Islom dinida ayol


Islom ayoli hayotining turli jabhalari haqidagi muqaddas matnlar


Download 129.24 Kb.
bet2/9
Sana27.12.2022
Hajmi129.24 Kb.
#1068811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOMDA AYOL VA TENGHUQULILIK

Islom ayoli hayotining turli jabhalari haqidagi muqaddas matnlar
Islom taʼlimoti ayollarga ikki tomonlama munosabatda boʻladi. Onalarni barcha erkaklardan ulugʻlovchi baytlar ham bor, qiyomatda ayol va erkak teng hukm qilinadi, degan baytlar ham bor. Shu bilan birga, Islomni qattiq tanqid qilgan sobiq fizika professori Bill Worner Qur’onning 71 foizida,hadislarning esa 91 foizida ayolning erkakdan pastroq mavqega ega ekanligini taʼkidlaydi.
Gender rollari
Qur’oni karimda: „Erkaklar ayollarning valiylaridir, mollaridan infoq qilganlari uchun, Alloh ularning baʼzilarini boshqalardan ustun qoʻydi“ deyiladi.
Islom qoidalariga koʻra, xotin butunlay eriga boʻysunadi. Ayolning oiladagi asosiy roli, naslni koʻpaytirish va bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, erkakning roli esa oilani moddiy taʼminlashdir.
Hijob va erkinlik
Niqab kiygan ayolYaman
Qurʼoni karimda: „Moʻminalarga ayt, koʻzlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar ulardan (ziynatlaridan) zohir boʻlganlar mustasno. Roʻmollarini yoqa yorigʻlariga toʻshasinlar. Erlari, otalari, erlarining otalari, oʻgʻillari, erlarining(boshqa hotinidan) oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarining oʻgʻillari, ayollar qoʻl ostodagi asirlari, (oilaga) bogʻliq qolib, uylanish ehtiyojidan qolgan erkaklar va hali hanuz ayollarning uyatli joylarini farqiga bormagan goʻdak bollardan boshqa hech kimning yonida goʻzallik va koʻkraklarini ochmasinlar. Yashirgan vujudlari — ziynatlari maʼlum boʻlib bilinishi uchun oyoqlarini yerga sezilarli taqillatmasinlar. Ey moʻminlar! Najot topishingiz uchun, Allohga tavba qiling!“ 24:31 (Nur surasi, 31-oyat)
Bu parcha, hijob kiyish talabining asosi hisoblanadi.
Taʼlim
Koʻpgina islom taʼlim muassasalarining barpo etilishida ayollar muhim rol oʻynagan, masalan, Fotima al-Fihriy 859-yilda Al-Qaravin universitetiga asos solgan. XII asrda yashagan Ibn Asakirning yozishicha, Islom olamida ayollarning bilim olishi uchun katta imkoniyatlar mavjud edi. U ayollarning oʻqishi, ilmiy darajalarga ega boʻlishi, olim va oʻqituvchi boʻlishlari mumkinligini yozgan. Islom olamidagi ayollarni Muhammad paygʻambar s.a.v ning muvaffaqiyatli tadbirkor ayoli Xadicha r.a va hadis ilmida taniqli olima Oisha rahimahulloh ilhomlantirgan. Muhammad s.a.v „hayo ularning eʼtiqodlarini oʻrganishlariga toʻsqinlik qilmagan“ Madinalik ayollarni diniy ilmga chanqoqligini maqtagani haqida hikoya qilinadi. Ayollarning taʼlim olishida hech qanday qonuniy cheklovlar boʻlmasa-da, baʼzi erkaklar, masalan, Muhammad ibn al-Haj (vaf. 1336), oʻzining maʼruzalari paytida baʼzi ayollarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlgan. 15-asrda Al-Shaxavi oʻzining butun oʻn ikki jildlik tarjimai hol lugʻatini olima ayollarga bagʻishlaydi; lugʻatda ulardan 1075 tasi haqida maʼlumotlar mavjud.

Download 129.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling