Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi.
Byudjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki hududiy moliya organlariga taqdim etadilar.
Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan byudjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda byudjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida
tegishli moliya organlarida amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tkazish mazkur byudjet tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash), byudjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |