Islom dining o'rta osiyoga kirib kelishi


Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit


Download 49.82 Kb.
bet2/6
Sana15.02.2023
Hajmi49.82 Kb.
#1201435
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
38-21--Hidoyatov Abdulla---ISLOM DINING O\'RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI.

Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit.


Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so’zi arabcha bo’lib «xudoga o’zini topshirish», «Itoat», «Bo’ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko’pchilik shakli «Muslimun» bo’lib, o’zbeklarda «Musulmon», qirg’iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo’lgan Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko’chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag’otidan keyin bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O’rta Osiyo erlari - Movarounnahr (daryo ortidagi erlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.


Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik,
shofеiylik va hanbaliylik.
Islomda asosan ikki yo'nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali-Ali  tarafdorlari)  mavjud  bo'lib,  ularning  har  birida turli  masalalar  bo'yicha  bir  qancha  mazhablar  mavjuddir.  Uchinchi  yo'nalish  xorijiylar  (xavorij - ajralib  chiqqanlar)  VII  asrning  ikkinchi  yarmida  deyarli bo'linib  ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy. 2 ta aqidaviy Ash'ariy;  Moturidiy ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat – Muhammad (S.A.V.)  qilgan ishlari va aytgan so'zlari.  Hadislarga  asosan  hukm  chiqarilganda,  ularni  nihoyatda  ehtiyotkorlik  bilan  tanlab  olinishi  zarurdir.
3. Ijmo bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos ya’ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo`nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo`linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo`nalishi va ta’limoti. Mo`’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo`nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo`nalishi va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari.
Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda tarqalishi. XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm tushunchalari. Tablig` guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli  firqalarga bo`linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari.Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g`oyalarini singdirishning ahamiyati.
Islomdagi yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar:  Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda.  XXI asr mafkuralar to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim".Shuningdek,  ''G'oyaga qarshi faqat g'oya,  fikrga qarshi fikr,  jaholatga qarshi ma'rifat bilan bahsga kirishmog'imiz,  kurashmog'imiz kerak",   degan so'zlarni alohida esda tutishimiz darkor.  Mustabid tuzum,  jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g'oyalarga qarshi milliy istiqlol g'oyasini qo'ya bilishimiz zarur.  Milliy istiqlol g'oyasi qanday mazmun kasbetadi?  Avvalo,  milliy istiqlol g'oyasi millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O'zbekiston xalqi  (Konstitutsiya, 8-modda)  manfaatini ifoda etishini anglamog'imiz kerak.
Milliy istiqlol g'oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo'lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlarichida eng xavflisi – mafkuraviy tahdid,  uning sinashta bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo'llaydiganlari – diniy omil hisoblanadi.
Anashunday sharoitda mintaqada,  xususan, O'zbekistonda, o'z ta'sirini o'tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islomomilidan g'arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo'ldilar. Islom dinining sof g'oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga  intildilar. Ya’ni, Alloh,  Islom kabi  so'zlarni  qo'shib  nomlangan,  eshitilishi  jarangdor  partiya,  tashkilotlar —"Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb attahrir al-islomiy" (Islom  ozodlik  partiyasi)kabilarni tuzib, mavjud  konstitutsiyaviy tuzumni  ag'darib  tashlab,  yaxlit jug'rofiy  hududda  Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Bu borada "Islom ta'limoti nima deydi?" degan o'rinli savol tug'iladi. Har qanday ta'limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo'ldan borib,  Islom  dinida  fiqhiy  va  aqdsaviy  jihatdan  qanday bo'linish, ajralishlar  bo'lgani,  uning  sabablarini  ilmiy,  qiyosiy  jihatdan  o'rganish  mazkur  kursning  bosh  maqsadi hisoblanadi.

Download 49.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling