Islom, Iymon, E’tiqod, Ehson, Kalom, Motrudiy, Ash’ariy, A’qida, Qur’on, Hadis, Mazhab, Sunniy, Shia, Fiqh, Xorijiy, Namoz, Zakot, Musnad, Sahih, Hasan, Zaif, Johiliya, Xalifa, Muhojir, Ansor, Sahifa, Mushaf
Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar
Download 87.67 Kb.
|
Mashablar haqida malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiylik.
2.Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar.
Shia oqimining mazhablari quyidagilar: Zaydiya, Isno’ashariya, Ja’fariya, Ismoiliya, Ubaydiya, Karmatiylar va boshqalar. Abu Abdulloh Halimiy shunday degan: “Ahli sunnaning asosiy xususiyati uchta: har amirning orqasida namoz o‘qish (ya’ni ularni fosiq va fojirga ajratmaslik); har bir davlat rahbarining rahnamoligida jihod qilish (ya’ni ular bilan birga jang qilish, ularga qarshi jang qilmaslik); ahli qibladan bo‘lgan har bir kishiga janoza namozini o‘qish (ya’ni ularni kofir demaslik)”. Xorijiylik. Hazrat Alining yon berganidan norozi bo‘lgan uning 12 ming askari bo‘ysunishdan bosh tortib, Harura nomli qishloqqa ketdilar. Bu guruh keyinchalik «Xorijiylar» (yoki al–xavorij, xorijiya) deb ataldi. Ba’zi manbalarda ularning nomi ilk to‘plangan joylariga nisbat berilib, «Haruriya» deb ham ataladi. Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Mu’oviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldirgach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. CHunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, YAmoma, Hadramavt, Toif va YAman kabi shahar va o‘lkalarni egalladilar. Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘liga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. SHialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Sha so‘zining to‘liq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan. Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Allohhuzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar. Download 87.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling