Islom bank tizimi va uning rivojlanish tendensiyalari


Download 1.3 Mb.
bet2/4
Sana11.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1765549
1   2   3   4
Bog'liq
XBI.mustaqil.ish

Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, shu bois umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul o'z tabiatiga ko'ra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; boylik timsoli; mehnatni qiymat shaklida o'lchab beradigan vosita.

Qo'lga kiritilishi va oddiy tarzda undan foydalanish mumkin bo'lgan hamma narsa yoki odam tabiatan ehtiyoj sezadi va bu ehtiyojni qondirish uchun o'zida saqlash mumkin bo'lgan narsalar tovar deb ataladi

Pul va tovar

  • Aflotun foiz olish axloqiy jihatdan maqbul ish emas, degan va uni rad etib, foiz berishni taqiqlashni talab qilgan.
  • Yunon faylasuflari pulni faqat o’zaro almashish vositasi sifatida qabul qilganliklari uchun uni ijaraga olishdan keladigan daromadni rad qilishgan. Arastu yana bir o’rinda pul invistitsiya vositasi sifatida ko’paymasligini ta’kidlagan.
  • Foizga asoslangan iqtisodiy tizimlar ozchilik hisobiga ko’pchilikni qanday faqirlashtirgani xususida Toqiy Usmoniy o’z davlatidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda shu fikrlarni aytadi: “Pokistonda 2008-yilda 24900000 hisob raqam egasidan faqatgina 0.1 %i barcha sarmoyaning 1.95 trillionidan foydalandi. Bu umumiy qarzlarning 69 foizi demakdir”.

2. Islom moliyaviy instrumentlari

Islom banklari quyidagi tamoyillarasosida faoliyat yuritadi:


- Musharaka – (muntazam hamkorlik) – faoliyat shartlari va muddatlariga rozi bo‘lgan holda biznesning barcha qatnashchilari biznesga qo‘yilgan boshlang‘ich qo‘yilma kapitallaridagi foyda va zararlarni proporsional bo‘lib oluvchi hamkorlar sifatida harakat qiladilar.
- Mudoraba – (ixtisoslashgan hamkorlik) – bu ishonchli moliyalashtirish bo‘lib, pul mablag‘laridan foydalanishdagi eng to‘g‘ri va samarali bitim hisoblanadi. Bunday holatda bank omonatchilar mablag‘lari bilan ishlaydigan bo‘lsa, trast boshqaruvchisi sifatida yoki loyihani moliyalashtirish bo‘lsa mijoz bilan harakat qiladi. Sun’iy tarzda foizli pullarni shakllantirish evaziga emas, balki tuzilgan bitim har tomonlama haqiqiy holatda bo‘lgani uchun samara to‘g‘ri aniqlanadi. AQSh va Yevropa davlatlarida bu tizimga o‘xshashlar keng tarqalgan bo‘lib, ular korxonalar va venchur fondlar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega.
-Murabaxa- (savdoni moliyalashtirish) – bank va uning mijozi o‘rtasida tovarlarni maxsus narxlar bo‘yicha sotuvi haqidagi o‘zaro kelishuvini bildiradi. Bu narxda oldindan kelishilgan bank foydasini tashkil etuvchi marja yotadi. Bank mijozining talabi bo‘yicha xorijdan yoki ichki bozordan tovar xarid qiladi, keyin bitim shartlariga ko‘ra, uni yoki bir vaqtda sotadi, yoki muddatini uzaytirishi mumkin.
- Ijara – (lizing)- mijoz uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bank tomonidan ijaraga beriluvchi uskunadan foydalaninishda tuziladigan shartnoma. Lizingga olish rivojlangan davlatlarda kreditlashning eng samarali shakllaridan biri sifatida keng tarqalgan. Bunda ijara muddati tugashi bo‘yicha uskunani keyinchalik sotib olish yo‘nalishi ko‘rilgan.
- Kard ul-Xasan- (xayriya krediti)- tashkilot yoki shaxslarga taqdim etiladigan foizsiz ssudalar. Agar shaxsning berilgan ssudaning qaytara olmasligi avvaldan aniq bo‘lsa, pullar majburiyat yoki ixtiyoriy xayriya shaklida taqdim etilishi mumkin.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling