Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

 
5-MA’RUZA
Energetika masalalarini dasturlashtirish usullari va vositalari 
 
Reja: 
 
1. Energetika masalalarini dasturlashtirish usullari 
2. Dasturlashning asosiy vositalari 
3. Ma‘lumotlarning asosiy turlari 
4. m-fayl-funksiyaning tarkibi 
5. Nazorat savollari 
Energetika masalalarini dasturlash usullari 
Dasturiy ta‘minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar 
uchun mo‗ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo‗lib hisoblanadi. 
Shunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim 
afzalliklaridan biridir. Haqiqatan ham, murakkab masalalarni dasturlash va 
tizimning cheksiz kengayish imkoniyatlarining mavjudligi MATLAB 
tizimining universitetlar va ilmiy muassasalarda keng qo‗lanilishiga sabab 
bo‗ldi. 
MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud:

protseduraviy;

operatorli;

funksional;

mantiqiy;

tarkibiy (modulli);

obyektga-yo‗naltirilgan;

vizual-yo‗naltirilgan.


29 
MATLAB tarkibiy dasturlash mahsuldorligining yorqin namunasi 
bo‗lib hisoblanadi. Uning ko‗plab funksiya va komandalari tugallangan 
modullar bo‗lib, ular orasida axborot almashish kirish parametrlari (ayrim 
hollarda global o‗zgaruvchilar) orqali amalga oshiriladi. Dasturiy modullar 
matnli m-fayllar ko‗rinishida rasmiylashtiriladi va diskda saqlanadi. Ular 
zarur bo‗lganda dasturlarga jalb qilinadi (qo‗shiladi).
Obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash ham MATLAB tizimida keng 
qo‗llaniladi va u grafika masalalarini dasturlashda aktual bo‗lib 
hisoblanadi.
Vizual-yo‘naltirilgan dasturlash esa bloklar ko‗rinishida berilgan 
qurilma va tizimlarni modellashga mo‗ljallangan Simulink paketida o‗z 
aksini topgan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling