Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi
Byudjet xarajatlarining funktsional nuqtai-nazardan klassifikasiyalanishi
Download 368.92 Kb.
|
-9-O`zbekistоnning iqtisоdiy salоhiyatidan samarali fоydalanish yo`llari
Byudjet xarajatlarining funktsional nuqtai-nazardan klassifikasiyalanishiAmaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi: xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish; xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish. O’zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunining 22- moddasida respublika byudjetidan moliyalashtirishtiriladigan xarajatlar tarkibi keltirilgan bo’lsa, o’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibi yuqoridagi qonunning 23-moddasida keltirilgan. Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. Byudjet mablag’larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xaajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Smeta - notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin. Download 368.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling