Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi


Download 395.47 Kb.
bet19/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish vazifalari

- Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlarning muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar harakatlarini belgilovchi ko'r-satkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta'sir ko'rsatadi.
Tovarlar qiymati va nafliligi ularning narxida o'z aksini topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmat-larning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug'diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.
Narx turlari
Ulgurji narx
Shartnoma narx
Chakana narx
Chegaralangan narx
Dotatsiyalangan narx
Demping narx
Nufuzli narx
Erkin bozor narxi
Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad: 1) takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishlsh; 2) inflatsiya sur'atini pasaytirish; 3) narx o'sishi va ish haqlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash; 4) davlat korxonalarini subsidiyalash; 5) davlat budjetiga zarur resurslarni jalb etish.
Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta'sir etadi. Narxni tartibga solishning to'g'ri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo'linishi quyidagicha: narxni to'g’ridan to'g'ri tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli: 1) narxni ma'muriy o'rnatilish; 2) narxni muzlatilishi; 3) narxni yuqori darajasini o'matish; 4) samaradorlik darajasini reglamentlash; 5) davlat xarajatlarini tartibga solish; 6) amortizatsiya me'yorini o'rnatish .
Tovar va xizmatlami sifatiga bog'liq bo'lmagan holda narxning oshishi bevosita inflatsiyani yuzaga keltiradi. Inflatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massasining tovar va xizmatlar massasiga mutanosib emasligi inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va xizmatlar bilan ta'minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bog'liqdir.
Inflatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko'zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jamg'armalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflatsiya iqtisodiy o'sishni pasaytirishi va ba'zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo'lishi bilan asoslanadi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling