Islom bank ishi
“Orient Finans” xususiy aksiyadorlik tijorat banki
Download 260.15 Kb.
|
1Islom bank ishi Сиртқи Amiliy mashg\'ulot кўрсаимага (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL TA’LIM PORTFOLIOSINI BAJARISh TARTIBI
- Hujjatlar portfoliosi Tashkiliy portfolio Tahlil portfoliosi
Talaba tomonidan tadqiqot ob’ekti tanlangach, professor-o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan reja bo‘yicha ish olib boriladi. Buning uchun esa ma’lumotlarni olish uchun maxsus veb-saytlar hamda banklar veb-saytiga murojaat qiladi. Mustaqil ish kurs (loyihasi) ishi, nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari ko‘rinishida kompyuterda (Microsoft Word, MicrosoftExcel, PowerPoint) tayyorlanadi. Texnik talablar sifatda Microsoft Word da tayyorlangan mustaqil ishlar A4 formatda, atrofi chap tomondan 30 mm, yuqori va pastdan 20 mm, o‘ng tomondan 15 mm bo‘lishi talab etiladi. Matndagi oralik 1,0 intervalga teng bo‘ladi. Diagrammalarni Microsoft Excel dasturi vositasidan foydalangan holda tayyorlash va tegishli matnga kiritish maqsadga muvofiq. MUSTAQIL TA’LIM PORTFOLIOSINI BAJARISh TARTIBI “Islom bank ishi” fanidan “Islom banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish” mavzusi bo‘yicha portfolio tarkibi:
Mustaqil ta’lim portfoliosida tanlab olingan ob’ekt bo‘yicha dastlab axborotlar to‘planadi. Shundan kelib chiqqan holda avvalo hujjatlar portfoliosi bajariladi. Hujjatlar portfoliosi esse shaklda Platonus o‘quv platformasi (elektron pochta) orqali professor-o‘qituvchiga yuboriladi. Talaba tomonidan taqdim etiladigan ikkinchi portfolio tashkiliy portfoliodir. Unda islom bankining tashkiliy-huquqiy shakli o‘rganiladi, islom banklari faoliyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari aniqlanadi, ustav kapitali aks ettiriladi hamda bank aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lsa aksiyadorlar tarkibi tahlil qilinadi. Bunda bankning ma’lumotlaridan, jumladan veb-saytidan foydalanish tavsiya etiladi. Faoliyat sohasi o‘xshash xorijiy mamlakatlardagi banklar faoliyati o‘rganilib taqdimot tarzidamasofaviy ta’lim platformasi (Platonus,elektron pochta) orqali professor-o‘qituvchiga taqdim etiladi. Uchinchi portfolio tahlil portfoliosi bo‘lib, unda banklarning daromadlari, bank zararlari va mijozlar oldidagi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlari kamida 5 yillik holati tahlil qilinadi, tanlangan islom bankining bank mahsulotlarining, faoliyati o‘xshash boshqa raqobatchi banklar bilan solishtirma tahlil qilinadi, shuningdek bankning investision faoliyati va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari tahlili amalga oshirilib, tahliliy hisobot shaklida masofaviy ta’lim platformasi (Platonus)orqali elektron tarzda professor-o‘qituvchiga taqdim etiladi. Va nihoyat to‘rtinchi portfolio xulosa portfoliosi. Unda islom banki faoliyatini baholash natijalari tahlili hamda yuqorida bajarilgan portfoliolar asosida bank faoliyati yuzasidan SWOT-tahlili amalga oshiriladi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va bank faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha talaba o‘z fikrini bayon etadi. Umumiy holatda mazkur portfolio keys-stadi tarzida masofaviy ta’lim platformasi (Platonus) orqali taqdim etiladi. Download 260.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling