Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet33/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Keynsning samarali talab konsepsiyasining mazmuni

-Keynsning samarali talab konsebsiyasining mazmuni ?
. Keyns o‘zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keyns- gacha bo‘lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan bo'lib, unga muvofiq taklif o‘z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o‘z taklifini yuzaga kelti- rishi g'oyasini ilgari surdi.
Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki meh- nat) muayyan miqdori taklifning bahosi, deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlaming ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo'lgan rag‘bati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi, deb ataladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotgan- laridan so‘nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab tunksiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning
muayyan hajmida ko‘zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo‘lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko‘zda tutilayotgan daromad va taklif bahosi o‘rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda bo‘ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu dara- jada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funksiyasi bilan jami taklif funksiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funksiyasining qiymati samarali talab, deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi:
U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifoda- langan:
Y=С+I bu yerda: Y - milliy daromad;
С - iste’mol;
I - jami investitsiyalar.
Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste’mol funksiyasini tadqiq qilinishida yo'naltiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi. «Asosiy psixologik qonun shundan iboratki, - deb yozgan edi. J. Keyns, - kishilar, odatda, daro- madlari ortishi bilan o‘z iste’molini ko'paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan darajada oshmaydi»1.
Bu hoi shuni bildiradiki, agar daromad o‘zgarsa, unda iste’mol ham ana shu yo'nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi daromad o‘zgarishidan kichik. Keyns iste’mol o‘zgarishi va uni o‘zgartirgan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni iste’molga bo‘lgan chekli moyillik, deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi:
MPC=| yokiMPC=£- i d¥


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling