviyatidagi o fczgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o ktirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’- molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning „Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini o ‘stirishga e’tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga boyigan ehtiyojini qondirish uchun shart- sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan 4 foydalanish vazifasi qo‘yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011— 2015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborotkutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi va 2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 1815 ta elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan oshiq elektron shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi belgilab berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya yordamga keladi. Bibliografiya shuningdek bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi fakultetlarda, madaniyat, san’at hamda pedagogika kollejlarining kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish nazariy masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida ma’ruza matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Talaba o‘zini o‘zi muntazam tekshirib borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan bog‘liq holda o ‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi, kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berish, o‘z vaqtida axborot berish hamda shu fan yordamida o‘rganiladi. Bibliografiya predmeti o’quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi. Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini targ‘ib etishda, Prezident asarlaridan, ko‘rsatma hamda farmonlaridan foydalangan holda shuningdek o’quvchilarga amaliyotda bibliografik sharhlashni, adabiyotlarning turli xil ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo'llanmalarni tuzish metodikasini, kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qaysi 4 yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutubxonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini o’rgatadi [1]. 5 Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga bog‘liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. Kutubxonalarda to’plangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targ’ib qilib, Bibliografiya alohida ilmiy muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshishiga ta’sir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yaqin aloqada. Ulardan farqli o’laroq, ilmiy nazariya, g’oya, dalillar haqida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar to’g’risida ma’lumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo’lib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, so’ng kitobxonlarga mo’ljallab saralash yo’lga qo’yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g’oyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo’yicha guruhlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda o’zlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi 6 muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo’lib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo’lganda adadi, narxi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, o’rnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotasiya, referat, guruh axborot (obzor). Ijtimoiy vazifasiga ko’ra, davlat Bibliografiyasi, ilmiy yordamchi Bibliografiya hamda tavsiya Bibliografiyasiga; mazmuniga ko’ra, umumiy, soha va mavzuli Bibliografiyaga bo’linadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs Bibliografiyasi), va o’lkashunoslik Bibliografiyasi tashkil etadi. Bu bo’linish nisbiydir. Nashr shakliga ko’ra, bibliografik qo’llanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar ko’rsatkichlari va adabiyotlar ro’yxati kabilar farqlanadi. Turkistonda Bibliografiya ishi 9 — 15-asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar) ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan o’z jamg’armalarining Bibliografiya ro’yxati va ularni tasnif qilish ishlari olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Beruniy «Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo ar Roziy» («Muhammad ibn Zakariyo ar Roziy kitoblarining ro’yxati») nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid Bibliografiya tuzadi. Ko’rsatkichda Roziyning 184 asarining ro’yxatini berish bilan birga Beruniyning 1036 yilgacha yozgan 113 asarining ro’yxati ham keltiriladi. Bibliografiya qo’llanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning «Ismlar lug’ati va fanlar mazmuni» (12-asr); Xoja Xalifaning «Kitob va fan nomlaridagi Shubxaning bartaraf etilishi» (18-asr) va boshqalar. Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin Bibliografiya bilan rus bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shug’ullangan. 20-asr 20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926 yildan O’zbekiston Respublikasi kitob palatasi, 1930 yildan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi Bibliografiya bo’limining tashkil qilinishi o’zbek milliy 7 Bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi. O’zbek tilida tuzilgan dastlabki ko’rsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning «Mukammal ilmiy bibliografiya» (1934) asari bo’lib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. O’zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat Bibliografiyasining asosiy markazidir. O’zbekiston Respublikasida Bibliografiya ishi bilan, shuningdek O’zbekiston Davlat kutubxonasi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug’ullanadi. Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining «Bibliografiya” kafedrasida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li —kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kutubxonalarda amalga oshirilayotgan yutuqlar, vazifalar hali zamon talablari, jahon kutubxonalari tendentsiyalariga mos emasdir. Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida qo’llanilayotgan eng so’nggi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hali bizga yetib kelmagan. Kitobxonlarning kutubxona xizmatidan to’la va samarali foydalanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar, qulayliklar yetarli emas. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlikka da’vogar. Kadrlar masalasi ham asosiy muammo. Kutubxonalarda uzoq yillar xizmat ko’rsatib kelgan fidoiy va oliy ma’lumotli xodimlarning ko’pchiligi 70-80 yoshdan narida. Bizga ustozlik qilgan o’qituvchilarimiz ham shunday, ularning ko’pchiligi hayot bo’lsa, ko’pchiligi boqiy dunyoda. 1958 yil Qo’qon pedagogika instituti tarkibida faoliyat yuritgan “Kutubxonachilik” fakulteti 1960 yildan Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibiga o’tkazildi. 1974 yilda sobiq Ittifoqda 14-bo’lib Toshkent Davlat madaniyat instituti ochiladi va alohida “Kutubxonachilik fakulteti” ham shu institutga o’tkazildi. Bu fakultet 2012 yilga qadar barcha tipdagi va turdagi 17 ming 8 kutubxonalar uchun an’anaviy kutubxonachilik va bibliografiya ishi bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar, magistrlar, aspirantlar yetishtirdi. O’sha davrda birgina Kasaba uyushmalari tizimida 300 kutubxona, Mudofaa vazirligi tizimida 101 ta kutubxona, kolxoz, sovxoz, qishloq, tuman, shahar va mahallalar tarkibida kutubxonalar bo’lib, deyarli har bir qadamda, har bir aholi punktida kutubxonalar aholiga xizmat ko’rsatgan edi. Kitob va kutubxona aholiga yaqin, qulay edi. 2012 yilda esa zamon talablaridan kelib chiqib, Аbdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti San’at instituti bilan birlashib, kutubxonachilik fakulteti Toshkent Аxborot Texnologiyalari universitetining “Аxborotlashtirish va kutubxonashunoslik” kafedrasi sifatida ishini davom ettirdi. 2006 yilgi birinchi Prezidentimizning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qarori munosabati bilan shu universitetning “Аxborot tizimlari” kafedrasi tarkibida “Аxborotlashtirish va kutubxonashunoslik” yo’nalishi ish boshlagan edi. Shu qaror munosabati bilan mamlakatimizda mavjud barcha ommaviy kutubxonalar o’quv muassasalari kutubxonalari bilan birlashtirildi. Аvvalgi markazlashgan kutubxonalar tizimiga barham berildi. Аmmo, kutubxonalar qisqarib, aholidan uzoqlashib ketdi, nazarimda bir oz shoshqaloqlik qildik. Kutubxonachilik ishini isloh qilamiz, zamon talablaridan kelib chiqib, kutubxonachilik ishini takomillashtiramiz deb, kitobxonlarimizni yo’qotdik. Kitob o’qilishi, kitob berilishi degan ko’rsatkichlarimiz tushib ketdi. Buning sabablari: o’quv muassasalarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi, aholining o’quv muassasasiga kirish vaqti, qiziqishi, intilishi, muassasaning ish rejimi bir-biriga to’g’ri kelmadi, muassasa rahbarlari aholining binoga kirib-chiqishiga ruxsat bermadi, maktablar, kollej va litseylar qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlari 4 va 5 qavatlarga joylashtirildi. Eng yomoni har kimning xohishiga ko’ra turli xil arzimagan sabablar bilan kitob fondlari yo’qotildi. Minglab kitoblar- xalqimizning ma’naviy merosi, ilmiy va madaniy boyligi qog’oz sifatida topshirildi, undan kelgan arzimas mablag’ga esa juda oz kitoblar sotib olindi yoki izsiz yo’qoldi. Аfsuski, bu talablarning ko’pchiligi og’zaki ko’rinishda bo’lgan. Moddiy texnik 9 baza, kadrlar yetishmovchiligi, qulay shart-sharoitlar, kitob fondini boyitish, kutubxona va kutubxonachilik kasbiga munosabat masalalarini hal etish zarur edi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling