Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti elektron apparatlarni ishlab chiqarish yo‘nalishi


Download 1.57 Mb.
bet4/16
Sana08.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1757365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Islom karimov nomidagi

Rezistorning nominal qarshiligi undagi tamg‘ada ko‘rsatiladi. Ko‘p maqsadlarga mo‘ljallangan rezistorlar uchun nominal qarshiliklarning 6 qatori mavjud: E6, E12, E24, E48, E96 va E192. Bundagi raqam shu qarshiligi va nominalining yo‘l qo‘yilgan og‘ishiga bog‘liq. Presizion rezistorlar qarshiligining yo‘l qo‘yilgan og‘ishi ±2% dan kam, umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezistorlarniki ±5%; ±10%; ±20%, o‘zgaruvchanrezistorlarniki ±30% gacha bo‘ladi.
Nominal sochiluvchi quvvat (PNOM). Bu kattalik rezistorning o‘z parametrlarini belgilangan chegaralarda saqlangan holda muayyan ishlatish sharoitida uzluksiz elektr yuklamada uzoq vaqt sochib turishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatni bildiradi.

1.3 –rasm. Umumiy maksadlarda qo‘llaniladigan o‘zgarmas rezistorlar.
PNOM (Vt) qiymatlari 0,01; 0,025; 0,05; 0,125; 0,25; 0,5; 1; 2; 5; 8; 10; 16; 25; 50; 75; 100; 160; 250; 500 qatoridan tanlanadi. Odatda, nominal sochilish quvvati qancha katta bo‘lsa, rezistorlar o‘lchami ham shuncha katta bo‘ladi. Chegaraviy ish kuchlanishi (UChEG). Rezistorning chiqish simlariga qo‘yilgan elektr parametrlarini buzmaydigan maksimal yo‘l qo‘yilgan kuchlanish chegaraviy ish kuchlanishi deyiladi. Bu kattalik, odatda, normal ish sharoiti uchun berilgan bo‘lib, rezistor uzunligi, spiralsimon kesim qadami, atrof – muhit temperaturasi va bosimiga bog‘liq. Temperatura qanchalik yuqori va atmosfera bosimi qanchalik past bo‘lsa, rezistorning issiqdan yoki elektrdan buzilish va ishdan chiqish ehtimoli shuncha kata bo‘ladi.
Qarshilikning temperatura koeffitsienti (QTK). Bu parametr rezistor qarshiligining atrof – muhit temperaturasi 10C ga o‘zgargandagi nisbiy o‘zgarishini ko‘rsatadi va 1/0C larda ifodalanadi:
QTK =R /(R0 Δt)
bu yerda: ΔR – rezistor qarshiligi (Om) ning (0S) temperatura diapazonida absolyut o‘zgarishi; R0 – rezistorning normal temperaturadagi qarshiligi (Om); t – rezistorning chegaraviy ishlatish temperaturasi (0C).

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling