Islom Abdug’aniyevich Karimov (o’zb res 1-prizidenti)


Download 35.7 Kb.
Sana07.05.2020
Hajmi35.7 Kb.
#103954
Bog'liq
I.A.K tarjimai xoli


Islom Abdug’aniyevich Karimov (o’zb res 1-prizidenti)




1991-2016 yillarda

Tavalludi 30-yanvar, 1938-2016 (78 yosh)

Samarqand, O’zbekiston SSR

Siyosiy partiya O’zbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi

Turmush o’rtog’i Tatyana Karimova

Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri) — yirik davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. O’zbekiston Qahramoni (1994). O’zbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo’mondoni va 2015-yilgi prezidentlik saylovlari g’olibidir. O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yilda O’zbekiston Prezidenti etib saylandi va hozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda.

Islom Karimov boshchiligida O’zbekiston o’zining Konstitutsiyasiga ega bo’ldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqa MDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi.

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov xizmatchi oilasida tug’ilgan. O’rta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xo’jaligi institutini (1967) tugatgan.



Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master yordamchiligidan boshladi. So’ng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi. 1966-yilda O’zbekiston Davlat plan komitetiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’gan yo’lni bosib o’tdi. 1983-yildan O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89-yillarda O’zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan O’zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.



Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondonidir.



Ilmiy faoliyati

Karimov O’zbekiston FA akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun o’ndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" (1992), "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993), "O’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" (1993), "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994), "Istiqlol va ma’naviyat" (1994), "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995), "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997), "Barkamol avlod orzusi" (1998), "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998), "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" (1998), "Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999), "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" (2000), "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001), "O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari" (2002) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar ko’rsatib o’tilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.



Amalga oshirgan ishlari

O’zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bog’laydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo bo’lgan beqaror, notinch davrda O’zbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga ko’taradigan ulkan maqsad va vazifalar qo’ydi. Karimov O’zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob beradigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. O’zbekiston xalqining o’ziga xos xususiyatlari hamda ilg’or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo’li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o’tish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni o’z ichiga oladi va u dunyoda "o’zbek modeli" deb e’tirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida O’zbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’ziga xos yo’ldan bordi va puxta o’ylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, g’alla mustaqilligiga erishdi. O’zbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada ko’paydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. Karimov O’zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qo’shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar O’zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o’zbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy g’ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko’rsatdi.

2012-yilgi ShHT sammitida

Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilg’or fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, o’z nuqtai nazarini qat’iy himoya qilib, oldiga qo’yilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan bo’lib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bog’liq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini ta’kidlab keldi. Xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. O’zbekiston BMTga a’zo bo’lib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o’rnatdi, o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa mamlakatlari o’rtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati ko’magida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, o’z nufuziga ega bo’ldi. Jamiyatda ma’naviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos bo’lish, shu asosda milliy istiqlol g’oyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun ma’naviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo’lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa o’zining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sog’lom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Karimovning 21-asr bo’sag’asida o’zbek millatining o’zligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qo’yish, o’zbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qo’shgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini o’zgartirish, ularning ongida yangi milliy g’oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash tashabbuskori bo’ldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulug’ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta o’rin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan o’zgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda.

Karimov mustaqil O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asos’larini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi, yorug’ istiqbol yo’lida xalqni birlashtirib, uni ulug’ maqsadlar sari boshlab bormoqda.

Mukofotlari

Karimov suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qo’shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun "Mustaqillik" (1996), Amir Temur (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.



PREZIDENT ASARLARI

1992 yil


I.Karimovning O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`li kitobi chiqdi.

I.Karimovning O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat kitobi chiqdi.

I.Karimovning Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati kitobi chiqdi.

1994 yil


I.Karimovning Bizdan ozod va obod Vatan qolsin kitobi chiqdi.

1995 yilI.

I.Karimovning O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida kitobi chiqdi.

I.Karimovning O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari kitobi chiqdi.

1996 yil

I.Karimovning O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura kitobi bosmadan chiqdi.

I.Karimovning Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir kitobi nashr etildi.

I.Karimovning Bunyodkorlik yo`lidan kitobi chiqdi.

I.Karimovning Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari kitobi chiqdi.

1997 yilI.Karimovning O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari kitobi chiqdi.

1999 yilI.Karimovning O`zbekiston XXI asrga intilmoqda kitobi chiqdi.

OXIRGI KITOBI

O‘zbekiston Prezidentining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobi chop etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobi "O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan ko‘pming nusxada chop etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lumki, 2015-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o‘tkazilib, unda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin g‘alaba, hech shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatida O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo‘lidagi beqiyos xizmatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani va yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlanganidan dalolat beradi.

Ushbu kitobdan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi 20 dan ziyod uchrashuv va anjumanlarda, jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari bilan uchrashuvlarda, ikkala palataning qo‘shma majlisida, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining yig‘ilishida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining VII syezdida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylovchilari vakillari bilan uchrashuvlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq va ma’ruzalarida, shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bildirgan eng muhim, konseptual ahamiyatga ega g‘oya va fikr-mulohazalari o‘rin olgan.

Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilgan ana shu chiqishlarda mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, uning iqtisodiy qudratini oshirish, ijtimoiy sohalar – ta’lim-tarbiya, ilmu fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport tizimini izchil rivojlantirish, ayollar, keksalar va yoshlarimiz uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish, har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklarning mohiyati, turli tahdidlarning oldini olish, O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi to‘g‘risidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilingan.

Mazkur to‘plamning bosh g‘oyasini quyidagi so‘zlarda mujassam bo‘lgan eng muhim o‘zak fikr tashkil etadi: "Biz o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, ‘Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?’ degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o‘zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda ‘Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?’ degan savol ustida o‘ylashimiz, nafaqat o‘ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim”.

Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan tarixiy yo‘li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani nashrning qimmatini yanada oshiradi.

Ushbu kitobni mutolaa qilar ekanmiz, har bir masalaga xalqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondashish, teran qiyosiy-tahliliy mushohada, tarix, zamon va kelajakni bir butun dialektik hodisa sifatida ko‘rish, har qanday mavzuda jo‘shqin bahs va muloqotga tayyorlik – bularning barchasi mustaqil o‘zbek davlatining asoschisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning siyosiy uslubiga xos bo‘lgan yorqin xususiyatlar ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etadigan mazkur kitob hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etib, yangi va yaqin tariximizning hali biz to‘la anglab yetmagan ko‘plab qirralarini kashf etishda, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi, uning ravnaqini belgilab berishda, ayniqsa, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Maqom

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobida belgilab berilgan

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:

O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi;

fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;

Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;

viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig‘iga kiritadi;

respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;

favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.

Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



2016-yil 02-sentabrda vafot etgan
Download 35.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling