Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

Uch o‘lchamli grafiklarni qurish 
MATLABda uch o‗lchamli grafiklarni qurish ham juda oson. Buning 
uchun qanday komandalar qanday grafiklarni qurishini bilish yetarli. 
Masalan, sirtning grafigi va uning sirt ostidagi tekislikka kontur grafiklar 
ko‗rinishidagi proeksiyalarini qurish uchun quyidagi komandalardan 
foydalanish yetarli:
» [X.Y]=meshgrid(-5:0.1:5);
» Z=X.*sin(X+Y);
» meshc(X,Y,Z) 
Qurilgan grafik 4.3-rasmda ko‗rsatilgan. 
Avvallari bunday grafik qurish dasturini tuzish va uni sozlash uchun 
bir necha kun zarur bo‗lar edi. MATLABda esa bu ishni sanoqli 
daqiqalarda amalga oshirish mumkin.
4.3-rasm. Uch o‗lchamli grafikni qurish 


27 
Grafiklarni sichqoncha yordamida aylantirish 
Hosil qilingan figuralarni sichqoncha yordamida burish va ularni har 
xil burchak ostida kuzatish mumkin. Ushbu imkoniyatni MATLAB 
tizimining logotipi — membranani hosil qilish misolida ko‗raylik. Buning 
uchun membrane komandasini kiritib boshlang‗ich grafikni olamiz (4.4-
rasm).
 
4.4-rasm. MATLAB tizimining logotipi — membranani hosil qilish 
Grafikni aylantirish uchun asboblar panelining o‗ng tomonidagi 
strelkali punktir aylana ko‗rinishidagi tugmani aktivlashtirish yetarli. 
So‗ngra kursor grafik ustiga olib kelinadi va sichqonchaning chap 
tugmasini bosib aylana harakatlar bilan grafikni aylantirish mumkin
(5-rasm). MATLAB 6 da esa xuddi shu yo‗l bilan ikki o‗lchamli 
grafiklarni ham aylantirish mumkin. Bunday aylantirishlar hech qanday 
dasturlashni talab qilmaydi. 
4.5-rasm. Uch o‗lchamli figurani sichqoncha yordamida aylantirish 


28 
Nazorat savollari: 
 
1. Matlab dasturlashtirish tizimida grafiklarni yaratish qanday 
amalga oshiriladi? 
2. Bir o‗zgaruvchili funksiyalarning grafigini qurish. 
3. Uch o‗lchamli grafiklarni qurish va ularni formatlash qanday? 
4. Grafiklarni sichqoncha yordamida aylantirishda nimalarga 
e‘tibor berish kerak? 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling