Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet10/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Xususiylashtirish jarayoni va uning strategik vazifalari

- 1-guruh. Butunligicha sotiladigan davlat korxonalari (ob- yektlari) va ochiq biija savdolarida toliq xususiy mulkka soti­ ladigan davlatga tegishli aksiyalar paketi va davlat ulushlari. Ushbu guruhga kirgan korxona (obyektlami) xususiylashtirish mexanizmi juda sodda, ya’ni obyektlar yoki aksiyalar paketlarini birja orqali sotish. Bunda obyekt yoki aksiyalar paketi savdo maydonchasiga qo‘yiladi, reklama ishlari amaiga oshiriladi, ulami sotishga ko‘maklashuvchi tegishli institutlar ishtirok etadi. Xaridorlarda talab bo'lmagan taqdirda dastlabki sotish narxlarini qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qo‘llanadi.
2-guruh. Sarmoyadorlar tomonidan investitsiya majbu- riyatlarining bajarilishi evaziga nol qiymatda tanlov savdolariga qo‘yiladigan korxona va obyektlar. Ushbu guruh obyektlari hududlarda tanlovlar e’lon qilish yo‘li bilan sotiladi. Har bir hududda ushbu hudud ma’muriyatining rahbari boshchiligida tanlov komissiyalari tuzilgan. Sarmoyadorlarga nol xarid qiymati bo‘yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlovchi, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblab yozilgan penyalar va jarimalar bo‘yicha o‘tgan yillardagi ishonchsiz qarzlari hukumat tomonidan hisobdan chiqarib tashlanadi.
3-guruh. Davlatga tegishli bo£lgan aksiyalar paketi xalqaro tenderlami tashkil etish asosida sotiladigan strategik aha- miyatga ega bolgan korxonalar. Yirik strategik korxonalar ochiq tenderlarni tashkil etish yoli bilan sotiladi, bu yerda yakka tartibda xususiylashtirish jarayoni qo‘llaniladi. Bunday tenderlarda ishtirok etish uchun xususiylashtirilayotgan korxo- naga investitsiyalar kiritish va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha biznes-rejalarini taqdim etgan sarmoyadorlarga ruxsat etiladi.

  1. Davlat tadbirkorligining iqtisodiyotni tartibga solishga ta’siri

- Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat vositalaridan biri o‘z mulki bo‘lgan tarmoq va korxonalami boshqarish, ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdir. Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko‘ra xalq xo‘jaligi tuzilishini shaldlantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko‘rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat mulki va sohibkorligi ko‘lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo‘ladi. U, asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Uning doirasiga 0 ‘zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, ko‘mir, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklami qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, temiryo‘1, avtomobil yo‘llari, transportning bir qismi kirishi lozim. Qazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari mamlakatning eng muhim milliy boyligi hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo‘jaligining hayotiy qon tomirlaridir. Shu bilan birga, ularning kapital hajmkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo‘lganligi uchun xususiy korxonalaming bu sohadagi tashabbuskorligi cheklangan bo‘ladi. Ana shu sabablarga ko‘ra, 62 ushbu tarmoqlami davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kapital mablag‘larining ko‘p qismi ushbu sohalarga yo'naltiriladi. Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo'ladi. Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat zimmasiga yuldanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlami moliyalashtiradi. Davlat o‘z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo‘lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalaming samarali ishlashiga, xalq xo‘jaUgi tarmoqlarining ma’lum nisbatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat o‘ziga qarashli korxonalami ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy shaxslarga sotish, aksionerlik jamiyatlariga aylantirish yo‘li bilan aralash mulkni shakllantirish orqaU iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, rentabelligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asming buyuk iqtisodchilaridan bin bo‘lgan Jon Keyns bu vositani «iqtisodiyotni tetiklantiradi», deb ta’kidlagan. Ushbu o‘rinda savol tug'iladi. Xo'sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi? Davlat, birinchidan, o‘ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xomashyo, asbob-uskunalar; ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta’minlash; uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar, kambag‘allar hamda ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash; to‘rtinchidan, 63 harbiy anjomlar, qurol-yarog‘lar armiya uchun lozim bolgan iste’mol tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish, beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlaming oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashldl etish maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o‘ynaydi. Bu bozor kafolatli bolib, uning tolov qobiliyati davlatning budjet va valuta fondi orqali ta’minlanadi. Har qanday bozor konyunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bolmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling