Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZASILASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI MABLAG’LARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI


Download 368.92 Kb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi368.92 Kb.
#227235
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
-9-O`zbekistоnning iqtisоdiy salоhiyatidan samarali fоydalanish yo`llari

III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZASILASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI MABLAG’LARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI.

3.1.Davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishd g’aznachilik tizimi rolini oshirish imkoniyatlari.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan sohalarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Barcha islohatlarning maqsadi byudjet siyosatida davlat byudjeti taqchilligini belgilangan me’yoridan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik, byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo’lishini ta’minlashdir. Byudjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, byudjet intizomini ta’minlash byudjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Byudjet jarayonlari, jumladan, byudjet ijrosi uni bajarilishini qat’iy ta’minlashda byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, ulardan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda echimini kutayotgan muammolar ham mavjud.

Bugungi kunda dasturlarni moliyaviy ta’minlash va davlat mablag’lari foydalanilishi ustidan nazorat o’rnatish ishida g’aznachiliksiz mufaqqiyatga erishib bo’lmaydi. G’aznachilikni joriy etish davlat mablag’larini boshqarish tizimining samadorligini oshirishga ko’maklashadi. G’aznachilik tizimida qilinayotgan xarajatlarni eng yuqori darajadagi «tiniqligi»ga erishiladi.

G’aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri byudjet mablag’larini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O’zbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan g’aznachilik tizimi g’aznachilikning yagona hisobraqamida naqd pullarni markazlashtirishni, shuningdek, byudjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini ko’zda tutadi.

Rivojlangan mamlakatlardagi amalda ishlayotgan g’aznachilikning yagona hisobraqami kontseptsiyalardan va kassadagi naqd pul oqimlarini va pulli operatsiyalarni boshqarish amalga oshiriladi. Bunda faol g’aznachilikning yagona hisobraqami faoliyat ko’rsatadi va markazlashtirilgan buxgalteriya nazorati amalga oshiriladi. Barcha byudjet mablag’lari g’aznachilikning yagona hisobraqamida to’planadi, to’lovni amalga oshirish uchun so’rovnoma va uni tasdiqlaydigan xujjatlar g’aznachilikka yo’naltiriladi, g’aznachilik dastlabki nazoratni amalga oshiradi, to’lovlarni rejalashtiradi va to’lovni amalga oshiradi.

Bizning fikrimizcha, respublikamizda g’aznachilik tizimi faoliyati boshlanishi bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Nazorat- tekshiruv Bosh boshqarmasi nazorat ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida, xo’jalik sub’ektlari bilan o’zaro aloqadorlikning hamda reviziya va tekshiruvlarni o’tqazishning yangi tartibi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Davlat byudjetining ijrosi g’aznachilik tizimi orqali amalga oshirilganda joriy va yakuniy nazorat Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasi va g’aznachilik organiga yuklatiladi. Kunlik joriy nazorat g’aznachilik zimmasiga o’tgach, moliya organlari va byudjet muassasalarining pul mablag’lari va tovar- moddiy boyliklarni saqlanishi, ulardan to’g’ri, samarali foydalanishi, ish haqlarini to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi kabi masalalarni nazorat qilishning yangi yo’llari topiladi.

G’azinachilik tizimida byudjetni ijro qilish jarayoni detallashtirilgan, u quyidagi ko’rsatkichlarni aniq nazorat qilish imkonini beradi:


  • barcha byudjet mablag’larining miqdori;

  • byudjetdan moliyalashtirishning kafolatlangan limiti;

  • byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan haqiqiy tuzilgan shartnomalarning hajmi;

  • tuzilgan shartnomalar asosida berilgan avans to’lovlarning hajmi;

  • tovar-moddiy boyliklar va bajarilgan ishlar hajmi qabul qilinganligi tasdiqlangandan keyin, shuningdek taqdim qilingan schyot- fakturalarning to’g’riligini tekshirilganidan so’ng to’lanadigan ish haqi va boshqa turdagi pul mablag’lari summasi;

  • to’lovga taqdim etilgan hisobraqamlardagi mablag’lar miqdori;

  • byudjet mablag’lari hisobraqamidan haqiqiy ko’chirilgan mablag’lar miqdori.

Davlat byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobraqamlaridan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirishda barcha byudjet tashkilotlari va muassasalar qamrab olinishi ko’zda tutiladi. Davlat byudjeti mablag’larini maqsadli ishlatilishining yakuniy nazorati G’aznachilikning mintaqaviy organlari tomonidan Moliya Vazirligi iqtisodiy va nazorat ishlarining asosiy masalalari Rejasiga muvofiq, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda.

Chet mamlakatlar amaliyoti shuni ko’rsatadiki, G’azinachilik boshqarmasi xar yili nazorat-tekshiruv boshqarmasiga territoriyalarda joylashgan xo’jalik sub’ektlari, byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyati to’g’risida, shuningdek, o’tgan yil mobaynida Davlat byudjetidan mablag’ olgan tashkilotlar to’g’risida boshlanayotgan yilning 01.01. holatiga axborotlar taqdim qiladi.

Nazorat-tekshiruv boshqarmasi tekshirish natijalariga ko’ra materiallarni G’azinachilik boshqarmasiga Davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish uchun, shtraf sanktsiyalari qo’llash uchun maqsadli ishlatilmagan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni yo’naltiradi. G’azinachilik organlari taqdim qilingan materiallarni ko’rib chiqib, shtraf sanktsiyalari qo’llanilgandan keyin byudjetdan mablag’ oluvchilarga joriy yilning moliyalashtirish rejasi shu miqdorda kamaytirilganligi to’g’risida ma’lumot yuboradi. G’aznachilik organlari tekshiruv natijalarini to’liq amalga oshirish va mas’ul rahbar xodimlarni, shuningdek, qonunni buzgan shaxslarni jazolash maqsadida byudjet mablag’larini noqonuniy ishlatish holatlari bo’yicha sud, prokratura organlariga axborot beradi

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, g’azinachilik organi faoliyatining uzluksiz qismi-bu nazoratdir deb aytish mumkin. G’aznachilik organlari byudjet oluvchilar tomonidan davlat byudjetining mablag’larini maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi. Bunda byudjet ijrosida g’aznachilik tizimining maxsusligi ko’rinadi.

Banklar tomonidan mijozning hisob moliya xujjatlari, hisob raqamida qolgan mablag’ miqyosida operatsiyalarni bajaradi va to’lov manzilini nazorat etilmaydi. G’aznachilik organi esa qolgan mablag’ miqyosida iqtisodiy tasnif moddalari bo’yicha to’lov mo’ljallanganligi ustidan nazorat olib boradi.

Byudjet oluvchilarning g’aznachilikka ijro uchun olingan moliya xujjatlari bankka g’aznachilik bo’limlari nomidan taqdim qilinadi va xarajat hisoblaridan olinadi. Byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag’lari olish uchun maxsus tartib ko’zda tutiladi. G’aznachilik organi ma’lum tartib asosida byudjet tashkilotlarining ishonchli vakiliga pul chekini rasmiylashtiradi va shu chek asosida naqd pul banklardan g’aznachilik organi hisobiga olinadi. G’aznachilik organi hisobidagi tushumlar va xarajatlar operatsiyalari ma’lumotnomalarda aks ettiriladi, har kuni bank g’aznachilik organiga ma’lumot taqdim etadi, o’z navbatida g’aznachilik organi har bir hisob bo’yicha byudjet oluvchiga ma’lumot beradi, to’lov xarajatlarining nusxalarini rasmiylashtiradi, bu xujjat xarajat etilganligi to’g’risida dalolat beradi.

Davlat byudjeti daromad va xarajatlar rejasini ijro etuvchi barcha banklar, byudjet mablag’larini hisobdan chiqarish, ko’chirish va hisobga olish muddatlariga amal qilishlari lozim. Bank tomonidan qonunbuzarlik sodir etilsa, g’aznachilik tomonidan jarimalar belgilanadi, hatto, Markaziy Bankga mazkur bankni litsenziyadan mahrum etish to’g’risida taklif kiritiladi. Bundan tashqari, g’aznachilik barcha byudjet oluvchilar tomonidan olingan mablag’ning maksadli ishlatilishi ustidan nazorat olib boradi, g’aznachilik organlari tomonidan shu maqsadda barcha hisobxonalar, moliyaviy va boshqa xujjatlar mablag’ning maqsadli va qonun asosida ishlatilishi tekshiriladi. Noqonuniy ishlatilganligi aniqlansa, bu haqda joriy yil byudjetini qisqartirish yo’li bilan olib qo’yiladi.

Xulosa qilib aytganda, respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qat’iy ta’minlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim.

G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi. Markaziy g’aznachilik organi va uning xududlardagi bo’limlariga jarima sanktsiyalarini qo’llashga ruxsat berish kerak. Masalan, alohida band sifatida

«shartnoma shartlarini buzganligi va o’z vaqtida bajarmaganligi uchun shartnomada ko’rsatilgan summaga nisbatan jarima qo’llaniladi» deb kiritilsa va bajarilishiga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda birinchidan, ta’minotchi va iste’molchilarning mas’uliyati oshadi, ikkinchidan byudjet tashkilotlarining qo’shimcha daromad manbasi yaratiladi.

G’aznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki chora-tadbiri sifatida mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjet tashkilotlariga hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlariga byudjetdan mablag’lar oluvchilar bilan mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tkazish zarur va tuzilgan shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishni nazorat qilishni takomillashtirish kerak.

Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larnimaqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya-byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviynazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin deb umid qilamiz. Ko’zlangan maqsad respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlash, sarflanayotgan har bir so’m byudjet mablag’i respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak.

G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarjatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi.


Download 368.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling