Islom Karimov Islom Abdugʻaniyevich Karimov


Download 32.93 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi32.93 Kb.
#215960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islom Karimov

Xotirasi


Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[9] asosan, quyidagilar:

  • 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;

  • Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;

Shuningdek:

  • O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;

  • O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;

  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish[10];

  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

Quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;

  • Asakadagi avtomobil zavodiga;

  • Farg‘ona shahridagi Sanʼat saroyiga;

  • Toshkent xalqaro aeroportiga;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;

  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;

  • oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;

  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;

  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[11]
Download 32.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling