Islom dini. Uning asosiy oqimlari va yo’nalishlari


Download 99.84 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi99.84 Kb.
#1578785
Bog'liq
islom dini oqimi va yo\'nalishlari






ANGREN UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “ISLOM DINI. UNING ASOSIY OQIMLARI VA YO’NALISHLARI”




Bajardi: BTM-109 guruh talabasi
Masharifova Ozoda
Tekshirdi: Yusupov Q.
Djurayev A.


Angren 2023
ISLOM DINI. UNING ASOSIY OQIMLARI VA YO’NALISHLARI
REJA:
1.Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit.
2.Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari.
3. Qur’on, sura, oyat tushunchalarning ma’nosi islom madaniyatidagi
o‘rni va ahamiyati.
4.Hadislarni o‘rganish va tarqalish jarayoni.
5.Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati va uning tarixi, g‘oyalari.
Tayanch tushunchalar: Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar(a.s) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozir bo‘la boshlashi. Madinaga hijrat. Makkaning fath etilishi. Halifalik. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom ta’limotining oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.
5.1 Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
5.2. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo‘linib ketgan.
Sunniylik yo‘nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe’iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur’oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat - Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‘zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga etgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos - ya’ni, hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda, shunga o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo’nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo’nalishi va ta’limoti. Mo’’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo’nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo’nalishi va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari.
Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda tarqalishi. XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm tushunchalari. Tablig’ guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli firqalarga bo’linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari. Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishning ahamiyati.
Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to‘qnashuvi asri bo‘lishini idrok etmoq zarur, bunda "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo‘lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim". Shuningdek, ‘‘G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishmog‘imiz, kurashmog‘imiz kerak", degan so‘zlarni alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g‘oyalarga qarshi milliy istiqlol g‘oyasini qo‘ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g‘oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g‘oyasi millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O‘zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog‘imiz kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo‘lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo‘layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi - mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo‘lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo‘llaydiganlari - diniy omil hisoblanadi.
Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O‘zbekistonda, o‘z ta’sirini o‘tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo‘ldilar. Islom dinining sof g‘oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya’ni, Alloh, Islom kabi so‘zlarni qo‘shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar — "Islom uyg‘onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, yaxlit jug‘rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Bu borada "Islom ta’limoti nima deydi?" degan o‘rinli savol tug‘iladi. Har qanday ta’limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo‘ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqidaviy jihatdan qanday bo‘linish, ajralishlar bo‘lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o‘rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.
Islomning lug‘aviy ma’nosi "Buyuruvchining farmoni va ta’qiqiga e’tirozsiz bo‘ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma’nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlar insonlarga Islom dinidan ta’lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg‘ambar yo‘llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to‘g‘ri yo‘ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir.
Shariat - to‘g‘ri yo‘lga solmoq, qonunchilik yo‘naltirmoq, ibodat yo‘llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi deyiladi.
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq" ma’nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa ta’rifida "Shar’iy dalillardan qar’iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta’rifdagi "Shar’iy dalil" Qur’oni karim va hadisi sharifdir. "SHar’iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo‘ladi. Zamonlar o‘tishi bilan, Al-istinbat - chiqarib olish, sug‘urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo - ya’ni, yetuk ulamolarning o‘zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh - ya’ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keldi. Mazhab so‘zi arabcha “yo‘nalish” ma’nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo‘nalishidan borish" (arabcha - zaxaba ‘ala mazhabixi)ni bildiradi.
1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805-yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090-yil) "Al-Mabsut" nomli sharh yozdi.
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya’ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854-yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o‘rin tutadi.
3. Shofe’iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No‘mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o‘ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo‘lishining ilk davridayoq, ikki yo‘nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra’y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o‘z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo‘lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra’y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko‘p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767-yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653-y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaro sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738-y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan.
Abu Hanifa kufalik bo‘lib, o‘zining ismi No‘mon ibn Sobit edi. O‘ziga to‘q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo ta’lim olib, yoshligida so‘nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo‘ladi. Ustoz vafotidan so‘ng 10 yil davomida ushbu to‘garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi hisoblangan. 747-748-yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko‘chib o‘tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag‘dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat’iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo‘ysundirish uchun yoshi va obro‘siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Hanifa olamdan o‘tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta’limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o‘zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo‘lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o‘z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to‘lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o‘zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o‘zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo‘rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog‘at yoshiga etgan inson mustaqil bo‘lib, o‘z mulkini o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir.
Uning shogirdlaridan “As-sohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta’sirini o‘z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag‘dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qozi al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to‘plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo‘yicha qarorlar to‘plami vazifasini o‘tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo‘lida ta’lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo‘lgan, so‘ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o‘sha yerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag‘ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag‘ir" va "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma’lum alloma) tomonidan "Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to‘planadi.
Molikiy mazhabi. Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko‘pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo‘ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog‘lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja’far as-Sodiq (vaf. 765-y.) ham bo‘lib, keyinchalik u shialikning ja’fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713-yili Madinada kamon o‘qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o‘zi ipak matolari savdosi bilan shug‘ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo‘lida islomiy ilmlarni o‘rgangan. Shu yerda 795-yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo‘lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo‘rozlar va qo‘chqorlar orasidagi urush emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe’inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o‘zining "Al-Muvatta’" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848-y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar etib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800-y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan.
Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o‘z yo‘nalishiga ko‘ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o‘rniga munosabatiga ko‘ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o‘z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo‘l bermaydi.
Molikiy mazhabining vatani Madina bo‘lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u Yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o‘z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.
Shofe’iy mazhabi. Bu mazhab jug‘rofiy mintaqa mahsuli bo‘lmasdan, ikki o‘zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg‘ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo‘lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe’iy uning asoschisi bo‘ldi. Shofe’iy 767-yili Falastin (G‘azza)da tug‘ilib, 820- yili Misrda vafot etdi. Shofe’iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884-y.) yozgan], unda nafaqat shofe’iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o‘zga mazhablar orasidagi ko‘plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas’ud orasidagi ixtilof, Shofe’iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o‘z aksini topgan.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo‘lgani uchun u yerda bu ta’limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517-yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko‘p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o‘z diniy urf-odatlarida shofe’iy an’analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar.
Hanbaliy mazhabi, Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780-yili Bag‘dodda tug‘ilib, shu yerda 855-yili vafot etgan. Hadis to‘plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.
Bu mazhabning o‘zgalarga nisbatan ko‘proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari martabasigacha ko‘tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya – 1350-y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur’on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur’on va sunnatga muvofiq bo‘lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo‘lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur’on va sunnatga tayangan boshlang‘ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da’vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa’id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta’sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o‘z izdoshlariga ega.
Shialik yo‘nalishidagi mazhablar:
Ismoiliy mazhabi - shia yo‘nalishining Ismoiliy mazhabi X-XI asrlarda Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o‘rtasida kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi bilan bog‘liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo‘lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja’far as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta’limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta’limotlarga bo‘lindi.
Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston shimolida, Pomirda, musta’liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan.
Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko‘pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shahobchalaridan biri bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo‘lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka’ba)ga ziyoratni, unga sig‘anishni bid’at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899- yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o‘z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-ASh’ashg o‘g‘li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930-yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko‘pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo‘lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma’nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg‘ambar o‘zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da’vo qiladilar. Ali avlodlaridan bo‘lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog‘liq zaydiya shia harakati paydo bo‘ldi. Zayd 739-yili Kufada Umaviylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi, shialar uning atrofiga yig‘ilib, uni imom deb e’lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo‘zg‘oloni bostirilib, Zayd 740-yili 6-yanvar kuni jangda halok bo‘ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo‘lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar.
Zaydiy mazhabi, Zaydiy mazhabi VIII asr o‘rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo‘lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan.
Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar ichidan Zayd o‘z tarafdorlarini to‘plab, 739-yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko‘targan, 740- yilda xalifa Hishom qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko‘targanlar.
Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o‘z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo‘lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar.
Ja’fariy mazhabi, Ja’fariy mazhabi shia yo‘nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja’far as-Sodiq (vafoti 765-yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo‘lib, bunda imom Ja’farning deyarli roli bo‘lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja’fariya, deb nomlanadi.
Ja’fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o‘rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega. Shialikdagi mazhablardan birining nomi, o’n ikki imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimi «ja’fariylar» deb ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi bilan bog’liq. Shialikning diniy-huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o’rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
Xorijiylar, "Xaraja" - "fe’lidan chiqmoq" mazmunida bo‘lib, "xorijiylar ajralib chiqqanlar", "isyonchilar" ma’nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657- yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko‘nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘irgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba’zi ilk manbalarda ular haruriylar, deb ham yuritiladi.
Yo‘nalish ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo‘ysunadi, har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘Shatiladi va hatto qatl qilinadi. E’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar.
Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o’rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa tarafdorlari «zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad Boqirning ukasi Zayd ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo’lib, milodiy 739-yili Kufada umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko’targan. Xalifa Hishom isyonni bostiradi, Zaydning o’zi jangda halok bo’ladi. Zaydiylar Ajamdan bir payg’ambar kelishiga va u Payg’ambarimizning (s.a.v.) shariatlarini nasx (bekor) qilishiga ishonganlari uchun Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi.
5.3 .Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644-yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi:
1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va
2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Ummaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Ummaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar.
Bu holda mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VII asrning 20-40-yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab yetmasalarda, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi.
O‘rta Osiyoda uzoq vaqt davomida (VIII-XIII asrlar) davlat tuzumi Bag‘doddagi holatni takrorlar edi. Yaxshi ma’lumki, Payg‘ambar vafotidan (632-y.) so‘ng davlat hayotida dunyoviylik prinsipi ustun bo‘lib keldi. Ammo islom dinini birinchi navbatda hukmron doiralar tarafidan yagona din (monodin) deb e’tirof etish jamiyat hayotida ulamolar mavqeining yuqori bo‘lishiga tabiiy tarzda olib keldi. Chunki din qoidalarini ishlab chiqish davlat tasarrufida emas, balki yetarli diniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaharliklar – ulamolar qo‘lida edi. Ular, albatta, bu qoidalarni ta’birlash davomida o‘z tabaqasi manfaatlarini esdan chiqarmas edilar. yoki og‘ir va ziddiyatli hollarda shahar ahli qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, hokimu sultonlarni «diniy shiorlar» ostida tartibga chaqirib qo‘yishi ham mumkin edi. Shuning uchun doimo islom dunyosidagi turli mintaqalarda hukmronlik qilgan davlatlar muayyan diniy siyosat olib borishga majbur bo‘ldi. Masalan, Somoniylar kelishuvchan (konformist) ulamolardan o‘z siyosatlarini o‘tkazishda foydalanib, norozilarini esa ta’qib qildilar. Qoraxoniylar (999-1212) rasmiy diniy mansablarga mahalliy ulamolar o‘rniga chekka hududlardan taklif qilingan olimlarni tayinlay boshladilar. Shuningdek, ular o‘z kadrlarini tarbiyalash maqsadida madrasalar ta’sis etdilar. Saljuqiylar, qoraxitoylar, xorazmshohlar yurishlari oqibatida markaziy hokimiyat qudratiga putur etdi. Bu esa mamlakat siyosatiga shaharliklarning, ularning yetakchilari – ulamolarning aralashuvini kuchaytirdi. Bunday holat ilmu fanda hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan hodisa – Buxoro shahri boshqaruviga ulamolar sulolasi – Sadrlar (1102-1238) kelishi fenomenini yuzaga keltirdi.
Mo‘g‘ullar istilosi (1218-1221) natijasida O‘rta Osiyoda o‘rnatilgan siyosiy tuzum oldingilaridan tubdan farq qiladi. Unga Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida shakllangan davlatchilik prinsiplari o‘rniga Markaziy Osiyo ko‘chmanchilik an’analari asos qilib olindi. Barpo etilgan yangi tuzumda dinga, xususan ulamolarga bo‘lgan munosabat butunlay boshqacha edi. O‘rta Osiyo siyosiy hayotida shaharlik aholi ahamiyati pasayib, yangi aholi tabaqasi – chig‘atoylar roli oshib bordi. Natijada Buxoro va Samarqand hanafiy ulamolarining ijtimoiy salmog‘i tobora pasayib bordi. Bu esa mazkur maktab ilmiy salohiyatida avval turg‘unlikka, so‘ngra esa parokandalikka olib keldi. Yangi sharoitda ulamolarning boshqa bir toifasining ahamiyati osha bordi. Ular avvaliga xarizmatik (karomatli) Shayxlar, ovloq yerlik (chekka hududlik) shayxlar nomlari bilan ma’lum bo‘ldilar.
5.4. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ig‘odasini topgan.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to‘rt nusxada ko‘chirilgan. Ana shu ko‘chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo‘lishi Ollohning bizning yurtimizga bo‘lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o‘tmishda bir orzu edi, xolos.
Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, Islom, ehsondan iborat deb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - Ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o‘z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.
Islomning kishilar ongi va turmuSh tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o‘rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, g‘ol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig‘inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.
Payg‘ambar s.a.v. davri (610-632). Bu davrda Payg‘ambar s.a.v. hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni shaxsan u zotning o‘zlari orqali hal etilardi. Muhammad s.a.v. payg‘ambar bo‘lish bilan birga davlat boshlig‘i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro bevosita u zotning boshchiliklarida bo‘lar edi.
Sahobalar davri. Payg‘ambar s.a.v. vafotlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi hududi tez sur’atlar bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Musulmonlar u yerlarga qozilar va faqihlarni yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo‘lgan yerlarda mustaqil fiqh markazlari paydo bo‘ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi. Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va Shom kabi mahalliy markazlarning urf-odatlari, ehtiyoj va shart-sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi sahobalar yetuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular biror fiqhiy qonun-qoidani joriy etishda albatta o‘sha yer aholisining urf-odati va shart-sharoitlarini hisobga olar edilar. Shu sababdan fiqh ilmi tezlik bilan xalq ziyolilari orasiga singib ketdi.
Sahobalar davrida quyidagi fiqh markazlari shakllandi :
A) Madina maktabi;
B) Makka maktabi;
V) Kufa maktabi;
G) Misr maktabi;
D) Shom maktabi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan ilm markazlarida ta’lim berish uslubi o‘sha o‘lkaning mavjud madaniyati va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir-biridan bir oz bo‘lsada farq qilar edi. Shuningdek, ibodat va muomala masalalaridagi ijtihodlar (ijtihod – faqihning biror masala yuzasidan chiqargan fatvosi) ham turli shakllarda edi. Bu holat ma’lum o‘lkalarda turli mazhablarning paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Tobe’inlar davri. Sahobalar davri haqida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida ko‘plab shogirdlarga ega bo‘lgan faqihlar mavjud edi. Keyinchalik ularning bu shogirdlari ilm sohasida, xususan fiqh ilmida katta xizmat qildilar. Ular biror muammoni hal etishda faqatgina og‘zaki fatvo berish bilan cheklanmay, balki yozma asarlar ham qoldirganlar. Mana shunday yozma asar qoldirgan olimlarning birinchilaridan Urva ibn Zubayr (vaf. Xij 94, mil 712-y.) bo‘lgan. Biroq, manbalarning ma’lumot berishicha, uning barcha yozgan kitoblari yonib ketganligi sababli keyingi avlodga yetib kelmagan.
Fiqh ilmiga doir asarlarni boblar va fasllarga bo‘lib tasnif qilish ilk asrdayoq boshlangan edi.
Tobe’inlar davri keyinchalik muazzam asarlar yozilishi va minglab kishilar qabul qilgan mazhablarning buyuk mujtahidlari yetishib chiqishi uchun poydevor vazifasini o‘tagan.
Buyuk mujtahidlar (taba’a tobi’inlar) davri. Bu davrda Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy, Ahmad ibn Hanbal, al-Avzo‘iy, Dovud az-Zohiriy kabi buyuk faqihlar etishib chiqqanlar. Ularning hayoti, faoliyati, ijodi xususida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramasdan ytarli emas.
Bu davrda ikki: «ashob ar-ra’y» (fikr tarafdorlari) va «ashob al-hadis» (hadisga ergashuvchilar) oqimlari vujudga keldi.
«Ashob ar-ra’y» oqimiga Iroqda Kufa maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga avvalo ahli sunna va-l-jamo‘aning buyuk imomi Abu Hanifa (699-767) poydevor qo‘ydi. Muhim fiqh ilmiy akademiyasini shakllantira olgan Abu Hanifa ilmiy masalalarda ko‘pincha «ra’y»ga suyanar edi. Shunga ko‘ra «ra’y» hanafiy mazhabining shakllanishi va harakatlanishining asosiy xususiyatini tashkil etadi. Hadis to‘plashda, qiyos va istihsonni keng yoyishda, Islom dini aqidalarini ma’lum bir tartibga solishda va shu bilan birga shariat hukmlari va qonunlarini ustuvor dalillar asosida ilmiy tarzda ta’lim berish uslubini ishlab chiqishda Abu Hanifa katta xizmat qilgan. Hanafiy mazhabining asosiy manbalari quyidagichadir:
Al-Qur’on; As-Sunna; Al-Ijmo‘; Al-Qiyos; Al-Istihson.
Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (699-767) – g‘orslardan bo‘lib, Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba’a tobe’inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o‘zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, shunga ko‘ra, u tobe’inlardan», degan ma’lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,«ahli Iroq faqihi»,«hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug‘ullanish edi. Yoshlik chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa’iy va ash-Sha’biydan olgan. Abu Hanifaning yetuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (709-805), Abu Yusuf (731-769)larni alohida aytib o‘tish zarur.
Imom Molik. «Ashob al-hadis» oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas (712-795) «o‘z amaliyotida faqat Qur’on va hadisga suyanish ta’limoti»ning asoschisi bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Molik ibn Anas butun umri davomida Madina (qadimgi nomi Yasrib) shahridan chiqmagan. Imom Molik nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur faqih Molikiy mazhabining asoschisidir. Molik ibn Anasning mashhur «Kitob al-Muvatto‘» nomli asari mavjud.
Imom Shofi’iy. Yuqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni ahl as-sunna imomlaridan bo‘lmish Imom Shofi’iy nomi bilan mashhur Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-804) nazariy jihatdan birlashtirgan. U Shofi’iy mazhabining asoschisi bo‘lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir.
Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyun»lar oqimi tarafdori bo‘lib ahl as-sunnaning to‘rtinchi imomi deb e’tirof etiladigan. Imom Ahmad ibn Hanbal ((hijriy 164-241) 781-855) o‘z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta’limotini shakllantirdi.
Taqlid davri. X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o‘zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, ya’ni «taqlid davri»ga o‘tdi. Bu davr fiqh ilmi avvalgi davrlar an’anasi ta’siri ostida rivojlanib, yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi davrlardan ma’lum bo‘lgani kabi, buyuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo‘ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi va sharh etildi. Bu davr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o‘zlaridan oldingi mujtahidlarning fikrlarini «Shar’iy nass» (Shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. Shunday bo‘lsada bu davr faqihlari orasida o‘zlarining ilmiy-amaliy faoliyatlari natijasida mislsiz bebaho asarlarlar yaratgan allomalar yetishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo‘lib xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o‘z mavqeini va qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q.
VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O‘rta Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiya mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida Shu mazhab ta’limoti asosida Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat qozondilar. Faqihlarning davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta’siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali yechilgan. Fiqh shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o‘lka xalqlari an’analari, urf-odatlarini umumislom mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o‘z aksini topdi.
VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bo‘ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta’siri katta bo‘ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832-y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samo‘a va Shaddod ibn Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo‘ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu’ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o‘z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din) mavzui bilan shug‘ullanishga qaratdilar.
XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o‘zining yuksak taraqqiyotiga yetishdi. Qoraxoniylar (999-1212) davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Turkiyalik olim Y. Z. Kavakchi bu davrda uch yuzga yaqin faqihlar yetishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o‘tadi. Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining «qal’asi» edi desak adashmaymiz. «Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o‘ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham shu diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari ­ V-XI asrdan to mo‘g‘ullar davri (603-1043-1206-1634)ga qadar Buxoroda Ibn Moza Mahmud (vaf. 570-1174-y.) oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan «Sadr» unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori mansab sohiblari edilar, ar-Rig‘damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Safg‘or, al-Pazdaviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg‘inoniy oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Ilm-fan rivojlandi. Ko‘plab yirik olimlar etishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo‘ldi. Bir necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar.
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o‘rin tutadi. Bu davrda etishib chiqqan hanafiy faqihlaridan:
ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430-1063-y.);
al-Halvo‘iy (vaf. 456, 1063-y.);
Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-483, 1009-1090);
al-Pazdaviy Ali (vaf. 482, 1089-y.);
as-Sadr ash-Shahid Umar (vaf. 536, 1141-y.);
an-Nasafiy Umar (vaf. 537, 1142- y.);
Alouddin as-Samarqandiy (vaf. 539,1144-y.);
Ibn Moza Mahmud (vaf. 570, 1174-y.);
al-Attobiy Ahmad (vaf. 586, 1190-y.);
al-Kosoniy Mas’ud (vaf. 587, 1191-y.);
Qozixon (vaf. 592, 1191-y.) va yuqorida zikr etilgan al-Marg‘inoniy Ali (vaf. 593, 1196-y.) kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.
Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo‘lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg‘ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid davriga bo‘lgan tadrijiy rivojlanishini o‘rganish bizga:
VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;
O‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan muhim shaxslar;
XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;
Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anaviy fiqh maktablarining o‘ziga xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati;
XI-XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida tutgan o‘rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi.
Tasavvuf. Asli tasavvuf so‘zi «so‘fiy» so‘zidan, «so‘fiy» so‘zi esa arabcha «so‘f» so‘zidan yasalgan. So‘f deb arablar jundan bo‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda so‘fiylik yo‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilgan chakmon (u hirqa deb ham aytilgan) yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib Yuruvchilar, ya’ni so‘fiylar deb ataganlar. So‘fiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmuSh kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. So‘fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Ollohga banda, u yolg‘iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o‘zlikdan kechish – so‘fiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk so‘fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Ollohga yetding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsadan kamimiz yo‘q. O‘sha «hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go‘riston, agar o‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - so‘fiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo‘yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o‘rgatiladi. Komil inson bo‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo‘yish kishini nafsiga qul qilib qo‘yadi. Darvesh, so‘fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog‘idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo‘li nafsning ehtiyojini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko‘ngil bog‘lash darkor. So‘fiylikda buni dunyo mohiyatini va o‘zligini, insoniylikni anglash yo‘li deb qaralgan. O‘zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o‘tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o‘z nafsining yomonligini tanish o‘zligini tanishdir».
Demak, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. Biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O‘tmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo‘lining rahnamolari bo‘ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo‘lishga chaqirishda g‘oydalanish o‘rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag‘lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g‘arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O‘z hikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
Yesa - tursa shayton bilan hamroh bo‘lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va
«Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi,
Termultirib xaloyiqqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat esa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida hurfikrlikka keng o‘rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko‘pchilik bilan baham ko‘rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband:”Aybsiz odam yo‘q, shuning uchun agar aybsiz do‘st axtarsak do‘stsiz qolamiz”, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko‘ngil Ollohda bo‘lsin-u, qo‘ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham to‘xtab o‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, xalqini dildan sevgan ingsonni ham ko‘ramiz. 1221-yilda bosqinchi mo‘g‘ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o‘z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid bo‘ladi. Uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o‘nta bo‘lib, ularda bu tariqat yo‘lini tutgan so‘fiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo‘lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat – shahvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:


1. Nima uchun Islomdan avvalgi davrni “Johiliya” davri deyilgan?
2. Islom dinining kelib chiqishi va shakllanish jarayoni haqida nimalarni bilasiz?
3. Qur’on Islom dinining muqaddas kitobi ekanligi izohlang.
4. Qur’oni Karimning tuzilishi va uning jamlanishi haqida nimalarni bilasiz?
5. Sura nima?
6. Qur’onning Usmon Mushafi haqida nimalarni bilasiz?
7. Shariat, fikh, mujtahid so‘zlarini izohlang.
8. Hadis so‘zining ma’nosini izohlang. Hadislar o‘zida nimani ifodalagan.
9. Hadis to‘plash sohasidagi qanday yo‘nalishlarni bilasiz?
10. Qaysi muhaddislar (hadisshunoslar) musulmon dunyosida e’tirof etilgan?
11. Markaziy Osiyodan etishib chiqqan muhaddislar kimlar va ularning qanday asarlarini bilasiz?

Adabiyotlar:


1. Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. Toshkent: UzMU, 2004. -208 b.
2. Yuldoshxujaev X. Raximjonov D. Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar matni). -Toshkent: ToshDSHI nashriyoti, 2000.
3. Muminov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.
4. Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (oq‘uv qo‘llanma). - Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
5. Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
6. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Mansurov A. - Toshkent: SHarq, 2016.
7. Rahimjonov D. Muratov D. Obidov R. M.Alimova. Hadisshunoslik (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. — 268 b.
8. Nizomiddinov H. Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari va Islom/ Nizomiddinov H.F., Hasanov A. - Toshkent: UzR FA davlat Adabiyot muzeyi, 2006. - 152 b.
9. SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Sunniy aqiydalar – Toshkent: Hilol-Nashr, 2015. – 544 b.
10. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: SHarq, 2014. – 536 b.
11. Oqilov S. Kalom ilmi. – Toshkent: TIU nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. – 160 b.
12. Muhammad Anvar Badaxshoniy. Aqidatut-tahoviya sharhining talxiysi. – Toshkent: 2015. – 448 b.
13. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sharq, 2014. – 536-b.
14. Aminov H., Primov S. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent: TIU nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. – 160-b.
Download 99.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling