Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana12.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1700321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Djo\'rayeva Z kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


48 
IV. XULOSA 
Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga 
oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, 
o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va 
hodisalar, ularning mohi- yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, 
ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi- larni 
ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida 
tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar 
— bibliografik mahsulotlardir. 2014 yilda birinchi Prezidentimizning Toshkent 
shahrida Janubiy Koreyaning INXА universitetini ochishga oid Qaroriga ko’ra 
kutubxonamizda rekonstruktsiya ishlari boshlangan edi. Kutubxonaning fasad qismi 
butunlay qayta ta’mirlandi. FАning tashabbusi va mablag’i bilan 70 ta kompyuter 
olindi. Аmmo, kutubxonaning ichki qismini to’la ta’mirdan chiqarish ishlarining 
boshlanishini kutib turibmiz. Biz ham kitobxonlarimizga yangi zamonaviy axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
yordamida 
axborot-kutubxona 
xizmati 
ko’rsatishni, barcha shart-sharoitlarga, yangi jihozlarga ega bo’lishni, ana shunday 
sharoitda zallarimiz to’lib toshib o’tirishini istaymiz. Kontseptsiyaning ikkinchi 
qismida sohaga oid ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashni tashkil etish vazifasi qo’yildi. 
Bu biz mutaxassislarning azaliy orzumiz edi. Juda ko’plab soha vakillari 
kutubxonachilik ishi, bibliografiya masalalari, kitobshunoslik muammolari bo’yicha 
ilmiy ishlar bilan shug’ullandi, ayrimlari Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk 
Madaniyat institutlarida ilmiy ishlarini himoya qilib, nomzodlik darajasini olib 
kelganlar. Аmmo, keyinchalik bu faoliyat ham to’xtab qoldi. Madaniyat instituti 
qoshida aspirantura bo’lsada, deyarli hech kim himoyaga chiqa olmadi. Har bir 
sohaning rivoji, taraqqiyoti albatta shu sohaning ilmiy salohiyatiga bog’liq. Аfsuski, 
sohamizda nomzodlar yoki fan doktorlari barmoq bilan sanarli darajada, borlari ham 
nafaqaga chiqib ketgan, yoshlari 70 dan nari. Sohamizda o’zining ilmiy yechimini 
kutayotgan muammolar juda ko’p. 21 mayning kutubxonachilar kuni deb 
belgilanishi ayni o’z vaqtida (aslida ancha kech) qabul qilindi. Bu kutubxonachilik 
kasbining, kutubxonalarning imidjini ko’taradi. Yoshlarda ( va boshqalarda ham) bu 


49 
kasbga past nazar bilan qarashning, kutubxonachi bo’lish uchun ham o’qiladimi yoki 
kutubxonachining faqat kitob berib, kitob olib o’tirishdan boshqa ishi yo’q degan 
munosabatning yo’qolishiga olib keladi. Endilikda kutubxonachilar o’z 
bayramlarini nishonlashga, boshlarini baland ko’tarib kutubxonachining ham 
tarbiyachi, ta’lim beruvchi, eng yaqin do’st, hamkor, maslahatchi, yaxshigina 
pedagog va psixolog ekanini namoyish qilish imkonini beradi. Аna shu kun 
munosabati bilan axborot-kutubxona muassasalarida uzoq yillar samarali mehnat 
qilganlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash zarurligi ayni muddao bo’ldi. 1968 
yilgi “O’zbekiston madaniyati” gazetasining 8 mart soni qo’limga tushib qoldi. 
Unda sobiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumining “O’zbekiston SSRda 
xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” Fahriy unvoni berish to’g’risidagi Farmoni 
e’lon qilingan. Birgina Farmonda unvon 206 ta kino va teatrlarning direktori, klub 
mudiri, madaniyat uyi direktori, kinomexanik, kolxoz klubining mudiri, madaniyat 
bo’limi boshlig’i, muzey xodimlari, havaskorlik jamoalari badiiy rahbarlariga
berilgan bo’lib, shundan 77 tasi kutubxona xodimlaridir. Keyinchalik bu unvon 
asosan shoir va yozuvchilarga, san’atkorlarga beriladigan bo’ldi. Shu Farmon bilan 
birgina Fundamental kutubxonadan 5 ta xodim unvonga sazovor bo’lgan ekan. 
Ustozlarimiz, hamkasblarimiz orasida 30-40 yil davomida ko’zga ko’rinmas, lekin 
savobli, ziyo tarqatuvchilik ishini bajarib kelayotgan, tashkilotning “Fahriy 
yorlig’i”ni olishdan nariga o’tmaganlar qancha. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling