Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik asoslari
-0 ‘zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy darajasi va iqtisodiy-tabiiy salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasini asoslashning quyidagi yo‘nalishlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir: - hudud rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlami tahlil qilish; bu bosqichda hududning erishgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi; - hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini asoslash; rivojlanishni prognoz qilish; strategiya asoslanib hudud rivojlanishini tartibga solish metodlari tanlanadi; - konsepsiya ishlab chiqish va hudud rivojlanishini davlat va bozor mexanizmlari orqali tartiblash metodlarini tanlash; - hududning moliyaviy resurslari o‘sishini prognoz qilish; budjet daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash yo‘llarini izlash; budjet daromad qismini to'ldirishning yangi manbalarini aniqlash, turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlikdan, xorijiy investorlardan va nobudjet jamg‘armalaridan qo‘shimcha mablag‘lami jalb etish1. Hududlami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tuzishda ma’lum tamoyillarga asoslanish kerak bo‘ladi. Bu tamoyillar mintaqaviy iqtisodiy fan nuqtayi nazaridan quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash chora-tadbirlarining maqsadliligi; - hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha resurslami to‘plash va yo‘naltirish; - belgilangan harakatni nazorat qilish va tartiblash imkoniyatlarining ochiqhgi; - hudud rivojlanishini qo‘llab-quwatlashning individualligi; - qo‘llab-quwatlash mexanizmining ta’sirchanligi; - respublika va mahalliy hokimiyat organlarining hamkorligi hamda ular faoliyatining uyg‘unligi. Hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va amaiga oshirilishi hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Hududiy dasturlarni bajarishga to‘sqinlik qiladigan holatlar va omillami aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Hududlami rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinadigan dasturlaming bajaxilishiga ko‘pgina hollarda quyidagi omillar to‘sqinlik qilishi mumkin: - respublika va hududiy maqsadli dasturlarni tanlashning sinalgan tizimlarining mavjud emasligi, ulami amaiga oshirish ketma-ketligining yetarli darajada asoslanmaganligi; - respublika tarmoq dasturlari hududiy jihatlarining yetarli darajada ishlanmaganligi; - tarmoq dasturlari hududiy jihatlari monitoringining yo‘qligi; - respublika va hududiy dasturlarni amaiga oshirish mexanizmining mustahkam emasligi; Respublika va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda maqsadli-dasturlash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu uslub pirovard natijaga erishish uchun iqtisodiy resurslami yo‘naltirishni ta’minlashni ifodalaydi. Uning yordamida eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish muammolari hal etiladi. Bu muammolar amalda tarmoqlararo yoki hududlararo tavsifga ega bo‘lib, xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘ladi. Maqsadli dasturlar o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallab korxona, mamlakat va xalqaro miqyosda tuziladi. Dasturlar o‘z ichiga pirovard va oraliq maqsadlami, vazifalarni, ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini, resurslar ta’minotini olishi kerak. Dastur maqsadi o‘lchamga ega bo‘lishi, chora-tadbirlar tizimi esa pirovard va oraliq maqsadlami amalga oshirish nuqtayi nazaridan ishlab chiqilishi lozim. Maqsadli hududiy dasturlar hududiy rivojlanishni tartibga solishning samarali metodi sifatida davlat, mahalliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishi hamda jamiyatning barcha aholi tabaqalarini davlatning hududiy siyosatini amalga oshirishga da’vat etadigan, yo‘naltiradigan bolishi kerak. Shuningdek, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim. Hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududiy iqtisodiyotni uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va tashqi manbalarni jalb etish yo‘li bilan mutanosib va oqilona rivojlantirishdan iboratdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy dasturlami ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi; - hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari, iqtisodiy o‘sish muammolarini va rezervlarini aniqlash; - hududning mahalliy mineral xomashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning miqdor va sifat darajalarini tahlil qilish; - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli tarmoqlar va hududning ixtisoslashish sohasini, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini aniqlash; - mahalliy qishloq xo‘jaligi va mineral xomashyolardan samarali foydalanishga asoslangan, yangi eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlami shakllantirishning aniq yo'Jlarini belgi81 lash, jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish; - hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar, mahalliy korxonalar, tadbirkorlar, aholi mablag‘lari va resurslarini kengroq jalb etish; - aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish; - xo‘jalik subyektlari o'rtasida raqobat sharoiti va to‘laqonli bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; - hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste’mol mollari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashini oshirish; - qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir. - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, rag'batlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish; - hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va yangi qo'shma korxonalarni tashkil etish. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling