Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

 
Nazorat savollari: 
 
1. Energetika masalalarini dasturlashtirish qanday usullari 
mavjud?
2. Dasturlashning asosiy vositalarini sanab o‗ting. 
3. Ma‘lumotlarning asosiy turlari nimalardan iborat? 
4. m fayl tarkibiga nimalar kiradi? 
 


36 
6-MA’RUZA 
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish 
 
Reja: 
 
1. Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish 
2. Dasturlashning asosiy vositalari va usullari 
3. MATLAB tizimida operatorlar, komandalar va funksiyalarning 
ikki tomonlamaligi 
4. Ssenariya va funksiyalarning m-fayllari 
5. Nazorat savollari 
 
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish. Dasturlashning asosiy 
vositalari 
MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. MATLAB
tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega:

har xil turdagi ma‘lumotlar;

konstantalar va o‗zgaruvchilar;

operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o‗z 
ichiga oladi);

biriktirilgan komandalar va funksiyalar;

foydalanuvchining funksiyalari;

boshqaruvchi strukturalar;

sistema operatorlari va funksiyalari;

dasturlash tilini kengaytirish vositalari.
MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va 
ushbu til tipik interpretator bo‗lib hisoblanadi, ya‘ni dasturning har bir 
instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi. Hamma instruksiyalarni, ya‘ni 
to‗liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB 
bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‗rinishida 
mavjud bo‗ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur. 
Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni C va C++ dasturlash tillariga 
translyasiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida 
tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal 
qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar 
mustaqil dasturiy vositalardir.


37 
Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham 
kompilyatsiya bo‗lavermaydi, ya‘ni kompilyatsiyadan oldin bunday 
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning 
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling