Islom dining o'rta osiyoga kirib kelishi


Download 49.82 Kb.
bet1/6
Sana15.02.2023
Hajmi49.82 Kb.
#1201435
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
38-21--Hidoyatov Abdulla---ISLOM DINING O\'RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI.

ISLOM DINING O'RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI




REJA:



  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM.

  1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit.

  2. Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik.

  3. Islom dining O`rta Osiyoga kirib kelishi.

  4. Qur’on islom dining muqaddas kitobi.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.


Islom ma’naviyatida insonning er yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga er va osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tiladi.
Inson Ollohning xalifasi sifatida bilim egasi, yorug’ dunyoning barcha bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq qo’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu-amal bergan ekan, demak, biz inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni - dunyoni o’rganib, dunyo orqali Ollohning zotini, ilmlarini kashf etib yashashimiz kerak. Din - ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog’i kerak. Bizning bobolarimizning yo’li ana shunday bo’lgan. Bir misol keltiramiz. Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab Shayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb so’raganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuitsiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o’z shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo’lsam, u ko’ngnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.

Download 49.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling