Islohotlar va ularning yo‘nalishlari


Yer-suv, mulk, moliya-kredit, soliq va sug‘urta tizimidagi islohotlar


Download 48.6 Kb.
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi48.6 Kb.
#1124799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qishloq xòjaligida agrar islohotlar

3. Yer-suv, mulk, moliya-kredit, soliq va sug‘urta tizimidagi islohotlar.
Mamlakatimizda agrar sohani isloh etishning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda yerga bo‘lgan munosabatning davlat mulkchiligi asosida amalga oshirilishidir. Mamlakatimizda yerga bo‘lgan davlat mulkchiligining zarurligi tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar, murakkab irrigasiya inshootlari va sug‘orma dehqonchilikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Fermerlarga 30 yildan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilsa, dehqon xo‘jaliklari uchun esa, tekinga, umrbod oila a’zolariga meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalanishga beriladi.
Agar 1998 yilda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, “Fuqarolarga fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilishi” ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2004 yilda yangi tarirda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, “Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga biriktirilishi” belgilib berildi.
O‘tkazilgan yer islohotlari natijasida:
2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchunyer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi;
• Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalari faqat faqat tuman xokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo‘yildi;
• O‘z mablag‘i xisobidan yer maydonlarini o‘zlashtirishni rag‘batlantirish tizimi belgilab berildi;
• Yer ijarasi xuquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi.
Suvdan foydalanish islohoti natijasida:
Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havzaprinsipiga o‘tkazildi;
• Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza
prinsipiga o‘tkazildi;
• Suvdan samarali foydalanish va bu borada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida suv istemolchilar uyushmalari tashkil etildi;
• Moliya vazirligi tasarrufida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatlariniyaxshilash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil qilindi;
• Moliya vazirligi qoshida “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasitashkil qilindi
Moliya-kredit va soliq islohoti natijasida:
• davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan mahsulotlar yetishtirishni imtiyozli kreditlash tizimi belgilanib, hosil o‘rib-yig‘ib olinguncha 60 foiz qismini ajratish, paxta xom ashyosini xarid qilishda joriy yil oxirigacha 90 foiz qismini ajratish tizimi joriy qilindi;
• qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun barcha turdagi soliqlar umumlashtirilib, yagona yer solig‘i joriy qilindi;
• texnika vositalari va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalarini lizingga berish tizimi joriy etildi;
• yer ijarasi huquqini va bulg‘usi hosilni garovga qo‘ygan holda kredit olish tizimi joriy etildi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq tarmoqni rivojlantirishning shunday strategiyasi belgilab qo‘yildiki, uning asosida qishloq xo‘jaligini diversifikasiyalash, paxta yakkahokimligiga barham berish, oziq – ovqat tovarlari bilan o‘z - o‘zini ta’minlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirish yotardi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmasining ulushi izchillik bilan pasaytirib borilgan holda (paxta va g‘alladan boshqa) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlari uchun bekor qilindi.

Download 48.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling