Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

found in - name.m ko‗rinishidagi axborotni beradi.
Bunday faylni ishga tushirish uchun xmin i xmax o‗zgaruvchilar 
oldindan tayyorlangan bo‗lishi kerak. Fayl-ssenariyalarda ishlatiladigan 
o‗zgaruvchilar global o‗zgaruvchilar bo‗lib hisoblanadi, ya‘ni ular sessiya 
komandalarida ham dasturiy bloklarning (jumladan, fayl-ssenariyalarning ) 
ichida ham bir xil ishlaydi. Shuning uchun sessiyada berilgan qiymatlar 
faylda 
ishlatiladi. 
Fayl-ssenariyalarning 
nomlaridan 
funksiyaning 
parametrlari sifatida foydalanish mumkin emas, chunki fayl-ssenariya 
qiymatlarni 
qaytarmaydi. 
Fayl-ssenariyalarni 
kompilyatsiya 
qilib 
bo‘lmaydi. 
Ular 
fayl-funksiyalarga 
aylantirilgandan 
keyingina 
kompilyatsiya qilinishi mumkin. 
 
 Funksiyalarda o‘zgaruvchilar statusi 
Funksiya parametrlarining ro‗yxatida ko‗rsatiladigan parametrlar lokal 
o‗zgaruvchilar bo‗lib funksiya chaqirilganda ularning o‗rniga qo‗yiladigan 
qiymatlarni olib o‗tish uchun xizmat qiladi.
Quyidagi misolni ko‗raylik: Tahrirlagich oynasida z = x
2
+u
 
ifodani 
hisoblovchi ikki o‗zgaruvchili (x va y) fun funksiyasi hosil qilingan (5.2 –
rasm). 


33 
5.2-rasm. Funksiyani hosil qilish 

Dasturda x va y o‗zgaruvchilar fun(x, u) funksiyaning parametrlari 
bo‗lganliklari sababli ular lokal o‗zgaruvchilardir. Funksiya qobig‗idan 
tashqarida ularga nol qiymatlar berilgan. Agar funksiya qobig‗ida fun(2, 3) 
ning qiymati hisoblanadigan bo‗lsa ularga x=2 va u=3 qiymatlar beriladi. 
Shuning uchun natija z=13 bo‗ladi. Lekin funksiyaning qobig‗idan 
chiqqandan keyin x i u o‗zgaruvchilar o‗zlarining dastlabki nolga teng 
bo‗lgan qiymatlarini oladilar. Shunday qilib ushbu o‗zgaruvchilar o‗z 
qiymatlarini funksiya parametrlarining qiymatlariga faqat lokal tarzda–
funksiya qobig‗ining ichidagina o‗zgartiradi. 
Har qanday funksiya qobig‗ida aniqlangan o‗zgaruvchi singari z 
o‗zgaruvchi ham lokal o‗zgaruvchidir. Dastlab uning qiymati 
aniqlanmagan bo‗ladi. Funksiyaning ichida u z=13 qiymatni qabul qiladi. 
Funksiyadan qaytgandan keyin funksiyada qo‗llanilganligiga qaramasdan 
u noaniq bo‗lib qoladi. Agar z ni chiqarishga harakat qilinsa komandalar 
oynasida xatolik to‗g‗risida axborot hosil bo‗ladi. Bunga ishonch hosil 
qilish uchun quyidagi misolni ko‗raylik: 
Tahrirlash oynasida funksiya kiritamiz 
function z=fun(y,x) 
z=x^2+y^2 
va uni saqlaymiz. Komandalar oynasidan uni ishga tushuramiz 
>> fun(2,3) 
z = 


34 
13 
ans = 
13 
>> z 
??? Undefined function or variable 'z'. 
>>
Funksiyadagi hamma amallar bajarilgandan keyin, ya‘ni funksiya 
faylining oxiriga yetilgandan keyin funksiyadan qaytiladi. Funksiyada 
shartli operatorlar, sikllar yoki ulab – uzgichlar ishlatilganda funksiyaning 
ma‘lum joyidan qaytish zaruriyati hosil bo‗lishi mumkin. Buning uchun 
return komandasi xizmat qiladi. Har qanday holda ham funksiya chiqish 
parametrining qiymatini qaytaradi. Yuqoridagi misolda z o‗zgaruvchisi 
chiqish parametri bo‗lib hisoblanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling