3
(qoniqarli)
|
talaba islom banki faoliyati bo‘yicha berilgan topshiriqlarni mohiyatini tushunmagan bo‘lsa ammo tegishli portfoliolar asosida qisman bajara olsa, aniq xulosalar shakllantirilmagan bo‘lsa, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qisman qo‘llay olish bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
|
2
(qoniqarsiz)
|
talaba islom banki faoliyati bo‘yicha berilgan topshiriqlarni mohiyatini tushunmasa va tegishli portfoliolar asosida bajara olmasa, aniq xulosalar shakllantirilmagan bo‘lsa, mustaqil ish bo‘yicha tasavvurga ega deb topilmaganda.
|
ASOSIY QISM
“Islom bank ishi” fani mavzulari bo‘yicha keyslar.
Islom banki qonunlari va me’yoriy-huquqiy asoslari mavzusida keys
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish:individual shaklda, oraliq baholash jarayonida.
Bajarish uchun ajratilgan vaqt:10daqiqa
Berilgan vaziyat. Islom moliyasida amalga oshiriladigan bitimlar turli tumanligi bilan o’zining jozibadorligini aks ettiradi. Biznes egalari, ya’ni hamkorlar o’zaro biznes munosabatlarining har bir jihatini hisobga olib, hamma narsa haqida oldindan kelishib oladilar va buni hujjatlashtirib qo’yadilar. Shu nuqtai nazardan islom moliyasila amal qiladigan bitimlarda tomonlarning munosbati va ishtiroki masalalari ham muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |