Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

Dasturlashning asosiy vositalari 
MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. 
MATLAB tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega:

har xil turdagi ma‘lumotlar;

konstantalar va o‗zgaruvchilar;

operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o‗z 
ichiga oladi);

biriktirilgan komandalar va funksiyalar;

foydalanuvchining funksiyalari;

boshqaruvchi strukturalar;

sistema operatorlari va funksiyalari;

dasturlash tilini kengaytirish vositalari.
MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va 
ushbu til tipik interpretator bo‗lib hisoblanadi, ya‘ni dasturning har bir 
instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi. Hamma instruksiyalarni, ya‘ni 
to‗liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB 
bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‗rinishida 
mavjud bo‗ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur. 
Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni C va C++ dasturlash tillariga 
translyatsiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida 
tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal 
qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar 
mustaqil dasturiy vositalardir.
Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham 
kompilyatsiya bo‗lavermaydi, ya‘ni kompilyatsiyadan oldin bunday 


30 
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning 
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin. 
Ma’lumotlarning asosiy turlari 
Array va numeric turdagi ma‘lumotlar virtual (go‗yoki, bo‗lib 
ko‗rinadigan, zohiriy) bo‗lib hisoblanadi, chunki ularga biror bir 
o‗zgaruvchi mansub emas. Ular ma‘lumotlarning ayrim turlarini aniqlash 
va jamlash uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, MATLAB tizimida 
umumiy holda ko‗p o‗lchamli massiv bo‗lgan ma‘lumotlarning quyidagi 
turlari aniqlangan:

single — oddiy aniqlikdagi sonli massivlar;

double — ikkilangan aniqlikdagi sonli massivlar;

char — simvol elementlarga ega bo‗lgan satrli massivlar;

sparse — sonli elementlari ikkilangan aniqlikka ega bo‗lgan 
siyraklashgan matritsalar;

sell — yacheykalarning massivlari; o‗z navbatida yacheykalar 
ham massiv bo‗lishi mumkin;

struct — maydonli tarkiblar massivlari, ular ham o‗z ichiga 
massivlarni olishlari mumkin;

function_handle — funksiyalarning deskriptorlari:

int32, uint32 — 32-razryadli sonlarning massivlari;

intl6,uint16 — 16-razryadli butun sonlarning massivlari;

int8. uint8 — 8-razryadli butun sonlarning massivlari (sonlarning 
qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‗lishi mumkin).
Bundan tashqari yana bir foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan 
ma‘lumot turi (obyekt) — UserObject ko‗zda tutilgan. MATLABda 
ma‘lumotlarning hamma turlari massivlar bo‗lib hisoblanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling