Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
17.1-rasm. Burg‘i qudug‘i kesib o‘tgan ma’dan tanasining haqiqiy qalinligini 
aniqlash. a-ma’dan tanasi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan burg‘i qudug‘i; b-
ma’dan tanasi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lmagan burg‘i qudug‘i chizig‘i 
 
Ishlovchi qatlam. Foydali qazilmaning tanalari qandaydir minimal 
qalinligigacha o„zlashtiriladi. Undan kam qalinlikni o„zlashtirish maqsadga 
nomuvofiqdir. Bunday holatlarda zaxiralar hisobi foydali qazilma tanasining to„liq 
yo„q bo„lishi chizig„i bo„yicha o„tkazilgan chegarada emas, balki minimal sanoat 
qalinligi chizig„i bo„yicha o„tkazilgan chegarada (ishlovchi qatlam chegarasida) 
amalga oshiriladi. 
Ko„mir zaxiralarining hisoblashda quyidagi qalinliklar ajratiladi: 
umumiy (17.2-rasm) - ko„mir qatlamining ustki yuzasidan tuproqgacha bo„l-
gan jamlanma qalinligi (tog„ jinsining hamma yupqa qatlamchalari bilan birga); 
- ekspluatatsion - ko„mir va uning yupqa qatlamchalarining qatlam ishchi 
qismi uchun namlanma qalinligi. Ishchi qismidan katta bo„lishi mumkin, lekin 
undan kichik bo„la olmaydi. 
- foydali - qatlamning ichki qismi oralig„idan chiqarib olinadigan ko„mir 
pachkalari qalinliklarining jamlanmasi. 
Zaxira hisoblashning asosiy usullari. O‘rtacha arifmetik miqdor usuli 
ma‟dan tanasini qalinlik bo„yicha burg„i quduqlari yoki tog„ inshootlari bilan kesib 
o„tilgandagi kon qidiruvida qo„llaniladi. Bunda ma‟dan tanasining murakkab 



65

konturi ma‟dan tanasi maydoniga teng bo„lgan plastinka shakliga ega, qalinligi esa 
hamma qidiruv inshootlari bo„yicha hisoblangan o„rtacha qalinlikka mos keluvchi 
bir xil figuraga keltiriladi. (17.3-rasm). Ma‟dan tanasining o„rtacha qalinligi va 
foydali komponentning o„rtacha miqdori hamma inshootlar bo„yicha ichki kontur 
chegarasida olingan ma‟lumotlardan o„rtacha arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi 
(17.1-jadval). 
 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling