Ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi: Reymov Xudoybergan Madiyorovich
Download 16.03 Kb.
|
7-sinf. Algebra. Reimov X
Ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi: Reymov Xudoybergan Madiyorovich Ish joyi: Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumani 29-umumiy o’rta ta’lim maktabi Lavozimi: matematika fani o’qituvchisi Tuman: Amudaryo Viloyat: Qoraqalpog’iston Fan: Matematika Sinf: 7 Dars ishlanmaning nomi: “ Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish ” O’quvchilar soni: 26 Tuzuvchi: Amudaryo tumani 29-sonli maktab matematika fani o’qituvchisi Reymov Xudoybergan. Fan: Algebra Sinf: 7 Mavzu: Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish . II chorak .52-dars . Vaqt: 45 daqiqa. Dars nomi: Meni ajrat. Darsning maqsadi: Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish mavzusini tushuntirish va shu mavzuga oid mashqlar yechishni o’rgatish. O’quvchilarga yangi mavzuni tushintirish orqali yangi mavzuga ko’nikma hosil qilish. O’quvchilar umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish bilimlarini sistema- rashtiradi va mustahkamlaydi. O’quvchilarning kichik guruhlarda ishlash ko’nikmasini rivojlantiradilar. O’quvchilar umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish va ularning ye- chimlarini topish , formulalarni amalda qo’llana olish ko’nikmalarini va malakalarini rivojlantiradilar. Jihozlar: Algebra darsligi, marker, test savollari, javob varag’i, baholash kartochkalari. Dars jarayoni: Darsni tashkillashtirish ─ 2 minut. Uyga vazifani so’rash ─ 5 minut. Yangi mavzu bayoni ─ 10 minut. Darslik bilan ishlash ─ 5 minut. Mustahkamlash uchun guruhlarda ishlash ─ 13 minut. Bilimingni tekshirib ko’r ─ 8 minut. Kengaytirish ─ 2 minut. Baholash. Baholash uchun shakllardan foydalanamiz:
5 ball 4 ball 3 ball Uyga vazifa so’rash. O’z-o’zini tekshirish. 328- mashq. 1) (a ─ b)(a + b)(2a ─ 3b); 3) (x + 2)(3x + 1)(2x ─ 1); 2) (a + b)(a ─ b)(2a + 3b); 4) (x ─ 3)(2x + 1)(3x ─ 1). Yangi mavzu bayoni. Aytaylik, a2 ─ b2 ifodaning qiymatini a = 573 va b = 427 bo’lganda topish talab qilina- yotgan bol’sin. Agar son qiymatlarni qo’yib, hisoblashlarni bajarilsa, u holda 573 va 427 sonlarni ratga ko’tarishga, so’ngra esa ayirishni bajarishga to’g’ri keladi. Agar a2 ─ b2 ifodani unga teng bo’lgan (a + b)(a ─ b) ifoda bilan almashtirilsa, hisob- lashni ancha sodda yo’l bilan olib borish mumkin. Ko’phadni ikkita yoki bir necha ko’phadlar ko’paytmasi shaklida ifodalash ko’phadni ko’paytuvchilarga ajratish (yoyish) deyiladi. Agar ko’phadning barcha (son yoki had) hadlari umumiy ko’paytuvchiga ega bo’lsa, u holda holda shu ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish mumkin. Qavs ichida berilgan ko’phadni shu umumiy C) (5a + 3b)(7a ─2); ga bo’lish natijasida hosil qilingan ko’phad qoladi. Ko’phadni umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish yol bilan ko’paytuv- chilarga ajratish uchun: 1) shu umumiy ko’paytuvchini toppish; 2) uni qavsdan tashqariga chiqarish kerak. Darslik bilan ishlash. 335- va 336- mashqlar yechiladi. Mustahkamlash uchun guruhlarda ishlash . 1) 18y2 + 12y4. 2) 6y2 + 12y4 ─ 3y3. 3) 20a2 ─ 5a3 + 15a5. 4) x2y3 ─ x3y2. 5) 7a2bc + 14ab2c. 6) 20x3y2 + 4x2y. Har bir to’g’ri javob uchun 5 ball. Bilimingni tekshirib ko’r . Har bir guruhga savollari yozilgan kartochkalar beriladi. Har bir to’g’ri javobga 1 ball. 1) Hisoblang: 47,8·1,5 + 1,8·52,2 + 52,2·1,5 + 1,8·47,8. A) 300; B) 330; C) 150; D) 180. 2) Ko’paytuvchilarga ajrating: 7a(5a ─ 3b) ─ 10a + 6b. A) (5a + 3b)(7a ─2); B) (3b ─ 5a)(7a + 2); C) (5a + 3b)(7a ─2); D) (5a + 3b)(7a ─2); 3) Tenglamani yeching: 4(2x ─ 1) + 3(1 ─ 2x) = 7 A) 3; B) 2; C) 4; D) 6. 4) Ifodani soddalashtiring: (4a + b)2 ─ (4a ─ b)2. A) ab; B) 16ab; C) ─ 16ab; D) 16a2. 5) Ifodaning son qiymatini toping: a3 ─ a2b ─ 3a + 3b, bunda a = 2,5; b = ─ 1,5. A) 3,25; B) 13; C) ─ 13; D) 5. Kengaytirish: 346-masqni bajarib kelish. Baholash. O’quvchilar uyga vazifani yechganiga, yakka tartibda ishlagandagi natijasiga va guruhdagi hamkorligiga, mashqlarni yechishiga va darsdagi faolligiga qarab baholanadi. Annatatsiya Ushbu dars ishlanma matematika fani darsida “ Bola shaxsini rivojlantirishga yo’nalti- rilgan ta’lim texnologiyasi” va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o’quvchilarda bilim sifatini yanada yaxshilash o’quvchilar dunyoqa- rashi hamda dars davomida erkin fikrlash qobiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Dars maqsadlariga erishish, sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida “ Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi” dan, suhbat metodi, taqdi- mot, “ Nima muhim “ interfaol mashg’ulotidan, guruhlarda ishlash metodi hamda mu- hokama metodlaridan foydalanish ko’rsatilgan. “ Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi” dan samarali foy- dalanish o’quvchilarda kommunikativ kompentensiya, umummadaniy kompentensiya, axborot bilan ishlash kompentensiya, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompenten- siya elementlarini rivojlantirishga ko’mak beradi. Download 16.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling