Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet32/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobi

-Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlar Keyns inqilobi ?
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) taklif etgan konsepsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlaming rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uyg'unlashtirilgan iqtisodiyotda dav­ latning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko‘rsatib berdi. Keyns konsepsiyasi o‘sha davrdagi xo‘jalik tizimini halokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi.
U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘miga klas- sik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtiso­ diyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobi nomini oldi.
Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim, deb hisoblaydi.
«Keyns inqilobi» jarayonida olg‘a surilgan g‘oya klassik siyosiy iqtisodchilami qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarash- larida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomil- lashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko‘rsatib berdi.
Jami talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns g‘oyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta’limotidagi asosiy tezis: - talab taklifni belgilaydi.
Ishsizlikni va resurslardan to‘liq foydalanilmaslikni qisqar- tirish uchun esa davlat o‘zining xarajatlarini kengaytirish yo‘libilan talabni rag‘batlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani rag'batlantirishi lozim.
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o‘zgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad etdi. Keyns jami talab jami taklifni yuzaga keltiradi, degan fikmi ilgari suradi


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling