Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

 
Nazorat savollari: 
 
1. Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirishning fandagi ahamiyati 
nimadan iborat? 
2. Dasturlashning asosiy vositalari va usullari nimalardan tashkil topgan? 
3. MATLAB tizimida operatorlar, komandalar va funksiyalarning ikki 
tomonlamaligi afzalliklari va kamchiliklari. 
4. Ssenariya va funksiyalar m-fayllarining vazifalari nimadan iborat? 
 
7-MA’RUZA 
Matlab tizimida dasturlashtirishga kirish 
 
Reja: 
 
1. Matlab tizimida dasturlashtirishga kirish 
2. Dasturlashning asosiy vositalari 
3. m-fayl-funksiyaning tarkibi 
4. Shartli operatorlar if, for end, while 
5. Nazorat savollari 
Dasturlashning asosiy vositalari 
MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. MATLAB 
tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega:

har xil turdagi ma‘lumotlar;

konstantalar va o‗zgaruvchilar;

operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o‗z 


44 
ichiga oladi);

biriktirilgan komandalar va funksiyalar;

foydalanuvchining funksilari;

boshqaruvchi strukturalar;

sistema operatorlari va funksiyalari;

dasturlash tilini kengaytirish vositalari.
MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va 
ushbu til tipik interpretator bo‗lib hisoblanadi, ya‘ni dasturning har bir 
instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi. Hamma instruksiyalarni, ya‘ni 
to‗liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB 
bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‗rinishida 
mavjud bo‗ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur. 
Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni C va C++ dasturlash tillariga 
translyasiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida 
tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal 
qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar 
mustaqil dasturiy vositalardir.
Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham 
kompilyatsiya bo‗lavermaydi, ya‘ni kompilyatsiyadan oldin bunday 
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning 
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling