Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


 N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana12.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1700321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Djo\'rayeva Z kurs ishi

2.4. N.V. Dmitrovskiy rahbarligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi 
„To‘plam“ni tiklash haqidagi masala o‘n yildan keyin 1898- yili ko‘tarildi. 1907- 
yilga kelib, Turkiston general-gubernatori N. I. Gardskov buyrug‘i bilan ish 
Òoshkentda davom ettirila boshlandi. 1907- yili na Moskva, na Peterburgda bunday 
muhim ahamiyatga ega ishni olib boruvchi fidoyilar bor edi, ammo Toshkentda 
O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan adabiyotlar bilimdoni N. V. Dmitrovskiy (1841 — 
1910) kabi bibliograflar va Rus geografiya jamiyatining Toshkent bo‘limi atrofida 
joylashgan bir qator taniqli o‘lkashunoslar bor edi. Bu davrga kelib xalq kutub- 
xonasining fondi ham boyib bordi va mustahkamlandi. Shunday qilib, „Turkiston 
to‘plami“ tarixida „Peterburg“ davri o‘rniga „Toshkent“ davri keldi. „To‘plam“ni 
tuzish bo‘yicha ishlarning barchasi, asosan, Turkiston xalq kutubxonasi qoshida 
yetisha boshlagan mahalliy jonkuyarlar ishtirokida olib borildi. O‘lkashunos 
bibliograf N. V. Dmitrovskiy boshchiligida „Turkiston to‘plami“ni tuzish uchun 
Turkiston xalq kutubxo- nasi nazorat qo‘mitasi a’zolaridan byuro tashkil etildi. 
Byuroning birinchi majlisida uning har bir a’zosiga vazifalar berildi. N. V. 
Dmitrovskiy byuroga rais etib saylandi va jurnallarni ko‘rib chiqishni o‘z zimmasiga 
oldi. Turkmanistonda rus tilida chiqqan hamma gazetalarni I. I. Geyer, A. A. 
Divayev va I. A. Timeyevlar ko‘rib chiqishlari kerak edi. O‘sha majlisdayoq 
materiallarini, O‘rta Osiyo haqidagi ba’zi asarlar (kitob, to‘plam)ni to‘plamga 
kiritmaslikka kelishdilar, chunki ularning to‘liq nusxalari kutubxonada saqlanar edi. 
Bun- dan tashqari, N. V. Dmitrovskiy yillik yordamchi ko‘rsatkich tayyorlash 
vazifasini ham bajardi. Ma’lum vaqt o‘tgach, byuroga I. A. Valiyevich, A. D. 
Kammikov, A. A. Zvarkinalar, 1910- yildan A. A. Semyonov kirdi. Turkiston ilmiy 
jamiyatlarining asosiy a’zolari S.V. Bartold, Bonch-Bruyevich, P.P. Semyonov-
Tyanshanskiy va boshqalar byuro a’zolariga imkon boricha yordam berib turdilar. 
Mejovdan keyingi davrdagi „Turkiston to‘plami“ jildlarining nomi o‘zgargan. 
Mejov bergan chiqish joyi o‘rniga keyingi 175- jildning titul varag‘ida yozuvi bor, 
pastda chiqish joyi Toshkent shahri deb ko‘rsatilgan. Dastlabki 34 tasiga (417 — 
450) so‘zi va „1907- yil“ yozilgan. 451- jilddan boshlab general-gubernator 
familiyasi qo‘yilmagan, „1906- yil“ 492 jildgacha ko‘rsatiladi. 494- jildga ham shu 


36 
yil yozilgan, lekin 493, 495- jildlarida negadir „1907- yil“ yozilgan, 496- jilddan to 
oxirigacha chiqqan yillari ko‘rsatilmagan. Bu jildlarning tuzuvchilari imperiya 
markazidan uzoq hisoblangan O‘rta Osiyoda, rus madaniyati markazlaridan uzoqda 
bo‘lsa-da, gazeta qirqimlari byurosi xizmatidan foyda- landilar va qirqim 
materiallari bilan to‘plamning keyingi jildlarini to‘ldirib bordilar. Turkiston 
matbuotidan ham juda ko‘p mate- riallar olindi. Shuning uchun ham 127 jilddan 81 
tasi, ko‘proq 1907 va shunga yaqin yillarda chiqqan gazetalardan olingan maqolalar 
bo‘lib, 423, 446, 452 va 467- jildlarga o‘zbek va rus tilidagi materiallar kiritilgan. 
Eng muhim materiallar jurnal maqolalari, risolalar, kitoblar bo‘lib, 46 ta jildga 
kiritilgan, ulardan 5 tasi gazetadan olingan. Bu jildlarning hammasi Mejov 
to‘plamlariga nisbatan ilmiy jihatdan ancha bo‘sh ishlangan. N. V. Dmitrovskiy 
tuzgan „Turkiston to‘plami“ning taqdiri og‘ir bo‘ldi, ularning qanchaligi va 
qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozir Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy 
kutubxonasida N. V. Dmitrovskiy tuzgan 5 ta to‘plam saqlanmoqda, bu 1871 — 78- 
yillarda chiqqan „Òóðkåñ- òaíñkèå âåäîìîñòè“ gazetasidan olingan o‘lkashunoslik 
maz- munidagi maqolalarni o‘z ichiga oluvchi, hajm jihatidan kichik bo‘lgan 
to‘plamdir. Ko‘chirmalar bir xil hajmdagi risolalar shaklida jildlangan. To‘plamlar 
bosmaxona usuli bilan ishlangan sarvaraqqa ega va ramkasida 1872- yil ko‘rsatilgan 
to‘plamlarda mundarijalar yo‘q edi, keyin- chalik ular Y. K. Betger tomonidan qo‘l 
bilan yozilgan. Kutubxonada saqlanayotgan N. Dmitrovskiyning boshqa, ko‘lami 
jihatidan har xil bo‘lgan, 17 jildli to‘plamiga ham gazetalardan qirqib olingan 
xabarlar kiritilgan. Ular, asosan, nashr qilingan vaqtiga muvofiq, xronologik tartibda 
joylashtirilgan, ba’zi bir vaqtli matbuot nashrlarining nomlari yo‘q, ular tasodifan 
qirqilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuzuvchi u ma’lumotlarni qo‘lda yozib 
qo‘yishni ep ko‘rmagan. To‘p- lamlarning tashqi ko‘rinishi Mejov to‘plamlaridan 
sodda ish- langanligi bilan ajralib turadi. Qirqib olingan materiallar qog‘ozga yelim 
bilan yopishtirilmay, muqovalangan. Faqat 4 ta jild sarlavhali sarvaraqqa ega. 
Yozuvlar hamma jildlarning tikilgan joyida bosilgan, undan tashqari, 6 ta jildning 
muqovalarida raqami ham bosilgan, birortasining mundarijasi yo‘q. To‘plam Y. K. 
Betger tomonidan raqamlagan, hamma jildlarni bezatib, maqolalarning nomli alifbo 


37 
kartotekasini tuzdi.E. K. Betger maqolasida „N. V. Dmitrovskiyning 17 jildli 
to‘plami 1840 — 1890- yillarda nashr etilgan 186 maqolani o‘z ichiga oladi. 
Materiallarning 72%i V. I. Mejov to‘plamiga kirmagan, shuning uchun ham N. V. 
Dmitrovskiy to‘plamlari O‘rta Osiyo o‘lkasini har bir tomonlama o‘rganuvchi 
tadqiqotchilar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oldi“, deb yozgan edi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling