1.3.O’zbekistonda byudjetining daromadlarining klassifikasiyalanishi
Byudjet daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan,
ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan byudjet daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
byudjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar,bojlar, ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
daromadlarni (to’lovlarni) byudjetga o’tkazish tartibi;
byudjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish;
byudjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi;
byudjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilis hini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;
byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari.
Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad etarli bo’lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy daromadni davlat ixtiyoriga o’tkazish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlar o’rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o’tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |